T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
165
ISSN:3030-3613
O‘SMIRLARDA KASB TANLASH MUAMMOLARINING YUZGA KELISHI
VA UNI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Roʻzimova Surayyo Rahimovna
Xorazm viloyati Shovot tumani
45-maktab amaliyotchi psixologi
Taxirova Sabohat Rustamovna
Xorazm viloyati Shovot tumani AFCHO‘SM
49-sonli maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya
. Insonning kasbiy shakllanishi va mutaxassis sifatida kamolga
yetishini uning hayot yo‘lidan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Psixologik
adabiyotlarda ta’kidlab o‘tilganidek, kishining kasbiy shakllanishi butun hayoti
davomida kechadigan jarayon bo‘lib uning yoshiga hamda shaxsining taraqqiyotiga
mos holda boradi. Kasbiy faoliyat sohasidagi muvaffaqiyat va mutaxassisning mahorat
darajasiga erishish sur’ati uning kasb tanlash motivlari bilan o‘zaro aloqadordir.
Tayanch so‘z va iboralar:
kasb tanlash, ijtimoiy-psixologik yo‘nalganlik, motiv,
kasbiy shakllanish, kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy mahorat
KIRISH
Kasb tanlash o‘smirlar uchun muhim muammolardan biridir. Tanlov doirasi
qanchalik keng bo‘lsa, u shunchalik psixologik jihatdan murakkablashib boradi.
Shaxsning subyektiv moyilliklari hamda u yoki bu faoliyatga qobiliyatliligi bir
butunlikni tashkil etadi. Qiziqish va moyillik faoliyat jarayonida shakllanadi va
o‘zgarib boradi. Biroq o‘smirlarda yaqqol ifodalangan, barqaror va faol moyillik har
doim ham kuzatilmaydi. Kasb tanlash arafasida turgan o‘smirlarning mazkur sohaga
qanchalik mos, moyil ekanligi faqatgina faoliyat kuzatuv, nazariy tajriba
jarayonidagina aniqlanadi. Kasb tanlash motivlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi
ijtimoiy-psixologik omillar juda ko‘p bo‘lib, ular bir-biri bilan o‘zaro mutanosiblikka
ega. O‘smirning kasb tanlashiga ta’sir etish kuchiga ko‘ra asosiy o‘rinni do‘stlari va
o‘rtoqlari bilan bir-birini tushunish munosabatlari tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinni tez
ta’sir etuvchi ommaviy axborot vositalari - kitoblar, gazeta, jurnal, kinofilm,
teleko‘rsatuvlar, ayniqsa, Internet egallaydi. Uchinchi o‘rinda pedagogik jamoa, sinf
rahbari, fan o‘qituvchilari, ta’lim muassasasi direktori va o‘rinbosarlari,
mahalladoshlari turadi. To‘rtinchi o‘ringa oiladagi bevosita ma’naviy-ma’rifiy muhitni
qo‘yish mumkin. Beshinchi o‘rinni o‘quv fanlarini o‘zlashtirish jarayoni egallaydi.
Ya’ni, o‘spirin qanchalik yuqori darajada o‘zlashtirsa o‘quv fanlari uning kasb
tanlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib o‘z samarasini beradi. Keyingi navbatda darsdan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
166
ISSN:3030-3613
tashqari tarbiyaviy ishlar, ijtimoiy-foydali va ishlab chiqarish mehnatini ko‘rsatish
mumkin.
O‘smirlarda biror o‘quv faniga ishtiyoq natijasida ularda har xil kasblarga
qiziqish paydo bo‘lgach, tanlangan kasbni o‘zlashtirish bilan bog‘liq fanga qiziqish
tobora ortib boraveradi. Natijada fan to‘garak mashg‘ulotlariga va fakultativ kurslarga
qatnashish ishtiyoqi vujudga keladi. O‘smir bu imkoniyatdan unumli foydalanishi
maqsadga muvofiq, deb ta’kidlamoqchimiz.
Kasb tanlash o‘smirda kasblar olami va ularning insonga hamda uning
xususiyatlariga qo‘yiladigan talablar haqida tasavvurlar bo‘lishini taqozo etadi. Ba’zan
ularning har ikkisi ham o‘smirlarda yetishmasligi mumkin. O‘smirlarda kasblar haqida
yaqqol tasavvur bo‘lmasligi sababli, ular ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yadilar. Tanlangan
yoki tanlanishi zarur bo‘lgan kasb qanday shaxsiy fazilatlarni talab qilishini tushunib
yetmaydilar. O‘z qobiliyatlarini oqilona baholay olmasliklari tufayli u yoki bu kasbni
egallash uchun qanchalik tez va aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha
olishlari mumkinligini bilmaydilar. Biroq hozir mazkur ko‘ngilsiz holatlarning oldini
olish va bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Bular: kasblarni o‘rganish usullarini
ishlab chiqish, ularni tavsiflash va aniq qilib ifodalash; o‘qituvchining kasblar bo‘yicha
batafsil targ‘ibot ishlari olib borishi, kasblar yuzasidan maslahatlar berish, o‘smir va
uning ota-onasi bilan birga kasbga yo‘naltirish tadbirlarini ko‘rib chiqishi; o‘smirlarni
kasbning asosiy turlari bilan tanishtirish; psixodiagnostik va kasb tanlash usullarining
amaliyotga tatbiq qilishga moslashtirilgan turlarini ishlab chiqish; joylarda zamon
talabiga mos kasb tanlash xonalarini tashkil etish; kasb tanlash targ‘iboti yuzasidan
o‘smirlarni ommaviy axborot vositalariga jalb qilish va psixologik jihatdan
tayyorlashdan iborat ta’lim konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
O‘smirlarning qiziqishi, mayli, intilishi, qobiliyati, iste’dodlari asosida tanlagan
kasblariga to‘g‘ri yo‘naltirish ular uchun katta hayotiy masaladir. Kasb tanlash
jarayonida o‘spirinlarga o‘qituvchilar, ota-onalar, jamoatchilik, o‘z kasbining ustalari,
murabbiylar alohida e’tibor berishlari, to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishlari kerak. Zero, bu
amaliy faoliyat fuqarolik jamiyati rivojlanishiga xizmat qiladi.
Psixologiya fanida kasbiy shakllanish jarayonini davrlashtirishning bir necha
variantlari ishlab chiqilgan. Bu borada rus olimi T.V.Kudryavsev shaxsning kasbga
munosabati va faoliyatni bajarish darajasi mezoniga ko‘ra kasbiy shakllanishning
quyidagi bosqichlarini ajratib ko‘rsatgan:
1)
kasbiy moyillikning paydo bo‘lishi va shakllanishi;
2)
kasbiy ta’lim va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish;
3)
kasbiy faoliyatga kirishish, jamoada o‘z o‘rnini topishga faol intilish;4)
kasbiy mehnatda shaxsning o‘zini to‘liq namoyon etishi [2; 16].
Mazkur tasnifda keltirilgan har bir bosqichda kasb tanlashga undagan
motivlarning kuchi va sifati muhim ahamiyatga egaligi ko‘rsatib o‘tilgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
167
ISSN:3030-3613
Rus olimi E.A.Klimov esa insonni mehnat subyekti sifatida talqin etib kasbiy
yo‘nalgan davrlashtirishni quyidagicha asoslab bergan:
1)
o‘yindan oldingi bosqich (4 yoshgacha bo‘lgan davr) – kishining keyingi
rivojlanishi va mehnatga kirishuvi uchun asos bo‘lgan idrok qilish vazifalarini
o‘zlashtirish;
2)
o‘yin bosqichi (5-8 yosh) – inson faoliyatining “asosiy mazmuni”ni
o‘zlashtirish;
3)
o‘quv faoliyatini o‘zlashtirish bosqichi (8-12 yosh) - faoliyatni
rejalashtirish, o‘zini-o‘zi nazorat va tahlil qilish;
4)
optasiya bosqichi (12-17 yosh) – kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasb
tanlash davri;
5)
adept bosqichi (17-20 yosh) –tanlangan ixtisoslik bo‘yicha kasbiy
tayyorgarlik;
6)
adaptant bosqichi (20-23 yosh) –kasbning ichiga kirish va unga ko‘nikish;
7)
Internal bosqich (23-26 yosh) – kasbiy tajriba to‘plash;
8)
kasbiy mahorat bosqichi – mehnat faoliyatini malakali bajarish;
9)
obro‘-e’tibor bosqichi – mutaxassis tomonidan yuqori malakani
o‘zlashtirish;
1.
ustozlik bosqichi –mutaxassis tomonidan kasbiy tajribani
shogirdlarga berish, o‘z maktabini yaratish.
Ko‘plab kasblar haqidagi tasavvurlarni o‘zlashtirib olgach, o‘quvchi ularni u
yoki bu shaklda qo‘llay olishi kerak. Kasblar haqida yetarli bilim, ko‘nikma va
tayyorgarlikka ega bo‘lmaganlari sababli ba’zi o‘quvchilar o‘zlarini biror kasbiy
sohada namoyon eta olmaydilar. Biroq ularda yangi yetakchi faoliyat – tengdoshlari
bilan muloqot jarayonida o‘zini bilishga bo‘lgan ehtiyoj yanada kuchli namoyon
bo‘ladi. Aynan mana shu ehtiyoj o‘zini kasbiy sohada ham aniqlashiga ta’sir ko‘rsatadi.
2.
O‘zini kasbiy aniqlash davri.
Ushbu bosqichda kasbiy o‘zlikni anglash yakunlanadi. Bu davr maktabni
tugatgandan keyin ham davom etishi mumkin. O‘quvchida kasbni o‘rganishning aniq
yo‘nalishi, barqaror qiziqishlar, kasbning talablariga mos bo‘lgan shaxs
xususiyatlarining shakllanishi kuzatiladi. [4; 65].
Kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o‘ta muhim bosqichi
bo‘lajak kasbni tanlash, ya’ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo‘lgan davrni o‘z
ichiga oladi. Yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi faqatgina yosh
xususiyatiga bog‘liq emas, u ma’lum yoshga kelib o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi.
O‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish – ularni shaxsiy moyillik, layoqat,
qiziqishlari asosida hamda jamiyat talablariga mos holda ongli kasb tanlashga
tayyorlash bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy faoliyatdir. Ushbu faoliyatni
aniqlash maqsadida biz empirik tadqiqotlarni umumiy o‘rta maktab bitiruvchilarida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
168
ISSN:3030-3613
L.Yovaysh va G.Rezapkinalar ishlab chiqqan hamda moslashtirgan “Qaysi kasbga
moyilligingizni bilasizmi?” so‘rovnomasi o‘tkazdik. So‘rovnomada jami 80 ta
o‘quvchi qatnashdi hamda o‘z fikrlarini bildirdi. Ushbu so‘rovnoma yoshlarga
moyilligi mavjud bo‘lgan kasblar haqida qo‘shimcha ma’lumot olishga ilmiy
imkoniyat yaratadi.
“A” guruh
Odamlar bilan ishlashga moyilligi bo‘lgan toifa. Ularga boshqaruv, ta’lim-
tarbiya, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari bilan bog‘liq, masalan, maishiy xizmat
ko‘rsatish xodimi, tibbiyot xodimi, axborot-ma’lumot to‘plash va tarqatish bo‘yicha
xodim va shu singari kasblarni tanlash maqsadga muvofiq. Ular odamlar bilan muloqot
o‘rnatishga, har xil insonlar bilan tez do‘stlashib ketish layoqatiga, odamlarning
kayfiyatini tushunadigan va shunga mos muomala qila oladigan insonlar toifasiga
kiradi. Rejalashtirish-iqtisodiy faoliyatga moyillik kuchli bo‘ladi. Ular hisobchi,
iqtisodchi, matnlarni tahlil etish va ularni tahrir etish (muharrir, tarjimon, tilshunos),
binolar tarixini chizish (chizmachi, topograf) bilan bog‘liq ishlarni qiynalmasdan
o‘zlashtira oladilar. Chunki ular ishni tizimli, puxta va tartibli bajarishga moyil
bo‘ladilar.
“B” guruh
Tadqiqotchilikka moyillik. Bu toifaga kiruvchilar ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borishga yo‘naltirilgan kasblarni tanlasalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ularda maxsus
bilimlarni o‘zlashtirishga layoqatlilik bilan bir qatorda masadli ishlashni, muammolar
ustida izlanishni, mulohaza yuritishni, bevosita xulosa chiqarishni va tahlil qilishga
ichki psixologik yo‘nalganlik mavjud. Ular estetik faoliyat bilan shug‘ullanishga moyil
bo‘ladilar. Ijodkor shaxs sifatida tasviriy san’at, musiqa, badiiy-adabiy, aktyorlik va
sahnada ishlash layoqatiga ega.
“C” guruh
Amaliy faoliyatga moyillikni bildiradi. Ular ishlab chiqarish va tovarlarga ishlov
berish, mashina mexanizmlari va asbob-uskunalarini to‘plash hamda yig‘ish, elektron
va mexanik jihozlarni ta’mirlash hamda ularga ishlov berish, binolarni qurish,
ta’mirlash, transportlarni boshqarish sohalari bilan bog‘liq kasblarni tanlashi mumkin.
Ekstremal faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga moyil bo‘ladilar. Ular sportga,
sayohatga, qidiruv ekspeditsiya ishlariga, muhofaza va operativ-qidiruv faoliyati
hamda harbiy xizmatchi bo‘lishga layoqatli. Shuningdek, jismoniy jihatdan sog‘lom va
irodali inson bo‘lishni muhim deb hisoblaydilar.
Mazkur so‘rovnoma natijalari tahlilidan o‘quvchi-yoshlarda ijtimoiy ahamiyatga
va tashqi yo‘nalgan motivlarning shakllanish darajasi yuqori ekanligi aniqlandi. Bu
ma’lumotlar kasbiy ta’lim jarayonida yoshlarning tanlagan kasbi haqidagi bilim,
ko‘nikma va malakalari shakllanishi bilan uni tanlashga undagan motivlarning kuchi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
169
ISSN:3030-3613
hamda sifati ham ortib borishini ko‘rsatib turibdi. To‘g‘ri tanlovga undagan motivlar
yanada barqarorlashib boraveradi.
O‘smirlar tomonidan kasb tanlash motivasiyasining muvaffaqiyatli namoyon
bo‘lishi: muntazam ravishda kasblar olamiga doir bilim, ko‘‘nikma va malakalarni
shakllantirib borish; individual va guruhiy maslahat ishlarini tashkil etish;
o‘smirlarning o‘zlari qiziqqan kasb egalari bilan bevosita muloqotda bo‘lishlari uchun
sharoit yaratish; kasb uchun muhim xususiyatlarning mavjudligini aniqlash maqsadida
turli vaziyatlar yaratish va ish-o‘yinlarida o‘quvchilar ishtirokini ta’minlash; o‘zini-
o‘zi kasbiy tarbiyalash, nazorat qilish va adekvat baholash ko‘nikmasini shakllantirib
borishga bog‘liqdir.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, insonning kasbiy shakllanishida ijtimoiy
vaziyatlar, ma’naviy muhit va yetakchi faoliyat muhim omil hisoblanadi. Kasbiy ta’lim
oila va ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan kasb tanlangunga qadar davom
etgan ta’lim-tarbiya negizida, ya’ni kasb tanlashga psixologik tayyorlash hamda
mehnat faoliyatiga ruhan tayyorgarlikka ko‘maklashadigan amaliy vosita, omil sifatida
davom ettirilgach, u albatta ijobiy natija beradi, deb ta’kidlamoqchimiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI :
1.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni. 2020 yil, 23 sentyabr,
O‘RQ-637. //Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 yil,
03/20/637/1313-son.
2.
Кудрявцев Т.В. Психология профессионального обучения и воспитания. - М.,
1997.
3.
Климов Е. А. Психология профессионального обучения и воспитания. - М.,
Просвещение, 1990.
4.
Юлдашев, Ф. А., & Юлдашева, М. Б. Профессиональная ориентация
подростков.-
ЛИЧНОСТЬ
В
КУЛЬТУРЕ
И
ОБРАЗОВАНИИ:
ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ
СОПРОВОЖДЕНИЕ,
РАЗВИТИЕ,
СОЦИАЛИЗАЦИЯ:
МАТЕРИАЛЫ
МЕЖДУНАРОДНОЙ
НАУЧНО-
ПРАКТИЧЕСКОЙ