Mualliflar

  • Dolimova Durdona Mahmudjon qizi
  • Ixvoldinova Sayyora Qobulovna
  • Mahmudova Hilola Abdumannon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96968

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: o`quv tarbiya o`rta ta`lim kasbiy ta’lim muassasa kadrlar tayyorlash tadqiqot kommunikativlik pedagogik jarayon.

Annotasiya

Annotatsiya: O`quv  tarbiyaviy  jarayon  tushunchasi  ko'pchilik  tadqiqotchilar  
tomonidan  turlicha talqin qilinsada, mazkur jarayon ta'lim-tarbiya jarayoni sifatida 
shaxsning kamol  topishida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi,  chunki  u  bir  avlodning  
ijtimoiy tajribasini keyingi avlodlar tomonidan o'rganilishi va o'zlas htirilishi hamda 
ularning o'rganganlarini  amaliyotga  tatbiq  etish uchun  zarur  shart-sharoitlar  yaratib 
beradi.  Ushbu  maqolada kasbiy ta`lim  muassasalarida  tashkil  etiladigan  o`quv – 
tarbiyaviy jarayonlar haqida so‘z boradi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

82

ISSN:3030-3613

KASBIY TA`LIM TASHKILOTLARIDA TASHKIL ETILADIGAN O`QUV-

TARBIYAVIY JARAYONLAR

Dolimova Durdona Mahmudjon qizi

Andijon shahar 3-son politexnikumi

matematika fani o'qituvchisi.

Ixvoldinova Sayyora Qobulovna

Andijon shahar 3- politexnikumi

tarbiya fani oʻqtuvchisi.

Mahmudova Hilola Abdumannon qizi

Andijon shahar 3-son politexnikumi

fizika fani o'qituvchisi.


Annotatsiya:

O`quv tarbiyaviy jarayon tushunchasi ko'pchilik tadqiqotchilar

tomonidan turlicha talqin qilinsada, mazkur jarayon ta'lim-tarbiya jarayoni sifatida
shaxsning kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u bir avlodning
ijtimoiy tajribasini keyingi avlodlar tomonidan o'rganilishi va o'zlas htirilishi hamda
ularning o'rganganlarini amaliyotga tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib
beradi. Ushbu maqolada kasbiy ta`lim muassasalarida tashkil etiladigan o`quv –
tarbiyaviy jarayonlar haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

o`quv tarbiya, o`rta ta`lim, kasbiy ta’lim, muassasa, kadrlar

tayyorlash , tadqiqot, kommunikativlik, pedagogik jarayon.

KIRISH

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va

ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim
tizimi orqali har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda
tutgan holda ta’lim oluvchilarda bilim olishga va yangiliklarni puxta
o'zlashtirishga ehtiyojni, asosiy o'quv- ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy
va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, ijodiy
fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo'lish ko'nikmalarini shakllantirishni
uzluksiz ta'lim jarayonlarining asosiy vazifalari sifatida belgilab berdi.

Uzluksiz ta'lim tizimida ayniqsa, kasbiy ta`lim muassasalarida pedagogik

jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirishga xizmat
qiluvchi vazifalarni amalga oshirish, ya'ni ta'lim- tarbiya jarayonlari
samaradorligini ta'minlash pedagogik jarayonlar ishtirokchilari hisoblangan ta'lim
muassasasi rahbarlari, o'qituvchilar, tarbiyachilar va boshqa mutaxassis
xodimlarning faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish va
amaliyotga joriy etish zaruriyatini belgilaydi. Uzluksiz ta'lim tizimida. ta'lim


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

83

ISSN:3030-3613

jarayoni ishtirokchilari ehtiyojlari, shuningdek, fan, ta'lim, ishlab chiqarish
ehtiyojlaridan kelib chiqib, raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlashda uzluksiz ta'lim
tizimining asosiy komponentlari hisoblangan maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta
ta'lim, o'rta maxsus kasbiy ta'limi, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim,
maktabdan tashqari ta'lim hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining
integrativ tabiatiga mos ta'lim jarayonlari samaradorligini oshiruvchi
texnologiyalarni tanlash, hamda pedagogik jarayonlarda vujudga kelayotgan
.muammolarni o'rganish va ularni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqish
bugungi kunning eng asosiy talablaridan bin hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Uzluksiz ta'lim tizimida ayniqsa, kasbiy ta’limda tashkil etiladigan pedagogik

jarayonlarda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etishning eng asosiy
omillaridan biri bo'lgan pedagogik jarayonlarni o'zaro bog'liqligi va aloqadorligini
ta'minlashda mazkur jarayon ishtirokchilarining ichki imkoniyatlarini harakatga
keltiruvchi, tushunchalarini mustaqil ravishda rivojlantirishga ko'maklashuvchi
jarayonlar hisoblangan ta'lim, mustaqil ta'lim, tarbiya, o'zini-o'zi tarbiya va
tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tashkil etish, boshqarish, sifat va
samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlarni joriy etish
zarur.

O`quv tarbiyaviy jarayon tushunchasi ko'pchilik tadqiqotchilar tomonidan

turlicha talqin qilinsada, mazkur jarayon ta'lim-tarbiya jarayoni sifatida shaxsning
kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u bir avlodning ijtimoiy
tajribasini keyingi avlodlar tomonidan o'rganilishi va o'zlas htirilishi hamda ularning
o'rganganlarini amaliyotga tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi.

Tadqiqotchilar V.A.Slastenin va A.I.Mishenkolarning ta'kidlashicha, o`quv

tarbiya jarayon - bu ta'lim-tarbiyaviy maqsadlarga yo'naltirilgan va maxsus tashkil
etilgan ustozlar va tarbiyalanuvchilarmng o'zaro tasir jarayonidir. Ustozlar va
tarbiyalanuvchilar subyekt sifatida o`quv tarbiya jarayonning asosiy komponentlari
hisoblanadi.

P.I.Obrazsov va V.M.Kosuxinlar o`quv tarbiya jarayonning o'ziga xos

xususiyatlaridan biri sifatida uning yaxlitligini ajratib ko'rsatgan holda, quyidagilarni
o`quv tarbiya jarayon komponentlari sifatida keltiradi: ta'lim mazmuni va o'quv
materiallarini loyihalashtirish va o'zlashtirish jarayonlari; ta'lim mazmunini
o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishni ta'minlash maqsadida tashkil etiladigan ta'lim
jarayoni; o'qituvchi va o`quvchilarning o'zaro ta'siri natijasida vujudga keluvchi
rivojlanish jarayoni; o'quvchi va o'qituvchilarning shaxsiy munosabatlar darajasidagi
o'zaro ta'sir jarayoni (norasmiy muloqot jarayoni); ta'lim mazmunini o'quvchilar
tomonidan bevosita o'qituvchining ishtirokisiz o'zlashtirish jarayoni (mustaqil ta'lim
va o zini-o'zi tarbiya).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

84

ISSN:3030-3613

Ushbu tadqiqotchilar ta'lim, rivojlanish, muloqot, mustaqil ta'lim va o'zini-

o'zi tarbiya jarayonlarini yaxlit o`quv tarbiya iarayonning tarkibiy qismlari sifatida
ajratib ko`rsatadilar.

Kasbiy ta'lim tizimida tashkil etiluvchi o`quv tarbiya jarayonda

subyektlarning ichki imkoniyatlarini harakatga keltiruvchi, tushunchalarini mustaqil
ravishda rivojlantirishga ko'maklashuvchi, o`quv tarbiyaning "tarbiya"- "o'zini-o'zi
tarbiya", "ma'lumot"-"mustaqil ma'lumot", "ta'lim"-"mustaqil ta'lim", "rivojlanish" va
"tarbiyaviy munosabatlar" tushunchalari bir-birini to'ldiruvchi hamda bir-birini
ta'minlovchisi sifatida shaxsning rivojlanishi hamda shaxsiy qobiliyatlarini
shakllantirish uchun xizmat qiladi. Shunday ekan, shaxsning rivojlanishida uning
mustaqil faoliyati, ya'ni mustaqil ta'lim va mustaqil ma'lumotlar olishi hamda o'zini-
o'zi tarbiyalashi muhim ahamiyatga ega ekanligini hamda kasbiy ta'lim tizimining
o`quv tarbiya jarayonlarida ta'lim oluvchi shaxsini rivojlantirishning asosi sifatida
ta'lim - mustaqil ta'lim. tarbiya - o'zini-o'zi tarbiya, ma'lumot - mustaqil ma'lumot,
rivojlanish va tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlarini
inobatga olgan holda ularni yaxlit o`quv tarbiya jarayonning tarkibiy qismlari sifatida
ajratib ko'rsatish mumkin.

Kasbiy ta'lim tizimida tashkil etiladigan va boshqariladigan o`quv tarbiya

jarayonlarning asosiy komponenti sifatida ta'lim oluvchi shaxsining rivojlanishida
muhim ahamiyat kasb etuvchi ta'lim - mustaqil ta'lim, tarbiya - o'zini-o'zi tarbiya,
ma'lumot - mustaqil ma'lumot, rivojlanish va tarbiyaviy munosanatlar jarayonlari bilan
bir qatorda, oila, manalla, ta'lim muassasasi va tengdoshlari o'rtasida vujudga keluvchi
o'zaro ta'sir jarayonini ham inobatga olish zarur.

O'zaro ta'sir - bu inson faolligining ko'rinishi sifatida, muloqotning interfaol

shakli va individ faoliyatining ma'lum bir turi sifatida mustaqil ahamiyat kasb etuvchi
jarayon. O'zaro ta'sir jarayonida muloqot vuiudga keladi va bunda inson o'zini -
o'zi anglaydi, o'z ehtiyojini, shaxsiy hayotiy tushunchalarini, faolligini namoyon
etadi.

Buning uchun inson o'zining qaysi tizimga va qaysi jamiyatga xosligini anglashi

zarur.

O'zaro ta'sir jarayonida ishtirok etayotgan inson nafaqat o'zini va shaxsiy

xususiyatlarini, balki aniq holatni, vaziyatni ham o'zgarishiga ta'sir ko'rsatadi, bunda
o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi subyektlarning rivojianishi amalga oshadi, shuningdek, o'zaro
ta'sir jarayoni ham rivojlanadi.

A.A.Bodalyovning fikricha, insonlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir inson psixologiyasi

va shaxsiy xususiyatlarini rivojlanishining eng asosiy omili bo'lib, mazkur iarayon
ishtirokchilarining o'zaro teng harakatlari shaxslararo aloqalarning vujudga kelish
sharti hisoblanadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

85

ISSN:3030-3613

Mening fikrimcha ta'lim tizimida tashkil etiladigan va boshqariladigan o`quv

tarbiya jarayonlarning komponenti sifatida quyidagilarni inobatga olish zarur:

- subyektning faolligi va tashabbuskorligining rivojlani shi;
-shaxsning psixologik xususiyatlarining o'zgarishi;
-ma'naviy va madaniy tushunchalarning rivojlanishi;
-o'zini-o'zi anglashi va o'zini-o'zi baholash ko'nikmalarining rivojlanishi;
- kasbiy kompetentlilik darajasini ortishi;
- hamkorlikdagi faoliyatni vujudga kelishi va unda axborotlar almashinuvi

natijasida kasbiy faoliyatga psixologik moslashuvni vujudga kelishi.

Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslangan holda ta'lim tizimida, ta`lim

oluvchilar uchun tashkil etiladigan amaliy mashg'ulot, to'garak mashg'ulotlari,
ekskursiya, davra suhbati, uchrashuvlar, fanlar bo'yicha tashkil etiladigan musobaqa va
tanlovlar, san'at festivallari, konferensiya va boshqa turli yo'nalishlardagi tadbirlar
(pedagogik tahlil, o'zaro dars kuzatish, ustoz-shogird tizini, maslahatlar)ni, o'quvchi,
talaba va o'qituvchilarning o`zlari tomonidan amalga oshiriladigan mustaqil ta'lim,
o'zini-o'zi tarbiya, mustaqil ma'lumot, mustaqil ishlarni shuningdek shaxslararo
munosabatlar jarayonida bevosita vujudga keluvchi tarbiyaviy munosabatlar
jarayonini hamda pedagogik tajriba sinov va pedagogik amaliyot jarayonlarini ta'lim
tizimida tashkil etiladigan o`quv tarbiya jarayonlar deb aytishimiz mumkin.

Mazkur jarayonlarning maqsadi, yo'nalishi, mazmuni mohiyati va ahamiyatiga

e'tibor qaratadigan bo'lsak ularning o'zaro aloqadorligi va bog'liqligini, ya'ni ularda
ta'lim tizimiga xos xususiyatlar mavjudligini ko'rishimiz mumkin, chunki o`quv
tarbiya jarayonlar deb atalayotgan soddadan murakkabga qarab davom etayotgan
jarayonlarning ixtiyoriy birining o'zgarishi ikkinchisi, uchinchisi va boshqalarining
o'zgarishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Tadqiqotlarda "tizim" tushunchasi juda keng qo'llaniladi, masalan, ta'lim tizimi,

tarbiya tizimi, ta'lim- tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari va metodlari tizimi va

hokazo.
Tadqiqotchi M.U.Dexqanovaning ta'kidlashicha, tizim - ma'lum bir ketma-

ketlikda tartiblangan, nisbatan mustaqil mantiqan o'zaro uzviy bog'langan va
birgalikda umumiy funksiyaviy bajaruvchi elementlar majmuidir.

N.A.Muslimovning ta'kidlashicha, tizimlilik butun olamning umumiy

xususiyatidir. Tabiat, jamiyat, inson faoliyati va fikrlashidagi tizimlilik bunga misol
bo'la oladi. Ushbu umumiy xususiyatdan kelib chiqib. "tizimlilik" tushunchasini
jarayonlar va borliqdagi hodisalarning tizim hosil qila ol ishi, tizimning mavjudligi,
moddiy dunyoning hamda uni bilish shakllarining va demak, pedagogik faoliyatning
ham tizimbli qurilishga ega ekanligi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin.

N V.Kuzminaning ta'kidlashicha, ijtimoiy tizimning turlaridan biri hisoblangan

o`quv tarbiya tizim - insonlarga va yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish, ta'lim


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

86

ISSN:3030-3613

jarayonini tashkil etish maqsadlariga xizmat qiluvchi turli strukturaviy va funksional
bog'liq bo'lgan komponentlar majmuidan iboratdir.

Bizning fikrimizcha, o`quv tarbiya tizim umumiy maqsadlar yo`nalishida,

funksional vazifalarni amalga oshirish va boshqarishda tashqi muhit bilan o'zaro ta`sir
ko'rsatuvchi, alohida xususiyatlarga ega bo'lgan o'zaro bog'liq qismlarning yaxlit holda
vujudga kelishidir.

Shunday qilib, o`quv tarbiya tizim ta'lim muassasasining maqsadi, vazifasi,

ta'lim muassasasi tomonidan tanlangan model, strategiyalari orqali tavsiflanadi.
O`quv tarbiya tizim belgilangan maqsad yo'nalishida, umumiy o`rta ta'lim tizimi
subyektlari faoliyatini muvofiqlashtirish, funksional vazifalarini amalga oshirish va
boshqarishda tashqi muhit bilan o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi, alohida xususiyatlarqa ega
bo'lgan o'zaro bog'liq qismlarning yaxlit holda vujudga kelishidir.

Demak, kasbiy ta'lim tizimidagi o`quv tarbiya jarayonlarni o'zaro bog'liqligi

va aloqadorligini inobatga olgan holda yaxlit o`quv tarbiyaviy tizim deb hisoblasak,
ularni tashkil etish va boshqarish ham tizimli xususiyatga ega bo'lishi kerak.
O`quv tarbiya tizimning o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishga tizimli
yondashuvning mazmun va mohiyati quyidagi tamoyillar asosida ko'rsatishimiz
mumkin.

1.O'zaro bog'liqlik – ta'lim tizimida tashkil etiladigan va boshqariladigan

o`quv tarbiya jarayonlar alohida bir tizim sifatida va yuqori tartibli yaxlit o`quv tarbiya
tizimning tashkil etuvchi komponenti sifatida mavjudligi,

2.Kommunikativlik – o`quv tarbiya tizimning tashqi muhit va boshqa

tizimlar bilan o'zaro ta'sir etish xususiyatlariga ega ekanligi.

Kasbiy ta'lim tizimida o`quv tarbiya jarayonlarni tashkil etish va boshqarish

yo'nalishidagi muammolarning ko'pqirraliligi va murakkabligi, nafaqat o`quv
tarbiya jarayonlarni tashkil etish va boshqarishni sifat jihatdan o'zgartirishni
nazarda tutadi, balki uning mazmunini takomillashtirish zaruriyatini ham belgilaydi.

Kasbiy ta'lim tizimi oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan,

oldindan loyihalashtirilgan hamda mavjud imkoniyatlar va ilmiy-pedagogik salohiyat
darajasida tashkil etiladigan o`quv tarbiya jarayonlar asosiy (ta'lim- tarbiyaviy)
va yordamchi (ta'minlovchi va shart-sharoitlar yaratuvchi) jarayonlarni o'z ichiga oladi.

Kasbiy ta'lim tizimida tashkil etiladigan va boshqariladigan o`quv tarbiya

jarayonlarni rivojlantirish asosiy (talim -tarbiyaviy) va yordamchi (ta'minlovchi va
shart-sharoitlar yaratuvchi) jarayonlar ishtirokchilarning faoliyatlari bilan bog'liq
holda, ilmiy-pedagogik salohiyatni boyitish, imkoniyatlarni kengaytirish asosida
yanada yangi sifatlarga, yuqori va samarali natijalarga erishishga yo'naltiri lgan
va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan bo'lib, ulardan foydalanishda
samaradorlikka erishish va rivojlantirish uchun odatda belgilangan mezonlarni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

87

ISSN:3030-3613

almashtirish, asosiy va yordamchi jarayonlarni yoki mazkur jarayonlar
ishtirokchilarining faoliyatini takomillashtirish zarur bo'ladi.

Kasbiy ta'lim tizimida o`quv tarbiya jarayonlar bir butun organizm sifatida ichki

o'zgarishlarga asosan rivojlanadi va o'zaro aloqalar tizimi barqarorlashadi. Turli xil
muammolarni hal etish zamonaviy usullar yordamida maqsadga erishishdagi
vazifalar amalga oshiriladi, natijalar zamon talablariga moslashadi va o`quv tarbiya
tizim samaradorligi ta'minlanadi.

XULOSA

Kasbiy ta'lim tizimida tashkil etiladigan va boshqariladigan o`quv tarbiya

jarayonlarning umumiy modelini o'zgartirishda o'qituvchilar va ta'lim oluvchilarning
imkoniyatlari, boshlang'ich tushunchalari va ishonchlarga asoslanish kerak, chunki
yangilangan model zamonaviy talablar darajasida ta'lim oluvchilarning o'zgaruvchan
ta'lim-tarbiyaviy, ma'naviy ehtiyojlarini qondira olishi, ilg'or pedagogik tajribalarni
qo'llash hamda ularnmg ijodiy salohiyatini rivojlantirishga zaruriy shart-sharoitlarni
yaratib berishi zarur.

Kasbiy ta'lim tizimidagi o`quv tarbiya jarayonlarning umumiy modelini

o'zgartirish asosida mazkur jarayon ishtirokchilari uchun zaruriy shart-sharoitlarni
yaratish, ularning salohiyatini rivojlantirish va o`quv tarbiya jarayonda subyektiv
munosabatlarini qaror toptirish uchun quyidagi asosiy tamoyillarni inobatga olish
lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Абульханова К.А. Стратегия жизни. –M.: Мисль, 1991.- 299 с.

2.

Azizxo'jaeva N.N. O'qituvchl mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi -
Toshkent: TDPU, 2000. - 52 b.

3.

Андреева Г.М. Социальная психология. - M. МГУ, 1988. - 415 с.

4.

Ahlidinov R.Sh., Nosirova Ғ.А., Rajabova M.R- Maktab boshqaruvida ichki
nazorat. - Toshkent: Sharq, 1996. - 15-17-b.

5.

Ahlidinov R.Sh. O'zbekiston Respublikasida maktab ta'limi tizimini boshqarish
xususiyatlari (nazariy-metodologik jihatlar). - Toshkent: O'zPFITI, 1997 -25-26-b.

6.

Березуцкая Ю.П. Подготовка организаторов образования к анализу
управленческой деятельности на основе системы мотивационного
программно-целевого управления.: Автореф. дис. ... канд. пед. наук. -
Барнаул, 1999.- 18 с.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Абульханова К.А. Стратегия жизни. –M.: Мисль, 1991.- 299 с.

Azizxo'jaeva N.N. O'qituvchl mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi -

Toshkent: TDPU, 2000. - 52 b.

Андреева Г.М. Социальная психология. - M. МГУ, 1988. - 415 с.

Ahlidinov R.Sh., Nosirova Ғ.А., Rajabova M.R- Maktab boshqaruvida ichki

nazorat. - Toshkent: Sharq, 1996. - 15-17-b.

Ahlidinov R.Sh. O'zbekiston Respublikasida maktab ta'limi tizimini boshqarish

xususiyatlari (nazariy-metodologik jihatlar). - Toshkent: O'zPFITI, 1997 -25-26-b.

Березуцкая Ю.П. Подготовка организаторов образования к анализу

управленческой деятельности на основе системы мотивационного

программно-целевого управления.: Автореф. дис. ... канд. пед. наук. -

Барнаул, 1999.- 18 с.