T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
106
ISSN:3030-3613
YURAK QON TOMIR TIZIMINING YOSHGA BOG’LIQ RIVOJLANISH
BOSQICHLARI VA KARDIOVASKULYAR KASALLIKLAR
PROFILAKTIKASI
Aliyeva Ra’no Amanullayvna
ADCHTI Ijtimoiy gumanitar pedagogika
Va psixologiya Kafedrasi o’qituvchisi
Mamasiddiqova Madina Ulug’bek qizi
ADCHTI,Ingliz filalogiyasi o’qitish
metodikasi,Tarjimashunoslik fakulteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqola yurak-qon tomir tizimining turli yosh davrlaridagi
rivojlanish bosqichlarini, uning anatomik va fiziologik xususiyatlarini, shuningdek,
yurak-qon tomir kasalliklari (YQK) xavfini oshiruvchi omillarni va ularning
profilaktikasi usullarini batafsil bayon qiladi. Maqolada bolalikdan qarilikgacha
bo'lgan davrlarda yurak-qon tomir tizimining o'zgarishlari, YQK ning rivojlanishiga
yoshning ta'siri va sog'lom yurak-qon tomir tizimini saqlash uchun zarur bo'lgan
profilaktik choralar, shu jumladan to'g'ri ovqatlanish, jismoniy faollik va yomon
odatlardan voz kechish kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
Kalit so'zlar:
yurak-qon tomir tizimi, rivojlanish, yoshga bog'liq o'zgarishlar,
kardiovaskulyar kasalliklar, profilaktika, xavf omillari, sog'lom turmush tarzi, yurak,
qon tomirlari, gipertenziya, ateroskleroz.
Yurak-qon tomir tizimi inson organizmining eng muhim tizimlaridan biri bo'lib,
organizmning barcha a'zolari va to'qimalarini qon bilan ta'minlashni ta'minlaydi. Uning
rivojlanishi tug'ilishdan boshlab qarilik davrigacha davom etadi va har bir yosh
bosqichida o'ziga xos xususiyatlarga ega. Yurak-qon tomir kasalliklari (YQK) dunyo
bo'ylab o'limning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi va ularning oldini olish uchun
erta yoshdan boshlab sog'lom turmush tarzini olib borish juda muhimdir. Ushbu
maqola yurak-qon tomir tizimining yoshga bog'liq rivojlanish bosqichlarini va YQK
profilaktikasi usullarini batafsil o'rganishga bag'ishlangan. Har qanday organizm
ma’lum darajadagi yashash sharoitiga muhtojlik sezadi. Bu sharoitlar organizmning
evolutsion rivojlanish davridagi o'zlari moslashgan muhitga moslashishini
ta'minlaydi.Odamlar organizmining hujayralari va to'qimalari uchun ichki muhit b o
iib qon. limfa, to'qim alararo suyuqliklar va likvor (orqa miya suyuqligi)hisoblanadi.
Odamlar organizmining ayrim hujayralari va to'qim alar guruhi o'zlarini o ‘rab turuvchi
muhitga juda sezuvchan bo'ladi. Butun organizm to’yingach chiday oladigan
muhitning o'zgarish chegarasi ayrim hujayralarnikiga nisbatan ancha keng.
Organizmda ularning hujayralarining faoliyatini taininlovchi muhitning doimiyligini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
107
ISSN:3030-3613
ta'm inlovchi rnaxsus moslanishlar mavjud. Ichki muhitda hayot sharoitlarining
doimiyligini saqlanishi gomeostaz deb ataladi. Organizmda qon bosimi, tana harorati,
qonning osmotik bosimi va to'qim alararo suyuqliklar, ularda saqlanuvchi oqsillar va
qand, kaliy, natriy, kalsiy va xlor ionlari va boshqalar nisbatan o'zgarmas darajada
ushlab turiladi.Gomeostazning taininlanishida muhim rolni asab tizimi o'ynaydi. Ta'm
inlash reaksiyasida vegetativ asab tizimining gipofiz tizimi - buyrakusti bezlari,
gipotalamus va asab hamda endokrin tizimlarning boshqa hosilalarini ishtirok etishi
ko‘rsatib berilgan.Ichki muhitning doimiyligi nafas olish, qon aylanishi, ovqat
hazmi,ajratish a’zolarining tinimsiz ishi bilan ta'm inlanadi.Buni misollar bilan
tushuntirishga harakat qilamiz. Yuqori darajada rivojlangan havvonlar va odamlar
qonining faol reaksiyasining(pH) o’lcchami organizmda pH ko'lam ining o'zgartirishi
mumkin
Bo’lgan sut, fosfor, pirouzum va boshqa kislotalar hosil bo’lishiga qaramasdan
7,32-7,35 chegarasidan chiqmaydi. Qonning faol reaksiyasining o'lcham i qanday
boshqariladi?Almashinuvning kislotali mahsulotlari katta miqdorda qonga tushganida,
avvalo, qonning bufer tizimlari (karbonatli tizim, qon oqsillari, gemoglobin)
qo’shiladi. pH ning koisatkichlarini doimiyligini ta"minlovchi moddalar aralashmasi
bufer tizimlar deb ataladi. Bular orasida eng muhimi ko'm ir kislotasi va
gidrokarbonatdan iborat karbonatli tizim hisoblanadi. Odam jismoniy ish bajarganida
hujayralardan qonga jiddiy darajada hosil boluvchi sut kislotasi tushadi va
gidrokarbonatdagi natriy va kaliy ionlarini siqib chiqaradi: natijada sut kislotasining
tuzlari va erkin k o in ir kislotasi hosil bo'ladi. uning ortiqcha qismi esa o'pka orqali
tashqariga chiqariladi. Xemoretseptorlardan olingan impulslar hisobiga nafas tizimi,
ayiruv a'zolari faoliyatini o'zgartiradi. qonning oqish tezligi o'zgaradi va h. k. Natijada
almashinuvning kislotali mahsulotlari organizmdan chiqariladi va amalda pH ning
o'lcham i doimiy holdaqoladi. Kuchli jism oniy ish bajarganda, ishlavotgan a'zolar
tomirlarining kengayishi yuz beradi, qon oqimiga qon depolaridan qo'shimcha
miqdordagi qon tushadi. ishlavotgan a'zolar uchun zarur bo’lgan glukozani jigardan
chiqarilishi ortadi.Lekin gomeostatik reaksiyalar m a iu m chegaraga ega. Bu
chegaradan jiddiy darajada og'ish turli og'ir kasalliklarga olib keladi,ayrim vaqtlarda
esa organizmni o’limga ham olib kelishi mumkin. Qonning ahamiyati. Hujayralar
uchun haqiqiy ichki muhit bo’lib to'qim alararo suyuqlik hisoblanadi: ular barcha
hujayralarni oqib o'tadi. Qon, qon tomirlarida bo’lib organizmning ko'p hujayralari
bilan to 'g 'rid a n to ‘g'ri tutaslnuaydi. Lekin tinimsiz ravishda qon tomirlari bo'ylab
harakat qilish bilan to'qim alararo suyuqliklarning tarkibini doimiyiigini ta'm inlaydi.
Qon hujayralarga lcislorod vetkazib beradi va ulardan karbonat angidrid gazini olib
ketadi. Qonning kislorod bilan boyishi epithelial hujayralar kapillarlarining nozik
devorlari orqali bajariladi: o'sha joyning o'zida karbonat angidrid qondan ajraladi,
so'ngra chiqarilay otgan havo bilan tashqi muhitga chiqariladi. Qon turli to'qimalar va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
108
ISSN:3030-3613
a'zolarning kapillarlari orqali oqib o'tib. ularga kislorodni beradi va karbonat angidrid
gazini singdirib oladi.Ovqat hazmi jarayonlarida. oziq moddalarining parchalanishi
yuz beradi va ulardan hosil b o ig a n moddalar organizm tom onidan o'zlashtiriladi.
Bu moddalar qonga tushadi va u bilan butun organizm bo'ylab tarqaladi. Qon
organizmdan parchalanish mahsulotlarini chiqarishda faol ishtirok etadi. Moddalar
almashinuvi jaray onida hujay ralarda doimiy ravishda odam organizmi ehtiyoji uchun
foydalanilmaydigan moddalar hosil bo'ladi, ulardan ayrimlari esa organizm uchun
zararli ham bo'lishi mumkin. Bu moddalar hujayralardan to'qim alararosuyuqliklarga
undan esa qonga tushadi. Qon orqali bu mahsulotlar buyraklarga, ter bezlariga, o'pkaga
yetkazib beriladi va ular orqali organizmdan chiqariladi. Qon himoya funksiyasini ham
bajaradi. Organizmga turli zaharli moddalar yoki mikroblar tushishi mumkin. Ular
qonning ayrim hujayralari tomonidan parchalanadi va yo'q qilinadi yoki maxsus
himoya moddalari bilan yopishtiriladi va zararsizlantiriladi.Qon organizmning
faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. Organizmda ishlab chiqiladigan kimyoviy faol
moddalar qonga tushadi. Bu moddalar qon bilan tashilib boshqa a'zolar faoliyatiga
ta'sir ko'rsatishi mumkin. Qon asab tizimi bilan birga ayrim a ’zolar orasidagi aloqani
o'rnatadi, ana shu tufayli organizm yaxlit holda faoliyat ko'rsatadi. Qonning miqdori.
Voyaga yetgan odamlarda qonning miqdori uning tana massasining 7-8 % ni tashkil
etadi. Bolalarda qonning miqdori tana massasiga nisbatan voyaga yetgan
odamlarnikiga qaraganda ko'p (4-jadval). Yangi tug'ilgan bolalarda qon tana
massasining 14,7 % tashkil etsa, 1 yoshli bolalarda - 10,9 %, 14 yoshli bolalarda - 7 %
ni tashkil etadi. Bu yosh bolalar organizmida moddalar almashinuvining jadal kechishi
bilan bog'liq. Tana massasi 60-70 kg bo'lgan voyaga yetgan odamlarda umumiy
qonning miqdori 5-5,5 / ni tashkil etadi. Odatda, organizmdagi barcha qon qon
tomirlari bo'ylab harakat qilmaydi. Uning anchagina qismi qon depolarida saqlanadi.
Taloq. jigar. teri va o ’pkaning kapillarlari qon deposi rolini bajaradi. Kuchli jism
oniy ish bajarganda. jarohatlanganda va jarrohlik operatsiyalari paytida ko'plab qon
yo'qotganida ayrim kasalliklar paytida zaxiralardagi qon umumiy qon oqimiga tushadi.
Qon depolari avlanib yuruvchi qon miqdorining doimiyligini ta ’minlashda ishtirok
etadi. Qonning tarkibi. Yangi olingan qon qizil rangli loyqa suyuqlikdir. Agar uning
ivib qolish xavfining oldi. olinib tindirilganida sentrifugalansa. yanada yaxshiroq bo'lib
u ikki qatlamga bo'linadi. Yuqorigi qatlam sarg'ichroq rangda bo'lib. plazma va pastki
qatlam qoramtir-qizil rangdagi cho'km a shaklli elementlar deyiladi. Cho'km a plazma
bilan birga shaklli elementlardan - eritrotsitlar. leykotsitlar. trombositlardan hosil b o
iad i. Qonning barcha hujayralari ma’lum muddat yashaydi va so'ngra parchalanadi.
Qon hosil qilunuvchi a'zolarda (qizil ilik. limfa tuguni va taloq) qonning yangi
hujayralari tinimsiz ravishda hosil bo'ladi. Sog'lom odamlarda plazma va shaklli
elementlar orasidagi nisbat uncha katta b o im ag an chegarada (55 % i plazma va 45
% I shaklli elementlar) b o iad i. Yangi tug'ilgan va yosh bolalarda shaklli
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
109
ISSN:3030-3613
elementlarning foyizli miqdori bir muncha yuqori bo’ladi. Yurak-qon tomir tizimining
sog'lom rivojlanishi va YQK ning oldini olish uchun erta yoshdan boshlab sog'lom
turmush tarzini olib borish juda muhimdir. To'g'ri ovqatlanish, muntazam jismoniy
faoliyat, chekishdan voz kechish va stressni boshqarish YQK xavfini kamaytirishga
yordam beradi. Muntazam tibbiy ko'rikdan o'tish esa kasalliklarni erta aniqlash va o'z
vaqtida davolanishni boshlash imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Qodirov U. Z.. Abdumajidov A. A.. Askarvants V. P. Bolalar fiziologi- yasi.
Toshkent. «Ibn Sino». 1999.
2.
Клемешева JI.M.? Атматов К.Т., Матчонов А. Возрастная физио логия. - Т.:
НУУз.; 2002.
3.
Q. S. Sodiqov 0 ‘quvchilar fiziologivasi va gigiyenasi. Toshkent «O'qituvchi» 1992.
4.
AlmatovX. T. Ulg'ayish fiziologivasi. M. Ulug'bek nomidagi 0 ‘zMU bosmoxonasi.
- T. - 2004.
5.
A. Aripov, N. Shaxmurova. Yosh fiziologivasi va gigiyenasi. - Т.:Yangi asr avlodi,
2009.
6.
Sodiqov B., Suchkarova L. Bolalar va o'smirlar fiziolognvasi va gigiyenasi.
CTzbekiston milliy entsiklopedivasi davlat nashriyoti. Т.. 2005.