O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIY, IJTIMOIY, MADANIY VA EKOLOGIK HUQUQLAR

Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Isroilov Davronbek Dilshodbek o’g’li, & Nurmatova Yasmina. (2025). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIY, IJTIMOIY, MADANIY VA EKOLOGIK HUQUQLAR . Tadqiqotlar, 62(1), 67–70. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tadqiqotlar/article/view/97467
0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

 
Annotatsiya: Ushbu ilmiy-nazariy maqola O‘zbekiston Respublikasida inson 
huquqlarining zamonaviy rivojini, ayniqsa iqtisodiy, ijtimoiy,  madaniy va ekologik 
huquqlarning  dolzarb  muammolarini  tahlil  qiladi.  Maqolada  O‘zbekiston 
Konstitutsiyasi va xalqaro huquq normalari asosida ushbu huquqlarni himoya qilish va 
rivojlantirishga qaratilgan siyosat yuritishga qaratilgan sa’y-harakatlar ko‘rib chiqiladi. 
Maqolada  iqtisodiy  tengsizlik,  ish  joylarini  yaratish,  ta’lim  sifati,  sog‘liqni  saqlash 
tizimini takomillashtirish, madaniy xilma-xillikni saqlash, ijod erkinligini ta’minlash, 
atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik ong-tafakkurni shakllantirish kabi dolzarb 
masalalar muhokama qilinadi. Maqola O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini 
himoya qilish va rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni baholash, mavjud 
muammolarni aniqlash va kelajakdagi harakatlar uchun tavsiyalar berishga qaratilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

67

ISSN:3030-3613

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIY, IJTIMOIY, MADANIY VA

EKOLOGIK HUQUQLAR

Ilmiy raxbar:

Isroilov Davronbek Dilshodbek o'g'li

Andijon davlat pedagogika institute o'qituvchisi.

Nurmatova Yasmina

Andijon davlat pedagogika instituti talabasi.


Annotatsiya:

Ushbu ilmiy-nazariy maqola O‘zbekiston Respublikasida inson

huquqlarining zamonaviy rivojini, ayniqsa iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik
huquqlarning dolzarb muammolarini tahlil qiladi. Maqolada O‘zbekiston
Konstitutsiyasi va xalqaro huquq normalari asosida ushbu huquqlarni himoya qilish va
rivojlantirishga qaratilgan siyosat yuritishga qaratilgan sa’y-harakatlar ko‘rib chiqiladi.
Maqolada iqtisodiy tengsizlik, ish joylarini yaratish, ta’lim sifati, sog‘liqni saqlash
tizimini takomillashtirish, madaniy xilma-xillikni saqlash, ijod erkinligini ta’minlash,
atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik ong-tafakkurni shakllantirish kabi dolzarb
masalalar muhokama qilinadi. Maqola O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini
himoya qilish va rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni baholash, mavjud
muammolarni aniqlash va kelajakdagi harakatlar uchun tavsiyalar berishga qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

mustaqillik, ijtimoiy, faollik, huquqlar, konstitutsiyaviy huquq,

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, ilm-fan, renessans, kreativ, yoshlar, fuqarolik
jamiyati, texnologiya, innovatsion faoliyat, yoshlar, vaqt


Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarning,

ayniqsa, talabalarning ijtimoiy va innovatsion faolligini oshirishda inson huquqlari
dolzarb masalalardan biridir. Inson huquqlari - insoniyatning umumiy qadriyatlari
bo‘lib, ularning himoyasi va rivojlanishi har bir davlatning asosiy vazifasidir.
O‘zbekiston Respublikasi, mustaqillikka erishganidan so‘ng, inson huquqlarini himoya
qilish va rivojlantirishga qaratilgan siyosat yuritishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Konstitutsiya va xalqaro huquq normalari asosida barcha fuqarolarga iqtisodiy,
ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar kafolatlangan.

Ushbu maqola konstitutsiyaviy huquqdagi juda dolzarb mavzulardan biri – inson

va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklaridan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va
ekologik huquqlarining konstitutsiyaviy asoslari tahlili va O‘zbekiston Respublikasida
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarning zamonaviy holatini va
rivojlanish tendentsiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada ushbu
huquqlarning mazmuni, ularni himoya qilishning huquqiy asoslari, amaliy jihatlari va
kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Ushbu ilmiy maqola O‘zbekiston
Respublikasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarning zamonaviy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

68

ISSN:3030-3613

holatini va rivojlanish tendentsiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada ushbu
huquqlarning mazmuni, ularni himoya qilishning huquqiy asoslari, amaliy jihatlari va
kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan beri inson huquqlarini

himoya qilish va rivojlantirishga qaratilgan siyosat yuritishga qaror qildi. Konstitutsiya
va xalqaro huquq normalari asosida barcha fuqarolarga iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va
ekologik huquqlar kafolatlangan. Biroq, globalizatsiya, texnologik taraqqiyot va
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida ushbu huquqlarning dolzarbligi va ularni
amalga oshirishning yangi usullarini izlash zarurati tug‘iladi. Bilamizki, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida barcha fuqarolarga iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va
ekologik huquqlar kafolatlangan. Ushbu huquqlar insonning munosib hayot kechirishi,
o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish va jamiyatda to‘liq ishtirok etishini ta’minlashga
qaratilgan. Qonunchilikda inson va fuqarolarning asosiy iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy
va ekologik huquqlarini samarali taʼminlash faqatgina normalarni belgilab qoʻyish
bilan emas, balki davlat tomonidan amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish bilan
bevosita bogʻliqdir. Bu tizimning samaradorligi davlatda demokratiyaning huquqiy
tamoyillari va institutlarining rivojlanish darajasiga, iqtisodiyotning holatiga, hayot
ne’matlarini taqsimlash usuli, jamiyatdagi ma’naviy muhitga, uning huquqiy
darajasiga, rivojlangan fuqarolik jamiyati institutlari mavjudligi va davlat hokimiyati
faoliyati tizimida ayrim elementlarning mavjudligiga bogʻliq.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasiga koʻra, insonning

Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir
hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qoʻyishga hech kim
haqli emas, insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Ushbu qoida davlat
va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati
institutlari hamda boshqa shaxslarga Konstitutsiyada belgilangan insonlarning
huquqlarini buzmaslik majburiyatini yuklaydi. Inson va fuqarolarning asosiy iqtisodiy,
ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarini taʼminlashda huquqiy kafolatlarning yana
bir turi qonunchilik va ijroiya davlat organlari tomonidan qabul qilingan qonunchilik
hujjatlarida huquqlarini buzilishini oldini oluvchi va oqibatini bartaraf etuvchi
normalarning belgilanganidir.

1

Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonunlarni takomillashtirish, ularni

amalga oshirish mexanizmlarini kuchaytirish zarur. Inson va fuqarolar huquqlarini
himoya qilishning ijtimoiy-siyosiy kafolati – bu davlatda amal qilib turgan siyosiy
tizimning barqarorligidir. Bunda ijtimoiy-siyosiy kafolatlar davlat siyosatining ustuvor
yoʻnalishlari sifatida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik sohani belgilash,

1

D.A. Anvarova, X.N. Safarova. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar o‘quv qo‘llanma / – T.: TDYU

nashriyoti, 2023. – 136 b.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

69

ISSN:3030-3613

islohotlarni izchil amalga oshirish, tegishli davlat organlarini tashkil etish va ularning
vazifalarini aniq belgilab qoʻyish, davlat budjetini asosiy qismini ushbu sohalarni
rivojlantirish uchun sarf etish, xalqaro hamkorlik , ushbu sohada fuqarolik jamiyati
institutlarini qoʻllab-quvvatlash kabilarni oʻz ichiga oladi.

Bugungi kunda kamida 155 ta davlat oʻz fuqarolari mamlakat qonunlariga

muvofiq yoki Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi kabi xalqaro shartnomalarga
muvofiq sogʻlom muhitda yashash huquqiga ega ekanligini tan oladi. Himoya
choralariga qaramay, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga koʻra, barcha
oʻlimlarning 23 foizi havo ifloslanishi, suvning ifloslanishi va kimyoviy taʼsir qilish
kabi “atrofmuhit xavflari” bilan bogʻliq. hu kabi statistic maʼlumotlarga koʻra, yaqinda
BMT Inson huquqlari kengashi davlatlarning inson huquqlarini himoya qilish
majburiyatlarini, jumladan, atrof-muhit muammolarini hal qilish uchun yanada
kuchliroq choralar koʻrish majburiyatlarini tasdiqlovchi rezolyutsiyani qabul qildi

2

.

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarni

himoya qilish va rivojlantirish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishildi. Konstitutsiya va
xalqaro huquq normalari asosida ushbu huquqlar kafolatlangan va ularni amalga
oshirish uchun bir qator qonunlar va dasturlar qabul qilingan. Iqtisodiyotni
liberallashtirish va xususiylashtirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini
takomillashtirish, madaniy merosni saqlash va rivojlantirish, ekologik muammolarni
hal qilish kabi ishlar ushbu huquqlarni mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Biroq, ushbu sohalarda hali ham muammolar mavjud

3

. Masalan, iqtisodiy tengsizlik,

ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarida sifatning bir xilligi yo‘qligi, madaniy merosni
himoya qilishda qiyinchiliklar, ekologik muammolarni hal qilishda yetarli darajada
resurslarning etishmasligi kabi muammolar mavjud. Kelajakda ushbu huquqlarni
yanada mustahkamlash va rivojlantirish uchun iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish,
ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini sifat jihatidan yaxshilash, madaniy hayotni
rivojlantirish, ekologik muammolarni hal qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish
bo‘yicha ishlarni davom ettirish kerak.

XULOSA

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarni

himoya qilish va rivojlantirish bo‘yicha davom etayotgan ishlar inson huquqlari
sohasida muhim yutuqlarga erishishga imkon beradi. Biroq, ushbu sohalarda mavjud
muammolarni hal qilish va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida jiddiy fikr
yuritish zarur. Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida ushbu huquqlarni himoya
qilish va rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni baholash, mavjud
muammolarni aniqlash va kelajakdagi harakatlar uchun tavsiyalar berishga qaratildi.

2

https://constitution.gov.uz/oz/site/faq?page=9&per-page=10

3

D.A. Anvarova, X.N. Safarova. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar o‘quv qo‘llanma / – T.: TDYU

nashriyoti, 2023. – 99- b.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

70

ISSN:3030-3613

Xulosa qilib aytganda, hammaga yashash uchun har kuni 24 soat beriladi. Hayot

mana shu- bizga berilgan lahzalar sarhisobi. Tog‘ri, u qisqa. Ammo qadriga yetib,
o‘tkinchi hayotning mohiyatini tushunib oqilona yashalsa, bu- bir marta huzurlanib
yashash uchun yetarli fursat. Garchi hayot yillar bilan o‘lchansa ham, biz umr deganda
baxtli daqiqalar, go‘zal xotiralarni eslaymiz. Aytishadi-ku, bir kunlik umrda ham bir
asrlik hayot kechirsa bo‘ladi. Buning uchun umrga munosib bo‘lish kerak.

4

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarni
yanada mustahkamlash va rivojlantirish uchun strategik yo‘nalishlar orqali davom
ettirilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik

huquqlarning holatini chuqur tahlil qilish, ularni himoya qilish va rivojlantirish
bo‘yicha muhim masalalarni ko‘tarish va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari albatta ,
biz yoshlar oldida turgan dolzarb mavzu va mas’uliyatdir. Ushbu maqola O‘zbekiston
Respublikasida ushbu huquqlarni himoya qilish va rivojlantirish bo‘yicha olib
borilayotgan ishlarni baholash, mavjud muammolarni aniqlash va kelajakdagi
harakatlar uchun tavsiyalar berishga qaratildi.

REFERENCES

1.

“Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari”, Yoshlar nashriyot uyi Toshkent-2019,
55-bet.

2.

Shuxrat Sattorov, “Biz g‘alaba qozonamiz”,”Bilim va intellektual salohiyat”
nashriyoti 2018

3.

https://mininnovation.uz/oz/news/2322

https://xs.uz/uz/post/alisher-sadullaev-

yoshlar-uchinchi-renessans-drajverlari-bolaoladimi

4.

D.A. Anvarova, X.N. Safarova. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar
o‘quv qo‘llanma / – T.: TDYU nashriyoti, 2023. – 136 b.

5.

PF-6097 sonli

Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida

gi prezident farmoni. https://lex.uz/docs/-5073447

6.

https://constitution.gov.uz/oz/site/faq?page=9&per-page=10



44

Shuxrat Sattorov, “Biz g’alaba qozonamiz”,”Bilim va intellektual salohiyat” nashriyoti 2018

Bibliografik manbalar

REFERENCES

“Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari”, Yoshlar nashriyot uyi Toshkent-2019,

-bet.

Shuxrat Sattorov, “Biz g‘alaba qozonamiz”,”Bilim va intellektual salohiyat”

nashriyoti 2018

https://mininnovation.uz/oz/news/2322 https://xs.uz/uz/post/alisher-sadullaev-

yoshlar-uchinchi-renessans-drajverlari-bolaoladimi

D.A. Anvarova, X.N. Safarova. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar

o‘quv qo‘llanma / – T.: TDYU nashriyoti, 2023. – 136 b.

PF-6097 sonli “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash

to‘g‘risida”gi prezident farmoni. https://lex.uz/docs/-5073447

https://constitution.gov.uz/oz/site/faq?page=9&per-page=10