T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
31
ISSN:3030-3613
RAHMONQULOV XOJI-AKBAR RAHMONQULONQULOVICHNING
FUQAROLIK HUQUQIGA QO‘SHGAN HISSASI
Murodxonov Muhammadnur
Toshkent davlat yuridik universiteti,
Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti, 2-kurs
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquq
sohasiga katta hissa qo‘shgan huquqshunos olim Ramonqulov Xoji-Akbar
Rahmonqulovich haqida yoritilgan. Hozirgi kundagi zamonaviy fuqarolik huquqini
akademik
Rahmonqulov
X.R.
bilangina
tasavvur
qilish
mumkin.
Yetuk
huquqshunosning fuqarolik huquqidagi majburiyat huquqi bo‘limini alohida
shakllantirib, unga sayqal berganliklari hozirga qadar o‘z o‘rnini mustahkamlab
kelmoqda.
Kalit so‘zlar:
Majburiyat huquqi,
huquq, akademik, qonun, normativ-huquqiy
hujjat, fuqarolik huquq, xususiy huquq.
KIRISH
Yangi O‘zbekiston siyosiy tizimini modernizatsiya qilish va yangilash sharoitida
jamiyatning barcha qatlamlari huquqiy madaniyatini oshirish muammolari yanada
ahamiyatlidir. Jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish hamda
yuksaltirish bilan bog‘liq islohotlar yangi O‘zbekiston siyosiy-huquqiy tizimini yanada
mustahkamlanib borayotganidan, respublikamizda demokratik, huquqiy, dunyoviy
davlat qurish jarayoni jadal rivojlanayotganidan dalolat beradi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2019-yil 9-yanvardagi PF–
5618-sonli Farmonining qabul qilinishi O‘zbekistonda bu boradagi muammolarning
nechog‘lik dolzarbligini ko‘rsatadi.
Fuqarolik huquqining eng muhim kichik sohalaridan biri majburiyat huquqi
hisoblanadi. Majburiyat deb shunday fuqarolik huquqiy munosabatga aytiladiki, unga
asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni
amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar
ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur
bo‘ladi, kreditor esa – qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish
huquqiga ega bo‘ladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
32
ISSN:3030-3613
Majburiyat huquqi – mol-mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish
yoki pul toʻlash yoki muayyan harakatdan oʻzini tiyib turish bilan bogʻliq boʻlgan
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan fuqarolik-huquqiy normalar yigʻindisidir
1
.
ASOSIY QISM
Yuridik adabiyotlarda majburiyat atamasi bilan birgalikda burch atamasi borasida
ham so‘z yuritiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquq va
burchlar borasida so‘z boradi. Ushbu atamalar teng ma’noli bo‘lib, fuqarolik huquqiy
munosabatlarda har doim majburiyat atamasi qo‘llaniladi. Majburiyat subyektlari,
obyektlari, uning mazmuni majburiyatning eng muhim elementi hisoblanadi.
Majburiyat subyektlari bu muayyan huquqlarga ega bo‘lgan va zimmasiga muayyan
majburyatlar yuklangan shaxslardir. Odatda har bir majburiyatda kamida ikki taraf
ishtirok etadi. Muayyan harakat qilinishini va muayyan harakatdan tiyilishni talab
qilish ga haqli bo‘lgan taraf – kreditor (haqdor) deb ataladi. Muayyan harakatni
qilishga yoki harakat qilishdan saqlanishga majbur bo‘lgan taraf esa – qarzdor
(burchdor) shaxs bo‘lib hisoblanadi.
Majburiyatlarni bajarish deb, qarzdor tomonidan kreditor talabiga muvofiq,
muayyan bir harakatning qilinishi yoki harakatdan saqlanish tushuniladi. Qarzdorning
majburiyatni bajarishi – kreditorga ashyoni topshirish, ma’lum ishni bajarish,
jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash, asossiz olingan mulkni qaytarish muayyan
harakatdan saqlanganlik kabilardan iborat.
Majburiyatlar FKning 236-moddasida
aytilganidek, majburiyat shartlariga va
qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday
shartlar va talablar boʻlmagan taqdirda
esa ish muomalasi odatlariga yoki odatda
qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq
lozim darajada bajarilishi kerak. Bunda
taraflarning har biri oʻz majburiyatlarini
ancha tejamli bajarishi, ikkinchi tomonga
uning oʻz majburiyatlarini bajarishda har
tomonlama yordam koʻrsatishi lozim.
Majburiyatlar davlat hujjatlari va
shartnomalardan kelib chiqqan boʻlsa, ularda
koʻrsatilgan talab va shartlarga muvofiq
bajarilishi kerak. Agar qonun hujjatlarida
majburiyatni bajarish sharti koʻrsatilmagan
boʻlsa, majburiyatlar oʻzaro kelishib
qoʻyiladigan talablarga muvofiq lozim darajada
bajarilishi zarur. Majburiyatni
bajarishda har ikki tomon xoʻjalik aloqalarining
rivojlanishini koʻzlab, tejamlilik bilan
va oʻzaro hamkorlikda zarur harakatlarni
qilishlari talab etiladi.
Majburiyatning
bajarilishini ta’minlash qarzdor tomonidan olingan va uning
zimmasida boʻlgan
vazifani bajarishga majbur qiladigan chora boʻlib hisoblanadi.
Majburiyat bajarilishini
ta’minlashning tabiati shu bilan izohlanadiki, qarzdor
zimmasida boʻlgan majburiyat
belgilangan muddatda bajarilmasa yoki boshqacha
tarzda buzilsa, kreditorda ziyonlarni
1
Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism/ Mualliflar jamoasi –T.: TDYU nashriyoti,
2016. -312 bet.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
33
ISSN:3030-3613
undirishga boʻlgan huquqdan tashqari
majburiyatning obyektini tashkil etgan harakatni
qilishga qarzdorni majbur qiladigan
boshqa mulkiy ta’sir choralarini qoʻshimcha
ravishda tatbiq etilishini talab qilish
huquqi vujudga keladi.
Akademik Rahmonqulov X.R.ning ta’biriga ko‘ra, qoʻshimcha majburiyatlar asosiy
majburiyatning bajarilishini ta’minlashga
xizmat qiluvchi usullardan tashkil topadi.
Ular qarzdorni asosiy majburiyatni bajarishga majbur qiluvchi va u bajarilmagan
taqdirda kreditorning talablarini
qanoatlantiruvchi huquqiy vosita (chora)lardan
hisoblanadi
2
.
Majburiyatlarning bajarilishi har xil usul bilan ta’minlanadi. Mazkur usullar yo
qonun bilan belgilanishi yoki shartnomaga asoslangan boʻlishi mumkin. Fuqarolik
qonun hujjatlarida (FK 259-modda) majburiyatning bajarilishini ta’minlash neustoyka,
garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat hamda qonun
hujjatlari yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan ta’minlanishi
mumkin. Umumiy qilib aytganda guqarolik qonunchiligiga ko‘ra majburiyat huquqini
taminlashning bir qancha ususllari mavjud bo‘lsa, ushbu usullar barchasi qarzdorning
o‘z majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarmasligi natijasida huquqiy oqibat olib
keladi. Qarzdorning kreditor oldidagi majburiyatlarini o‘z ixtiyori bilan bajarishi
uchun esa uning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuqori saviyada bo‘lishi talab
etiladi. Ushbu o‘rinda huquqiy ong va huquqiy madaniyatga to‘xtalib o‘tadigan
bo‘lsak, Huquqiy ong, bu avvalo, insonlarning mavjud huquqiy tizim, qonunchilik va
boshqa (amaldagi va idealdagi) huquqiy hodisalarga nisbatan munosabatini
ifodalovchi tasavvurlar, bilimlar, axborotlar va his-tuyg‘ular yig‘indisidir
3
.
Boshqacha qilib aytadiganbo‘lsak, huquqiy ong jamiyat a’zolarining huquq
haqidagi, ijtimoiy hayotda real mavjud bo‘ladigan huquqiy hodisalar haqidagi
qarashlari, tasavvurlari, hissiyotlari, baholashlari, ruhiy munosabatlari majmuidir. Shu
nuqtayi nazardan huquqiy ongning tabiati va mohiyatiga yondashiladigan bo‘lsa, uning
mazmunida mustaqillik yillarida jamiyatda qaror topayotgan demokratik huquqiy
qadriyatlar va tamoyillar, huquqiy tizimdagi islohotlar va modernizatsiyalash
jarayonlari xususidagi fuqarolarning qarashlari, tasavvurlari, hissiyotlari, ruhiy
kechinmalari majmui aks etadi.
XULOSA
Majburiyat huquqini ta’minlashda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning
o‘rniga keladigan bo‘lsak, fuqarolar o‘zlari o‘z hatti-harakatlari natijasida bo‘yniga
olgan majburiyatlari yuzasidan o‘zlari javobgar bo‘lishlari, ushbu hatti-harakatining
huquqiy oqibatlarini tushunib yetishlari – muhim masaladir. Chunki har bir shaxs
2
Раҳмонқулов Х. Мажбурият ҳуқуқи (умумий қоидалар). –Т.: ТДЮИ, 2005 й. -81 б.
3
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Тoshkent. «Adolat», 2018. – 528 b
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
34
ISSN:3030-3613
shartnomaviy yoki qonuniy majburiyatni bo‘yniga oldimi, u o‘z majburiyati yuzasidan
javobgar bo‘lishi kerakligi ongli ravishda his etishi lozim. Shu sababli ham jamiyatda
fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyati qanchalik mukammal bo‘lsa, mazkur
jamiyatni majburiyatlarni ta’minlash ham qulay bo‘ladi. Majburiyatlarning
bajarilishini ta’minlash fuqarolik muomalasida ishtirok etuvchi qarzdorning oʻz
zimmasiga olgan yoki unga yuklatilgan vazifani bajarishga qaratilgan huquqiy
profilaktik choradir. Bunday profilaktik choraning asosiy maqsadi qarzdorni asosiy
majburiyat boʻyicha majburiyatini bajarishga qaratilgan. Ya’ni, asosiy majburiyat
bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda kreditorning huquq va
manfaatlari qoʻshimcha ta’minot usullari asosida ta’minlanadi. Bunday usullar har
qanday holda majburiyat huquqiy munosabatlarda kreditorning tavakkalchilik xavfini
kamaytirish barobarida uni erkin va faol harakat qilishga undaydi. Shu bilan akademik
Rahmonqulov X.R.ning fanga qo‘shgan hissalarini alohida ta’kidlab o‘tishimiz zarur
hisoblanadi. Akademik tomonidan olib borilgan izlanishlarga ko‘ra, fuqarolik
huquqning kichik bir tarkibi marjburiat huquqining naqadar katta ahamiyatga ega
ekanligi ko‘rsatib berganliklari bilan huquq sohasining tarixida muhim iz qoldirib
ketganligini ko‘rishimiz mumkin.
MANBALAR
1.
Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism/ Mualliflar jamoasi –T.: TDYU nashriyoti, 2016.
-312 bet.
2.
Раҳмонқулов Х. Мажбурият ҳуқуқи (умумий қоидалар). –Т.: ТДЮИ,
2005й
. -
81 б.
3.
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Тoshkent. «Adolat», 2018.
– 528 b
4.
Younas, A. (2021). Multinational Enterprises in Global Market Economy.
International Journal of Development and Public Policy
,
1
(7), 137-143.