Mualliflar

  • Kurbonova Gulchexra Kodirovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96978

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: matematika boshlang‘ich matematika metodikasi metodika predmeti maqsadi vazifalari o‘qitish vositalari.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Maqolada boshlang‘ich sinf oʻquvchilariga matematika fanini oʻqitish hamda 
ularning ongiga oson singdirish vazifalar yoritib beriladi.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

31

ISSN:3030-3613

BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARIDA MATEMATIKA FANINI

OʻQITISHNING SAMARALI USULLARI

Kurbonova Gulchexra Kodirovna

Samarqand viloyati Nurobod tumani

38-maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada boshlang‘ich sinf oʻquvchilariga matematika fanini oʻqitish hamda

ularning ongiga oson singdirish vazifalar yoritib beriladi.

Kalit so‘zlar:

matematika, boshlang‘ich matematika metodikasi, metodika

predmeti, maqsadi, vazifalari, o‘qitish vositalari.

KIRISH

«Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar davrida

maktabning roli yanada o‘sganligi, maktabning bosh vazifasi – o‘quvchilarga fan
asoslaridan puxta bilim berish ularda iqtisodiy - matematik savodxonligini
shakllantirish, hayotga va ongli kasb tanlashga tayyorlash haqida, hamda o‘quv reja va
dasturlarni ta’lim mazmunini hozirgi zamon yutuqlari va talablari darajasiga keltirish
to‘g‘risida fikrlar keltiriladi.

Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida deyarli barcha predmetlar, jumladan

matematikadan ham yangi o‘quv dasturi kiritiladi, o‘qitish metodlari
takomillashtiriladi. Boshlang‘ich sinflar uch yil o‘rniga 4 yillik ta’limga otkazildi.
Boshlang‘ich sinflarning matematikadan yangi dasturlarga o‘tish munosabati bilan,
yangi metodik tizim ishlab chiqildi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematikani muvaffiqiyat bilan o‘qitish

uchun mehnat faoliyatini boshlovchi o‘qituvchi matematika o‘qitishning ishlab
chiqilgan tizimini, ya’ni boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini
egallagan bo‘lishi va shu asosda mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kerak.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

«Metodika» grekcha so‘z bo‘lib, «metod» degani yo‘l demakdir. Matematika

metodikasi pedagogika fanlari tizimsiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog‘i bo‘lib,
jamiyat tomonidan qo‘yilgan o‘qitish maqsadlariga muvofiq matematika
qonuniyatlarini matematika rivojining ma’lum bosqichida tadqiq qiladi.

Matematika boshlang‘ich ta’lim metodikasining predmeti qo yidagilardan

iborat:

Matematika o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (nima uchun

o‘qitiladi).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

32

ISSN:3030-3613

Matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (ya’ni matematikadan qaysi

material boshlangich sinflarda o‘rganilishi, nima uchun aynan shu material tanlanishi,
boshlangich sinflarda kursning har qaysi ayrim masalasi umumlashtirishning qanday
darajasida o‘rganilishi, mavzular qanday tartibda o‘rganilsa, eng ratsional bo‘lishi
ko‘rsatiladi).

O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish. (qanday o‘qitish kerak, ya’ni

oquvchilar hozirgi kunda zarur bo lgan bilim, malaka, ko nikmalarni va aqliy
qobiliyatlarini egallab oladigan bolishlari uchun oquv ishlari metodikasi qanday
bo‘lishi kerak? Masalan, 10 ichida sonlarni qo‘shish va ayirishni qanday o‘rganish
kerak, jumladan, bu mavzuda qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasini qanday ochib
berish kerak?).

O‘qitish vositalarini - darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma - qo‘llanmalar

va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o‘qitish?). kerak!

Ta’limni tashkil etishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning darsdan

tashqari formalarini qanday o‘tkazish?. O‘quv ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o
tkazish kerak?. O‘quv prosessida ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib
samaraliroq hal qilish kerak?).

Shunday qilib, o qitishning maqsadlari, mazmuni metodlari, vositalari va

shakllari metodik tizimning asosiy komponentalaridir.

Boshqa har qanday o‘quv predmeti kabi matematika boshlang‘ich kursi

matematika O‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:

-

Matematikao‘qitishning umumta’limiy maqsadi.

-

Matematikao‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.

-

Matematikao‘qitishning amaliy maqsadi.

Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilaro‘qish jarayonida olgan bilimlaming

ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, nazorat qilishning asosiy
metodlarini egallashlari lozim.

Matematikani o‘rganish o‘quvchilarning o‘z ona tillarida nutq madaniyatini

to‘g‘rishakllantirish, o‘z fikrini aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish
malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam berishi kerak.

Bunday bilimlar berish orqali esa o‘quvchilarning fazoviy tasavvur qilish

xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.

Boshlang‘ich matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi o‘z oldiga quyidagi

vazifalarni qo‘yadi:

-

o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;

-

o‘quvchilarda matematikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni tarbiyalash.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining vazifasi o‘quvchilarda mustaqil mantiqiy

fikrlash

qobiliyatlarini

shakllantirish

bilan

birga

ularda

matematikaning

qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

33

ISSN:3030-3613

Matematika darslarida o‘rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular

orasidagi qonuniyatlar o‘quvchilarni atroflicha fikrlashga o‘rgatadi.

Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning amaliy maqsadi o‘z oldiga

quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

NATIJALAR VA MUHOKAMA

O‘quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan

elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish, o‘quvchilarda arifmetik
amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus
tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish,

Matematika o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish

malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarning jadvallar va
hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan.

O‘quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini

ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek,
og‘zaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak.

Boshlang‘ich maktabda matematika o‘qitish metodikasida mustaqil va nazorat

ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning samarali vositalari
yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi
masalalarining o‘zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari
boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish
uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab
uchun mo‘ljallangan).

Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun

umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar
tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini
bajarishi o‘quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni
to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.

Matematika o‘qitish metodikasida “o‘quv materialini o‘zlashtirilish darajasi”

tushunchasining mazmuni to‘la ochib berilmagan.O‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarda
didaktik materialning u yoki bu topshirig‘i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga
imkon beradigan mezonlar aniq emas.

Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror topshiriqning usullarini biri

boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik
materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin, ularning mazmuni va
tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‘oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir
barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday
o‘rgatuvchi mashina O‘qituvchining intuisiyasini, ya’ni hissiyotini almashtira olmaydi.

XULOSA


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

34

ISSN:3030-3613

Shunday qilib, didaktik materiallarni o‘quvchilarning o‘quv materialini

o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga
muayyan usul mazkur sinf, mazkur o‘qituvchi uchun eng yaxshi usul bo‘lmasligi ham
mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o‘qituvchini o‘quvchilarning bilimlarni
o‘zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun
nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi.Bu umummetodikaning asosiy
vazifalaridan biridir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Jumayev M.E. va boshqalar. Matematika o‘qitish metodikasi. – T.: Ilm-Ziyo, 2003.

2.

Ahmedov M. va boshqalar. 4-5-sinf matematika darsligi. – T.: Ma’naviyat, 2003.

3.

Bikboyeva N.U. va boshqalar. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 1996.

4.

Internet materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Jumayev M.E. va boshqalar. Matematika o‘qitish metodikasi. – T.: Ilm-Ziyo, 2003.

Ahmedov M. va boshqalar. 4-5-sinf matematika darsligi. – T.: Ma’naviyat, 2003.

Bikboyeva N.U. va boshqalar. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish

metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 1996.

Internet materiallari