Mualliflar

  • Umarova Masturaxon Murodovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96326

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: milliy xalq o’yinlari jismoniy tarbiya o’quvchi sport rivojlanish mashg’ulot natija sifat.

Annotasiya

Annоtatsiya: Mazkur maqolada umumta’lim maktablari o’quvchilariga milliy 
xalq  o’yinlaridan  foydalanish  hamda  uning  ta’lim-tarbiyadagi  ahamiyati  hamda 
psixologik ta’siri yuzasidan ko’rsatma va takliflar keltirilgan.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

43

ISSN:3030-3613

MILLIY XALQ O’YINLARINING BOLA PSIXIKASIGA IJOBIY TA’SIRI

Umarova Masturaxon Murodovna

Fargʼona Rishton tumani MMTBga qarashli

45-umumiy oʼrta taʼlim maktabi amaliyotchi psixologi

Annоtatsiya:

Mazkur maqolada umumta’lim maktablari o’quvchilariga milliy

xalq o’yinlaridan foydalanish hamda uning ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati hamda
psixologik ta’siri yuzasidan ko’rsatma va takliflar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

milliy xalq o’yinlari, jismoniy tarbiya, o’quvchi, sport,

rivojlanish, mashg’ulot, natija, sifat.

KIRISH

O‘zbek xalq milliy o‘yinlari o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan,

ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan, ma'naviy boyligimiz,
qadriyatlarimizdan sanaladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki
kunlardan boshlab, milliy qadriyatlarimiz, an'ana-yu udumlarimiz, shu jumladan, xalq
o‘yinlarini qayta tiklashga katta e'tibor qaratildi.Sportning an'anaviy turlari bilan
birgalikda milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlari ham tobora rivojlanib borayotir.
Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘zbek kurashi bo‘yicha
musobaqalar tashkil etilib, sportning shu turi ustalari o‘rtasida jahon chempionati
muntazam o‘tkazib kelinayotgani O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro qalbini
g‘ururga to‘ldiradi. Aslida biz faxrlansak arziydigan milliy sport turlari juda ko‘p.
Ularning orasida “Turon” kurashi, O‘zbek jang san'ati, uloq, ko‘pkari, chovgon,
belbog‘li kurash va kamondan o‘q otish alohida e'tiborga molik. Ayniqsa, oxirgi
yillarda O‘zbek jang san'atiga bo‘lgan qiziqish kuchayib bormoqda. Bu sport turi milliy
ruh bilan sug‘orilgan bo‘lib, yoshlarda abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni
shakllantirishda, ularning o‘tkir zehnli va ko‘rkam qaddi-qomatli bo‘lib ulg‘ayishlarida
muhim o‘rin tutadi.

O‘zbek xalq milliy o‘yinlari o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan,

ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan, ma'naviy boyligimiz,
qadriyatlarimizdan sanaladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki
kunlardan boshlab, milliy qadriyatlarimiz, an'ana-yu udumlarimiz, shu jumladan, xalq
o‘yinlarini qayta tiklashga katta e'tibor qaratildi.Sportning an'anaviy turlari bilan
birgalikda milliy sport turlari hamda xalq o‘yinlari ham tobora rivojlanib borayotir.
Bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘zbek kurashi bo‘yicha
musobaqalar tashkil etilib, sportning shu turi ustalari o‘rtasida jahon chempionati
muntazam o‘tkazib kelinayotgani O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro qalbini
g‘ururga to‘ldiradi. Aslida biz faxrlansak arziydigan milliy sport turlari juda ko‘p.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

44

ISSN:3030-3613

Ularning orasida “Turon” kurashi, O‘zbek jang san'ati, uloq, ko‘pkari, chovgon,
belbog‘li kurash va kamondan o‘q otish alohida e'tiborga molik. Ayniqsa, oxirgi
yillarda O‘zbek jang san'atiga bo‘lgan qiziqish kuchayib bormoqda. Bu sport turi milliy
ruh bilan sug‘orilgan bo‘lib, yoshlarda abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni
shakllantirishda, ularning o‘tkir zehnli va ko‘rkam qaddi-qomatli bo‘lib ulg‘ayishlarida
muhim o‘rin tutadi.Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ota-bobolarimiz azal-azaldan
insonni jismonan chiniqtiruvchi, salomatlikka ijobiy ta'sir etuvchi mashqlarga jiddiy
e'tibor qaratishganini ko‘ramiz. Masalan, ko‘pkari musobaqasi har bir ishtirokchidan
chavandozlik mahoratidan tashqari jismoniy kuch, o‘tkir zehn va yetti o‘lchab bir
kesish salohiyatiga ega bo‘lishni talab qiladi. Ajdodlarimiz shunga mos ravishda
tayyorgarlik ko‘rib, ham ruhiy, ham jismoniy o‘sishga erishganlar. Umuman olganda,
milliy sport turlarining barchasi ota-bobolarimizning yashash tarzi, madaniyati va
dunyoqarashidan kelib chiqqan holda rivojlangan. O‘sha kezlarda kimdir chavandoz,
kimdir qilichboz, yana kimdir mergan sifatida tanilgan. Shuningdek, turli o‘yinlar va
mashqlar tufayli ajdodlarimizda har qanday holatdan olib chiqadigan chaqqonlik,
yakkama-yakka olishuvga xos uquv shakllangan.

Milliy sport turlari bilan bir qatorda xalq o‘yinlari ham aksariyat yoshlarda katta

qiziqish uyg‘otmoqda, - deydi Andijon viloyati xalq o‘yinlari federatsiyasining rahbari
Sharobiddin Toshmatov. – Bu o‘yinlar, ayniqsa, bolalar orasida keng yoyilgan.
Xususan, mahallalarda o‘tkazilayotgan turli tadbirlarda aksariyat bolalar “Quloq
cho‘zma”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Podachi”, “Charxpalak”, “O‘rda to‘p”, “Chigi”,
“Qo‘tir echki” kabi o‘yinlarda o‘zaro bellashib, kim epchilu, kim chaqqonligini aniqlab
oladilar. Shuningdek, “Uzuk olish”, “Igna sanchish”, “Poyondoz”, “Sultonchalar
jangi”, “Igna, ip, angishovna” singari xalq o‘yinlari ham yillar osha bizgacha yetib
kelgan. Mazkur o‘yinlar ishtirokchilariga sinchiklab qarasangiz, har birida abjirlik,
murakkab holatni to‘g‘ri baholash, qiyin vaziyatdan chiqib ketish xususiyatlari qaror
topganiga amin bo‘lasiz. Shundan xulosa qilish mumkinki, milliy sport turlari va xalq
o‘yinlari yoshlarni sog‘lom voyaga yetkazish, ularga ta'lim-tarbiya berishda muhim
ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyat va urf-odatlarni asrab-avaylashda ularning
o‘rni beqiyos.Hozirgi kungacha Respublikamizda aksariyat mutaxassislar o’zbek xalq
o’yinlariga alohida tasnif (klassifikatsiya) va tavsif (xarakteristika) berishni ko’zda
tutmaganlar, yoki yetarli darajada ahamiyat bermaganlar.

Ta’kidlash joizki, agar shunday tasnif va tavsif berilsa, o’zbek xalq o’yinlari va

umuman harakatli o’yinlar ancha yutuqqa ega bo’lar yedi. Chunki har bir o’yinni
tasnifini va tavsifini bilgan holdagina undan foydalanish zaruriyati ham, joyi ham
to’g’ri belgilanadi.Ma’lumki o’zbek xalq o’yinlari o’z ichiga harakat jihatdan har xil
jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarni qamrab olgan. Ayniqsa,
xalq o’yinlari Forish tumanining chekka tog’li joylarida yaxshi saqlanib qolgan edi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

45

ISSN:3030-3613

Xalq milliy o’yinlari, jumladan o’zbek milliy o’yinlari barcha elatlar

kashfiyotlari kabi (musiqa, kulolchilik, gilam to’qish asboblari, ashula va raqs, ertak
va h.k.) insoniyat tarixining turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarida taraqqiy etgan o’ziga
xos etno va filoontogenetik xususiyatlar asosida “ixtiro” qilingan va shakllanib kelgan.

Respublikamizning turli mintaqalarida xalq harakatli o’yinlari aholining turli

yosh va qatlamlari o’rtasida azaldan rivojlanib kelgan bo’lsada, “oq” va “qizil”
imperiyalar davrida ushbu o’yinlarning ommalashuvi nihoyatda chegaralangan edi.

O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach xalq milliy harakatli o’yinlari

millatimiz qadriyatlari sifatida qayta tiklana boshladi va hozirgi kunda nafaqat
xalqimizning eng sevimli mashg’ulotiga aylandi, balki barcha ta’lim muassasalari
o’quv rejalariga to’laqonli fan sifatida kiritilgan. Ammo, shuni ham ta’kidlash zarurki,
xalq milliy harakatli o’yinlarining ilmiyuslubiy asoslari, ularning psixofunksional
mohiyati, jismoniy sifatlar va sport mahoratini shakllantirishdagi ahamiyati hamda
qiymati xali deyarli o’rganilmagan.

Ayni kunda yuqorida muhokama etilgan milliy harakatli o’yinlarning

ochilmagan qirralari, ushbu yo’nalishga oid muammolarni o’rganish va haѐtga tadbiq
etish mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimidagi dolzarb masalalardan biridir.

O’zbek xalq o’yinlari xalqning o’ziga xos urf-odatlaridan, turmush sharoitidan,

yashash iqlimi, tarixiy obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo’lib, shularga
yarasha jinsiga, ѐshiga, salomatligiga ko’ra qo’llanilgan.

O’zbek xalq o’yinlarida kasalliklarni davolash uchun va o’rgatish jaraѐnida keng

ko’lamda foydalanish mumkin. Kasallikni oldini olish uchun qo’llaniladigan o’yinlarni
o’yinlar bilan kasaldan chiqqan odamda qo’llaniladigan o’yinlarni farqini bilish juda
zarur. Chunki ularni jismoniy yuklanishi bir-biridan ajralib turishi darkor. O’rgatish
jarayonida esa ko’nikma va malakalarni shakllantirishga muvofiq o’yinlar tanlab
beriladi.

Yuqoridagilarni nazarda tutib o’zbek xalq o’yinlarini quyidagi toifalarga ajratish

mumkin:

harakat sifatlarini rivojlantiruvchi o’yinlar;

darsni ayrim qismlarida qo’llaniladigan o’yinlar;

turli yoshdagi bolalar faoliyatida qo’llaniladigan o’yinlar;

bolalar jinsiga qarab qo’llaniladigan o’yinlar;

ruhiy hissiѐtlarni rivojlantiruvchi o’yinlar;

yorug’ va qorong’u sharoitlarda qo’llaniladigan o’yinlar;

hayotiy zarur malakalarni egallashda ѐrdam beruvchi va

takomillashtiruvchi o’yinlar;

sport faoliyatida qo’llaniladigan o’yinlar.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

46

ISSN:3030-3613

Natijada umumta’lim maktablari o’quvchilariga jismoniy tarbiya darslari va

sinfdan tashqari mashg’ulotlarda milliy xalq o’yinlaridan foydalanish orqali bolani
jismoniy va ma’naviytarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Hayotiy zarur harakat malakalarini shakllantiruvchi o’yinlar:

osilish va

osilib chiqish: “Maymunchalar”, “Oq ayiqlar”; yurish, yugurish: “Quvlashmachoq”,
“Mokki”; o’tirish, turish: “Baqa”, “Tovuq va tulkilar”; to’xtash sakrash: “Qarmoqcha”.

Jismoniy sifatlari rivojlantiruvchi o’yinlar: kuch: “Tortishmachoq”; tezkorlik:

“Kun va tun”; yepchillik: “To’p uchun kurash”, “Lapta”, “Qirq tosh”; chidamkorlik:
“Quvib yet”; yegiluvchanlik: “Ko’prik va mushuk”.

Darsning yakuniy qismida qo’llaniladigan o’yinlar:

“Kim keldi”, “Kimni

ovozi”, “Durra soldi”, “Daqiqa”, “Momojon ѐrdam bering”.

Sport turiga xos harakat malakalarini shakllantirishda qo’llaniladigan o’yinlar:

“Qal’a himoyasi”, “To’pni qaytar”, “Uzatdingmi o’tir”, “Quvib yet”, “Kun va tun”,
“O’ylab top”, “G’ovvoslar”.

Sog’lomlashtirish maskanlarida o’tkaziladigan o’yinlar:

“Semir pufagim”,

“Besh tosh”, “Keglini urib yiqit”, “Insiz quѐn”.

Qo’shiqlar bilan ijro etiladigan o’yinlar: “Lapkar”, “Tez aytish”, “Guldurgup”,

“Oq terakmi, ko’k terak”.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak umumta’lim maktablari o’quvchilariga jismoniy

tarbiya darslari va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda milliy xalq o’yinlaridan
foydalanish bilan bolaga jismoniy va ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etib,
organizmni sog’lom va ma’naviy dunѐqarashi yuksak darajada rivojlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Raximqulov, K. D. (2012). Milliy harakatli o ‘yinlari.

O ‘quv qo ‘llanma T

.

2.

Xo‘jaev, P., Raximqulov, K. D., & Nigmanov, B. B. (2008). Sport va harakatli
o‘yinlar va uni o ‘qitish metodikasi.

Harakatli o’yinlari) O'quv qo'llanma TDPU T

.

3.

Xo‘jaev, F., Raximqulov, K., & Nigmanov, B. (2010). Harakatli o ‘yinlar va uni o
‘qitish metodikasi.

O ‘quv qo ‘llanma

.

4.

Рахимкулов, К. Д., & Раджапов, У. Р. (2014). Физическая культура в системе
воспитательной деятельности.

Педагогика и современность

,

1

(1-1), 144-148.

5.

Datkaevich, R. K. (2023). Influence of physical culture on the formation of personal
characteristics and qualities.

American Journal of Technology and Applied

Sciences

,

9

, 12-15.

6.

Рустамов, Л. Х. (2013). Источники и этапы развития теории и методики
физического воспитания.

Педагогика и современность

, (3), 69-76.

7.

Maxkamdjanov, K. M., Nurmatov, F. A., Inozemseva, L. A., & Rustamov, L.
(2008). Sport bayramlarini tashkil qilish va o ‘tkazish metodikasi.

Darslik T

.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

47

ISSN:3030-3613

8.

Рустамов, Л. Х., Утанов, Т. А., & Нигманов, Б. Б. (2015). Назначение и задачи
профессионально-прикладной физической подготовки будущих учителей.

Молодой ученый

, (11), 1476-1478.

9.

Рустамов, Л. Х. (2013). Физическая культура и ее влияние на организм
человека. In

Актуальные вопросы современной науки

(pp. 99-103).

10.

Рустамов, Л. Х., & Зайниддинов, Т. Б. (2013). Основные средства физической
культуры и классификация упражнений.

Педагогика и современность

, (5),

137-140.

11.

Рустамов, Л. Х. (2021). ЗНАЧЕНИЕ СПОРТИВНО-ОЗДОРОВИТЕЛЬНОЙ
АНИМАЦИИ В ЖИЗНИ ЧЕЛОВЕКА.

POLISH SCIENCE JOURNAL

, 200.

12.

Рустамов, Л. Х. (2022). ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЕ ГИБКОСТИ У
УЧАЩИХСЯ

13.

МЛАДШИХ КЛАССОВ НА УРОКАХ ПО ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЕ.

POLISH SCIENCE JOURNAL

,

14.

194.

15.

Рустамов, Л. Х. (2022). ОРГАНИЗАЦИЯ УРОКОВ ФИЗИЧЕСКОЙ
КУЛЬТУРЫ В МЛАДШИХ КЛАССАХ.

POLISH SCIENCE JOURNAL

, 191.

16.

Рустамов, Л. Х., & Набижанов, Ш. М. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ
ФИЗИЧЕСКОЙ

17.

КУЛЬТУРЫ СТУДЕНТОВ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ.

POLISH

SCIENCE JOURNAL

,

18.

441.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Raximqulov, K. D. (2012). Milliy harakatli o ‘yinlari. O ‘quv qo ‘llanma T.

Xo‘jaev, P., Raximqulov, K. D., & Nigmanov, B. B. (2008). Sport va harakatli

o‘yinlar va uni o ‘qitish metodikasi. Harakatli o’yinlari) O'quv qo'llanma TDPU T.

Xo‘jaev, F., Raximqulov, K., & Nigmanov, B. (2010). Harakatli o ‘yinlar va uni o

‘qitish metodikasi. O ‘quv qo ‘llanma.

Рахимкулов, К. Д., & Раджапов, У. Р. (2014). Физическая культура в системе

воспитательной деятельности. Педагогика и современность, 1(1-1), 144-148.

Datkaevich, R. K. (2023). Influence of physical culture on the formation of personal

characteristics and qualities. American Journal of Technology and Applied

Sciences, 9, 12-15.

Рустамов, Л. Х. (2013). Источники и этапы развития теории и методики

физического воспитания. Педагогика и современность, (3), 69-76.

Maxkamdjanov, K. M., Nurmatov, F. A., Inozemseva, L. A., & Rustamov, L.

(2008). Sport bayramlarini tashkil qilish va o ‘tkazish metodikasi. Darslik T.

Рустамов, Л. Х., Утанов, Т. А., & Нигманов, Б. Б. (2015). Назначение и задачи

профессионально-прикладной физической подготовки будущих учителей.

Молодой ученый, (11), 1476-1478.

Рустамов, Л. Х. (2013). Физическая культура и ее влияние на организм

человека. In Актуальные вопросы современной науки (pp. 99-103).

Рустамов, Л. Х., & Зайниддинов, Т. Б. (2013). Основные средства физической

культуры и классификация упражнений. Педагогика и современность, (5),

-140.

Рустамов, Л. Х. (2021). ЗНАЧЕНИЕ СПОРТИВНО-ОЗДОРОВИТЕЛЬНОЙ

АНИМАЦИИ В ЖИЗНИ ЧЕЛОВЕКА. POLISH SCIENCE JOURNAL, 200.

Рустамов, Л. Х. (2022). ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЕ ГИБКОСТИ У

УЧАЩИХСЯ

МЛАДШИХ КЛАССОВ НА УРОКАХ ПО ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЕ.

POLISH SCIENCE JOURNAL,

194.

Рустамов, Л. Х. (2022). ОРГАНИЗАЦИЯ УРОКОВ ФИЗИЧЕСКОЙ

КУЛЬТУРЫ В МЛАДШИХ КЛАССАХ. POLISH SCIENCE JOURNAL, 191.

Рустамов, Л. Х., & Набижанов, Ш. М. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ

ФИЗИЧЕСКОЙ

КУЛЬТУРЫ СТУДЕНТОВ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ. POLISH

SCIENCE JOURNAL,

441.