Mualliflar

  • Abduvaitova Charos Baxtiyor qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96313

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ta’lim ta’lim muassasasi o‘qituvchi pedagogik psixologik psixokorreksiya korreksion pedagogika

Annotasiya

ANNOTATSIYA  
Maqolada  ta’lim  muassasalari  jamoasida  sog‘lom  muhitni  yaratishning 
pedagogik-psixologik  asoslarini tahliliga e’tibor qaratilgan. Jamoadagi psixologik 
zo‘riqishlarni bartaraf etish, ta’lim muassasasi rahbari va bo‘ysunuvchilarning kasbiy 
mahoratini oshirish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkillashtirish, mehnat 
faoliyatini  tashkil  etishga  takliflarni  erkin  kiritish  imkoniyatini  yaratish,  jamoada 
do‘stona, shuningdek faoliyatda hamkorlik munosabatlarini yaratish.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

102

ISSN:3030-3613

UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDA SOGʻLOM MUHITNI

SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI

Abduvaitova Charos Baxtiyor qizi

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani

11-umumiy o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Maqolada ta’lim muassasalari jamoasida sog‘lom muhitni yaratishning

pedagogik-psixologik asoslarini tahliliga e’tibor qaratilgan. Jamoadagi psixologik
zo‘riqishlarni bartaraf etish, ta’lim muassasasi rahbari va bo‘ysunuvchilarning kasbiy
mahoratini oshirish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkillashtirish, mehnat
faoliyatini tashkil etishga takliflarni erkin kiritish imkoniyatini yaratish, jamoada
do‘stona, shuningdek faoliyatda hamkorlik munosabatlarini yaratish.

Kalit so‘zlar:

ta’lim, ta’lim muassasasi, o‘qituvchi, pedagogik, psixologik,

psixokorreksiya, korreksion pedagogika


KIRISH

Jamoani ijtimoiy-psixologik muhiti

guruhning eng ajralmas psixologik

xarakteristikasidir, bu guruhning birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyati bilan bevosita
bog‘liq bo‘lgan alohida ob’ektlarni (hodisalarni, jarayonlarni) aks ettirishning o‘ziga
xos xususiyatlari bilan bog‘liq ijtimoiy jarayondir.

Guruh faoliyatining samaradorligi jamoaning ijtimoiy- psixologik muhiti

holatiga bog‘liq.

Jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit

Sog‘lom ijtimoiy- psixologik iqlimning eng muhim belgilari:

guruh a’zolarining bir-biriga bo‘lgan ishonchi va yuqori talabchanligi;

o‘zaro do‘stona va konstruktiv tanqid qilish;

butun jamoaga tegishli masalalarni muhokama qilishda o‘z fikrini erkin

ifoda etish;

menejerlarning bo‘ysunuvchilarga bosimining yo‘qligi va ularning guruh

uchun muhim bo‘lgan qarorlarni qabul qilish huquqini tan olishlari;

jamoa a’zolarining vazifalari va ularni amalga oshirishdagi ishlar holati

to‘g‘risida yetarli darajada xabardorligi;

jamoa a’zolarida jamoaga tegishli bo‘lganidan mamnunlik hissiyoti;

jamoaning har qanday a’zosida ko‘ngilsizlik holatini keltirib

chiqaradigan holatlarda (aldanish, umidsizlik, rejalarni buzish) yuqori darajada hissiy
ishtirok etish va o‘zaro yordam;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

103

ISSN:3030-3613

guruhning har bir a’zosi tomonidan ishlarning holati uchun javobgarlikni

o‘z zimmasiga olish va boshqalar.

Ushbu dasturni amalga oshirishda quyidagi qushimcha tadbirlarni amalga

oshirish zarur:

1)

rahbarlarning kasbiy mahoratini oshirish, mehnat jamoasini boshqarish

va psixologik muhitni holatini normallashtirish bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish,
tashkiliy va tarbiyaviy ishlar usullari va uslublari;

2)

personal malakasini oshirish, kasbiy malakasini oshirish, xodimlarning

karera rejalashtirish imkoniyatlarini ta’minlovchi kadrlarni rivojlantirish dasturlarini
ishlab chiqish;

3)

jamoa bilan qo‘shma tajribalarda yutuq va muvaffaqiyatsizliklarni

aniqlash;

4)

agar kerak bo‘lsa, rahbarlik uslubini o‘zgartirish orqali tashkilotdagi

sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni yanada takomillashtirish;

5)

psixologik muvofiqligi asosida jamoani shakllantirish;

6)

boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida xodimlarning salohiyatidan

foydalanish;

7)

xodimlar o‘rtasidagi rasmiy va norasmiy aloqalar chastotasining

ko‘payishiga ko‘maklashish, ularning afzalliklarini ko‘rsatib, ularning kasbiy
o‘sishiga ko‘maklashish;

8)

jamoaning bo‘sh vaqtlarini birgalikda tashkil etish va o‘tkazish:

-

sport musobaqalarini o‘tkazish;

-

teatrlarga, kinolarga, konsertlarga qo‘shma tashriflarni tashkil

etish;

-

maxsus ayramlar, sanalar va marosimlar uchun ziyofatlar tashkil

etish;

9) jamoa a’zolarining havaskor chiqishlarida ishtirok etish;

10) jamoa uchun psixologik yengillashtirish xonasini yaratish;

11) xodimlar o‘z takliflarini kiritishlari mumkin bo‘lgan guruh ishini yaxshilash
uchun "takliflar va istaklar qutisini" yaratish;

12) tashkilot psixolog tomonidan davriy va doimiy psixologik treninglar.

Jamoadagi psixologik zo‘riqishlarni bartaraf etish, ta’lim muassasasi rahbari va

bo‘ysunuvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri
tashkillashtirish, mehnat faoliyatini tashkil etishga takliflarni erkin kiritish
imkoniyatini yaratish, jamoada do‘stona, shuningdek faoliyatda hamkorlik
munosabatlarini yaratish.

Dasturni amalga oshirish natijasida qo‘yidagi ijobiy ijtimoiy-psixologik muhit

ko‘rsatkichlarini vujudga kelishi mumkin:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

104

ISSN:3030-3613

jamoada ishbilarmonlik, ish kuni davomida ijodiy kayfiyat, xodimlar

o‘rtasidagi munosabatlarda quvnoq ohanglari, kayfiyatdagi optimizm hukmronlik
qiladi;

munosabatlar hamkorlik, o‘zaro yordam, xayrixohlik tamoyillari asosida

quriladi; guruh a’zolari hamkorlikda ishlarda qatnashishni, bo‘sh vaqtlarini birga
o‘tkazishni yaxshi ko‘radilar; munosabatlarda ma’qullash va o‘zaro qo‘llabquvvatlash
ustunlik qiladi, yaxshi konstruktiv tanqid bildiriladi;

tashkilot xodimlari faol, kuch-qudratga to‘la, o‘zaro yordamda tezda

javob berishadi, xodimlarning o‘zaro yordami kerak bo‘lsa, hamkasbini «to‘laqonli
qamrab olishga» tayyorligi;

ayrim xodimlarning yutuqlari yoki muvaffaqiyatsizliklari tashkilotning

barcha a’zolarining hamdardligi va samimiy ishtirokini keltirib chiqaradi, agar
muvaffaqiyatga erishilsa, xodimlar o‘z hamkasblari va o‘z tashkilotlari bilan
faxrlanishni his qilishadi;

tashkilot tarkibidagi tarkibiy bo‘linmalar yoki jamoadagi mikro guruhlar

o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro kelishuv, tushunish va hamkorlik vujudga keladi;

kadrlar qo‘nimsizligining pastligi. Xodimlar boshqa tashkilotlarga teng,

ba’zan esa yuqori lavozimlarga o‘tkazilishidan ham bosh tortishadi;

tashkilot uchun qiyin paytlarda jamoaning jipsligi va hissiy birligi mavjud

("bitta - hamma uchun, va hamma – bir kishik uchun").

Muhitni sog‘lomlashtirishda psixokorreksion yordamning samaraliligiga baho

berish borgan sari aktuallashmoqda. Bu mutaxassisning ta’sir eta olishi va
psixokorreksion ishning sifatliligidandir.

-

Ishning samaradorligini baholashda aniq metodni belgilab olish zarur.

Korreksion ishda ma’lum bir metodni oldindan tanlash qiyin, chunki ish
faoliyatida psixologlar turli metodlardan foydalanadilar.

-

Hatto bir metod har xil mutaxassisda har xil natija beradi.

-

Ishning bahosini bu metoddan xabari bo‘lmagan ekspert berishi zarur. -

Psixologning tarbiyaviy-ta’limiy sifatini hisobga olish kerak.

-

Psixologning kasbiga bo‘lgan qiziqishini hisobga olish zarur.

-

Guruhiy korreksion ishda psixologning professional bo‘lishi katta

ahamiyatga ega.

-

Psixokorreksion ishlarda mijoz psixologik ta’siridan so‘ng quyidagilarga

qarab baholanadi:

-

Ichki kechinmalarning sub’ektiv mohiyatining o‘zgarganligi.

-

Ta’sir etgandan so‘ng respondentning ijobiy tomonga o‘zgarishi.

-

Psixologik ta’sir samarasini belgilashda psixofiziologik metodlardan

foydalanish mumkin. Ular insonning vegetativ-somatik fiziologik va psixik
funksiyalarini baholaydi. Psixokorreksion ta’sirning samaraliligi kriteriysi har bir


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

105

ISSN:3030-3613

shaxsdagi salbiy o‘zgarishlarni aynan uni o‘ziga xos ekanligini hamda tanlangan
psixokorreksion metodlar ta’siri shu o‘zgarishlarga qaratilganligini hisobga
olish bilan bog‘liqdir.

Maqsad: profayling o‘tkazuvchi xodimlarning kuzatuvchanlik sifati

shakllanishining psixologik jihatlarini o‘rganish orqali kuzatuvchanlik sifatini
rivojlantirish.

Bu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb

etadi.

Kuzatuvchanlik sifatini muhim xarakterga ega ekaniligini anglab yetishga

ko‘maklashish.

Tabiiy kuzatish usullarini o‘rgatish va ob’ektiv xulosalar chiqarish

ko‘nikmalarini shakllantirish.

Nizoli vaziyatlarda o‘z xulq-atvorini korreksiya qilish malakasini

shakllantirish. O‘z emotsiyasini to‘g‘ri namoyon qila bilish va agressiv reaksiyalarini
jilovlay olishga qaratilgan bilimlarni xosil qilish.

Boshqa odamlarning kechinmalari, xolati va qiziqishlarini tushunib

yetishiga yordam berish.

Shaxslararo nizolarni konstruktiv xal etish bilimini shakllantirish.

Yuqorida keltirilgan vazifalarni amalga joriy qilish orqali biz quyidagi

natijalarga erishishimiz mumkin:

1.

Xodimda namoyon bo‘layotgan kuzatuvchanlik sifati darajasini

oshishi;

2.

Xodimning o‘z-o‘zini anglashi, shu o‘rinda o‘z-o‘ziga bahosini

adekvat xolatga kelishi ;

3.

Nizoli va muammoli vaziyatlarda xulq-atvorni meyorida ushlab

turish;

4.

O‘zi va boshqalarning emotsional xolatini solishtirishga, o‘zidagi

emotsional zo‘riqishlarni pasaytirish.

5.

Xulq-atvor normalariga rioya qilish.

Psixokorreksiyani o‘tkazish shartlari:

Xodimning psixologik yordam olishi uchun ixtiyoriy roziligi ;

Xodimning mutaxassisga ishonchi;

Korreksion dasturni amalga oshirish jarayonida xodim faolligi.

Psixokorreksion guruh faoliyatining asosiy tamoyillari:

Masuliyatlilik tamoyili.

Yaqinlik tamoyili.

Qo‘llab-quvvatlash tamoyili.

Shu yerda va xozir tamoyili.

Maxfiylik tamoyili.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

106

ISSN:3030-3613

Seminarning boshidan oxirigacha qatnashish tamoyili.

Psixokorreksiya jarayonini aks ettiruvchi 4ta asosiy strategiya mavjud:

Vaziyatni o‘zgartirish.

Vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zini o‘zgartirish. Vaziyatdan chiqib

ketish.

Mazkur vaziyatda hayotining yangi jihatlariga etibor berish.

XULOSA

Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin

ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi O‘qituvchiga
bog‘liqdir.Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi –
sinfdagi O‘quv jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi O‘quvchilar uchun dars paytida,
qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli
maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik O‘qituvchilar sinf rahbari
vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar.

Zamonaviy O‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Shuning

uchun ham O‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar
jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.

O‘qituvchi maktabning pedagog jamoa a’zosi sifatida maktab hayoti faoliyatini

uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan O‘qituvchilari va sinf rahbarlarining
metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir O‘qituvchi
O‘quvchilarning ota-oanlari va jamoatchilik oldida ma’ruzalar O‘qib, suhbatlar olib
borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar tag‘ribotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar
ko‘pligi uchun ham jamiyatning O‘qituvchilar oldiga quyadigan talablari tushunarlidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Дусмухамедова Ш.А.

Психологические особенности педагогической оценки

в обучении детей шестилетнего возраста: Автореф. дис.… канд. психол.
наук. М., 1987. 24 с : Канд дис. – М.: НИИ АПН СССР, 1988.–162 с, 1987.

2.

Дусмухамедова Ш., Салиева Д., Максимова Л. А. Соотношение уровня
развития академической самостоятельности младших школьников с
показателями учебной мотивации и стилем педагогической деятельности (на
примере учащихся начальных школ Узбекистана) //Педагогическое
образование в России. – 2020. – №. 2. – С. 77-83.

3.

Дусмухамедов

О.

С.,

Дусмухамедова

Ш.

А.

ЎЗБЕКИСТОН

АҲОЛИСИНИНГ

МОЛИЯВИЙ

САВОДХОНЛИГИНИ

ОШИРИШ

ИСТИҚБОЛЛАРИ ПЕРСПЕКТИВЫ ПОВЫШЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ

ГРАМОТНОСТИ НАСЕЛЕНИЯ УЗБЕКИСТАНА //ББК 74.48 Р 76. – С. 193.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

107

ISSN:3030-3613

4.

Khamidovna K. Z. Professional orientation of communicative competence of
students //European science. – 2020. – №. 2-2 (51).

5.

Касимова З. Х. Особенности национальных ценностей и межкультурных
коммуникаций в содержании гуманитарного образования //Вестник науки и
образования. – 2019. – №. 22-3 (76).

6.

Khamidovna K. Z. Application of interactive methods in teaching psychology
//ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2020. –
Т.10. – №. 9. – С. 197-205.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Дусмухамедова Ш.А. Психологические особенности педагогической оценки

в обучении детей шестилетнего возраста: Автореф. дис.… канд. психол.

наук. М., 1987. 24 с : Канд дис. – М.: НИИ АПН СССР, 1988.–162 с, 1987.

Дусмухамедова Ш., Салиева Д., Максимова Л. А. Соотношение уровня

развития академической самостоятельности младших школьников с

показателями учебной мотивации и стилем педагогической деятельности (на

примере учащихся начальных школ Узбекистана) //Педагогическое

образование в России. – 2020. – №. 2. – С. 77-83.

Дусмухамедов О. С., Дусмухамедова Ш. А. ЎЗБЕКИСТОН

АҲОЛИСИНИНГ МОЛИЯВИЙ САВОДХОНЛИГИНИ ОШИРИШ

ИСТИҚБОЛЛАРИ ПЕРСПЕКТИВЫ ПОВЫШЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ

ГРАМОТНОСТИ НАСЕЛЕНИЯ УЗБЕКИСТАНА //ББК 74.48 Р 76. – С. 193.

Khamidovna K. Z. Professional orientation of communicative competence of

students //European science. – 2020. – №. 2-2 (51).

Касимова З. Х. Особенности национальных ценностей и межкультурных

коммуникаций в содержании гуманитарного образования //Вестник науки и

образования. – 2019. – №. 22-3 (76).

Khamidovna K. Z. Application of interactive methods in teaching psychology

//ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2020. –

Т.10. – №. 9. – С. 197-205.