T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
285
ISSN:3030-3613
MUTOLAA MADANIYATI TUSHUNCHASI VA UNING
SHAKLLANISHIDA ODATIY USLUBLARDAN FOYDALANISH
Nurmurodova Ozoda Zokirjon qizi
O‘zbekiston davlat san’at va
madaniyat instituti magistranti
Annotatsiya.
Mazkur maqolada, mutolaa madaniyati tushunchasini turli tariflar,
taxlilidan kelib chiqib, to‘liq tushuntirib berishga qaratilgan qiyosiy ma’lumotlar
berilgan hamda mutolaa madaniyatining bugungi kun yoshlari hayotida qay darajada
o‘rin tutishi va unda oilaning va maktab o‘qituvchilarining ta’sir doirasi nihoyatda
muhim ekanligi yoritilgan, bundan tashqari mavjud muommolarga yechim berish
maqsadida kichik loyiha ham keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar
:
mutolaa, kitob, kitobxon, matn, loyiha, maktab, kutubxona.
Abstract:
This article provides comparative information aimed at thoroughly
explaining the concept of reading culture through various definitions and analyses. It
also highlights the significance of reading culture in the lives of today’s youth,
emphasizing the crucial role of family and school teachers in shaping this culture. In
addition, a small project is presented as a potential solution to existing problems.
Keywords:
reading, book, reader, text, project, school, library.
Bugungi kunda mutolaa madaniyati tushunchasi va uning jamiyatimizdagi o‘rni
naqadar beqiyos ekanligi o‘z isbotini topmoqda. XXI asrdagi mutolaa resurslari va
mutolaa jarayoni 17-, 18-, 19- asrlarga qaraganda juda ham katta tafovutga ega.
Nimagaki, foydalanuvchilar oldingi davr kitobxonlariga qaraganda yangi asr avlodlari
hamda qabul qilayotgan, eshitayotgan, ko‘rayotgan ma’lumotlarini turlicha analiz
qiladi, o‘zlari uchun moslashtiradi va bu jarayonda ma’lum bir to‘siqlarga ham duch
kelish ehtimoli yo‘q emas.
XXI asrda mutolaa madaniyati ta’lim standartlariga erishish, kelajagimizni
ta’minlash uchun kuchli qurol sifatida ishlatilishi kerak. Chunki mutolaa madaniyati
tushunchasi shu qadar keng tushunchaki, uni tushunib yetishimiz uchun bizni
chegaralab qo‘ygan oddiy badiiy adabiyotlarni o‘qish jarayoni tushunchasini yorib o‘ta
olishimiz kerak.
Mutolaa qilish bu ma’lumotlar oqimini to‘g‘ri boshqara olishdir. Odamlar
qanchalar ko‘p o‘qish jarayonini boshdan kechirsa, ular shu qadar jamiyatdagi
muommolarni anglay oladi va ularga yechim topish jarayonini tezlashtirib beradi.
Mutolaa shunday jarayonki, siz uni ichiga kirib borganingiz sayin u sizni jamiyatning
haqiqiy yuqori qatlamiga olib chiqib boraveradi. Bu borada davlatimiz raxbari Shavkat
Miromonovich Mirziyoyev shunday deydi: “
Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
286
ISSN:3030-3613
odamda qanot bo‘ladi. U befarq bo‘lmaydi. Uning kuchi bilimida bo‘ladi. Shuning
uchun hech kimni pisand qilmaydi. “Kattalar”ga xushomad qilmaydi. Uning bilimi bor,
ilmi bor. Mana nima uchun kitob o‘qinglar deymiz. Kitob o‘qisangiz savol berishni
bilasiz”.
Aynan mana shunday jarayonda kutubxonalar doimiy ravishda mana shunday
oddiy tushunchalarni jamiyatga yetkazib berish va singdirish uchun xizmat qiladi, lekin
ular aynan yuqori mutolaa madaniyati ega bo‘lgan jamiyatni tarbiyalashda asosiy
ma’suliyatni bo‘yniga ola olmaydi. Biz kutubxonalarni bilim menejerlariga
qiyoslashimiz mumkin, ular ma’lumotlarni doimiy ravishda himoya qiladi va
foydalanuvchi va ma’lumot o‘rtasidagi tashkilotchi vazifasini bajaradi hamda shu
orqali kuchli salohiyatga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shadi.
Bu juda ham oddiy jarayon. Bundan tashqari, ko‘p kitob o‘qiydigan insonlar
o‘zlarining mutaxassis bilimlari tufayli o‘z tengdoshlariga ko‘proq yetakchi sifatida
namoyon bo‘ladi. Dunyo tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, eng rivojlangan
hududlarda asosiy sababchi sifatida ta’lim keltiriladi[1].
Kitob o‘qish har bir insonning boshqa koinotga bo‘lgan sehrli parvozidir. Siz
kitob olib uni mutolaa qilish uchun hech qachon keksalik qilmaysiz, yoshlik qilmaysiz
yoki yaxshi yoki yomon odamlar guruhiga ajratilmaysiz. Mutolaa nafaqat bolalar yoki
juda aqlli odamlar uchun balki o‘qishni istagan har bir kishi uchundir. Mutolaa qilish
uchun xohlagan kutunxonagizga yoki kitob do‘koniga borishingiz mumkin va siz
faqatgina o‘zizga mos kitobni tanlashigiz kerak va shu qadar qudratli kuch sizning
qo‘lingizda paydo bo‘ladiki, agar uni to‘g‘ri boshqara olsangiz sizga tuganmas
imkoniyatlar eshigini ochib bera oladi. Aniq ko‘rinib turibdiki siz mutolaa jaroyonisiz
hech bir sirli kuch orqali ma’lumotlar xazinasiga egalik qila olmaysiz va aslida ham
aynan mana shunday jarayonda siz tog’ri mutolaa madaniyati jaroyoni bilan
to‘qnashishingiz kerak bo‘ladi.
Bularaga esa aslida biz bugungi kunda e’tiborsizlik qilish orqali yuzaga kelib
qolayotgan ba’zi muommolarning oddiygina yechimi bo‘lgan mutolaa madaniyatini
rivojlantirish strategiyasi, bolalarni hayotining juda erta davridanoq kitobxonlik bilan
tanishtirish, ularning sinflarida kutubxonalar tashkil etish va bolalarga o‘qishni
o‘rgatadigan o‘qituvchilarni tayyorlash orqali erishishimiz mumkin[2].
Mutolaa qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida qisqacha
ma’lumotga ega bo‘ldik, xo‘sh shu o‘rinda o‘qish va mutolaa so‘zlarining tag
ma’nolari nimda ekan?
O‘qish - bu bir qator yozma belgilarni ko‘rib chiqish va ulardan ma'no olish
jarayoni va bu yozma matnni ko‘rib chiqadigan va yozma lingvistik xabardan
ma’lumotlarni o‘zlashtira boshlangan aqliy jarayon. Mutolaa jarayoni kitobxon matn
bilan o‘zaro aloqada o‘qishni tashkil qiladigan ijodiy jarayon sifatida ham qaraladi[3].
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
287
ISSN:3030-3613
Bu kitobxon va matn o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonidir. Yana shunday tariflar
keltiriladiki, mutolaa asosan jimgina yolg‘iz amalga oshiriladigan o‘ta shaxsiy
faoliyatdir. Bu shuni anglatadiki, mutolaa ma’lumot olish faoliyati bilan bog’liq bo‘lib,
u ovozsiz yoki ovoz chiqarib amalga oshiriladi. Mutolaa agar biz o‘qiyotganimizni
tushunmasak, uni o‘rgana olmasligimiz yoki eslay olmasligimiz holatlarini ham o‘z
ichiga oladi[4].
Bundan tashqari “Mutolaa madaniyati: shaxs, jamiyat va tarqqiyot” kitobining
muallifi bo’lgan Abdusalom Umarov shu kitobida mutolaa madaniyati haqida shunday
fikr yuritadi: “Mutolaa madaniyati kishining manbani to‘laqonli tushunishi, undan
estetik zavq olishi, muallif fikri va g‘oyasini anglashi, hamda uni baholay olish kabi
xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Bundan tashqari kitobdan to‘g‘ri
foydalanish, o‘zini qiziqtirgan manbalarni topa olish va undan o‘qishda, ishda hayotda
foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi. Kitobni tanlash, uni o‘qish jarayoni, saqlash, o‘qilgan
kitoblarni boshqalarga tavsiya bera olish mutolaa madaniyatiga kiradi|”[5]. Yuqorida
sanab o‘tilgan hodisa va xususiyatlarning hech biri mutolaa bilan doimiy ravishda
shug‘ullanib yuradigan kitobxonalar uchun sir emas. Sanab o‘tilgan tushunchalarning
hammasi birlashgan holatda bir yaxlitlikni tashkil qilsagina to‘g‘ri mutolaa jarayoniga
erishishimiz mumkin.
Mutolaaga kirib borish uchun ishni o‘zimizni qiziqtirayotgan kitobning
sahifalarini varaqlashdan boshlaymiz va bu varaqlarning orasidan turfa xil dunyoni
topishimiz mumkin va dunyo ichida bo‘layotdan dunyochalar ichidan biz dunyoyimiz
uchun kerak bo‘ladigan tuganmas tajribalarni qo‘lga kiritishimiz mumkin.
Agar mutolaa madaniyatidan muntazam faoliyat sifatida foydalanilsa,
muntazam va doimiy faoliyatga aylantirilsa u o‘z tasir sifatini bermay qolmaydi va shu
orqali mutolaadan zavqlanish jarayonlari ham yuzaga keladi. Biz mutolaaga
jamiyatimiz faqat ma’lum bir vazifa nuqtayi nazaridan emas balki organizm kerak
bo‘ladigan muhim element kabi talab qiladigan darajaga ko‘tara olgan kunimiz
jamiyatimiz kelajagi uchun aslo qayg‘urishimizga xojat qolmaydi[6].
Bugungi kunda jamiyatimizda shunday bir fikrlar paydo bo‘lib qolganki,
mutolaa bu kitob bilan bog‘liq jarayon va kitoblarning katta oqimi kutubxonalar va
kutubxonalarda xizmat ko‘rsatadigan xodimlar yani kutubxonachilar bilan bog‘liq va
shu sababli ham kutubxonachilar bu jarayonda katta ta’sir ko‘rsatadigan jamiyat
qatlamidir degan asoslanmagan fikrlarga ko‘p bora duch kelayapmiz.
Ammo shu o‘rinda muommoning ildizini topishga harakat qiladigan bo‘lsak,
bu aslida qanday ko‘rinish oladi. Endgina muloqat qilishni o‘rganayotgan farzand,
dastlabki kitobga bo‘lgan munosabat va qarashlarini onasi tomonidan aytilayotgan
ertaklar, topishmoqlar, maqollar, hikmatli so‘zlar va ba’zi keltirilgan hayotiy misollar
orqali shakllantiradimi yoki hayotini zudlikda kutubxonalar bilan bog‘laydimi?
Bugungi kunda biz jamiyatda shunday holatlarga yetib qoldikki, ba’zi bolalar onasi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
288
ISSN:3030-3613
tomonidan aytilgan bir dona ertak, hattoki alla eshitmasdan ulg‘ayayabdi. Boshlanishi
shunday oddiygina xatolardan shakllanayotgan bolaning kelgusi hayotida mutolaa
jaroyoni uning hayotidan doimiy va chuqur o‘rin egallashiga kim kafolat bera oladi?
Bolalar hayotidagi keying bosqich bu bolalar bo‘g’chalardir. Bilamizki, oldingi
davrlarda bu turdagi institutlar hayotimizga keng yoyilmagan edi. Ammo, har birimiz
farzandimiz, nabiramiz, singlimiz yoki ukamizning bog‘chadan kelib aytib bergan bir
dona she’ri yoki ertagini eshitsak qanchalar ko‘nglimiz yorishadi. Demak, bu shundan
dalolat beradiki mutolaa jarayonining qaysidir boshqichlari ularda shakllanib
boshlamoqda. Lekin biz uni ilk bosqich deya olmaymiz.
Maktablar, ayniqsa maktablardagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari - bu
yozilgan jumlalar o‘z qariga juda ham keng bo‘lgan ma’suliyatni tortadi. Boshlang‘ich
sinf o’qituvchilarini ularning o‘quvchilari shu qadar kuchli hurmat va ishonch bilan
qabul qiladiki, hattoki ularning har bir gapi ular uchun bir qonundek tuyuladi. Aslida
ham agar maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘zi mutolaa madaniyati aslida nima
ekanligini chuqur anglagan holda o‘z o‘quvchilarga shu jarayonni singdira olsa, qariib
to‘rt yil mobaynida hali dunyoni yaxshi anglab yetmagan bolajonlarni tog‘ri mutolaa
va hayot qolipiga solib qo‘yishni bemmalol uddalaydi. Bular bo‘lishi mumkin
oddiygina sinf doirasida o‘tkaziladigan she’riy kechalar, ertak mutolaalari, maqollar
taxlili, topishmoq aytish o‘yinlari va boshqalar. Aslida mutolaa va kitobxonlikka jalb
qilinishning yo‘llari juda osongina va yechimini biz ananaga aylanib qolgan usullardan
topishimiz mumkin.
Yuqorida biz ko‘rgan boshqichlar aslida unchalar murakkab emas ekan. Xo‘sh,
nima uchun u o‘z samarasini bermayapti? Muommo nimada? Javobi juda oddiy. Bu
jaroyonlar doimiy tashkil qilinmaydi yoki arzimagan sabablar tufayli ko‘pincha
e’tibordan chetda qoladi. Bir marta yoki bir necha marta qilingan ishlar o‘z samarasini
bermaydi lekin doimiy qilingan ishlar albatta beradi.
Buni asoslashga harakat qilamiz. Deylik oddiygina she’r aytish, bo‘lishi
mumkin qisqagina sakkiz qatorni yodlab kelish, juda oddiy narsa bo‘lib tuyiladi
to‘g‘rimi? Lekin tasavvur qiling haftada besh kun dars bor va har kunlik uzog‘i 30
daqiqa vaqni shu jarayonga ajratilsa natijasi tasavvur ham qila olinmaydigan bo‘lishi
mumkin. Birinchidan, ko‘p sh’er yodlash xotirani shunchalar mustahkam qiladiki,
hattoki eng zo‘r xotira mashqlarining natijasi ham buning natijasi bilan tenglasha
olmasligi mumkin. Ikkinchidan, yosh murg‘ak jonning hayotida kitob mutolaasi va
kitobga bo‘lgan munosabat shu qadar mustahkam o‘rin egallaydiki, balki hayotini
kitoblarsiz tasavvur qila olmaydigan darajaga ham yetib qolishi hech gap emas.
Uchunchidan, bizga oddiy tuyuladigan she’rlar o‘z ichiga bir olam ma’no xazinarini
qamrab oladi va bevosita bolaning ma’naviyatini shakllantirishga sababchi bo‘ladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
289
ISSN:3030-3613
Biz yuqorida oddiygina she’r yodlash jarayoni sifatida ko‘rib o‘tdik. Agar
bunga jiddiyroq va asosli ravishda qarasak va boshqa metodlardan doimiy ravishda
foydalansakgina, ana undan keyin biz sezilarli natijalarni qo‘lga kiritishimiz mumkin.
Boshlang‘ich sinfni tamomlagan o‘quvchi keyin ongli ravishda maktab
kutubxonalariga murojaat qila olishi mumkin, unda ham agar ularda kitoblarga yoki
fanlarga nisbatan ozroq bo‘lsa ham mehr oldinroq shakllantirilgan bo‘lsa. Chunki
kitobni va kitob o‘qishni tushunmagan kitobxon vaqtini kutubxonada o‘tkazishga oz
bo‘lsa ham ehtiyoj sezmaydi. Oltinga teng vaqtini esa, oddiygina ko‘ringan lekin
nihoyatda salbiy oqibatlarga olib kela oladigan internet o‘yinlari, zamonaviy gadjetlar
va hattoki ko‘cha hayotiga sarflab yuborishi hech gap emas.
Shuncha jarayonlar va bosqichlarni ko‘rib chiqdik. Hali ham hamma aybdorlik
kutubxonalarda ekanmi yoki uning zamirida boshqa kichgkinagina ko‘ringan katta
sabablar bor ekanmi? Xulosa o‘zimizdan. Nimagaki, uzog‘i 2 yoki 3 ta farzandiga kitob
o‘qib berishga vaqt topa olmagan, yoki oddiygina bir sinf bilan ishlashga
qiynalayotgan butun boshli jamiyatni oddiygina kutubxonachilar jamoasi yetuk
kitobxonlar qila olmaydi. Bu ko‘rinib turgan fakt.
Muommolarning yechimini qidirganimiz sayin, uning tub ildizlarini
o‘rganishga harakat qilganimiz sari, yana ham kattaroq muommolarga duch
kelaverishimiz mumkin. Shu sababli oldimizdagi muommolarga asta sekin yechim
berish maqsadidaa xorijiy davlatlarda sinab ko‘rilgan va hattoki o‘z samarasini bergan
ba’zi bir loyihalar va tajribalarni biz ham moslashtirgan holatda o‘z jamiyatimizga va
kutubxonalarimiz faoliyatiga joriy qilsak, ma’lum bir yutuqlarga erishishimiz mumkin.
Shu o‘rinda juda ham oddiy tuzilishga ega bo‘lgan va insonlardan katta mehnat, vaqt
va chuqur say – harakat talab qilmaydigan bir loyiha haqida so‘z yuritmoqchiman.
Nigeriya davlati haqida hammamiz eshitgan bo‘lishimiz kerak va shu
davlatning Port Xarkort universitetida sinovdan o‘tkazilgan “Take 10 minutes to read
and share” nomli loyihasi haqida ma’lumot berib o‘taman. Bu loyihaning o‘zbek
tilidagi talqini “10 daqiqa o‘qi va uni boshqalar bilan baxam ko‘r” bo‘lib, bu
loyihaning ishtirokchilari universitet talabalari bo‘lgan. Ularda ham bizdagi qatori
oddiy bahonalar: “Mutolaa uchun vaqtim yo‘q”, “Juda ham bandman” hamda
“Vaqtimni boshqa muhimroq narsalarga sarflashni xoxlayman” va boshqalar.
Yuqoridagi holatlarning hammasi biz uchun tanish, shunday emasmi!
Demak, bu loyiha quyidagi tartibda amalga oshirilgan. Avvalo loyihada
ishtirok etishni xoxlagan talabalarni tanlab olishgan va ularning hammasini biz
biladigan zamonaviy ijtimoiy tarmoqlarda bitta guruh sifatida birlashtirilgan. Ularning
soni qariib 200 nafarni tashkil etgan va ular orasida kim qaysi janrdagi adabiyotlarni
yoki aynan qaysi adabiyotni o‘qishni xoxlashlarini aniqlash uchun so‘rovnoma
o‘tkazilgan. Ma’lum bir adabiyot tanlab olingandan keyin o‘rta tezlikda o‘qishda 10
daqiqa vaqtni talab qiladigan qismi guruhlarga jo‘natib borilgan. Bu jarayon bir oylik
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
290
ISSN:3030-3613
marafon sifatida tashkillashtirilgan. Eng qiziq tarafi shundaki, har bir talabadan
vazifani chin dildan ado etish so‘ralgan va agar bu jarayonda talaba marafonni davom
ettirishni xoxlamasa, guruhni tark etish imkoniyati berilgan edi.
Bu marofonning yana bir sharti, har kuni o‘qilgan 10 daqiqalik parchani,
marafonda ishtirok etmayotgan boshqa bir do‘sti yoki dugonasiga so‘zlab berishi
aytilgandi. Bu loyihaning yakuniga kelib 200 nafar talabadan atigi 100 nafari
oxirigacha yetib borgan va yana bir qiziq tarafi shundaki, ular bu jarayonni yana davom
ettirilishini ham talab qilishgan edi.
Marafon yakunida kitobxonalar fikrlarini o‘rganib chiqilganda erishilgan
natijalar kutilgandan ham a’lo bo‘lgandi. Talabalarning deyarli hammasi quyidagi
fikrlarni bayon etishgan:” Biz bu loyihani oddiygina qabul qildik va ishtirok etishga
qaror qilgan vaqtimizda juda ham jiddiy o‘ylab ko‘rmadik va shunchaki 10 daqiqa
boshqa keraksiz narsalarga ham ketib qolishi mumkinku degan o‘y-hayollar bilan
rozilik berdik. Natijasi esa biz kutmagan darajada hayratlanarli bo‘ldi. Biz insoniylik
tuyg‘ularini o‘rgana boshlagandik hamda notiqlik san’atining ilk debochalariga qadam
qo‘yayotgan edik. Biz shuni tushundikki, mutolaa bu insoniylikdan uzoqlashib
ketishga qarshilik qilib turuvchi devor ekan.”
Talabalarning yuqorida bildirgan fikrlaridan kelib chiqib atigi 10 daqiqalik
mutolaaning ta’sir kuchi qanchalik darajada bo‘lishini isbotini ko‘rdik. Endi savol
tug‘iladi, 10 daqiqa juda katta vaqt emas yoki juda katta ma’lumotlar xazinasini egallab
olishga imkon bermaydikuu? Nima uchun bu talabalar mamnuniyat bilan
gapirmoqda?”. Javobi juda ham oddiy: “Hamma narsa oz miqdorda qilinsa ham lekin
doimiy bo‘lsa albatta o‘z natijasini bermasdan qo‘ymaydi. Balki aynan mana shunday
oddiy tajribalarni maktablarimizda o‘qituvchilarimiz raxbarligida tashkil qilinsa, yil
365 kun davomida muntazam amalga oshirilsa, oddiy harakatlarimiz ulkan natijalarga
yetaklashi mumkin. Shunchaki to‘g‘ri manbani tanlab olish, to‘g‘ri nazorat va
davomiylikni saqlab turilsa kifoya.
Mutolaa madaniyati — bu nafaqat kitob o‘qish jarayoni, balki insonning
tafakkurini, ma'naviy olamini va jamiyatdagi o‘rnini shakllantiruvchi kuchli vositadir.
Bugungi kunda bu madaniyatning ta’siri tobora ortib borayotgan bo‘lsa-da, uning rivoji
uchun har bir bosqich — oila, bog‘cha, maktab, kutubxona va butun jamiyat birgalikda
harakat qilishi muhimdir. Ayniqsa, maktabgacha va maktab davridagi tarbiya hamda
o‘qituvchilarning roli bu borada beqiyosdir.
Maqolada qayd etilganidek, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni erta yoshda
shakllantirish, oddiy usullarni doimiy tarzda qo‘llash, tajriba asosida sinovdan o‘tgan
loyihalarni joriy etish orqali katta ijtimoiy natijalarga erishish mumkin. Misol
tariqasida keltirilgan Nigeriyadagi “10 daqiqa o‘qi va boshqalar bilan bo‘lish” loyihasi,
mutolaaning doimiylik va ixlos bilan amalga oshirilganda inson hayotiga qanday
kuchli ta’sir ko‘rsatishini yaqqol ko‘rsatadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
61-son_1-to’plam_May-2025
291
ISSN:3030-3613
Eng asosiysi, biz mutolaani majburiyat emas, balki ehtiyoj sifatida qabul qilsak,
bu madaniyat jamiyatimizning ajralmas qismiga aylanishi, barkamol avlod tarbiyasida
asosiy tayanch bo‘lishi mumkin. Har birimiz bu jarayonning faol ishtirokchisiga
aylansak, mutolaa orqali ijtimoiy ong va ma'naviyatni yuksaltirish yo‘lida muhim
qadamlarga erishamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
1.
Ailakhu, U.V. Librarians’promotion of reading culture and student’s
responsiveness in selected secondary schools in Lagos State, Nigeria / U.V.
Ailakhu, V.E. Unegbu // Ebonyi Journal of Library and Information Science, 2017.
- № 4(1). – P. 30-42.
2.
Amarteifio, G. Establishment of readers clubs in Basic schools / G. Amarteifio //
Retrieved from, 2015. - web.aflia.net
3.
Ariffin, R. Definition of reading / R. Ariffin // Retrieved from, 1992. -
https://www.ukessays.com 20/04/19
4.
Hall, L.A. The role of reading abilities in students’discussions about texts and
comprehension strategies / L.A. Hall // Journal of Literacy Research,2012.
Retrieved from. - The Role of Reading…https://journals.sagepub.com
5.
Умаров, А. Мутолаа маданияти: шахс, жамият, тараққиёт / A. Умаров //
Тошкент: Узбекистон Республикой Фанлар академияси "Фан" нашриёти,
2004. B. 32-33.
6.
Brian, T. The discipline of Reading / T. Brian // . – 2018.
https://www.earlytorise.com