Mualliflar

  • Baxtiyor Anvarovich Guseynov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96980

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar. Bank omonatlari foizlar buxgalteriya hisobvaraqlari depozit mijozlarni qabul qilish imzo namunalari toʻlov topshiriqnomasi chek daftarchasi.

Annotasiya

 
Annotatsiya. Maqolada banklar tizimida  buxgalteriya hisobini yuritish ishini 
toʻgʻri tashkil etish yuzasidan fikrlar bayon etilgan. Buxgalteriya hisobi va nazoratning 
aniq  olib  borilishi  bankning  oʻz  vazifalarini  toʻgʻri  bajarishini  taʼminlaydi.  Buning 
uchun buxgalterlardan muayyan bilimlar, buxgalteriya hisobi va hisobotining asosiy 
tamoyillari  hamda  uslublarini  tushunish  talab  qilinadi.  Ushbu  maqolada  tijorat 
banklarida  buxgalteriya  hisobini  toʻgʻri  tashkil  etish  borasida  mualliflik  qarashlari 
keltirilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

16

ISSN:3030-3613

BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH.

Baxtiyor Anvarovich Guseynov

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistranti


Annotatsiya.

Maqolada banklar tizimida buxgalteriya hisobini yuritish ishini

toʻgʻri tashkil etish yuzasidan fikrlar bayon etilgan. Buxgalteriya hisobi va nazoratning
aniq olib borilishi bankning oʻz vazifalarini toʻgʻri bajarishini taʼminlaydi. Buning
uchun buxgalterlardan muayyan bilimlar, buxgalteriya hisobi va hisobotining asosiy
tamoyillari hamda uslublarini tushunish talab qilinadi. Ushbu maqolada tijorat
banklarida buxgalteriya hisobini toʻgʻri tashkil etish borasida mualliflik qarashlari
keltirilgan.

Kalit soʻzlar.

Bank omonatlari, foizlar, buxgalteriya hisobvaraqlari, depozit,

mijozlarni qabul qilish, imzo namunalari, toʻlov topshiriqnomasi, chek daftarchasi.


Tahlil va natijalar.

Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish boʻyicha

yoʻriqnomada buxgalteriya hisobining tamoyillari, buxgalteriya apparatining tuzilishi,
mijozlarga xizmat koʻrsatish hamda hujjatlar oborotini yoʻlga qoʻyish usullari
toʻgʻrisida koʻrsatmalar berilgan; bank operatsiyalari hisobini yuritish va ularni nazorat
qilish qoidalari kiritilgan; xalqaro andozalar asosida buxgalteriya hisobotini tuzish
hamda boshqa bank operatsiyalarini bajarish hajmlari va tartibi belgilangan,
shuningdek, quyidagilarni taʼminlash maqsad qilib qoʻyilgan:

*hisob-kitoblardagi mablagʻlar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va aniq

xizmat koʻrsatish, hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank
operatsiyalarini toʻgʻri bajarish;

*bajarilgan operatsiyalarni buxgalteriya hisobi va hisobotida oʻz vaqtida hamda

aniq aks ettirish;

*bankdan chiqayotgan hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirish va buning

natijasida ulardan borgan joyda foydalanilishini osonlashtirish, shuningdek, boshqa
banklarda ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilayotganda hamda ular xizmat
koʻrsatuvchi mijozlar hisobi yuritilayotganda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan
xatolarning, qonunga xilof xatti-harakatlarning oldini olish;

*bankdagi pul mablagʻlari, moddiy boyliklar, shuningdek, qatʼiy hisobda

turadigan blankalar kamomadi, ortiqchaligi hamda qonunga xilof ravishda
sarflanishining oldini olish;

*bank mansabdor shaxslarining belgilangan tartibga zid ravishda bank

operatsiyalarini amalga oshirganliklarini, qimmatliklar va hujjatlarni yoʻqotib qoʻyish
hamda shu kabi boshqa hollarda ularning javobgarligini hujjatlar bilan asoslash;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

17

ISSN:3030-3613

*operatsiyalarni amalga oshirish va rasmiylashtirishni maʼlumotlar toʻplash

orqali qonuniyligi hamda toʻgʻriligini tekshirish imkoniyatini bepilishi;

*bankda ish kuni tartibiga qatʼiy rioya etish;
*zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan keng koʻlamda foydalanish

asosida bank operatsiyalarini amalga oshirish, ularning hisobini yuritish hamda
hisobotlar tuzish uchun mehnat va mablagʻ sarfini qisqartirish. Yoʻriqnomada va uning
ilovalarida berilgan operatsiyalarni amalga oshirish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish
va nazorat qilish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar barcha banklar uchun majburiydir. Bank
doirasida hujjatlapning oʻtish tartibi bosh buxgalter tomonidan mazkur bank ish
xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanishi mumkin. Buxgalteriya ishi va
buxgalteriya hisobini yuritishni tashkil etishning yoʻriqnomada bayon etilgan tartibida
kompyuter texnikasi qoʻllash koʻzda tutilgan. Bosh daftardagi hisobvaraqlarni kodlash
tizimi besh xonali sondan iborat boʻlishi lozim. Hisobvaraqlarni eslab qolish oson
boʻlishi maqsadida aktiv hisobvaraqlarning kodlari toq, passiv hisobvaraqlariniki esa
juft qilib belgilangan. Balans hisobvaraqlarida hisob ikki yoqlama yozuv usulida
yuritiladi. Operatsiyalar mablagʻlarning harakatidan qatʼiy nazar, amalga oshirilgan
kuni buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida
hisob ikki yoqlama yozuv usulida yuritiladi. Bunda har bir yoki bir nechta koʻzda
tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga mos keluvchi kontr-hisobvaraqlar mavjud. Balans
hisobotida va shu kabi boshqa hisobotlarda faqat asosiy koʻzda tutilmagan holatlar
hisobvaraqlari aks ettiriladi. Bu hisobotlarda kontr hisobraqamlar aks ettirilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Tijorat banklarining hisobvaraqlar
rejasida keltirilgan balans hisobvaraqlari hamda koʻzda tutilmagan holatlar
hisobvaraqlari nomenklaturasi, hisobvaraqlarning tavsifi barcha banklar uchun yagona
hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining ruxsatisiz
oʻzgartirilmaydi. Hisobvaraqlar rejasidagi hamma hisobvaraqlar aktiv yoki passivdir,
shunga muvofiq aktiv va passiv hisobvaraqlar alohida baholanadi va yoyilgan tarzda
qayd

etiladi.

Bankning

buxgalteriya

apparati

hisob-kitob-pul

hujjatlarini

rasmiylashtirish, nazorat qilish hamda bank operatsiyalarini qayd etish bilan
shugʻullanuvchi xodimlarni oʻz ichiga oladi. Buxgalteriya apparatiga bankning bosh
buxgalteri rahbarlik qiladi. Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalarini
bankning bosh buxgalteri belgilaydi. Yirik banklarda buxgalteriya hisobi boʻlimlari
tashkil etilishi mumkin. Tashkil etiladigan boʻlimlar soni amalga oshirilayotgan
operatsiyalar hajmiga va ularning avtomatlashtirilganlik darajasiga bogʻliq boʻladi.
Bankning buxgalteriya xodimlari zimmasiga muayyan hisobvaraqlarni yuritish yoki
alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari yuklanadi. Bu holat hisobvaraqlarni
buxgalteriya xodimlari oʻrtasida taqsimlash va qayta taqsimlash hisobi yuritiladigan
maxsus daftarda rasmiylashtiriladi. Mazkur daftarda ularga tilxat bilan berilgan
burchak muhri izi ham aks ettiriladi. Xodim kasal boʻlib qolgan holda uning ishi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

18

ISSN:3030-3613

boshqa xodimga topshiriladi. Ushbu holda ishlarni taqsimlash daftariga tegishli
yozuvlar kiritiladi. Hisobvaraqlar buxgalteriya xodimlari oʻrtasida shunday
taqsimlanishi kerakki, bunda bitta xoʻjalik yurituvchi subyektning depozit va qisqa
muddatli ssuda hisobvaraqlari bitta buxgalteriya xodimi tomonidan yuritilsin.
Banklararo hisob-kitoblar va bankning ichki hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarning
hisobini yuritish maxsus boʻlimlarga topshirilishi yoki bu operatsiyalarni yaxshi
tushunadigan hisob yurituvchi alohida xodimlar zimmasiga yuklatilishi lozim.
Yordamchi va bosh kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, dasturlikompyuter tizimida
hisobotlar tuzish ishlariga rahbarlik qilish bank bosh buxgalteriga, u boʻlmagan vaqtda,
bank rahbarining buyrugʻiga koʻra uning oʻpinbosapiga topshiriladi. Buxgalteriya
hisobi va hisobotini tashkil etish bank bosh buxgalteri tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir bankda xodimlarning lavozim vazifalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan
boʻlishi zarur. Mazkur lavozim vazifalarining nusxalari xodimlarga ular ushbu nusxani
olganliklari toʻgʻrisidagi roʻyxatga imzo qoʻygandan keyingina beriladi. Oʻzbekiston
Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi Oʻzbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi
toʻgʻrisida”, “Bank va banklar faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari talablariga muvofiq
hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, u
Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil
etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi. Tijorat banklari tomonidan
buxgalteriya hisobi ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda
yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga
yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi. Tijorat banklari bank
operatsiyalarini amalga oshirishda va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishda
Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlariga va amaldagi qonunchilikka qatʼiy rioya
qilishlari lozim. Mazkur hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining buxgalteriya
hisobini aks ettirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Hisobvaraqlar rejasi bank
operatsiyalarining hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni
tuzishda qoʻllanadigan Bosh kitob hisobvaraqlarini roʻyxatidan iboratdir. Xatolarni
toʻgʻrilash va hisob siyosatidagi oʻzgarishlar boʻyicha tuzatishlar kiritishda,
hisobvaraqlarning taʼriflarida koʻzda tutilmagan boʻlsa ham hisobvaraqlarning debet
va kreditlari boʻyicha tuzatish oʻtkazmalari berishga ruxsat beriladi. Tijorat
banklarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining koʻp valyutali tizimiga
asoslangan boʻlib, chet el valyutasidagi operatsiyalarning hisobi yuritilishi mumkin
boʻlgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy valyutadagi operatsiyalar hisobini aks ettirish
imkonini beradi. Har bir valyuta turi boʻyicha sintetik hisobni yuritish uchun-alohida
Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir
valyuta boʻyicha Yordamchi kitoblardagi summalar yigʻindisi Bosh kitoblarning
tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yigʻindisiga mos kelishi kerak. Bank


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

19

ISSN:3030-3613

tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi boʻyicha Bosh
va Yordamchi kitoblarda roʻyxatga olinishi kerak. Hisobot sanasida Bosh kitoblarning
xorijiy valyutalar boʻyicha jami summalari milliy valyutaga oʻtkaziladi va hisobot
davri davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar boʻyicha bankning jamlanma
balansi tuziladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Модеров

C.В.

Изменение

финанcовой

отчетноcти

по

МCФО//

Международный бухгалтерcкий учет № 2. 2008 г. C. 10-16

2.

Трофимова Л.Б., Международные cтандарты финанcовой отчетноcти.
Издателcтво Юрайт-2020.-C.242

3.

Cоколов Я.В., Генералова Н.В., Бухгалтерcкая (финанcовая) отчетноcт:
учебное поcобие. – 2 й выпуcк. иcправлено и дополнено. М.: “ИНФП-М”,
2015.-C. 365

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Модеров C.В. Изменение финанcовой отчетноcти по МCФО//

Международный бухгалтерcкий учет № 2. 2008 г. C. 10-16

Трофимова Л.Б., Международные cтандарты финанcовой отчетноcти.

Издателcтво Юрайт-2020.-C.242

Cоколов Я.В., Генералова Н.В., Бухгалтерcкая (финанcовая) отчетноcт:

учебное поcобие. – 2 й выпуcк. иcправлено и дополнено. М.: “ИНФП-М”,

-C. 365