T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
110
ISSN:3030-3613
BOLALAR VA O’SMIRLARNING NAFAS OLISH TIZIMI:RIVOJLANISH
XUSUSIYATLARI VA EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRI
Aliyeva Ra’no Amanullayvna
ADCHTI Ijtimoiy gumanitar pedagogika
Va psixologiya Kafedrasi o’qituvchisi
Turdaliyeva Madina Nozimjon qizi
ADCHTI,Ingliz filalogiyasi o’qitish
metodikasi,Tarjimashunoslik fakulteti talabasi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada bolalar va o'smirlarning nafas olish tizimining
rivojlanish bosqichlari, uning anatomik va fiziologik xususiyatlari, shuningdek, atrof-
muhitning ifloslanishi, allergiya va yuqumli kasalliklar kabi ekologik omillar ta'siri
batafsil tahlil qilinadi. Maqolada nafas olish tizimining yoshga bog'liq o'zgarishlari,
turli yosh guruhlarida uchraydigan nafas olish kasalliklari, ularning oldini olish va
davolash usullari muhokama qilinadi. Maqola pediatriya va pulmonologiya sohalarida
faoliyat yurituvchi mutaxassislar, talabalar va ota-onalar uchun foydali bo'ladi.
Kalit so'zlar:
nafas olish tizimi, bolalar, o'smirlar, rivojlanish, ekologik omillar,
havo ifloslanishi, allergiya, infektsiya, nafas olish kasalliklari, profilaktika, davolash.
Nafas olish tizimi inson hayoti uchun zarur bo'lgan kislorodni qabul qilish va
karbonat angidridni chiqarish jarayonlarini ta'minlaydi. Bolalar va o'smirlik davri esa
nafas olish tizimining jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga, bu davrda
tizim turli xil infektsiyalar, allergik reaksiyalar va atrof-muhitning salbiy ta'siriga
nisbatan ancha zaif bo'ladi. Ushbu maqolada bolalar va o'smirlarning nafas olish
tizimining rivojlanish xususiyatlari, yoshga bog'liq o'zgarishlar, shuningdek, havo
ifloslanishi, allergiya va infektsiyalar kabi ekologik omillar ta'siri batafsil ko'rib
chiqiladi. Maqolada shuningdek, nafas olish kasalliklarining oldini olish va
davolashning zamonaviy usullari ham muhokama qilinadi. Nafas olish - odam
organizmi bilan uni o'rab turuvchi tashqi muhit orasidagi havot uchun zarur bo'lgan
doimiy gazlar almashinuvi jarayonidir.Organizmdagi moddalarning oksidlanishi va
qaytarilishi bo'yicha barcha murakkab reaksiyalar. albatta, kislorod ishtirokida
kechadi.Oksidlanish jaravonlari paytida parchalanish mahsulotlari hosil bo'ladi. shu
jumladan. karbonat angidrid gazi ham organizmdan ajratib chiqariladi. Nafas olish va
chiqarish paytida organizm bilan uni o ’rab turuvchi tashqi muhit orasida gazlar
almashinuvi kechadi. ya'ni organizmga doimiy ravishda kislorodning tushishini va
undan karbonat angidridning chiqarilishini ta'm in etadi. Bu jarayon o'pkalarda
kechadi. O 'pkadan to'qim alarga kislorodni va to'qim alardan o'pkaga karbonat
angidridni tashuvchi bo'lib qon hisoblanadi. Nafas a’zolarning tuzilishi. Burun
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
111
ISSN:3030-3613
bo‘shlig‘i. Nafas a’zola-rida nafas olinayotgan va chiqarilayotgan havolar o ‘tuvchi
havo yo'llari hamda atmosfera havosi bilan qon orasida gazlar almashi nuvi
bajariladigan - o'pka farqlanadi. Nafas yo'li og'iz bo'shlig'idan to'siqlar bilan ajralib
turuvchi burun bo'shlig'idan boshlanadi: oldindan - qattiq tanglav. ortdan esa vumshoq
tanglay bilan ajralib turadi. Burun bo'shlig‘iga havo burun teshiklari orqali di, uning
tashqi chekkalarida burunni chang zarrachalari kirishidan himoya qiluvchi tukchalar
joylashgan. Burun bo'shlig'i to'siqlar bilan o'ng va chap boiim larga bo'lingan, ularning
har biri burun supralari bilan quyi, o'rta va yuqorigi burun yo'llariga bo'linadi. Bolalar
hayotining birinchi kunlarida burun bilan nafas olishi biroz qiyinroq. Bolalarning
burun yo'llari voyaga yetgan odamlarniki singari holatga 14-15 yoshga kelib to'liq
shakllanib bo'ladi. Burun bo'shlig'ining shilliq qavati qalin qon tomirlari bilan
ta’minlangan va ko'p qavatli hilpildoq epiteliy bilan qoplangan.
Epiteliylarda
esa
shilliq
ajratuvchi
bezchalar
joylashgan.
Shilliqwww.ziyouz.com kutubxonasi esa nafasga olinayotgan havo bilan kirgan chang
zarrachalari bilan birgalikda kiprikchalarning hilpillovchi harakatlari bilan chiqarib
tashlanadi.Burun bo'shlig'ida nafas olinayotgan havo isitiladi, qisman chang
zarrachalaridan tozalanadi va namlanadi. Burun bo'shlig'i orqa tomondan teshik orqali
- xaonlar - hiqildoq bilan tutashgan bo‘ladi.Burun-halqum. Burun-halqum yutqinning
yuqorigi qismidir. Burun-halqum muskulli naycha holida bo'lib, burun bo'shlig'i, og‘iz
bo'shlig' i va kekirdakka ochiladi. Halqumga xaonlardan tashqari yutqin bo'shlig'ini o
'rta quloq bo'shlig'i bilan bog'lab turuvchi eshitish nay lari ochiladi. Halqumdan havo
yutqinning og'iz qismiga va undan kekirdakka o'tadi.Bolalarda yutqin keng va kalta
bo'lib. eshitish nayi ancha past joylashgandir. Yuqorigi nafas yo'llarining kasallanishi
ko'pchilik holatlarda o'rta quloqning yallig'lanishining asoratlari kuzatiladi,qaysiki
infeksiya keng va kalta eshitish nayi orqali osongina o'rta quloqqa tushadi. Hiqildoq.
Hiqildoq skeleti bo'g'inlar, naylar va muskullar orqali bir-biri bilan tutushgan qator
tog'aylardan hosil bo'ladi. Bular orasida eng yirigi - qalqonsimon tog'aydir. Hiqildoqqa
kirish joyining ustki qismida tog'ay, hiqildoq usti plastinkasi joylashgan.Bu plastinka
yutinish paytida hiqildoqning kirish qismini yopib turuvchi klapan rolini bajaradi.
Hiqildoq bo'shlig'i shilliq qavat bilan qoplangan, ya'ni ikki juft qat hosil qiladi, bular
ham o 'z nabvatida yutinish paytida hiqildoq qa kirish qismini yopadi. Qatlarning pastki
jufti tovushlog'ich (tovush) naychalarini qoplab turadi.Tovush naychalari orasidagi
bo'shliq tovush oralig‘i deyiladi.Shunday qilib, hiqildoq faqatgina halqumni kekirdak
bilan bog'lamay, balki nutq funksiyasida ham ishtirok etadi. Odatiy nafas olishlarda
tovush naychalari bo'shashgan bo'ladi va ular orasidagi yoriqlar torayadi.
Chiqarilavotgan havo, tor bo'shliq (yoriqdan o'tish nayida tovush naychalarining
toravishiga majbur etadi) - tovush yuzaga keladi. Tovush naychalarining taranglashish
darajasiga qarab tovushlarning past-balandligi yuzaga keladi: naychalar tarang bo'lsa
tovush - baland, bo'shashgan paytda esa past bo'ladi. Tovush naychalarining titrashini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
112
ISSN:3030-3613
va tovushning hosil bo'lishini tilning, lablarning va yuzning harakati, hiqildoqning
o'zini muskullarini qisqarishi ta’min etadi. Erkaklarda tovush naychalari, ayollamikiga
qaraganda ancha uzun, shuning uchun erkaklarning tovushi ancha yo'g'on.
Hiqildoq bolalarda voyaga yetgan odamlardagiga nisbatan kalta, tor va yuqorida
joylashadi. 1-8 yoshlarda va jinsiy yetilish davrida hiqildoq juda jadal o'sadi.
12-14 yoshli o 'g 'il bolalarda qalqonsimon tog'aylarning plas-tinkasi qo'shtom
oq yoki kekirdak olmasi tutashgan joyida o'sa boshlaydi. tovush naychalari
uzunlashadi. hiqildoqning o'zi kengayadi va uzavadi, bu o'zgarishlar, qiz bolalarda
ancha past b o 'ladi. O 'g 'il bolalarda bu davrda tovushning buzilishi (yo'g'onlashishi)
kuzatiladi.Kekirdak va bronxlar. Kekirdak hiqildoqning quyi chekkasidan boshlanadi
va u kovak buklanmaydigan uzunligi 10-13 smuzunlikdagi trubkadir. Kekirdakning
ichki tomoni shilliq qatlam bilan qoplangan, bu yerdagi epiteliylar ko'p qatorli
hilpildoq.Kekirdakning orqa tom onidan qizilo'ngach joylashgan. Kekirdak 1V -V
ko'krak umurtqalari darajasida o'ng va chap birlamchi bronxlarga bo'linadi. Bronxlar o
'z tuzilishi bo'yicha kekirdakning tuzilishini eslatadi.O 'ng bronx chap bronxdan kalta.
Birlamchi bronx o'pka darvozasiga kirganidan keyin bronxlar daraxatini hosil qiluvchi
ikkilamchi, uchlamchi va boshqa qatordagi bronxlarga bo'linadi. Eng nozik shoxchalar
bronxiolalar deb ataladi. Yangi tug'ilgan bolalarda kekirdak ingichka va kalta, uning
uzunligi bor-yo'g'i 4 sm ni tashkil qiladi, 14-15 yoshga borganida esa kekirdak 7 sm
gacha uzayadi.
0 ‘pka. Ingichka bronxiolalar o'pkaning bo'laklariga kiradi va uning ichida oxirgi
brottxiolalarga bo'linadi. Bronxiolalartachali alveolar yo'llarga tarmoqlanadi, ularning
devorlarida juda ko'plab o'pka pufakchalari - alveolalar hosil bo'ladi. Alveolalar nafas
yo'llarining oxirgi qismi hisoblanadi. O 'pka pufakchalarining devori bir qavat silliq
epitelial hujayralardan tashkil topgan va har bir alveola tashqi tomondan qalin
kapillarlar to'ri bilan o'ralgan. Alveollalar va kapillarlar devori orqali gazlar
almashinuvi kechadi - havodan qonga kislorod, qondan esa alveolalarga karbonat
angidrid gazi va suv bugiari o'tadi. O 'pkada 350 minggacha alveolalarni sanash
mumkin. Ularning yuzasi esa 150 m: gacha yetadi. Alveolalarning katta yuzasi juda
yaxshi gazlar almashinuvini ta'm inlaydi. Bu yuzaning bir tomonida doimiy ravishda
tarkibi bo'yicha yangilanuvchi alveolar havo tursa. boshqa tomonida esa qon tomirlari
bo’ylab oquvchi qon turadi. Alveolalarning keng yuzasi orqali kislorod va karbonat
angidrid gazlarining diffuziyasi amalga oshadi. Jismoniy ish bajargan paytda, y a ‘ni
chuqur nafas olish paytida alveolalar jiddiy daraja-da cho'ziladi. nafas olish yuzasining
o'lcham i ancha kengayadi.Alveolalarning umumiy yuzasi qancha katta bo'lsa,
gazlarning diffuziyasi shuncha jadal kichadi Nafas olish va nafas chiqarish aktlari.
Ritmik ravishda bajariluvchi nafas olish va nafas chiqarish aktlari tufayli atmosfera va
o ‘pka pufakchalarida boMgan alveolear havolar orasidagi gazlar almashinuvi amalga
oshadi.O ‘pkada muskul to'qim alari yo‘q, ana shu sababli ham u faol qisqarish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
113
ISSN:3030-3613
xususiyatiga ega emas, nafas olish va nafas chiqarish aktlarining bajarilishida faol rolni
nafas muskullari o'vnaydi. Nafas muskullarining paralichi paytida, nafas a ’zolari
shikastlanmagan bo‘lsa ham nafas olish mumkin bo'lm ay qoladi. Nafas olishda tashqi
qovurg'alararo muskullar va diafragma qisqaradi. Qovurg'alararo muskullar
qovurg'alarni biroz ko’taradi va ularni atrofga kengaytiradi. Bu paytda ko'krak
qafasining hajmi ortadi. Diafragma qisqarganida uning gumbazi tekislanadi, bu esa
ko'krak qafasining hajmini kenagyishiga olib keladi. Chuqur nafas olinganida ko'krak
va bo‘yinning boshqa muskullari ham ishtirok etadi. 0 ‘pka germitik holdagi yopiq
ko'krak qafasida joylashib, nafas olish va chiqarish paytida uning devorlari harakati
orqasidan passiv ergashib qisqarib kengayadi, chunki bu holat plevraning ko'krak
qafasiga tutashganligi hisobiga yuz beradi va bu holatga ko'krak bo'sh lig id ag i manfiy
bosim ham yordam beradi. Manfiy bosim bu atmosfera bosimidan past bosimdir. Nafas
olinayotgan paytda u atmosfera bosimidan 9-12 mm sim. ust. past, nafas chiqarishda
esa 2-6 mm sim. ust. past b o iad i. Rivojlanish davomida ko'krak qafasi o'pkaga
nisbatan tez o'sadi, shu sababli ham o'pka doimiy ravishda (hatto nafas chiqarish
paytida ham) cho'zilgan. O 'pkaning cho'zilgan elastik to'qim asi qayta qisqarishga
harakat qiladi. Elastiklik hisobiga qisqarish uchun o'pka to'qim asining kuchi atmosfera
bosimiga qarshilik ko'rsatadi. O‘pka atrofidagi plevralararo bo'shliqda atmosfera
bosimidan o'pkaning elastik tortilishidan hosil bo'lgan bosimga teng bo'lgan bosim
hosil bo'ladi. Shunday qilib, o'pka atrofida manfiy bosim yuzaga keladi. Manfiy bosim
tufayli plevralararo bo'shliqda o'pka kengayayotgan ko'krak qafasi orqasidan ergashib
kengayadi, bu paytda o'pka cho'ziladi.Atmosfera bosimi havo o'tkazuvchi yo'llar orqali
ichkaridan o'pkaga ta'sir ko'rsatadi. uni ko'krak devorlariga qisadi. Kengaygan
o'pkadagi bosim atmosfera bosimidan past bo'ladi va bosimlar farqi hisobiga atmosfera
havosi nafas yo’llari orqali o'pkaga tomon harakatlanadi. Nafas olinavotgan paytda
ko'krak qafasining hajmi qancha ortsa, shunchalik o'pka kengayadi. nafas olish
shuncha chuqur bo'ladi. Nafas muskullarining bo'shashidan keyin qobirg'alar avvalgi
holatiga qaytib tushadi. diafragmaning gumbazi yuqoriga ko'tarilib konus shaklini
oladi, oqibatda ko'krak qafasining hajmi va o'pka kichiklashadi (qisqaradi) va havo
tashqariga chiqariladi. Chuqur nafas chiqarishda qorin muskullari. ichki qovurg'alararo
tishsimon va boshqa muskullar ishtirok etadi. Bolalar va o'smirlarning nafas olish
tizimi o'ziga xos rivojlanish xususiyatlariga ega va atrof-muhitning salbiy omillariga
juda sezgir. Nafas olish kasalliklarining oldini olish va ularni samarali davolash uchun
nafas olish tizimining yoshga bog'liq o'zgarishlarini va ekologik omillar ta'sirini yaxshi
bilish juda muhimdir. Sog'lom turmush tarzi, profilaktik choralar va o'z vaqtida tibbiy
yordam nafas olish tizimining sog'lom rivojlanishini ta'minlaydi va nafas olish
kasalliklari xavfini kamaytiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
114
ISSN:3030-3613
1.
Qodirov U. Z.. Abdumajidov A. A.. Askarvants V. P. Bolalar fiziologiyasi.
Toshkent. «Ibn Sino». 1999.
2.
Клемешева JI.M.? Атматов К.Т., Матчонов А. Возрастная физиология. - Т.:
НУУз.; 2002.
3.
Q. S. Sodiqov 0 ‘quvchilar fiziologivasi va gigiyenasi. Toshkent «O'qituvchi»
1992.
4.
AlmatovX. T. Ulg'ayish fiziologivasi. M. Ulug'bek nomidagi O ‘zMU
5.
bosmoxonasi. - T. - 2004.
6.
A. Aripov, N. Shaxmurova. Yosh fiziologivasi va gigiyenasi. - Т.:Yangi asr
avlodi, 2009.