T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
115
ISSN:3030-3613
BOLALAR VA O’SMIRLARNING NAFAS OLISH TIZIMI:RIVOJLANISH
XUSUSIYATLARI VA EKOLOGIK OMILLAR TA’SIRI
Aliyeva Ra’no Amanullayvna
ADCHTI Ijtimoiy gumanitar pedagogika
Va psixologiya Kafedrasi o’qituvchisi
Qodirova Nargiza Zuhriddin qizi
ADCHTI,Ingliz filalogiyasi o’qitish
metodikasi, Tarjimashunoslik fakulteti talabasi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada bolalar va o'smirlarning nafas olish tizimining
rivojlanish xususiyatlari va atrof-muhit omillari ta'siri batafsil tahlil qilinadi. Maqolada
nafas olish tizimining anatomik va fiziologik jihatlari, yoshga bog'liq o'zgarishlar,
ifloslangan havo, allergiya, infektsiyalar va boshqa ekologik omillarning nafas olish
tizimiga ta'siri, shuningdek, bu salbiy ta'sirlarning oldini olish va davolash usullari
ko'rib chiqiladi. Maqola pediatriya va pulmonologiya sohalarida faoliyat yurituvchi
mutaxassislar, talabalar va ota-onalar uchun foydali bo'ladi
Kalit so'zlar:
nafas olish tizimi, bolalar, o'smirlar, rivojlanish, ekologik omillar,
havo ifloslanishi, allergiya, infektsiya, nafas olish kasalliklari, profilaktika, davolash.
Inson organizmi uchun kislorod ta'minoti va karbonat angidrid chiqarilishini
ta'minlaydigan nafas olish tizimi, hayotiy ahamiyatga ega. Bolalar va o'smirlik davrida
bu tizim jadal rivojlanadi va shu bilan birga, atrof-muhitning turli omillariga juda
sezgir bo'ladi. Ushbu maqolada bolalar va o'smirlarning nafas olish tizimining
rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari, yoshga bog'liq o'zgarishlar va atrof-muhitning
salbiy ta'sirini tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada nafas olish tizimining
anatomiyasi va fiziologiyasi, keng tarqalgan nafas olish kasalliklari va ularning oldini
olish, shuningdek davolash usullari muhokama qilinadi. Nafas olish - odam organizmi
bilan uni o'rab turuvchi tashqi muhit orasidagi havot uchun zarur bo'lgan doimiy gazlar
almashinuvi jarayonidir. Organizmdagi moddalarning oksidlanishi va qaytarilishi
bo'yicha barcha murakkab reaksiyalar. albatta, kislorod ishtirokida kechadi.
Oksidlanish jaravonlari paytida parchalanish mahsulotlari hosil bo'ladi. shu jumladan.
karbonat angidrid gazi ham organizmdan ajratib chiqariladi. Nafas olish va chiqarish
paytida organizm bilan uni o ’rab turuvchi tashqi muhit orasida gazlar almashinuvi
kechadi. ya'ni organizmga doimiy ravishda kislorodning tushishini va undan karbonat
angidridning chiqarilishini ta'min etadi. Bu jarayon o'pkalarda kechadi. O 'pkadan
to'qim alarga kislorodni va to'qim alardan o'pkaga karbonat angidridni tashuvchi bo'lib
qon hisoblanadi. Nafas a’zolarning tuzilishi. Burun bo‘shlig‘i. Nafas a’zolarida nafas
olinayotgan va chiqarilayotgan havolar o ‘tuvchi – havo yo'llari hamda atmosfera
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
116
ISSN:3030-3613
havosi bilan qon orasida gazlar almashinuvi bajariladigan - o'pka farqlanadi. Nafas
yo'li og'iz bo'shlig'idan to'siqlar bilan ajralib turuvchi burun bo'shlig'idan boshlaadi:
oldindan qattiq tanglav. ortdan esa vumshoq tanglay bilan ajralib turadi. Burun
bo'shlig‘iga havo burun teshiklari orqali kira di, uning tashqi chekkalarida burunni
chang zarrachalari kirishidan himoya qiluvchi tukchalar joylashgan. Burun bo'shlig'i
to'siqlar bilan o'ng va chap boiim larga bo'lingan, ularning har biri burun supralari bilan
quyi, o'rta va yuqorigi burun yo'llariga bo'linadi. Bolalar hayotining birinchi kunlarida
burun bilan nafas olishi biroz qiyinroq. Bolalarning burun yo'llari voyaga yetgan
odamlarniki singari holatga 14-15 yoshga kelib to'liq shakllanib bo'ladi. Burun
bo'shlig'ining shilliq qavati qalin qon tomirlari bilan ta ’minlangan va ko'p qavatli
hilpildoq epiteliy bilan qoplangan. Epiteliylarda esa shilliq ajratuvchi bezchalar
joylashgan. Shilliqwww.ziyouz.com kutubxonasi esa nafasga olinayotgan havo bilan
kirgan chang zarrachalari bilan birgalikda kiprikchalarning hilpillovchi harakatlari
bilan chiqarib tashlanadi. Burun bo'shlig'ida nafas olinayotgan havo isitiladi, qisman
chang zarrachalaridan tozalanadi va namlanadi.Burun bo'shlig'i orqa tomondan teshik
orqali – xaonlar hiqildoq bilan tutashgan bo‘ladi.Burun-halqum. Burun-halqum
yutqinning yuqorigi qismidir.Burun-halqum muskulli naycha holida bo'lib, burun
bo'shlig'i, og‘iz bo'shlig' i va kekirdakka ochiladi. Halqumga xaonlardan tashqari
yutqin bo'shlig'ini o 'rta quloq bo'shlig'i bilan bog'lab turuvchi eshitish nay lari ochiladi.
Halqumdan havo yutqinning og'iz qismiga va undan kekirdakka o'tadi. Bolalarda
yutqin keng va kalta bo'lib. eshitish nayi ancha past joylashgandir. Yuqorigi nafas
yo'llarining kasallanishi ko'pchilik holatlarda o'rta quloqning yallig'lanishining
asoratlari kuzatiladi, qaysiki infeksiya keng va kalta eshitish nayi orqali osongina o'rta
quloqqa tushadi.Hiqildoq. Hiqildoq skeleti bo'g'inlar, naylar va muskullar orqali bir-
biri bilan tutushgan qator tog'aylardan hosil bo'ladi. Bular orasida eng yirigi
qalqonsimon tog'aydir. Hiqildoqqa kirish joyining ustki qismida tog'ay, hiqildoq usti
plastinkasi joylashgan.Bu plastinka yutinish paytida hiqildoqning kirish qismini yopib
turuvchi klapan rolini bajaradi.Hiqildoq bo'shlig'i shilliq qavat bilan qoplangan, ya'ni
ikki juft qat hosil qiladi, bular ham o 'z nabvatida yutinish paytida hiqildoq qa kirish
qismini yopadi. Qatlarning pastki jufti tovushlog'ich (tovush) naychalarini qoplab
turadi. Tovush naychalari orasidagi bo'shliq tovush oralig‘i deyiladi.Shunday qilib,
hiqildoq faqatgina halqumni kekirdak bilan bog'lamay, balki nutq funksiyasida ham
ishtirok etadi. Odatiy nafas olishlarda tovush naychalari bo'shashgan bo'ladi va ular
orasidagi yoriqlar torayadi. Chiqarilavotgan havo, tor bo'shliq (yoriqdan o'tish nayida
tovush naychalarining toravishiga majbur etadi) - tovush yuzaga keladi.Tovush
naychalarining taranglashish darajasiga qarab tovushlarning past-balandligi yuzaga
keladi: naychalar tarang bo'lsa tovush -baland, bo'shashgan paytda esa past bo'ladi.
Tovush naychalarining titrashini va tovushning hosil bo'lishini tilning, lablarning va
yuzning harakati, hiqildoqning o'zini muskullarini qisqarishi ta’min etadi. Erkaklarda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
117
ISSN:3030-3613
tovush naychalari, ayollamikiga qaraganda ancha uzun, shuning uchun erkaklarning
tovushi ancha yo'g'on.Hiqildoq bolalarda voyaga yetgan odamlardagiga nisbatan kalta
tor va yuqorida joylashadi. 1-8 yoshlarda va jinsiy yetilish davrida hiqildoq juda jadal
o'sadi. 12-14 yoshli o 'g 'il bolalarda qalqonsimon tog'aylarning plastinkasi qo'shtom
oq yoki kekirdak olmasi tutashgan joyida o'sa boshlaydi. Tovush naychalari
uzunlashadi. hiqildoqning o'zi kengayadi va uzavadi, bu o'zgarishlar, qiz bolalarda
ancha past bo'ladi. O 'g 'il bolalarda bu davrda tovushning buzilishi (yo'g'onlashishi)
kuzatiladi.Kekirdak va bronxlar. Kekirdak hiqildoqning quyi chekkasidan boshlanadi
va u kovak buklanmaydigan uzunligi 10-13 sm uzunlikdagi trubkadir. Kekirdakning
ichki tomoni shilliq qatlam bilan qoplangan, bu yerdagi epiteliylar ko'p qatorli
hilpildoq. Kekirdakning orqa tom onidan qizilo'ngach joylashgan. Kekirdak 1V -V
ko'krak umurtqalari darajasida o'ng va chap birlamchi bronxlarga bo'linadi. Bronxlar o
'z tuzilishi bo'yicha kekirdakning tuzilishini eslatadi.O 'ng bronx chap bronxdan kalta.
Birlamchi bronx o'pka darvozasiga kirganidan keyin bronxlar daraxatini hosil qiluvchi
ikkilamchi, uchlamchi va boshqa qatordagi bronxlarga bo'linadi. Eng nozik shoxchalar
bronxiolalar deb ataladi. Yangi tug'ilgan bolalarda kekirdak ingichka va kalta, uning
uzunligi bor-yo'g'i 4 sm ni tashkil qiladi, 14-15 yoshga borganida esa kekirdak 7 sm
gacha uzayadi.O ‘pka. Ingichka bronxiolalar o'pkaning bo'laklariga kiradi va uning
ichida oxirgi brottxiolalarga bo'linadi. Bronxiolalar tachali alveolar yo'llarga
tarmoqlanadi, ularning devorlarida juda ko'plab o'pka pufakchalari - alveolalar hosil
bo'ladi. Alveolalar nafas yo'llarining oxirgi qismi hisoblanadi. O 'pka pufakchalarining
devori bir qavat silliq epitelial hujayralardan tashkil topgan va har bir alveola tashqi
tomondan qalin kapillarlar to'ri bilan o'ralgan. Alveollalar va kapillarlar devori orqali
gazlar almashinuvi kechadi - havodan qonga kislorod, qondan esa alveolalarga
karbonat angidrid gazi va suv bugiari o'tadi.O 'pkada 350 minggacha alveolalarni
sanash mumkin. Ularning yuzasi esa 150 m: gacha yetadi. Alveolalarning katta yuzasi
juda yaxshi gazlar almashinuvini ta'm inlaydi. Bu yuzaning bir tomonida doimiy
ravishda tarkibi bo'yicha yangilanuvchi alveolar havo tursa. boshqa tomonida esa qon
tomirlari bo’ylab oquvchi qon turadi. Alveolalarning keng yuzasi orqali kislorod va
karbonat angidrid gazlarining diffuziyasi amalga oshadi. Jismoniy ish bajargan paytda,
ya‘ni chuqur nafas olish paytida alveolalar jiddiy darajada cho'ziladi. nafas olish
yuzasining o'lcham i ancha kengayadi. Alveolalarning umumiy yuzasi qancha katta
bo'lsa, gazlarning diffuziyasi shuncha jadal kechadi.Har bir o'pka seroz po'stloq bilan
qoplangan bo'ladi va plevra deb ataladi. Plevraning ikki varag' i bo'lib. ulardan biri
o'pka bilan zich yopishgan bo'lsa. ikkinchisi ko'krak qafasiga yopishgan bo'ladi.
Plevralar varag' i orasida uncha katta bo'lm aganplevralar aro bo‘sh!iq bo'lib. seroz
suvuqligi (1-2 ml) bilan to'lgan bo'ladi va u nafas harakatlari paytida plevra
varaqlarining ishqalanishini yengillashtiradi. Bolalarda o'pkaning o'sishi. asosan.
alveolalarning hajmini kattalashishi hisobiga amalga oshadi (yangi tug'tlgan bolalarda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
118
ISSN:3030-3613
alveolalarning diametri 0,07 mm ni tashkil etsa. voyaga yetgan odamlarda esa bu
ko'rsatkich 0.2 mm ni tashkil etadi). Uch yoshgacha bo'lgan muddatda o'pkaning jadal
o'sishi va uning ayrim elementlarining tabaqalanishi yuz beradi. bolalar 8 yoshli
bo'lganida alveolalarning soni voyaga yetgan odamlarnikiga tenglashadi. 12 yoshdan
keyin alveolalar juda tez o'sadi. O 'pkaning hajmi 12 yoshda yangi tug'ilgan
bolalarnikiga nisbatan lOm artaga kattalashsa, jinsiy yetilish davrining oxiriga kelib -
20 martaga ortadi (asosan, alveolalarning hajmini ortishi hisobiga). Nafas olish va
nafas chiqarish aktlari. Ritmik ravishda bajariluvchi nafas olish va nafas chiqarish
aktlari tufayli atmosfera va o ‘pka pufakchalarida boMgan alveolear havolar orasidagi
gazlar almashinuvi amalga oshadi.O’‘pkada muskul to'qim alari yo‘q, ana shu sababli
ham u faol qisqarish xususiyatiga ega emas, nafas olish va nafas chiqarish aktlarining
bajarilishida faol rolni nafas muskullari o'vnaydi. Nafas muskullarining paralichi
paytida, nafas a’zolari shikastlanmagan bo‘lsa ham nafas olish mumkin bo'lm ay
qoladi. Nafas olishda tashqi qovurg'alararo muskullar va diafragma qisqaradi.
Qovurg'alararo muskullar qovurg'alarni biroz ko’taradi va ularni atrofga kengaytiradi.
Bu paytda ko'krak qafasining hajmi ortadi. Diafragma qisqarganida uning gumbazi
tekislanadi, bu esa ko'krak qafasining hajmini kenagyishiga olib keladi. Chuqur nafas
olinganida ko'krak va bo‘yinning boshqa muskullari ham ishtirok etadi.O‘pka germitik
holdagi yopiq ko'krak qafasida joylashib, nafas olish va chiqarish paytida uning
devorlari harakati orqasidan passiv ergashib qisqarib kengayadi, chunki bu holat
plevraning ko'krak qafasiga tutashganligi hisobiga yuz beradi va bu holatga ko'krak
bo'sh lig id ag i manfiy bosim ham yordam beradi. Manfiy bosim bu atmosfera
bosimidan past bosimdir. Nafas olinayotgan paytda u atmosfera bosimidan 9-12 mm
sim. ust. past, nafas chiqarishda esa 2-6 mm sim. ust. past b o iad i. Rivojlanish
davomida ko'krak qafasi o'pkaga nisbatan tez o'sadi, shu sababli ham o'pka doimiy
ravishda (hatto nafas chiqarish paytida ham)m cho'zilgan. O 'pkaning cho'zilgan elastik
to'qim asi qayta qisqarishga harakat qiladi.Elastiklik hisobiga qisqarish uchun o'pka
to'qim asining kuchi atmosfera bosimiga qarshilik ko'rsatadi.O‘pka atrofidagi
plevralarro bo'shliqda atmosfera bosimidan o'pkaning elastik tortilishidan hosil bo'lgan
bosimga teng bo'lgan bosim hosil bo'ladi. Shunday qilib, o'pka atrofida manfiy bosim
yuzaga keladi. Manfiy bosim tufayli plevralararo bo'shliqda o'pka kengayayotgan
ko'krak qafasi orqasidan ergashib kengayadi, bu paytda o'pka cho'ziladi.Atmosfera
bosimi havo o'tkazuvchi yo'llar orqali ichkaridan o'pkaga ta'sir ko'rsatadi. uni ko'krak
devorlariga qisadi. Kengaygan o'pkadagi bosim atmosfera bosimidan past bo'ladi va
bosimlar farqi hisobiga atmosfera havosi nafas y o ila ri orqali o'pkaga tomon
harakatlanadi. Nafas olinavotgan paytda ko'krak qafasining hajmi qancha ortsa,
shunchalik o'pka kengayadi. nafas olish shuncha chuqur bo'ladi.Nafas muskullarining
bo'shashidan keyin qobirg'alar avvalgi holatiga qaytib tushadi. diafragmaning gumbazi
yuqoriga ko'tarilib konus shaklini oladi, oqibatda ko'krak qafasining hajmi va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
119
ISSN:3030-3613
o'pkakichiklashadi (qisqaradi) va havo tashqariga chiqariladi. Chuqur nafas
chiqarishda qorin muskullari. ichki qovurg'alararo tishsimon va boshqa muskullar
ishtirok etadi.Nafas olish tiplari. Bolalarning hayotini dastlabki oylarida ularning
qobirg' alari juda kichik egilishga esa bo'lganligi sababli.deyarli gorizontal holatda
bo'ladi. Yuqorigi qobirg'a va to'liq yelka poyasi vuqorisida joylashgan qobirqg'alararo
muskullar ancha zaif bo'ladi. Ana shu xususiyatlari tufayli yangi tug'ilgan bolalarda
diafragmali nafas olish kuzatiladi. bunda qobirg' alararo muskullarning ishtiroki
unchalik jiddiy emas. Diafragmali tipdagi nafas olish bolalarning birinchi vilining
ikkinchi yarmigacha saqlanib qoladi.Qobirg'alararo muskullarning rivojlanishi va
bolaning o'sishi hisobiga uning ko'krak qafasi pastga tushadi va qobirg' alar qiyshaygan
holatni oladi. Shundan keyin emadigan bolalarning nafas olishi diafragmali ustun
bo'lgani holda ko'krak qorin tipini oladi. Shunday bo'lsada ko'krak qafasining yuqorigi
qismining harakatchanligi hali ham unchalik katta bo'lm agan holda qoladi.3 dan 7
gacha yoshgacha bo'lgan davrda. yelka qismining rivojlanishi bilan ko'krak tipidagi
nafas ustunlik qila boshlaydi va yetti yoshga kelib u juda ham aniq bo'lib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Qodirov U. Z.. Abdumajidov A. A.. Askarvants V. P. Bolalar fiziologiyasi.
Toshkent. «Ibn Sino». 1999.
2.
Клемешева JI.M.? Атматов К.Т., Матчонов А. Возрастная физиология. - Т.:
НУУз.; 2002.
3.
Q. S. Sodiqov 0 ‘quvchilar fiziologivasi va gigiyenasi. Toshkent «O'qituvchi» 1992.
4.
AlmatovX. T. Ulg'ayish fiziologivasi. M. Ulug'bek nomidagi O ‘zMU
5.
bosmoxonasi. - T. - 2004.
6.
A. Aripov, N. Shaxmurova. Yosh fiziologivasi va gigiyenasi. - Т.:Yangi asr avlodi,
2009.