Mualliflar

  • Qarshiyeva Fayziya Shuhratovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96329

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Shaxs ijtimoiy rivojlanishi emotsional kechinmalar individual psixologik xususiyat ijtimoiy muhit oilaviy muhit sog`lom turmush tarzi.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada shaxsning rivojlanish jarayonida shaxsning o‘ziga 
xos  psixologik  xususiyatlari,  hissiy  emotsional  holatlari  o‘zgarishining  ijtimoiy 
psixologik xususiyatlari haqida.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

30

ISSN:3030-3613

HISSIY EMOTSIONAL HOLATLAR KELIB CHIQISHINING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Qarshiyeva Fayziya Shuhratovna

Toshkent shahar Yashnobod tumani 155-maktab psixologi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada shaxsning rivojlanish jarayonida shaxsning o‘ziga

xos psixologik xususiyatlari, hissiy emotsional holatlari o

zgarishining ijtimoiy

psixologik xususiyatlari haqida.

Kalit so‘zlar:

Shaxs, ijtimoiy rivojlanishi, emotsional kechinmalar, individual

psixologik xususiyat, ijtimoiy muhit, oilaviy muhit, sog`lom turmush tarzi.

KIRISH

Shaxs u yoki bu xildagi hayot tarzini tanlash imkoniga ega bo‘lgan ongli va

faol insondir. Ijtimoiy psixologiyada shaxsning shaxsiy va psixologik sifatlarini
o‘rganishga katta e’tibor beriladi, chunki bunday ma’lumotlarni bilish va
shaxslararo munosabatlarda hisobga olish juda muhimdir. Inson shaxsi jamiyatning
a’zosi sifatida turli xil o‘zaro munosabatlar doirasida faoliyat yuritadi. Shaxsning
shakllanish jarayoniga shaxslararo munosabatlardan tashqari jamiyatdagi mavjud
siyosiy doiralar va mafkuraviy qarashlar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Shaxs rivojlanishi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit
sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib
boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida
namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab
jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski
sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining
yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi.
Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola
shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’ limotga
asoslanadi.

Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida

tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs
bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy
qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki
shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa
fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi. Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi.
U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya
maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy
munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

31

ISSN:3030-3613

ta’siri ostida boradi. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy
maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga
ega boʻlgan jonzotdir. Biroq u hamma vaqt ham toʻlaqonli shaxs boʻlib yetilmasligi
mumkin. Shaxs tushunchasi insonga talluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan,
shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan
xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat
qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson
sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
O‘sib kelayotgan organizimni to‘g`ri tarbiyalash uchun bola organizimining o‘sishi va
rivojlanishi kabi asosiy xususiyatlarini bilishi zarur. O‘sish va rivojlanish barcha tirik
organizmlar kabi odam organizimiga ham hos xususiyatdir.

Organizimning har tomonlama o‘sish va rivojlanishi uning paydo bo‘lgan

vaqtidan boshlanadi. Odam organizimi paydo bo‘lganidan to umrining oxiriga qadar
ketma-ket keladigan morfologik, biokimyoviy va fiziologik o‘zgarishlarga
uchraydi.Albatta bu o‘zgarishlar o‘sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi
irsiy faktorlarga bog`langan. Biroq bu irsiy faktorlarni yuzaga chiqishida, yosh
xususiyatlarini shakillanishida ta’lim, tarbiya, bolaning ovqatlanishi, turmushining
gigiyenik sharoiti, uning kattalar bilan muloqoti, sport va mehnat faoliyati, umuman
olganda insonning ijtimoiy hayoti kata ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsning eng muhim
xususiyatli jihatlaridan biri bu uning individualligi ya’ni yakkaxolligidir. Individuallik
deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi
tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar,
hodisalar, hukmron xususiyatlar yig‘indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi,
dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi.
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko‘pincha ularda har xil
vazifani bajaradi, bir biriga o‘xshamagan ro‘llarni ijro etadi. Masalan ota-ona va
oilaning egovi injiq zo‘ravon bola o‘z tengqurlari davrasida extiyotkorona harakat
qilib, o‘zini tamoman boshqacha tutadi. Shuningdek jiddiy talabchan, xizmat vaqtida
boshqalarga qo‘shilmaydigan, sayohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va
hamkorlikda, ulfatchilikda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin.

Shaxsning tarbiyasi va rivojlanishi ijtimoiy muhit ta'siri ostida sodir bo'ladi,

ijtimoiy tarbiya odamga o'zini takomillashtirishga, muayyan yutuqlarga erishishga
yordam beradi. Ijtimoiy tarbiya jarayoni oilada, maktabda, ta'limning barcha
bosqichlarida, ishda sodir bo'ladi. Bolani ijtimoiy tarbiyalashning asosiy markazlari
oila, maktab va ko'cha muhiti hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar va shaxsiy muloqot
sohasida an'analar va urf -odatlar katta rol o'ynaydi. Psixik xususiyatlar birikmasini
aynan o‘xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Ma’lumki, insoniyat jamiyati
taraqqiy etib borgan sari odamlarning o‘zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo‘ladigan
munosabatlari ham, ayniqsa shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

32

ISSN:3030-3613

bo‘lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o‘ziga xos tarzda murakkablashib
boradi. Inson bolasi dunyoga kelar ekan, u mustaqil harakatlanish, yurish, o‘qish,
yozishdan boshlab tabiat va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuzma-yuz
kelganda nimalar qilish kerakligiga o‘rgatiladi yoki bunga maxsuz o‘qitiladi.

Har bir shaxs doimo ijtimoiy o‘zaro ta’sir tizimida mavjud bo‘ladiki, unda u

to‘g`ri harakat qilish uchun o‘zgalarni tushunishga harakat qilishi, o‘zgalar rolini qabul
qilishga tayyor bo‘lishi lozim. Lekin o‘zgalar rolini to‘g`ri qabul qilish uchun unda
umumlashtirilgan o‘zga obrazi bo‘lishi lozimki, bu obraz shaxslararo muloqot
jarayonida, har bir shaxs uchun ibratli bo‘lgan kishilar guruhi bilan muloqotda
bo‘lish jarayonida shakllanadi. Ya’ni shaxs faolligi tan olinadi bu esa fan tarixida o‘ta
progressiv hol edi.Hissiyot bamisoli insonning kiyimidir.

Insonning hissiyotiga ko’ra, uning holati haqida fikr yuritish mumkin. His-

tuyg’ular – kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib
olayotganiga yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha turli xil
shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. Histuyg’ularning kechishi sub’ekt alohida
his etayotgan ruhiy holat sifatida gavdalanadi. Bunda bironbir narsani idrok etish va
tushunib etish, biror narsa to’g’risida bilib olish idrok etilayotgan, tushunib
olinayotgan, ma’lum yoki noma’lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabati bilan
birgalikda ro’y beradi. Shu hollarning barchasida his-tuyg’ularning boshdan
kechirilishi xususida, kishining alohida hissiy holati xususida so’z yuritiladi. Bu yerda
oilaga hos psixologik jarayonlar, oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari,
nikohdagi o‘zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada
bola tarbiyasining ijtimoiy psixologik metodlari o‘rganiladi. Ishlab chiqarish
munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y
berayotgan ijtimoiy psixologik, fiziologik va boshqa o‘zgarishlar odamlarning o‘zaro
muloqot munosabatlari doirasini ma’lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda
o‘tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikni ma’lum darajada buzilishiga va
oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo‘riqishlarning yuzaga
kelishga asos bo‘lmoqda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda
xam o‘z ifodasini topadi.

Oilaviy munosabatlar o‘zining ko‘p qirraliligi bilan alohida xususiyat kasb etib,

jamiyat taraqqiyotini belgilashda, ma’nan barkamol, ruhan sog‘lom avlodni voyaga
yetkazish jarayonida ularning ijobiy yechimi katta ahamiyatga egadir. Agar har bir
oilani tashkil etuvchilar o‘z muammolarini bahamjihatlik bilan, o‘zaro kelishuv
asosida hal qilsalar, oiladagi tinchlik kafolatlanib, uning ma’naviy asoslari mustahkam
bo‘ladi. Alohida ta’kidlash joizki, er-xotin, qaynona-qaynota, kelin-kuyov
unosabatlarida, fikrlar va qarashlardagi paydo bo‘ladigan ayrim kelishmovchiliklar,
qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarni uni tashkil etuvchi shaxslar o‘zaro kelishib,
muammoni konstruktiv tarzda yechishga qodir bo‘lsalar, oiladagi ijtimoiy psixologik


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

61-son_4-to’plam_May-2025

33

ISSN:3030-3613

hamda ma’naviy muhit yosh avlod ongida insoniy munosabatlar to‘g‘risida teran va
ijobiy tasavvurlar shakllanishiga imkon beradi. Shu bois ham mamlakatimizda oila va
uning tarbiyaviy imkoniyatlari qadriyat sifatida yuksaklarga ko‘tariladi.

XULOSA

Shaxs ijtimoiy psixologiyada, garchi uning shakllanishiga jinsi, temperamenti,

irsiy belgilari kabi biologik tavsiflar ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatsada, ijtimoiy
fenomen sifatida qaraladi.Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik
kategoriya bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning
ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Xulosa o‘rnida shuni aytamizki shaxsning
sog`lom turmush tarzini yaratishda, psixik va oilaviy shakillanishida, bolalarning
jismoniy va aqliy jihatdan o‘sishi va rivojlanishida yuqorida aytib o‘tilganidek,
turmush sharoiti, maktabdagi mehnat faoliyati, jismoniy mashiqlar muhim ahamiyatga
ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asari

2.

Toshkent Ma’naviyat 2008 y

3.

D.A. Mamatkulov “Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari”

1

4.

Toshkent 2017 y 17 c

5.

E. G`. G`oziyev “Psixologiya” kasb xunar kollejlari uchun darslik birinchi
nashr

2

Toshkent 2012

6.

G`. B. Shoumarov “Oila psixologiyasi”

3

Toshkent 2010 y

7.

N.Islomova D. Andullayeva “Ijtimoiy psixologiya”

1

Toshkent 2013



Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asari

Toshkent Ma’naviyat 2008 y

D.A. Mamatkulov “Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari” 1

Toshkent 2017 y 17 c

E. G`. G`oziyev “Psixologiya” kasb xunar kollejlari uchun darslik birinchi

nashr 2 Toshkent 2012

G`. B. Shoumarov “Oila psixologiyasi” 3 Toshkent 2010 y

N.Islomova D. Andullayeva “Ijtimoiy psixologiya” 1 Toshkent 2013