Mualliflar

  • Nazarova Nilufar Joʻrayevna
  • Maxamatiminova Durdonaxon Farxot qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.96999

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ayollar o‘z joniga qasd psixologik bosim oilaviy muammolar zo‘ravonlik ijtimoiy xavfsizlik ruhiy salomatlik jamiyat.

Annotasiya

 
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda ayollar orasida o‘z joniga 
qasd qilish holatlarining ortib borishi, ushbu holatlarning asosiy sabablari va ularni 
bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Maqolada oilaviy muammolar, ijtimoiy bosim, 
iqtisodiy  qiyinchiliklar,  psixologik  zo‘ravonlik  va  axborot  muhitining  salbiy  ta’siri 
asosiy  omillar  sifatida  ko‘rsatilgan.  Shuningdek,  psixologik  yordam  tizimini 
kuchaytirish,  huquqiy  himoya,  axborot  siyosatini  sog‘lomlashtirish  va  ayollarni 
iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar berilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

179

ISSN:3030-3613

ZAMONAVIY JAMIYATDA XOTIN-QIZLAR SUITSIDI: SABAB VA

YECHIMLARI

Nazarova Nilufar Joʻrayevna

TDTrU s.f.n. (PhD) dotsent v.b.,ilmiy rahbar

Maxamatiminova Durdonaxon Farxot qizi

TDTrU Sotsiologiya yoʻnalishi 2-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda ayollar orasida o‘z joniga

qasd qilish holatlarining ortib borishi, ushbu holatlarning asosiy sabablari va ularni
bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Maqolada oilaviy muammolar, ijtimoiy bosim,
iqtisodiy qiyinchiliklar, psixologik zo‘ravonlik va axborot muhitining salbiy ta’siri
asosiy omillar sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, psixologik yordam tizimini
kuchaytirish, huquqiy himoya, axborot siyosatini sog‘lomlashtirish va ayollarni
iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar berilgan.

Аннотация

: В данной статье анализируется рост числа самоубийств среди

женщин в современном обществе, основные причины этих случаев и пути их
устранения. В статье в качестве основных факторов указаны семейные
проблемы, социальное давление, экономические трудности, психологическое
насилие и негативное влияние информационной среды. Также были внесены
предложения по усилению системы психологической помощи, правовой защиты,
оздоровлению информационной политики и экономической поддержке женщин.

Abstract:

This article analyzes the increasing number of suicides among women

in modern society, the main causes of these cases, and ways to eliminate them. The
article identifies family problems, social pressure, economic hardship, psychological
violence, and the negative impact of the information environment as key factors.
Proposals were also made to strengthen the psychological support system, provide legal
protection, improve information policy, and provide economic support to women.

Kalit so‘zlar:

ayollar, o‘z joniga qasd, psixologik bosim, oilaviy muammolar,

zo‘ravonlik, ijtimoiy xavfsizlik, ruhiy salomatlik, jamiyat.

Ключевые слова:

женщины, самоубийство, психологическое давление,

семейные проблемы, насилие, социальная безопасность, психическое здоровье,
общество.

Keywords:

women, suicide, psychological pressure, family problems, violence,

social security, mental health, society.


Bugungi globallashuv va axborot xuruji davrida inson psixologiyasi tobora

zaiflashib bormoqda. Ayniqsa, zamonaviy jamiyatda ayollar orasida o‘z joniga qasd
qilish holatlarining ortib borayotgani jiddiy ijtimoiy muammolardan biriga aylangan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

180

ISSN:3030-3613

Har yili dunyo bo‘yicha yuz minglab ayollar turli omillar ta’sirida o‘z hayotiga nuqta
qo‘yishga urinmoqda

1

. Bu esa jamiyat salomatligiga, ijtimoiy barqarorlikka va oilaviy

qadriyatlarga tahdid soladi. Ayollar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining
ortishiga bir necha sabablar sabab bo‘lmoqda. Ularning eng asosiylari quyidagilardan
iborat:

1.

Oilaviy muammolar

Nikohdagi kelishmovchiliklar, zo‘ravonlik, er-xotin

o‘rtasidagi ishonchsizlik, qaynota-qaynonalar bilan bo‘lgan kelishmovchiliklar
ayolning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

2

.

2.

Ijtimoiy bosim va stereotiplar

Ayollardan “ideal ona”, “sadoqatli turmush

o‘rtoq”, “uy ishlari bilan shug‘ullanuvchi ayol” kabi talablar ko‘plab mamlakatlarda
haligacha mavjud. Bu bosim ruhiy tushkunlikka olib keladi

3

.

3.

Moliyaviy muammolar

Ishsizlik, iqtisodiy yetishmovchilik, yolg‘izlik

ayollarni ruhiy siquvga soladi.

4.

Psixologik va jismoniy zo‘ravonlik

Jinsiy tajovuz, oilaviy zo‘ravonlik va

haqoratlar ko‘p hollarda ayollarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga va ruhiy
iztirobga tushishiga olib keladi.

5.

Axborot muhitining salbiy ta’siri

Ijtimoiy tarmoqlarda solishtirish, yolg‘on

muvaffaqiyatlar, ijtimoiy faollikni haddan ziyod ulug‘lash – bu omillar psixikasi zaif
ayollarni depressiyaga olib kiradi.

Biroq hozirgi davrda bu borada hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar mavjud

bo‘lib, ular orasida ayniqsa oiladagi zo‘ravonlik va gender tengsizlikka asoslangan
tazyiq holatlarining ortib borayotganligi dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Gender zo‘ravonlikning kuchayishi ko‘p hollarda ijtimoiy ongdagi eskicha

qarashlar, gender rollarning noto‘g‘ri talqin qilinishi, iqtisodiy va ijtimoiy omillar bilan
izohlanadi. Ilgari ayrim hollarda odatiy hol sifatida baholangan zo‘ravonlik bugungi
zamonaviy jamiyatda ayollar huquqlarining ochiq buzilishi sifatida keskin tanqid
qilinmoqda. Jumladan, BMTning “Xotin-qizlar” (UN Women) tashkiloti tomonidan
tayyorlangan “2019–2020 yillarda dunyodagi ayollarning taraqqiyoti: o‘zgaruvchan
dunyodagi oilalar” nomli hisobotida oila nafaqat ijtimoiy institut, balki ko‘plab
hollarda insonning asosiy huquqlari buzilishi va gender tengsizligi ko‘p uchraydigan
makon sifatida ham qayd etilgan

4

.

Bugungi kunga kelib, dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlarida oiladagi

zo‘ravonlikka qarshi qonunchilik mavjud bo‘lib, bu muammoning xalqaro miqyosdagi
dolzarbligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda ham xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini

1

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) hisobotlari, 2023-yil.

2

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi va Sog‘liqni saqlash vazirligi materiallari, 2022.

3

Gender tengligi bo‘yicha BMT (UN Women) ma'lumotlari, 2023.

4

UN Women. (2020). Progress of the World’s Women 2019–2020: Families in a Changing World

.

https://www.unwomen.org


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

181

ISSN:3030-3613

himoya qilish borasida sezilarli huquqiy asoslar yaratilgan. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda O‘RQ-
562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari
to‘g‘risida”gi qonunlar bu yo‘nalishda asosiy normativ hujjatlardir.

Mazkur qonunchilik hujjatlarida “zo‘ravonlik” tushunchasi keng talqin qilinib,

unga jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, bunday ta’sirni
amalga oshirish bilan tahdid qilish orqali ayollarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, qadr-
qimmati va huquqlariga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik)lar
kiradi. Zo‘ravonlikning turlari sifatida quyidagilar belgilanadi: jinsiy zo‘ravonlik,
jismoniy zo‘ravonlik, iqtisodiy zo‘ravonlik va ruhiy zo‘ravonlik.

Bundan tashqari, qonunchilikda “tazyiq” tushunchasi ham alohida ko‘rsatilib, u

ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lmaydigan, biroq xotin-qizlarning sha’ni
va qadr-qimmatini kamsitadigan, shilqimlik mazmunidagi harakatlar (yoki
harakatsizliklar) deb tavsiflanadi.

Ushbu holatlar jamiyatda xotin-qizlarning erkinligi, huquqlari va xavfsizligini

ta’minlash borasida hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘pligini ko‘rsatadi. Oila –
jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lganligi sababli, undagi zo‘ravonlik holatlarini bartaraf
etish orqali sog‘lom ijtimoiy muhit va barqaror taraqqiyot sari muhim qadamlar
tashlanadi.

Bu muammoga qarshi kurashish uchun kompleks yondashuv zarur. Quyidagi

choralar samarali yechim bo‘la oladi:

1.

Psixologik yordam tizimini kuchaytirish

Maktab, kollej, oliygoh, mehnat

jamoalarida psixologik maslahat markazlarini faol ishlashiga sharoit yaratish lozim.

2.

Oila va jamiyatda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish

Oilaviy tarbiya,

mehr-muhabbat, tushunish muhitini yaratish orqali ayollarni qo‘llab-quvvatlash zarur.

3.

Huquqiy himoya va zo‘ravonlikka qarshi kurash

Ayollarga nisbatan

zo‘ravonlik holatlariga “nol bardoshlik” siyosatini joriy etish, huquqiy savodxonlikni
oshirish talab etiladi.

4.

Axborot va media siyosatini sog‘lomlashtirish

Ommaviy axborot vositalari

va ijtimoiy tarmoqlarda ruhiy sihatni muhofaza qiluvchi, ayollarni ruhlantiruvchi va
motivatsiya beruvchi materiallar ko‘paytirilishi lozim.

5.

Ayollarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash

Ish bilan ta’minlash,

tadbirkorlikka jalb etish orqali ayol o‘zini jamiyatda kerakli va qadrlangan inson
sifatida his qiladi.

Ayollar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish har birimizdan

mas’uliyat va e’tibor talab etadi. Har bir ayol – ona, opa-singil, farzand tarbiyalovchi
inson sifatida jamiyat uchun bebaho qadriyatdir. Ularning salomatligi, ruhiy holati va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

182

ISSN:3030-3613

xavfsizligini ta’minlash orqali sog‘lom jamiyat sari yo‘l ochiladi. Davlat, jamiyat va
har bir fuqarolik pozitsiyasiga ega inson bu yo‘lda faol bo‘lishi shart.

Zamonaviy jamiyatda ayollar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining ortib

borayotgani chuqur ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy omillar bilan bog‘liq. Asosan
oilaviy muammolar, ruhiy bosim, gender tengsizligi, zo‘ravonlik, iqtisodiy
yetishmovchilik hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovning sustligi bu muammoning
asosiy sabablari hisoblanadi. Ayollar o‘z muammolari bilan yolg‘iz qolib, tegishli
psixologik yoki huquqiy yordamga murojaat qilmasliklari oqibatida fojiaviy holatlar
yuzaga chiqmoqda.

Ushbu holatni oldini olish uchun davlat, jamiyat va fuqarolik institutlari

o‘rtasida kuchli hamkorlik zarur. Eng avvalo, ruhiy salomatlikni asrash bo‘yicha
tizimli chora-tadbirlarni kuchaytirish, ijtimoiy-psixologik xizmatlarni rivojlantirish,
ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi mexanizmlarni mustahkamlash hamda
gender tenglikka asoslangan ma’rifiy ishlarni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, oiladagi tarbiya, ta’lim muassasalari va OAV orqali ayollarning ijtimoiy
rolini qadrlash va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini
shakllantirishda muammoni barvaqt oldini olishdagi asosiy yo‘nalishlardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) hisobotlari, 2023-yil.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi va Sog‘liqni saqlash vazirligi
materiallari, 2022.

3.

Gender tengligi bo‘yicha BMT (UN Women) ma’lumotlari, 2023.

4.

UN Women. (2020). Progress of the World’s Women 2019–2020: Families in a
Changing World

.

https://www.unwomen.org

5.

Nazarova N. J., Jumaniyazova N. S. The Role of Family on Preventing the
Youth’s Deviant Behaviours //Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 1. – С. 854-859.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) hisobotlari, 2023-yil.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi va Sog‘liqni saqlash vazirligi

materiallari, 2022.

Gender tengligi bo‘yicha BMT (UN Women) ma’lumotlari, 2023.

UN Women. (2020). Progress of the World’s Women 2019–2020: Families in a

Changing World. https://www.unwomen.org

Nazarova N. J., Jumaniyazova N. S. The Role of Family on Preventing the

Youth’s Deviant Behaviours //Oriental renaissance: Innovative, educational,

natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 1. – С. 854-859.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Nazarova Nilufar Joʻrayevna, Zamonova Farangiz Qo’ldosh qizi, TA’LIMDA INNOVATSIYALAR VA YOSH AVLODNING ULARGA MOSLASHUVI , Tadqiqotlar: Jild 61 № 2 (2025)