Mualliflar

  • Pirimkulova Dilorom Raxmankulovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96998

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: kasb-hunar to‘garak rahbarlari kichik guruhlar yakka tartibda mustaqil va guruh holida mavzuni o‘rganish o‘quvchi o‘z qiziqishi qobiliyat bilim amalda tadbiq.

Annotasiya

Annotatsiya.  Yoshlarimizning  mustaqil  fikrlaydigan,  yuksak  intellektual  va 
ma’naviy  salohiyatga  ega  bo‘lib,  dunyo  miqyosida  o‘z  tengdoshlariga  hech  qaysi 
sohada  bo‘sh  kelmaydigan  insonlar  bo‘lib  kamol  topishi,  baxtli  boʼlishi  uchun 
davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz deb fikr 
bildirdilar.  Shu  oʼrinda    darsdan  tashqari  ta’lim  mazmunini  milliy  an’analar  va 
qadriyatlarimiz, Respublika hududlari talablari asosida tashkil etib, uning tarmog‘ini 
kengaytirish,  zamon  talablari  darajasida  isloh  qilish  kun  tartibida  turgan  dolzarb 
masaladir.  Hozirgi  kunda  yangi  pedagogik  va  axborot  texnologiyasi  qonuniyatlari 
asosida pedagog olimlarimiz darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning turli 
shakl va metodlarini ishlab chiqmoqda. Bizning ham bu boradagi tadqiqotlarimizda 
ta’lim  muassasalarining  o‘quv-tarbiyaviy  ishini  rejalashtirish  dastur  va  usulubiy 
ishlanmalar,  metodik  qoʼllanmalar,  oʻquv  adabiyotlari  muhim  dasturiy  asos  bo‘lib 
xizmat  qildi.  Amalga  oshirgan  tahliliy  tadqiqotlarimiz  natijasida  mashg‘ulotlar 
mazmunini  texnologik  asosda  tashkil  qilish  eng  istiqbolli  yoʻnalish  sifatida  qabul 
qilindi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

183

ISSN:3030-3613

O’QUVCHILARNI QIZIQISHI, QOBILIYATI VA LAYOQATINI

ANIQLASH HAMDA KASB TANLASHLARIGA KOʻMAKLASHISHNING

PSIXOLOGIK USULLARI

Pirimkulova Dilorom Raxmankulovna

Surxondaryo viloyati Sho'rchi shahar 36-IDUM psixologi


Annotatsiya

. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va

ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi
sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli boʼlishi uchun
davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz deb fikr
bildirdilar. Shu oʼrinda darsdan tashqari ta’lim mazmunini milliy an’analar va
qadriyatlarimiz, Respublika hududlari talablari asosida tashkil etib, uning tarmog‘ini
kengaytirish, zamon talablari darajasida isloh qilish kun tartibida turgan dolzarb
masaladir. Hozirgi kunda yangi pedagogik va axborot texnologiyasi qonuniyatlari
asosida pedagog olimlarimiz darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning turli
shakl va metodlarini ishlab chiqmoqda. Bizning ham bu boradagi tadqiqotlarimizda
ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy ishini rejalashtirish dastur va usulubiy
ishlanmalar, metodik qoʼllanmalar, oʻquv adabiyotlari muhim dasturiy asos bo‘lib
xizmat qildi. Amalga oshirgan tahliliy tadqiqotlarimiz natijasida mashg‘ulotlar
mazmunini texnologik asosda tashkil qilish eng istiqbolli yoʻnalish sifatida qabul
qilindi.

Kalit so‘zlar

: kasb-hunar, to‘garak rahbarlari, kichik guruhlar, yakka tartibda

mustaqil va guruh holida mavzuni o‘rganish, o‘quvchi o‘z qiziqishi, qobiliyat, bilim,
amalda tadbiq.

KIRISH

O‘quvchilarning darsdan tashqari mashg‘ulotlari va ularni kasbga yo‘naltirish

jarayonlarining kasb tanlashga yo‘llash texnologiyasi o‘quvchi yoshlarni xohishlari,
moyilliklari va shakllangan qobiliyatlarga asosan jamiyat va xalq xo ‘jaligining
ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda ish bilan ta’minlashni optimallashtirishga qaratilgan
pedagogik tizim loyihasini amalga oshirish deb ta’rifladik.

O‘quvchi kichik guruhlarda yakka tartibda mustaqil va guruh holida mavzuni

o‘rganadi. O‘qituvchi hamkorligida o‘zlashtirish darajalari aniqlanadi. Har bir
o‘quvchi o‘z qiziqishi qobiliyati va imkoniyatiga mos o‘zlashtirishiga erishishi bilan
bir qatorda, olgan bilimlarini amalda tadbiq etib boradi.

Ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarining, jamiyatda mavjud kasblar

doirasining kengayib, chuqurlashib hamda murakkablashib borishi o‘z-o‘zidan
shaxsga ta’lim berish, dunyoqarashini shakllantirish, kasb tanlashga yo‘llash hamda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

184

ISSN:3030-3613

ishlab chiqarish jarayonidagi faol ishtirokining kafolati bo‘lgan kasbiy malakalarini
shakllantirish jarayoniga nisbatan yangicha, samarali yondashuvlarni ishlab chiqishga
bo‘lgan ehtiyojini yuzaga keltiradi. Ma’lumki, ta’lim tizimi jamiyatda shakllangan
muayyan ehtiyoj asosidagi ijtimoiy buyurtmani bajarishga yo ‘naltiriladi.

Bozor munosabatlariga asoslangan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlaridan biri

jamiyatning barcha sohalari, jumladan, kasb egallashdagi raqobatning paydo
bo‘lishidir. Ijtimoiy raqobat bu tahlitda mavjud bo‘lishi mo‘tadil faoliyat yuritish,
raqobatga nisbatan ishchanlik immunitetini hosil qilish, raqobatchilarga nisbatan
yuqoriroq mavqe uchun kurashishga zamin yaratadi. Shu bois fuqarolarda ta’lim olish,
nazariy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish, kasb egallashga nisbatan ongli yondashuv
hissi qaror topmoqda. Bu esa ularda jamiyat ehtiyojlari asosida kasb tanlashga bo‘lgan
rag‘batni hosil qilmoqda. Endilikda ta’lim olish, muayyan kasbhunar yoki
mutaxassislik ma’lumotlarini egallash, bu borada ma’lum ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Ta’lim olishga bo‘lgan rag‘bat va uning
mazmuni kasb egallash jarayonining muvaffaqiyatli amalga oshishida kafolat bo‘la
oladi.

Yaqin o‘tmishda ta’lim oluvchining ta’lim jarayonidagi ishtiroki nazariy

bilimlarni qabul qilib oluvchi va o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalarni
namoyish etuvchi sub’ekt sifatidagi o ‘rni bilan kifoyalangan bo‘lsa, ta’lim
texnologiyasi talablariga ko‘ra ta’lim oluvchi ta’lim jarayonining yetakchi sub’ekti,
asosiy ijrochisi sifatida ko‘rinadi. Endilikda ta’lim oluvchi ta’lim beruvchi tomonidan
uzatilayotgan axborot (bilim)larni qabul qilmaydi, balki ta’lim beruvchining
yo‘llanmasi, ko‘rsatmasiga muvofiq tavsiya etilgan o‘quv manbalari bilan mustaqil
ravishda tanishish orqali nazariy bilimlarni o‘zlashtiradi, ta’lim beruvchi nazorati
ostida amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi. Ta’lim oluvchi mustaqil faoliyat
yuritish, nazariy bilimlarni o‘zlashtirish asosida o‘zida fikrni ilgari surish, dalillar
keltirish, o‘z fikrini himoya qilish layoqatini tarbiyalay olishi, o‘z-o‘zini tanqid qilish,
o‘z-o‘zini baholash sifatlarini qaror toptira olishi talab etiladi. Davr talabi ta’lim
oluvchini ta’lim jarayonining sust tinglovchisi bo‘lishdan faol ishtirokchisiga
aylantirishni taqozo etmoqda.

O‘quvchining ta’lim jarayonidagi yetakchilik roli quyidagi pedagogik

vazifalarni hal etish imkonini beradi:

-

o‘quvchida bo‘lajak kasbi to‘g‘risidagi bilimlarni va ma’lumotlarni

o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyojni qaror toptirish;

-

kasb tanlashga nisbatan ongli yondashuvni shakllantirish;

-

mustaqil faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish;

-o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish, nazariy va amaliy bilimlar mohiyatini

tahlil etish, ular borasida xulosalar chiqarish, umumlashtirish hamda ularni o‘z amaliy
faoliyatiga tatbiq etish ko‘nikmalarini yuzaga keltirish va takomillashtirish;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

185

ISSN:3030-3613

-o‘z-o‘zini nazorat qilish, qiyosiy baholash, tahlil qilish sifatlarini shakllantirish.
O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashda ta’lim shakli, metod va vositalarining

ahamiyati katta. Zero, ular o‘quvchining imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, bilim,
ko‘nikma va malakalarini bo‘lajak faoliyat sohasi talablari asosida shakllantirish uchun
shart-sharoit yaratib beradi. O‘z navbatida o‘quvchilarning yosh, psixologik, fiziologik
xususiyatlari, bilim darajasi, dunyoqarashining ko‘lami hamda ularning faolligi
samarali, ilg‘or, noan’anaviy ta’lim shakli, metod va vositalarini tanlash, ulardan
maqsadga muvofiq darajada foydalanish uchun turtki bo‘ladi. O‘quvchi yoshlarning
darsdan tashqari mashg‘ulotlarda mustaqil kasb-hunar tanlashga qaratilgan faoliyati
o‘quvchilarning ijodiy xususiyatlari va bosqichlariga mos ravishda tashkil etiladi.

Ilmiy-texnik ijodiyotning asosiy yo‘nalishlari esa quyidagilar: texnik

modellashtirish; o‘quv predmetlari bo‘yicha (fizika, kimyo, matematika) to‘garaklarda
fan asoslarini chuqur egallash; sportning harbiy-texnik mutaxassislari kasblarini
tanlash. Ushbu yo‘nalishlarni takomillashtirish asosan, olimpiada, ko‘rgazma, tanlov,
musobaqa va bahslar o‘tkazish bilan amalga oshiriladi.

Texnik ijodiyot markazlarida tashkil etilgan elektronika, kosmik modellashtirish

to‘garagida qatnashib birinchi o‘quv yilini tugatgan to‘garak a’zolari radioelektronika,
radiotexnika to‘g‘risida boshlang‘ich taassurotlarga, oddiy qog‘ozdan raketalarni
yasashni, raketasozlik va uning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlarni bilishlari shart
[4].

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida rejalashtirilayotgan har bir tadbir

mazmunida, to‘garaklar faoliyatida – Vatanga muhabbat va komil inson tarbiyasi aks
etishi lozim. O‘quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalashda yurtimiz
madaniyati tarixi, muayyan davrlardagi mavqei, buyuk mutafakkirlarimizning jahon
fan va madaniyati sohasidagi o‘rni, mamlakatimizning yorqin istiqboliga ishonch
to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Vatanni sevish, uning istiqboli haqida qayg‘urish iymon-
e’tiqod ramzi ekanligi uqtiriladi. O qituvchi va tarbiyachilar darsdan tashqari
mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarga quyidagi bilim hamda ko‘nikmalarni
singdiradilar:

-

ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy xislatlar majmui mujassamlashtiriladi;

-

jamiyatda o‘zligini va o‘z iste’dodini har tomonlama namoyon etadi;

-

ma’rifiy va dunyoviy bilimlarni mukammal egallaydi;

-ahloqan pok, jismonan sog‘lom, hayot go‘zalliklarini his eta oladigan erkin

ijodkor shaxs darajasiga intiluvchi bo‘ladi.

Darsdan tashqari mashg‘ulotlar mazmunini belgilashda yana quyidagi tadbirlar

ishlab chiqilishi e’tiborga olinadi:

-iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda kasbiy jihatdan

tayyorgarlikdan o‘tkazishga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshirish;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

186

ISSN:3030-3613

-darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida yoshlar iste’dodi va iqtidorini

namoyon qilishga doir shart-sharoitlar yaratib berish;

-ularning qiziqishini inobatga olgan holda fanlar bo‘yicha olimpiadalar,

tanlovlar, ko‘rgazmalar, turli bayramlar, bolalar ijodkorligi kabi tadbirlarni o‘tkazish.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilar ongida iqtisodiy ta’limni
singdirish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish, iqtisodiy fikrlashga o‘rgatish va iqtisodiy
madaniyatini shakllantirish muhim o‘ringa ega bo ‘ladi. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilar
ongida quyidagi bilimlar, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi:

-

kasblar turlari va yo‘nalishlarini o‘rganishga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy

ta’lim bo‘yicha bozor iqtisodiyoti, menejment, marketing kabi tushunchalarni bilishi;

-

mustaqil faoliyat asosida shaxsning o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini

namoyon etishi;

-

o‘quvchining tanlagan sohasi bo‘yicha maxsus nazariy va amaliy bilimlar

yig‘indisini o‘zida mujassamlashtirgan kasbiy tayyorgarlik (2-shakl).

Mashg‘ulotlar mazmuni quyidagi vazifalarning yechimini topishga qaratiladi:
-xalq hunarmandchiligi sohalaridagi ishlab chiqarish mazmuniga ega vazifalarni

yechishi, tajribalar o‘tkazishi, o‘lchov-tekshiruv, asbob-uskunalaridan to‘g‘ri
foydalanishiga;

-

bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari, talablari asosida sifatli, xaridorgir,

iste’mol mollari va texnologiya mahsulotlarini tayyorlashga odatlanishiga;

-o‘zlari

tayyorlagan mahsulotlarni o‘zlari iste’molchiga yetkazishni

o‘rganishiga.

Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning ikkinchi guruhiga ekskursiyalar, fan

olimpiadalari, ko‘rgazmalar, o‘quvchilar konferentsiyalari, kasbning eng yaxshi
ishchisini aniqlash uchun o‘tkaziladigan tanlovlar, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan
bo‘ladigan uchrashuvlar kabi tadbirlar kiradi. Bu turdagi mashg‘ulotlarning mohiyati
va afzalligini belgilab beruvchi jihati ko‘plab o‘quvchilarni jalb qilish imkoniyatining
mavjudligi bo‘lib, shu sababli ular tadbirlarning ommaviy shakllari deb yuritiladi.
Amalga oshirgan tajriba-sinov ishlarimiz sanab o‘tilgan barcha shakldagi mashg
‘ulotlarning yuksak darajada samarali ekanligini tasdiqladi. Ular o‘quvchilarning
hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari to‘g‘risidagi tasavvurini kengaytirish, ularni
turli kasblar bilan tanishtirish imkonini beradi [3].

Bu mashg‘ulotlarning kamchiligi o‘quvchilarni foydali texnologiyaga, bevosita

ijodiy faoliyatga jalb qila olmasligi bilan belgilanadi. Shuning uchun o‘quvchilar,
darsdan tashqari mashg‘ulotning mazkur shakli bilan birga, boshqa to‘garak ishida ham
qatnashsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ko‘pchilik vaziyatlarda bu tavsiyamiz o‘z
tasdig‘ini topmoqda. Jumladan, tashkil etiladigan ko‘rgazmalarda to‘garak a’zolari o‘z
ishlarini namoyish qiladilar, ya’ni ikki turdagi mashg‘ulotlarni uyg ‘unlashtiradilar.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

187

ISSN:3030-3613

Kasb tanlash uchun o‘quvchi o‘z imkoniyatlarini baholay olish ko‘nikmasiga,

ya’ni qiziqishlariga monand, har xil kasblar bo‘yicha bilimga kasblarning
imkoniyatlari, kelajagi haqida axborotga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shaxsda
kasbga yo‘naltirish maxsus amaliy faoliyat orqali amalga oshiriladi, o‘quvchining
inson sifatida shakllanish bosqichlarida shaxs va jamiyat yagona bir tizim sifatida
qaraladi, o‘tish davrida bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablari inobatga olinadi.

Shaxs har tomonlama kamol topishi uchun aqliy, jismoniy, ma’naviy, ruhiy

jihatdan tarbiyalangan bo‘lishi kerak. Shu nuqtai nazardan shaxsning shakllanishiga
bir necha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ta’limning noаn’anaviy shakli sifatida tashkil
etiladigan bahs-munozara, davra suhbati, amaliy konferentsiya, seminar va boshqalar
muayyan predmetning muhim mavzulari yuzasidan tashkil etilib, o‘quvchilarda
mustaqil fikrlash, o‘z fikrini ilgari surish, uni asoslash hamda himoya qilish
qobiliyatini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bu kabi darslarning tashkil etilishida
maqsadning aniqligi, shuningdek, o‘qituvchilarning faol ishtiroki muhim ahamiyat
kasb etadi.

Bundan tashqari ko‘rgazma va mo‘jizalar maydoni shaklida o ‘tkazilayotgan

darslar bellashuv xususiyatiga ega bo‘lib, o‘quvchilarni faollikka undaydi.

Kasb tanlashga yo‘llashda mashg‘ulotlarning muvaffaqiyati uning shakligagina

emas, balki qo‘llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog‘liqdir. Ta’lim
metodlari o‘qitishning o‘z oldiga qo ‘ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda
o‘quv materialini nazariy amaliy yo‘naltirish yo‘llarini anglatadi.

O‘qitish metodlari mashg‘ulotlar jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi

faoliyatining qanday bo‘lishi, o‘qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish
kerakligini hamda shu jarayonda o‘quvchilar qanday ish-harakatlarni bajarishlari
kerakligini belgilab beradi [2].

1. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o ‘quvchilarni kasb-hunarga

yo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar va yo ‘nalishlar
asosida mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish texnologiyasini ishlab chiqish vazifasini
amalga oshirish uchun:

-

o‘quvchilarning darsdan tashqari mashg‘ulotlari va ularni kasbga

yo‘naltirish jarayonlarining samaradorligi va unumdorligini oshiruvchi metod hamda
nazariyalarni tahlil qilib, ular orasidan shaxsni kelajakda yetuk va raqobatbardosh kasb
egasi sifatida shakllantirish imkonini beruvchi pedagogik texnologiya bosqichlari
ishlab chiqish va tizimlashtirish;

-

o‘quvchilarda kasbga oid tushunchalar hosil qildirish;

-

kasbga oid nazariy bilimlar berish;

-olingan bilimlarni amalga tatbiq etish va kasb–hunar haqida o‘quvchilarda

ko‘nikma va malakalar hosil qildirish asosida ularni kasbga yo‘llash;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

188

ISSN:3030-3613

-

mashg‘ulotlarni tashkil etishning mavjud bo‘lganlariga nisbatan afzalroq

bo‘lgan muqobil metodlar va shakllarini ishlab chiqish imkonini beradigan istiqbolli
yo ‘nalishlar belgilab olindi;

-

o‘quvchilarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarini tashkil qilishda guruh

shaklidan foydalanganligimiz sababli,

uchinchi navbatda

, jamoani shakllantirish va

boshqarish metodlarini, ya’ni jamoa oldidagi umumiy muammoni hal qilish uchun har
bir o‘quvchining individual fazilat va sifatlarini to‘laroq e’tiborga olish imkonini
beruvchi mezonlar ishlab chiqish hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

2.

Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning umumiy tahlili va mazmunini kasbga

yo ‘naltirish ishlari misolida tasniflash asosida to‘garak mashg‘ulotlari, ommaviy
shakldagi darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni kasb-hunarga
yo‘llash ishlari takomillashtirilishi maqsadga muvofiqdir.

3.

Darsdan tashqari mashg‘ulotlar uchun ishlab chiqilgan dasturlarni amalga

oshirish murakkab pedagogik-psixologik hamda tashkiliy jarayonlarni amalga
oshirishda o‘quvchilar qabul qilishi lozim bo‘lgan barcha axborotlar oqimini guruhlar
bo‘yicha tizimlashtirish, bu vazifalarni amalga oshirishda shaxsni shakllantirishga
ta’sir etuvchi omillar aniqlash hamda amaliy tajriba va ekskursiya mashg‘ulotlarini
tashkil qilish yo‘nalishlari hamda metodlarini ishlab chiqish o‘quvchilarni kasb-
hunarga yo‘llashni muhim omillari hisoblanadi.

O‘quvchilarni

kasb

tanlashga

yo‘llashda

o‘qitishning

pedagogik

texnologiyalaridan foydalanish xususiyatlari mazmun-mohiyati tahlili asosida darsdan
tashqari mashg‘ulotlarni tashkil qilish maqsad va vazifalari, o‘quvchi kasbiy sifatlarini
dastlabki pedagogik-psixologik tashxis qilish, kasblar to‘g ‘risida axborot berish, o
‘quvchi shaxsini ijtimoiy-kasbiy yo‘naltirish, kasbiy maslahatlar, kasbiy-iqtisodiy
tarbiya metodlarini qo‘llash yo‘llari ko‘rsatib beriladi.

Kasbga yo‘naltirish ishlari tizimli ravishda, izchil takomillashtirib

borilgandagina o‘quvchining kelajakda mukammal kasb egasi bo‘lishiga erishiladi.
O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashning ishlab chiqilgan texnologiyasi hamda
to‘garaklar o‘quv dasturlarini amaliyotga tatbiq etishning eng samarali yechimi sifatida
kasb-hunarga yo‘llash ishlarini tashkil qilishda darsdan tashqari mashg‘ulotlar
mazmunini tanlashning tashkiliy-pedagogik mezonlari ishlab chiqildi.

Ushbu mezonlarda o‘quvchiga tushuncha berilayotgan kasblarning turlari va

nomlari bo‘yicha real mavjud kasblarning miqdoriga nisbatan optimal munosabatni
saqlash, kasb tanlash ishida mahalliy va mintaqaviy ehtiyojlar asosida kasbga
yo‘naltirishning ustuvorligi, bo‘lajak kasb turi bilan bog‘liq faoliyatning mazmuni va
tuzilmasini asoslash, o‘quvchining o‘zi yo‘naltirilayotgan kasblar ob’ektlarining
xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishligi kabi holatlar o‘z aksini topgan.

XULOSA


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

189

ISSN:3030-3613

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ilmiy-pedagogik tadqiqotlar hamda amalga

oshirilgan tajriba-sinov ishlarimiz o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llash, darsdan
tashqari mashg‘ulotlarda ularning kasblarga oid bilim va ko‘nikmalarini
shakllantirishdan iborat jarayonni qamrab oldi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko’taramiz.Toshkent. O‘zbekiston, 2018. -145 b.

2.

Xolmatov P. va bosh. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni
kasb-hunarga yo‘naltirishni takomillashtirish metodikasi. Metodik qo‘llanma
Nodirabegim. 2021 y.

3.

Xolmatov P.Q., Negmatov O. Texnologiya fanini o‘qitishda zamonaviy
yondashuvlar. 3.1.modul. Majmua. JVPXQTMOHM. 2021.

4.

Xolmatov P.Q.Negmatov O. Xorijiy tajribalardan foydalanish va innavatsion
texnologiyalar. 3.2.modul. Majmua. JVPXQTMOHM. 2021.

5.

Xolmatov P. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish. Monografiya. Fan. 2016 y.

6.

Ismailov T.J, Tagaev X, Kholmatov P.K, Yusupov K.Y, Alkarov K.Kh, Orishev
Zh.B Karimov O.O. (2020). Cognitive-Psychological Diagram Of Processes Of
Scientific And Technical Creativity Of Students.

International Journal of Advanced

Science and Technology

,

29

(08), 3669-3677.

7.

Orishev, Jamshid (2021) "Project for training professional skills for future teachers
of technological education,"

Mental Enlightenment ScientificMethodological

Journal

: Vol. 2021 : Iss. 2 , Article 16.

8.

Orishev, J. (2020). Глобаллашув даврида педагоглик масъулияти .

Научно-

просветительский журнал "Наставник"

,

1

(1).

9.

Xolmatov, P., & Оришев, Ж. (2020). Дарсдан ташқари машғулотларда
ўқувчилар касбий тарбиясини шакллантиришнинг мақсад ва вазифалари.

Физико-технологического образование

,

1

(1)

10.

Xolmatov, P., & Оришев, Ж. (2020). Умумий ўрта таълим мактабларида
ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтиришни такомиллаштириш технологияси.

Физико-технологического образование

,

1

(1)

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko’taramiz.Toshkent. O‘zbekiston, 2018. -145 b.

Xolmatov P. va bosh. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni

kasb-hunarga yo‘naltirishni takomillashtirish metodikasi. Metodik qo‘llanma

Nodirabegim. 2021 y.

Xolmatov P.Q., Negmatov O. Texnologiya fanini o‘qitishda zamonaviy

yondashuvlar. 3.1.modul. Majmua. JVPXQTMOHM. 2021.

Xolmatov P.Q.Negmatov O. Xorijiy tajribalardan foydalanish va innavatsion

texnologiyalar. 3.2.modul. Majmua. JVPXQTMOHM. 2021.

Xolmatov P. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish. Monografiya. Fan. 2016 y.

Ismailov T.J, Tagaev X, Kholmatov P.K, Yusupov K.Y, Alkarov K.Kh, Orishev

Zh.B Karimov O.O. (2020). Cognitive-Psychological Diagram Of Processes Of

Scientific And Technical Creativity Of Students. International Journal of Advanced

Science and Technology, 29(08), 3669-3677.

Orishev, Jamshid (2021) "Project for training professional skills for future teachers

of technological education," Mental Enlightenment ScientificMethodological

Journal: Vol. 2021 : Iss. 2 , Article 16.

Orishev, J. (2020). Глобаллашув даврида педагоглик масъулияти . Научно-

просветительский журнал "Наставник", 1(1).

Xolmatov, P., & Оришев, Ж. (2020). Дарсдан ташқари машғулотларда

ўқувчилар касбий тарбиясини шакллантиришнинг мақсад ва вазифалари.

Физико-технологического образование, 1(1)

Xolmatov, P., & Оришев, Ж. (2020). Умумий ўрта таълим мактабларида

ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтиришни такомиллаштириш технологияси.

Физико-технологического образование, 1(1)