T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
8
ISSN:3030-3613
MAMLAKATIMIZDA ELEKTROENERGETIKA TIZIMINI
RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI
Akbar Ashurovich Shodiyev
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqoladi respublikadagi elektr energiyasini ishlab
chiqarish tarmogʻida olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari, tarmoqda
saqlanib qolayotgan muammolar, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish
jarayonidagi tabiiy monopol holatlar, elektr energetika sohasini tartibga solish va
boshqarishdagi muammolar oʻrganilib, ularni bartaraf etish yoʻllari va usullari
boʻyicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit soʻzlar:
elektr energetika, elektr enyergiyasini ishlab chiqarish, tabiiy
monopol holat, raqobat muhiti, issiqlik elektr stansiyasi, gidroelektrstansiyasi, neft
mahsulotlari, koʻmir, shamol va suvdan elektr energiyasini ishlab chiqarish, muqobil
energiya manbalari, texnik va texnologik jarayonlar, tarmoq korxonalari, energiya
sarfi.
Аннотация.
В этой статье рассматриваются текущие реформы в
электроэнергетическом секторе страны и их результаты, остающиеся проблемы
в сети, естественные монополии в производстве и передаче электроэнергии,
проблемы в регулировании и управлении электроэнергетическим сектором, а
также предлагаются пути и средства, для их преодоления, даны рекомендации.
Ключевые слова:
электроэнергия, производство электроэнергии,
естественная монополия, конкурентная среда, тепловая электростанция,
гидроэлектростанция, нефтепродукты, уголь, ветровая и гидроэнергетика,
альтернативные источники энергии, технико-технологические процессы,
сетевые предприятия, стоимость энергии.
Kirish.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi albatta elektr energetika
resurslariga bogʻliq. Har qanday iqtisodiyoti rivojlangan davlat mustaqil elektr
energetika resurslariga hamda zamonaviy va innovatsion texnologiyalarga ega
boʻlsagina iqtisodiyotda oʻsish dinamikasini saqlab qoladi. Iqtisodiyoti rivojlangan
jumladan, AQSH, Yevropa davlatlari, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koriya, Singapur va
Malayziya kabi davlatlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, ularda zamonaviy innovatsion
texnologiyalarga asoslangan elektr energiyasini ishlab chiqarish tarmogʻi mavjud
ekanligini koʻrishimiz mumkin. Iqtisodiyotning real sektorida, yaʼni ishlab chiqarish
va xizmat koʻrsatish tarmogʻida energiya sarfi hajmini kamaytirish, elektr energetika
siyosatining asosiy vazifasi hisoblanadi. Mazkur vazifaning bajarilmasligi energetika
sohasining mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muqarrar ravishda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
9
ISSN:3030-3613
toʻsqinlik qilishiga olib keladi. Har qanday iqtisodiyotda elektr energiyasiga oʻsib
borayotgan talabni raqobatbardosh narxlarda qondirish va yuqori samarali energiya
ishlab chiqarish texnologiyalariga asoslangan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo
etish, shu bilan bir qatorda mavjud boʻlgan elektr stansiyalarni modernizatsiya qilish
va rekonstruksiya qilish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish,
qayta tiklanadigan (qoʻyosh va shamol) energiya manbalaridan foydalanishni
rivojlantirish bilan elektr energetika resurslarini diversifikatsiya qilish orqali yuqori
iqtisodiy samadorlikka erishiladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada Respublika elektr energetika tarmogʻida
olib borilgan islohotlar qiyosiy solishtirish, statistik maʼlumotlarni oʻrganish va
iqtisodiy jihatdan taqqoslash va tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ilmiy abstraksiyalash,
maʼlumotni guruxlash, analiz va sintez, induksiya va deduksiya usullaridan keng
foydalanilgan. Tahlil va natijalar. Oʻzbekiston 2030-yilgacha elektr energiyasining 30
foizini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarishdek ulkan maqsadni oʻz oldiga
qoʻygan. Bunday natijalarga erishishda quyosh energiyasi hal qiluvchi rol oʻynashi
kutilmoqda. Bugungi kunda quyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha yirik
loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro investorlarni jalb qilish oshib bormoqda.
Mutaxassislarni fikricha, Oʻzbekistonda yiliga oʻrtacha 330 quyoshli kun borligini
inobatga oladigan boʻlsak, quyosh energiyasining salohiyati kattaroq va undan unumli
foydalanish mumkin. Prezidentimiz tashabbusi bilan respublikada “yashil energetika”
jadal rivojlanmoqda. “Yashil energetika” deb ataladigan - toʻrtta asosiy ekologik toza
energiya manbalaridan: uran, suv, shamol va quyoshdan foydalanishni faol ravishda
targʻib qilmoqda. Sababi, quyosh fotoelektrstansiyalarida hosil qilinadigan elektr
energiyasining quyidagi afzalliklari mavjud: - quyoshdan olinadigan issiqlik va elektr
energiyasi toza energiyadir; - elektr energiyasi ishlab chiqarishda hech qanday shovqin
yoʻq; - quyosh energiyasidan dunyoning deyarli hamma yerida foydalanish mumkin; -
quyosh resurslari insonning yillik energiya ehtiyojlaridan ming marta koʻpdir; -
ekspluatatsiya xarajatlari deyarli yoʻq; - kafolatlangan energiya manbalari mavjud; -
atrof-muhit muhofaza qilinadi. Quyosh fotoelektrstansiyalarida hosil qilingan
energiyadan xususiy uy xoʻjaliklar va sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan
taʼminlashda, yashash xonadonlari va xususiy uylardan tortib qishloq xoʻjaligi
issiqxonalari va chorvachilik fermalarigacha har qanday hajmdagi binolarni isitish,
issiqlik yoki mexanik energiya olish uchun suvni isitish va bugʻga aylantirish, uylar,
koʻchalar, yashil maydonlar va boshqa obyektlarni yoki hududlarni, ayniqsa elektr
tarmogʻiga ulana olmaydigan joylarni yoritish, suv koʻtarish va sugʻorish nasoslaridan
foydalanish barcha-barcha sohalarda foydalanish mumkin. Maʼlumotlariga koʻra,
2023-yil davomida jami investitsiyalar hajmi 123.9 trln soʻmni tashkil etgan. Shundan
42.0 trln soʻm mablagʻ elektroenergiya tizimini rivojlantirish, yangi obyektlarni qurish,
rekonstruksiya qilish hamda shamol, quyosh elektr stansiyalarini ishga tushurish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
10
ISSN:3030-3613
maqsadida sarflangan va ijobiy koʻrsatkichlarga erishilgan. Elektr energiyasi bilan
taʼminlash uchun jami investitsiyalarning 8.3 foizi ushbu soha rivoji uchun
sarflanganligini koʻrish mumkin. 2024-yilga kelib jami investitsiyalar hajmi 493.7 trln
soʻmga yetgan. Mablagʻlarning 13.9 foizi yoki 68.5 trln soʻmi aynan elektr energetika
sohasiga sarflangan. Buning natijasida 2024-yil davomida ishlab chiqarilgan elektr
energiyasi miqdori 7.4 GVt/soat ni tashkil qilgan. Oʻtgan yilga nisbatan 2024-yilda
elektroenergetika sohasiga sarflangan mablagʻlar miqdori 26.5 trln soʻmga oshgan.
Ushbu mablagʻlar hisobiga 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etilgan. Biroq,
quyosh elektr stansiyalarining bir qancha kamchiliklari mavjud. Ular quyidagilar: -
kunning kechki paytlari, shuningdek bulutli va yomgʻirli kunlarda quyosh nuri yoʻqligi
sababli quyosh panellari ish faoliyatida boʻlmaydi; - ishlab chiqarilgan elektr
energiyasini saqlash xarajatlarining yuqoriligi; - ob-havodagi chang va tuzlar
panelning sirtini ifloslantirishi sababli doimiy tozalab turishni taqozo etadi; - quyosh
panellarini oʻrnatish uchun katta maydonlar talab etiladi; - bir kvadrat metr yerdan
olinadigan quvvatning juda pastligi; - panellar va uskunalarni ishlab chiqarishda
qimmat va noyob materiallardan foydalanilganligi sababli narxining yuqoriligi; -
samaradorlik koʻrsatkichlarining GESlarga qaraganda nisbatan pastligi; - yuqori narx-
quyosh elektr stansiyasini oʻrnatish juda qimmat boʻlganligi sababli, sohaga kiritilgan
investitsiyalar oʻzini oqlamaydi. Quyosh fotoelektr stansiyalarining kamchiliklari bilan
bir qatorda foydali tomonlari ham farqlanadi. Masalan: - tabiiy gaz yordamida
ishlaydigan elektr stansiyalarni quyosh elektr stansiyalar bilan integratsiya qilib, tabiiy
gazni iqtisod qilish yoki eksportdagi ulushini oshirish imkoniyatining mavjudligi; -
iqtisodiyot oʻsib, yangi ish oʻrinlari yaratiladi; - modullar quvvatini oshishi kapital
xarajatlarni optimallashtiradi; - Parijdagi VMTning Iqlim kelishuviga milliy hissa
ortadi; - elektr energiyasi importi kamayadi; - ekologiyaning ifloslanish darajasi
kamayadi; - energiya resurslar diversifikatsiyalanadi; - energiya resurslarning narxlari
barqarorlashadi.
Quyosh elektr stansiyasining isteʼmolchilarga nisbatan yaqin joylarda
joylashtirish undan foydalanish samaradorligini oshiradi. Buning uchun quyidagi
muhim mezonlarga amal qilish kerak: - avtomobil yoʻliga yaqin masofada
joylashtirilishi; - yetkazib berish tarmoqlarining yaqin masofaga toʻgʻri kelishi; - toza
suv taʼminotining mavjudligi; - suvni saqlash imkoniyalarining mavjudligi; - toʻgʻridan
- toʻgʻri quyosh radiatsiyasining tushish burchagining qulayligi; - oʻrtacha shamol
tezligining meʼyorda ekanligi; - atrof-muhit harorati; - malakali kadrlarning
mavjudligi. Bu parametrlarning barchasi quyosh elektr stansiyasining tannarxiga taʼsir
qiladi. Toʻgʻridan-toʻgʻri va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar hisobidan 2024-yil
davomida quyidagi yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi. 2023-2024-yillarda
qurib bitkazilgan elektr stansiyalari Xulosalar. Quyosh energiyasi tabiiy resurslarni
saqlashga hamda atrofmuhitga salbiy taʼsirni kamaytiruvchi "yashil energiya"ni
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
11
ISSN:3030-3613
yaratishni asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Qayta tiklanuvchi energiya
manbalari orasida quyosh energiyasi eng katta ulushga ega ekanligi xorij mamlakatlari
tajribasidan maʼlum. Ammo, faqat XXI asrga kelib intensiv rivojlanishga ega boʻldi.
Quyosh energiyasidan foydalanish hali ham ancha qimmat va samaradorligi past,
ammo u intensiv ravishda takomillashtirilmoqda va rivojlanmoqda, chunki u atrof-
muhitga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi va tabiiy resurslarni tejashga imkon beradi.
Dunyoning koʻplab mamlakatlarida quyosh energiyasi yordamida elektr energiyasini
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, ishlatiladigan materiallarni,
elementlarning shakli va oʻlchamlarini oʻzgartirish orqali quyosh panellaridan
foydalanishning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha koʻplab tadqiqotlar olib
borilmoqda. Demak, quyosh energiyasi bitmas-tuganmas manba boʻlib, haqli ravishda
kelajak energiyasi maqomini oldi. Shu sababdan ham quyosh elektr stansiyalarini
barpo etish maqsadida ichki va tashqi moliyaviy manbalardan keng foydalanilmoqda.
Xorijiy investitsiyalar jalb qilinib ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning katta qismi toʻgʻridan-toʻgʻri, kafolatlanmagan va
boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan investitsiyalarga toʻgʻri kelib,
ularning ulushi 62,8% ni tashkil etdi. Elektr energetikasi uskunalarining jadallashgan
eskirishi davom etmoqda. Elektr stansiyalari ega boʻlgan quvvatlarning pasayish
tendensiyasining saqlanib qolayotganligi hatto qisqa muddatli istiqbolda ham elektr
energiyasiga oʻsib borayotgan talabni qondirib boʻlmasligiga olib kelishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. Xabar.uz 22-dekabr 2017-y.
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-sonli
farmoni.
http://strategy.regulation.gov.uz/uz
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi PQ-4249- sonli
“Oʻzbekiston Respublikasida elektr energetika tarmogʻini yanada rivojlantirish va
isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisidagi” qarori.
4.
N.Yusupova Reformirovaniye elektroenergetiki. “Bozor, pul va kredit” № 2. 2008.
S.44-48.