T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
94
ISSN:3030-3613
GOSPITAL TA’LIMDA GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISHNING
INTERFAOL USULLARI
Sag‘dullayev Quvonchbek Akmal o‘g‘li
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi
“Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi
umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish bo‘yicha pedagog xodim
Anotatsiya:
Ushbu maqolada gospital ta’limda geografiya fanini o‘qitishda
interfaol usullarni qo‘llashning ahamiyatini va samaradorligini tahlil qilingan.
Maqolada interfaol metodlarning turlari, ularni geografiya fanida qo‘llash usullari va
amaliy misollar keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlar
o‘quvchilarning mavzuni chuqurroq o‘rganishiga, fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga
va ta’lim jarayonini samarali qilishga yordam beradi.
Kalit so‘zlar:
gospital ta’lim, interfaol metodlar, individual yondashuv, filvord,
topishmoq, “1 daqiqa” metodi, ekologik madaniyat, pedagogik texnologiya.
Bugungi kunda o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda
ta’lim berish zamonaviy pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, sog‘lig‘i bo‘yicha cheklovlarga ega bo‘lgan, shifoxonalarda yoki uy
sharoitida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan ishlashda an’anaviy o‘quv yondashuvlari
yetarli emas. Bunday holatlarda interfaol usullardan foydalanish orqali geografiya
fanining o‘quvchilarga qiziqarli va tushunarli bo‘lishini ta’minlash mumkin.
Gospital ta’lim – uzoq muddatli davolanayotgan va sog‘lig‘i sababli ta’lim
muassasasiga bora olmaydigan bolalarni o‘qitishni tashkil etish bilan bog‘liq
pedagogikaning bo‘limi. Gospital pedagogikasi pedagogikaning bir qismi bo‘lib, o‘z
e’tiborini o‘quvchilarning alohida toifasiga – uzoq muddatli davolanishga muhtoj
bolalarga qaratadi. Bu holatlarda quyidagi muhim tamoyillar ustuvor bo‘ladi:
Individual yondashuv
– har bir o‘quvchining sog‘lig‘i, psixologik holati
inobatga olinadi;
Qisqa, mazmunli darslar
– e’tiborning tarqoq bo‘lishi ehtimolini kamaytirish
uchun;
Ko‘rgazmalilik
– ko‘rish, eshitish orqali tez va samarali o‘zlashtirishni
ta’minlash.
Geografiya – tabiiy jarayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy holatlar, joy va makon bilan
bog‘liq bilimlarni qamrab oluvchi fan bo‘lib, uni interfaol metodlar orqali o‘qitish
o‘quvchilarning faolligini oshiradi, tasavvurlarini boyitadi, mustaqil fikrlashga
yo‘naltiradi, o‘rganilgan bilimlarni amaliyotga tadbiq qilishga yordam beradi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
95
ISSN:3030-3613
Gospital ta’limda geografiya fanini interfaol metodlar asosida o‘qitish dars
samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bu nafaqat o‘quvchining bilim olishiga,
balki uning ruhiy holati va fanga bo‘lgan qiziqishining oshishiga ham xizmat qiladi.
Interfaol metodlar orqali geografiya darslari jonlanadi, o‘quvchilar o‘zlarini faol
ishtirokchi sifatida his etadilar. Shunday ekan, gospital ta’limdagi har bir pedagog
interfaol yondashuvlarni puxta o‘zlashtirishi va amaliyotga tatbiq etishi zarur.
Geografiyani o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati,
aqliy rivojlanishi va umuminsoniy qadriyatlarini shakllantirish barobarida olamning
yagona manzarasiga oid tafakkurini rivojlantirish hamda egallagan bilimlardan
kundalik hayot faoliyatida foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Geografiyani o‘qitishda o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish,
o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, o‘quv materiallarining o‘zlashtirilishini ta’minlash,
matnlar axborot berishga emas, balki o‘quv fanining mazmun-mohiyatini tushuntirish
maqsadlariga xizmat qilishi, qiziqarli o‘quvchilar uchun qulay bo‘lishi, ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish, aniq dalillarga asoslangan materiallardan tarkib topishi,
ta’limning kundalik hayot va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqligini ta’minlashga, olingan
bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish kompetentligini shakllantirilishiga, boshqa o‘quv
fanlari bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi; rasmlar
ko‘rinishidagi illyustratsiyalar: chizmalar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar va
fotosuratlar bilan bezatilgan bo‘lishi; yangi tushunchalar, atamalar lug‘at ko‘rinishida
ifodalangan bo‘lishi lozim.
Gospital maktab o‘quvchilarining sog‘ligidan kelib chiqqan holda darsliklarda
berilgan ma’lumotlar imkon darajasida oson, rangli, qiziqarli, chiroyli bo‘lishi, matnlar
o‘quvchilarga ma’lum ijobiy hissiy ta’sirlarni o‘tkazishi va o‘quv faniga qiziqish
uyg‘otishi, bo‘lim, bob, mavzu matnlarining turli shakl hamda ranglar bilan ajratilishi,
mutanosibligi ta’minlanishi, rasm, tasvirlar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq
hamda tiniq ifodalanishi lozim.
Zamonaviy sharoitda
ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li
mashg‘ulotlarni interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda.
Interfaol metodlar
– ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining o‘zaro faoliyatini
ta’minlovchi, ularni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi hamda ta’lim
olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishga yo‘naltirilgan metodlar. O‘quv jarayonining
interfaol ta’lim turlariga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda, hatto “bolalar
o‘yini” kabi taassurot uyg‘otadi. Gospital maktabning geografiya darslari
kompetensiyaviy
yondashuvni
joriy
etish
axborot
va ilg‘or pedagogik
texnologiyalaridan foydalanish ta’lim mazmunida o‘ziga xos hamda o‘quvchi shaxsida
o‘ziga mos kompetensiyani shakllantiradi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim
mazmuniga zamonaviy ruhda singdirish, pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
96
ISSN:3030-3613
komil inson etib tarbiyalash, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi
bosqichga ko‘tarish bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Gospital ta’limda o‘tkazilgan dars o‘quvchilarni ham, pedagoglarni ham
qanoatlantirish uchun javob berish kerak. Gospital maktabda interfaol metodlardan
foydalanish o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, ularni aqliy qobiliyatini
o‘stirish, geografiyani o‘qitishda eng muhim hisoblanadi. Buning uchun o‘qitishning
faol metodlaridan, ta’limning noan’anaviy shakl va usullaridan keng miqyosda
foydalanishni taqozo etadi. Gospital maktabning geografiya darslari kompetensiyaviy
yondashuvni joriy etish axborot va ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish
ta’lim mazmunida o‘ziga xos hamda o‘quvchi shaxsida o‘ziga mos kompetensiyani
shakllantiradi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim mazmuniga zamonaviy ruhda
singdirish, pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, komil inson etib tarbiyalash,
ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish bugungi
kunning dolzarb masalasidir. Gospital maktabda geografiya fanini o‘qitishda
qo‘llanilgan ba’zi interfaol metodlariga quyidagi misollarni keltiramiz.
“1 daqiqa” metodi.
Bu metodni bir nechta usullar orqali amalga oshirish
mumkin. Masalan: uzoq muddatli davolanayotgan o‘quvchilar ilk bor geografiya
darsiga qatnashganda bu metod orqali mavzularni qay darajada bilishini sinovdan
o‘tkazish mumkin. O‘quvchilarga 1 daqiqa vaqt beriladi, shu daqiqa ichida ular
geografiyadan o‘zlari bilgan 10 ta atama yozib berishlari kerak bo‘ladi yoki yangi
mavzuni tushuntirishdan oldin o‘tilgan mavzuni takrorlash maqsadida qanday atamalar
esda qolganini 1 daqiqa davomida 10 ta so‘z bilan ifodalab berishlari lozim. Gospital
ta’limda o‘quvchilar xotirasi bilan bog‘liq muammolar bo‘lganligi sababli o‘quvchilar
uchun “xotira mashqi” ham hisoblanadi.
“Filvord”
metodi – bu metodda sinfdagi barcha o‘quvchilar uchun A4
formatdagi qog‘ozga “Filvord” krossvordi beriladi. Ularga berilgan krossvorddagi
vazifa geografiya fani mavzulari asosida tayyorlanadi. O‘quvchilar bu filvordni kalit
so‘zlar asosida harflarga chizish orqali javoblarni yozadilar. Bu filvordni
geografiyaning barcha darslari uchun amalda qo‘llasa bo‘ladi.
“Geografik pochta”
metodi. O‘yin ishtirokchilariga konvert nomlariga
joylashtirish uchun davlatlar nomi yozilgan kartochkalar beriladi. O‘quvchilar
kartochkalarni qit’a nomlariga mos keluvchi konvertlarga soladi. Bunda davlat nomlari
“manzil”ini to‘g‘ri va tez topgan o‘quvchilar g‘olib hisoblanadi. O‘yinni darsning
mustahkamlash qismida yoki to‘garak mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.
“Topishmoqlar”
metodi.
O‘quvchilarni geografiyaga qiziqtirishda har xil
topishmoqlardan ham foydalanish mumkin. Topishmoqlar aql-zakovat, fikr
o‘tkirligining sinov quroli hisoblanadi. Chunki u o‘quvchini topqirlikka o‘rgatadi.
Gospital maktab dars jarayonida o‘quvchilarda ruhiy charchash kuzatiladi.
Topishmoqlar ruhiy charchashning oldini oladi. O‘qituvchiga esa o‘quvchilarning
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
97
ISSN:3030-3613
zehni, dunyosini o‘rganishga, ularni individual xususiyatlarini aniqlashga yordam
beradi.
To‘rt tomoning aniqlab berar,
Darajada joylar aks etar.
Osmondami, suvda, o‘rmonda,
Sayohating chog‘i asqotar.
(kompas)
Bir xil baland nuqtani,
Tutashtirar bir chiziq.
Unga relyef bo‘lsa bas,
Hech rang ishlatmas qiziq.
(gorizontal)
Yunonchadan qilsang tarjima,
“Shimoliy” dir uning ma'nosi.
U mintaqa katta bir zona.
Juda sovuq, shimol sahrosi.
(Arktika)
Yuqorida keltirilgan metodlar gospital ta’lim o‘quvchilariga geografiya fanini
tez va oson o‘rganishlariga yordam beradi. Bu metodlar orqali ularning darsga
qiziqishlarini va faol qatnashishini, ularning kayfiyatlarini ko‘tarilganini kuzatishimiz
mumkin.
Ushbu metodlar nafaqat guruhda tashkil etilgan darslarda, balki individual
mashg‘ulotlar uchun ham mo‘ljallangan. Individual mashg‘ulotlarda qo‘llanilganda
samarali natijalarga erishilgan.
Xulosa.
Gospital ta’limda geografiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning
individual ehtiyojlarini hisobga olish va ularga moslashtirilgan usullarni qo‘llash
muhimdir. O‘yinlar, tasvirli materiallar, amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning
o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, tushunishni osonlashtiradi va ularning bilim
olish jarayonini samarali qiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarning sog‘lig‘ini hisobga olish, o‘quvchilarni qo‘llab-
quvvatlash, ota-onalar va shifokorlar bilan hamkorlikda ishlash o‘quv jarayonining
muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Abdukarimov A. Pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar. T.:, 2020.
2.
Abdullayev M. Geografiyani o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan
foydalanish. T.: 2023.
3.
Alimova N., Sag‘dullayev Q., Xoliqulova D. Gospital ta’limda tabiiy (science)
fanlarni o‘qitishning interfaol usullari. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. T.: 2024.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
98
ISSN:3030-3613
4.
Do‘stiyeva S., Lufilloyev I., Juraxujayev D. Geografiya taʼlimida interfaol
metodlarni qo‘llashning samaradorligi va amaliy jihatlari. SCIENCE AND
EDUCATION, 5(12), 219–223.
5.
Karimov Sh. Geografiya fanini o‘qitishda zamonaviy usullar. Samarqand, 2021.
6.
Xoliqulova D., Sag‘dullayev Q., Gospital ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitishda
topishmoqlarning ahamiyati. TADQIQOTLAR jahon ilmiy-metodik jurnali. T.:
2025.
7.
Internet ma’lumotlari.