ANNOTATSIYA
So‘nggi yillarda insonning turli kasb sohalarida stressga barqarorligi va
mazkur barqarorlikning shakllanish mexanizmlariga bog‘liq masalalarga qiziqish
keskin ortishi kuzatilmoqda. Kasbiy stress va kasbiy so‘nish muammolarini o‘rganish
bo‘yicha tadqiqotlar “Inson-inson” tizimida mehnat qiluvchi kasb egalari –
o‘qituvchi-pedagoglar, shifokorlar, psixologlar, savdo xodimlari va x.k.larda olib
borilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda qayd etilishicha, barqaror kasbiy stress kasbiy
so‘nishga olib kelishi muqarrar.