T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
130
ISSN:3030-3613
ZAMONAVIY JAMIYATDA YOSHLARNING DEVIANT HARAKATLARI:
ILDIZLARI VA PROFILAKTIKA CHORALARI
Nazarova Nilufar Jo‘rayevna
Toshkent davlat transport universiteti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti (PhD)
Ahmadjonova Shahnozabonu Muhammadali qizi
Toshkent davlat transport universiteti
Sotsiologiya yo‘nalishi
2-bosqich talabasi
O’roqboyeva Dilnoza Najmiddin qizi
Toshkent davlat transport universiteti
Sotsiologiya yo‘nalishi
2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Maqolada yoshlar orasida uchrayotgan deviant xatti-harakatlar,
ya’ni jamiyatda qabul qilingan normalarga zid bo‘lgan ijtimoiy xatti-harakatlar tahlil
qilinadi. Deviantlik tushunchasining sotsiologik talqini, xususan Emil Dyurkgeymning
anomiya nazariyasi, Robert K. Mertonning sotsiostruktural yondashuvi va H.
Bekerning stigmalash nazariyasi asosida izohlanadi. Shuningdek, yoshlar orasidagi
deviantlikning asosiy shakllari bolgan jinoyatchilik, giyohvandlik, maktabni tark etish,
tajovuzkorlik va virtual muhitdagi zararli xatti-harakatlar tahlil qilinadi. Shuningdek,
deviant xatti-harakatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar, ta’lim tizimi
va oilaning roli yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
Yosh avlod, deviant xatti-harakat, globallashuv, jinoyatchilik,
giyohvandlik, ichkilikbozlik, tajovuzkorlik, ruhiy buzilish, suidsidga moyillik,
strukturaviy funksionalizm, ommaviy madaniyat.
Har qanday jamiyatning barqarorligi va taraqqiyoti, avvalo, yosh avlodning
ijtimoiy ongiga, axloqiy mezonlarga va xulq-atvoriga bog‘liq. Ammo bugungi
globallashuv va axborot texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davrda
yoshlar orasida deviant, ya’ni jamiyat tomonidan qabul qilingan normalarga zid
bo‘lgan xatti-harakatlarning ko‘payishi dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda.
Deviant xatti-harakatlar – bu ijtimoiy normalar va qoidalarni buzuvchi, ko‘pincha
salbiy oqibatlarga olib keluvchi harakatlardir. Bunday holatlar jinoyatchilik,
giyohvandlik, ichkilikbozlik, tajovuzkorlik kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
Ushbu maqolada yoshlar orasida deviant xatti-harakatlarning kelib chiqish sabablari,
ularning ijtimoiy-psixologik omillari hamda oldini olish yo‘llari tahlil qilinadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
131
ISSN:3030-3613
So‘nggi yillarda jamiyatimizda sodir bo‘layotgan jinoyatlarning katta qismi
yoshlar va o‘smirlar tomonidan sodir etilayotgani sababli insonlar orasida deviant
xulq-atvor muammosiga qiziqish obyektiv ravishda oshdi. Bu esa bunday xulq-atvor
shakllanishining turli xil sabablarini o‘rganishni taqozo etadi. Deviantlik bu – har
qanday xulq-atvor va odob-axloq normalaridan chetga chiqish hisoblanadi. Deviantlik
ko‘pincha o‘smirlar va o‘spirinlarda kuzatiladi. Xulq-atvordagi bunday og‘ishlarning
asosiy sababi psixologik siljish hisoblanadi. Bunday psixologik og‘ishlar tanqidlar,
janjallar, asabiy buzilishlar, huquqbuzarlik kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Ayni
vaqtda, ayrim ekspertlar hozirgi vaqtda deviant xulq-atvor guruhiga ko‘proq moddiy
jihatdan o‘ziga to‘q oilalarning bolalari va o‘smirlari tushib qolishiga asosiy e’tiborni
qaratishadi. O‘ziga to‘q oila bolalari ko‘pincha ota-onasining erka farzandi
hisoblanadi. Yoshlik paytlarida ularning istagini oila a’zolari so‘zsiz bajarishadi.
Buning natijasida bolada “Men nimani xohlasam, otam yoki onam shuni bajarishga
majburdirlar”, degan noto‘g‘ri qarashlar shakllanadi. Ayniqsa, o‘ziga to‘q oila bolalari
o‘zlaridan mavqei pastroq bo‘lgan oila farzandlarini kamsitadi, ularga ruhiy zarbalar
beradi. Bu ham deviantlikning bir ko‘rinishidir. Umuman olganda, bugungi kunda
jamiyatning qaysidir qatlarmlaridan birini deviant xulq-atvordan himoyalangan deb
hisoblab bo‘lmaydi. Har bir o‘smir atrof-muhitda turli xil ta’sir va bog‘liqliklarga duch
keladi. Moddiy yetuklik, ota-onalarning yuqori ijtimoiy mavqei bolalar va
o‘smirlarning ijtimoiy normalarga rioya qilishi uchun yetarli kafil bo‘la olmaydi.
O‘smir xulq-atvorida spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol
qilishga qarshi jins vakiliga bo‘lgan qiziqishlar birmuncha oshadi. Qiziqishlarning
kuchliligi shu ishlarni amalga oshirish xohishini keltirib chiqaradi. Bunday hollar ham,
shubhasiz, deviantlikning yuzaga kelishiga zamin yaratadi. Aytaylik, o‘smirning
sevgisi rad etilsa, unda mahzunlik, hayotga bo‘lgan qiziqish, asabiylik, ishtahasizlik,
ruhiy buzilish, suidsidga moyillik kabi holatlar ro‘y beradi. Suidsid esa, deviant xulq-
atvorning yaqqol namunasi hisoblanadi. Bugungi zamonaviy dunyoda internet, virtual
dunyo, axborot oqimi tahlili, uning sotsiologik jihatlarini va yoshlar muammolarini
o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, globallashuv jarayonida ma’naviy hayotimizni izdan
chiqaruvchi jiddiy xavflarni inobatga olgan holda ularning oldini olish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish zarur. Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik,
giyohvandlik, o‘z-o‘zini o‘ldirish (suidsid) bilan ijtmoiy illatlarning yuzaga kelishi va
ijtimoiy oqibatlarga ko‘ra o‘ziga xos jihatlarga ega. Uzoq davom etadigan turli xil
zararli odatlar, doimiy oilaviy kelishmovchiliklar, oila va atrof muhitdan qoniqmaslik,
uydagi turli-tuman tushunmovchiliklar, bularning barchasi o‘smirning ruhiyatiga
shikast yetkazadi. Buning natijasida o‘smir mavjud noxush vaziyatlarni yaxshi
tomonga o‘zgartirishga harakat qiladi. Bu jihatdan, kamchiliklar, jumladan nizolar
rivojlanishga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
132
ISSN:3030-3613
Voyaga yetmaganlarning xulq-atvori profilaktikasi ishida ommaviy axborot
vositalari orqali tashviqiy-ma‘rifiy ishlarni olib borish muhimdir. Jamoatchilik fikri
so‘rovi ma‘lumotlari bo‘yicha televideniye o‘smirlar va yoshlar uchun axborot
olishning afzalroq manbai hisoblanadi. Shu munosabat bilan ijtimoiy reklamaning roli
yuqoriga o‘sadi. Ijtimoiy reklama o‘z takliflari bilan mehnatni rag‘batlantiradigan,
ijobiy maqsadlarga erishish uchun inson faoliyati motivatsiyasini kuchaytiradi.
Reklama ijtimoiy qadriyatlarni yoyadi va targ‘ib qiladi. U mamlakatlar va xalqlarning
yashash tarzini, andozalarini shakllantirishga ko‘maklashadi. Reklamaning ijtimoiy
funksiyasi turmush tarzi targ‘ib qilinishini ham nazarda tutadi. Misol uchun, Janubiy
Koreya davlatida ta’lim jarayonida band bo‘lgan yoshlarni majburlab ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarga olib kirishmaydi. Doimiy bunday majburlashlar yoshlarni
me’dasiga urib qolishi tabiiy hol. O‘quv jarayonlarini boshqarish axborot tizimidagi
o‘quvchi va talabalarning shaxsiy kabinetida yakuniy baholash natijasini bilmoqchi
bo‘lganlarga deviant bilan bog‘liq qisqa muddatli ijtimoiy roliklar qo‘yib boriladi.
Ushbu rolikni ko‘rib bo‘lgach talaba baholash natijalarini bilib olishi mumkin.
Hozirgi vaqtda deviant xulq-atvorning sabablari shundaki, o‘smirlar ijtimoiy
tabaqalanishni boshdan kechirmoqdalar, mo‘l-ko‘lliksiz yashay olmaydilar va yaxshi
ta’lim olishga intilishlari kuchaymoqda. Shu asosda psixologik siljish yuz bermoqda,
bu tanqidlar, janjallar, asabiy buzilishlar, huquqbuzarlik va uydan qochish bilan
yakunlanadi. Agar o‘smir ko‘cha muhitiga, mushtlashuvchilarga, rokerlarga yoki
haddan tashqari sevuvchilarga tushib qolsa, unda u salbiy manfaatlar va kattalarning
xatti-harakatlariga bo‘lgan istakni shakllantiradi. Bu erta jinsiy tajriba, giyohvand
moddalar va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni talab qiladi. Bunday hodisalarning
asosiy sababi ota-onalarning beparvoligi, bolaga yetarlicha e’tibor bermaslikdir.
Shuning uchun, deviant xatti-harakatlarning dastlabki belgilarida o‘qituvchilar ota-
onalari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lib, oilaviy muhitni aniqlab olishlari kerak.
Og‘ishadigan xulq-atvor xilma-xil bo‘lib, ularni uch katta guruhga bo‘lishimiz
mumkin:
Deviant og‘ishish, odob-axloq normalaridan og‘ish;
Delekvent xulq-atvor, huquq normalarining unchalik sezilarli bo‘lmagan
darajada buzilishi;
Jinoiy xulq-atvor, jinoiy huquq normalarining jiddiy ravishda buzilishi.
Deviant xulq-atvor har bir davrning o‘ziga xos muammosi hisoblanadi. Shuning
uchun ham har bir sotsiolog bu xulq-atvor turini o‘rganib, o‘zlarining ilmiy qarashlarini
bildirib o‘tgan. Deviant xulq-atvorning madaniy jihatlari asoschisi Y.I.Gilinskiy ushbu
atamani muomalaga kiritdi. Shunday bo‘lsada ilk tadqiqotlar boshida E. Dyurkgeym
turadi. Bugungi kunga kelib esa deviant xulq-atvor muammolari tadqiqotchilari
tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Deviant xulq-atvorning axloqiy-etik
omili jamiyatning past ma’naviy-axloqiy darajasida ma’naviyatsizlikda, mayda-
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
133
ISSN:3030-3613
chuyda narsalarga berilish psixologiyasida shaxsning begonalashib ketishi namoyon
bo‘ladi. Xulq-atvordagi tanazzul yoki pasayish alkogolizmda, darbadarlikda
giyohvandlikning
tarqalishida,
“pulga
sotilgan
sevgida”,
zo‘ravonlikda,
huquqbuzarlikda namoyon bo‘ladi.
Strukturaviy funksionalizm yo‘nalishi namoyondasi amerikalik Robert R.
Merton E. Dyurkgeymning “anomiya” tushunchasini rivojlantiradi va “ijtimoiy
anomiya” nazariyasini ishlab chiqadi. Deviant xulq-atvor bilan ijtimoiy struktura
o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikka urg‘u bergan holda R. Merton ijtimoiy
strukturalar jamiyatning alohida a’zolariga nisbatan bosim o‘tkazadilar va ularni
yaxshi qoidalardan og‘ishish yo‘liga o‘tishga undaydilar deb hisoblaydi. “Anomiya”,
“madaniyat” va “ijtimoiy struktura” o‘rtasidagi normal qonuniy vositalar va
ehtiyojlarning qondirishning yangi (noqonuniy) usullarini izlash o‘rtasidagi nizo yoki
kelishmovchilik nazariyasini namoyon etadi. R. Merton fikricha, anomiya “madaniyat
me’yorlari va maqsadlari hamda guruh a’zolarining ijtimoiy shakllangan ular bilan
muvofiq ravishda harakat qilish layoqatlari o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjud
bo‘lganda” yuzaga keladi. Ya’ni o‘zining jamiyat ijtimoiy tuzilmadagi o‘rni tufayli
ba’zi odamlar me’yoriy qadriyatlarga muvofiq harakat qilish layoqatiga ega emaslar.
Madaniyat ijtimoiy tuzilma to‘sqinlik qiladigan ma’lum xulq-atvor turini talab etadi.
Masalan, amerikacha jamiyatda madaniyat moddiy yutuqqa katta ahamiyat beradi.
Biroq ijtimoiy tuzilmadagi mavqei tufayli ko‘plar bunday yutuqqa erishish
imkoniyatiga ega emaslar. Agarda inson tug‘ilganidan past ijtimoiy- iqtisodiy tabaqaga
mansub bo‘lsa, buning oqibatiga ko‘ra eng yaxshi holatda oliy o‘quv yurti bitiruvchisi
darajasini olishi mumkin bo‘lsa, uning rasmiy bo‘lib qolgan usullar bilan iqtisodiy
yutuqlarga erishish imkoni juda kam bo‘ladi yoki umuman bo‘lmaydi.
A.I. Kravchenko tomonidan deviant va delikvent xulq-atvorining o‘zaro
farqlanishi quyidagicha ifodalanadi: deviant va delikvent xulq-atvor bu me’yoriy xulq-
atvordan og‘ishning 2 shakli bo‘lib. Bunda birinchi shakl nisbatan kam ahamiyatga ega
bo‘lib, ikkinchisi mutlaq va sezilarli hisoblanadi. Delikvent xulq-atvor qilmishlari ular
bevosita yo‘l bilan ta’qib qilinishiga qaraganda keng ko‘lamdagi spektrni o‘z ichiga
qamrab oladi. Ushbu ko‘rinishda xulq-atvorning ko‘plab turli xil shakllari hatto agar
xulq-atvor o‘ziga xos tarzdagi huquqiy me’yorlarga qarshi xususiyatlarga ega
bo‘lmasada ijtimoiy jazoga mahkum qilinishi yoki tahqirlanishi mumkin, bu
ko‘rinishdagi xulq-atvor shakllariga misol sifatida haqoratlar, “ahmoqona to‘da”ga
qo‘shilish, odatga aylanmagan tarzdagi mastlik holatlari kabilarini ko‘rsatib o‘tish
mumkin.
Deviant xulq-atvorning jamiyatda shakllanishiga asosiy turtki beruvchi
sabablardan biri internet va ijtimoiy tarmoqlardan notoʻgʻri foydalanishdir. Toʻgʻri
bugungi zamon shiddati hayotimizni internet yoki ijtimoiy tarmoqlarsiz aslo tasavvur
etib boʻlmasligini namoyon etadi. Albatta, aksariyat odamlarning faoliyati internet,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
134
ISSN:3030-3613
ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari orqali dunyoda sodir boʻlayotgan kundalik
yangiliklardan xabardor boʻlish, ularni bir-biriga uzatish bilan bogʻliq. Ammo inson
ongi, va qalbi va ruhiyatiga tazyiq oʻtkazishga harakat qilayotgan gʻarazli kuchlar
axborot xurujlarini amalga oshirishda eng taʼsirchan vositalar sifatida internet tizimi
va ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanishmoqda. Ayni paytda ular orqali
tarqatilayotgan milliy maʼnaviyatimizga yot gʻoyalar va axborot xurujlarining yoshlar
tomonidan qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari koʻpchilikni tashvishga soladi.
Bu borada davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev shunday taʼkidlagan: «... biz
farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan oʻtgan, yuksak
maʼnaviyat xazinasi boʻlgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki
qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab
turolmaymiz».
Internet va ijtimoiy tarmoqlarning ilm-fan, jamiyat rivojlanishida hissasi katta,
ammo zarari ham oʻziga yarasha. Bu muammoni hal etish ijtimoiy tarmoqlardan
samarali foydalanish uchun esa yoshlar ongidagi maʼnaviy boʻshliqni foydali
maʼlumotlar bilan oziqlantirish va boʻsh vaqtlarini maksimal darajada unumli
foydalanishlari uchun sharoitlar yaratilib berilmoqda. Maʼnaviy immunitetni
kuchaytirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish boʻyicha Prezidentimiz
Sh.Mirziyoyev 2019-yil mart oyida 5 muhim tashabbusni ilgari surdi. yoshlarning
musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlari, jismoniy chiniqtirish,
ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar
yaratishga yoʻnaltirish, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali
foydalanishni tashkil etish, kitobxonlikni keng targʻib qilish, xotin-qizlarni ish bilan
taʼminlash masalalarini nazarda tutadi. Bu loyiha puxta tuzilgan boʻlib, nafaqat boʻsh
vaqtni samarali tashkil etish, balki deviant xulq-atvorli yoshlar koʻrsatkichlarini
kamaytirishga, sogʻlom turmush tarzi yaratishga ham ulkan hissa qoʻshib kelmoqda.
Davlatimiz rahbari 2020-yil 25-dekabrda Yoshlar forumida oʻzining dolzarb fikrlarini
bildirib oʻtdi: «Yoshlar bilan ishlash Prezidentdan tortib vazirgacha, hokimdan tortib
mahalla raisigacha – hammamizning eng asosiy ishimizga aylanishi zarur».
Shuningdek, yoshlarga qarata: «Mana shunday murakkab sharoitda yoshlarimiz sezgir
va ogoh boʻlishi, har bir masalada, avvalo, Vatan manfaatlarini oʻylab ish tutishi zarur.
Ilm-maʼrifat va kasb-hunarga intilish, oilani muqaddas bilish, maʼnaviy poklik,
kattalarga hurmat kichiklarga izzat, qadriyatlarimizga sadoqat kabi ezgu fazilatlar
azaldan xalqimiz millatimizning qonida boʻlib kelgan.
... Jondan aziz farzandlarimizni buzgʻunchi va zararli gʻoyalar, jinoyatchilik,
giyohvandlik, loqaydlik, maʼnaviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday
salbiy holatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz aziz yoshlar faol boʻlishingiz
kerak. Xalqimizning maʼnaviy qudrati va boqiy anʼanalarini asrab-avaylash va butun
dunyoga tarannum etishga sizlar albatta qodirsiz» - dedi Sh.M. Mirziyoyev. Shunday
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_1-to’plam_May-2025
135
ISSN:3030-3613
ekan, oila+ta’lim+davlat=institutlari hamkorligi uzluksiz davom ettirilishi jamiyatda
nisbatan deviant xatti-harakatlarini kamayishiga olib keladi.
Adabiyotlar:
1.
Abdurasulova. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish
muammolari. - Qonun himoyasida | T. №1. 2001-yil. 23-bet.
2.
Abduvakilovna, K. U., & Xusanovna, R. X. (2022). OʻSMIRLARDA DEVIANT
XULQ-ATVOR SHAKLLANISHIGA OILAVIY NIZOLARNING TA’SIRI.
Journal of new century innovations, 19(2), 91-94.
3.
Юнусова Н. Ш. Назарова Нилуфар Жўраевна, & Жуманиязова Насиба
Сапарбоевна (2022) //ПЕДАГОГЛАРДА КАСБИЙ КОМПЕТЕНЦИЯНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ (ОЛИЙ ТАЪЛИМ ТИЗИМИ МИСОЛИДА).
Современное образование (Узбекистан),(6 (115)). – С. 9-16.
4.
Gafurovna A. S., Juraevna N. N. Issues of Formation of Information and Internet
Culture at Young People //International Journal of Development and Public Policy.
– 2022. – Т. 2. – №. 6. – С. 27-30.
5.
Juraevna N. N. THE ROLE OF COMMUNICATIVE COMPETENCE IN YOUTH
SOCIAL ACTIVISM //Archive of Conferences. – 2021. – С. 50-51.
6.
Назарова Н. Ж., Абдурахманова С. А. ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
ВОЗМОЖНОСТЕЙ
В
ОБЕСПЕЧЕНИИ
КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ МОЛОДЕЖИ //Экономика и социум. –
2022. – №. 12-2 (103). – С. 475-481.
7.
Назарова
Н.
Ж.
ЁШ
МУТАХАССИСЛАРНИНГ
КАСБИЙ
РАҚОБАТБАРДОШЛИК
СИФАТЛАРИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ
(ТРАНСПОРТ СОҲАСИ МИСОЛИДА) //Academic research in educational
sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 6. – С. 765-771.
8.
Rakhmonov D., Nazarova N. Socio-Philosophical Reflection of the Social Sphere
Model //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 1-6.
9.
Nosirov R. et al. Occupational problems in youth competitiveness //AIP Conference
Proceedings. – AIP Publishing, 2023. – Т. 2789. – №. 1.
10.
Nazarova N. J., Jumaniyazova N. S. The Role of Family on Preventing the Youth’s
Deviant Behaviours //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 1. – С. 854-859.