Authors

  • Toxirov Abdumalik Ashurali o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97216

Keywords:

Kalit so’zlar: yoshlar axloqi ijtimoiy tarmoqlar blogerlik faoliyati axloqiy transformatsiya TikTok Instagram YouTube axloqiy qadriyatlar raqamli madaniyat ommaviy kontent ta’sirchanlik.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik faoliyatining 
zamonaviy  yoshlar  axloqiy  qarashlariga  ta’siri  tahlil  qilingan.  Xususan,  TikTok, 
Instagram  va  YouTube  platformalaridagi  ommaviy  kontent  turlari,  mashhur 
blogerlarning faoliyati va ularning yoshlar ongidagi rol modeli sifatidagi o‘rni ilmiy 
asosda  ko‘rib  chiqilgan.  Maqolada  axloqiy  normalarning  kontent  orqali  qanday 
shakllanishi va o‘zgarishi, shuningdek, mazkur jarayonning ijobiy va salbiy ta’sirlari 
tahlil  etilgan.  Tadqiqot  natijalari  yoshlar  axloqiy  qadriyatlarining  yangi,  raqamli 
davrga  xos  mezonlar  asosida  qayta  shakllanib  borayotganini  ko‘rsatadi.  Shu  bilan 
birga,  maqolada  yoshlar  ongidagi  axloqiy  o‘zgarishlarni  sog‘lom  va  ma’naviy 
yo‘nalishda boshqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham bayon etilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

264

ISSN:3030-3613

IJTIMOIY TARMOQLAR VA BLOGERLIK FAOLIYATI: YOSHLAR

AXLOQINING YANGI MEZONLARINI SHAKLLANTIRAYOTGAN OMIL

SIFATIDA

Toxirov Abdumalik Ashurali o’g’li

Andijon davlat pedagogika instituti doktoranti


Annotatsiya:

Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik faoliyatining

zamonaviy yoshlar axloqiy qarashlariga ta’siri tahlil qilingan. Xususan, TikTok,
Instagram va YouTube platformalaridagi ommaviy kontent turlari, mashhur
blogerlarning faoliyati va ularning yoshlar ongidagi rol modeli sifatidagi o‘rni ilmiy
asosda ko‘rib chiqilgan. Maqolada axloqiy normalarning kontent orqali qanday
shakllanishi va o‘zgarishi, shuningdek, mazkur jarayonning ijobiy va salbiy ta’sirlari
tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari yoshlar axloqiy qadriyatlarining yangi, raqamli
davrga xos mezonlar asosida qayta shakllanib borayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan
birga, maqolada yoshlar ongidagi axloqiy o‘zgarishlarni sog‘lom va ma’naviy
yo‘nalishda boshqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham bayon etilgan.

Аннотация:

В данной статье анализируется влияние социальных сетей и

блоггинга на этические взгляды современной молодежи. В частности, были
научно рассмотрены типы массового контента на платформах TikTok, Instagram
и YouTube, деятельность популярных блоггеров и их роль в качестве образцов
для подражания в сознании молодежи. В статье анализируется, как этические
нормы формируются и изменяются через контент, а также положительные и
отрицательные последствия этого процесса. Результаты исследования
показывают, что моральные ценности молодежи перестраиваются на основе
критериев, характерных для новой цифровой эпохи. Однако в статье также
излагаются предложения и рекомендации по управлению моральными
изменениями в сознании молодежи в здоровом и духовном направлении.

Annotation:

this article analyzes the impact of social networks and blogging

activities on the ethical views of modern youth. In particular, the types of public content
on TikTok, Instagram and YouTube platforms, the activities of popular bloggers and
their role as role models in the minds of young people have been considered on a
scientific basis. The article analyzes how moral norms are formed and changed through
content, as well as the positive and negative effects of this process. The results of the
study show that youth moral values are being reshaped based on criteria specific to the
new, digital age. At the same time, the article also outlines suggestions and
recommendations for managing moral changes in the minds of young people in a
healthy and spiritual direction.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

265

ISSN:3030-3613

Kalit so’zlar:

yoshlar axloqi, ijtimoiy tarmoqlar, blogerlik faoliyati, axloqiy

transformatsiya, TikTok, Instagram, YouTube, axloqiy qadriyatlar, raqamli madaniyat,
ommaviy kontent, ta’sirchanlik.

Ключевые слова:

молодежная этика, социальные сети, блоггинг,

этическая трансформация, TikTok, instagram, Youtube, этические ценности,
цифровая культура, массовый контент, влияние.

Keywords:

youth ethics, social networks, blogging activities, moral

transformation, TikTok, Instagram, YouTube, moral values, Digital Culture, public
content, influencability.


Bugungi raqamli jamiyat sharoitida yoshlar axloqiy ongi shakllanishiga ta’sir

qiluvchi omillar orasida ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik faoliyati muhim o‘rinni
egallayapti. Ayniqsa, TikTok, Instagram va YouTube kabi platformalar orqali
tarqalayotgan kontentlar yoshlar ongida axloqiy mezonlar, ideallar va ijtimoiy
normalarning shakllanishiga kuchli ta’sir o‘tkazmoqda. So‘nggi yillarda olib borilgan
bir qator tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, raqamli media muhiti yoshlarning
axloqiy qarorlari, munosabatlari va o‘zini tutish uslublariga bevosita ta’sir
ko‘rsatayapti. Ijtimoiy tarmoqlardagi ta’sirchan blogerlar ko‘pincha yoshlar uchun rol
modeliga aylanib, an’anaviy tarbiya va ta’lim muassasalari o‘rnini egallab bormoqda.
Bu esa axloqiy qadriyatlarning zamonaviy shakllanish jarayonini qayta ko‘rib chiqish
zaruratini keltirib chiqarayapti.

Shu bilan birga, milliy qadriyatlar tizimi va raqamli axborot muhiti o‘rtasidagi

ziddiyatli munosabat ham tadqiqotchilarni tashvishga solmoqda. Ba’zi holatlarda
axloqiy normalarning transformatsiyasi ijobiy ijtimoiy faollikni rag‘batlantirsa, boshqa
bir holatlarda esa madaniy yoki ma’naviy tanazzulga olib kelishi mumkinligini
zamonning o’zi ko’rsatib turipti.

Mazkur maqola aynan shu global muammoning mahalliy konteksta qanday

namoyon bo‘layotganini tahlil qilishga va blogerlik faoliyati orqali axloqiy
mezonlarning qanday shakllanayotganini ilmiy jihatdan asoslashga qaratilgan. Bu
tadqiqot raqamli madaniyatning yoshlar axloqiga ta’sirini chuqurroq anglash hamda
sog‘lom axloqiy muhitni shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda muhim
qadam hisoblanadi.

Tadqiqot bilan bog‘liq adabiyotlarni o‘rganish

So‘nggi o‘n yillikda raqamli media muhiti, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va

blogerlik faoliyati, yoshlar axloqiy qarashlari va xulq-atvorining shakllanishida katta
ta’sir ko‘rsatayotgani haqida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. D.Boyd
(Boyd, 2014) o‘z tadqiqotida internet muhitida o‘smirlar qanday axloqiy me’yorlarga
muvofiq muomala qilayotganini va ijtimoiy tarmoqlarda axloqiy munosabatlar qanday
shakllanishini tahlil qilgan. Ushbu tadqiqotda yoshlarning o‘zini namoyon qilishga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

266

ISSN:3030-3613

bo‘lgan ehtiyoji va ommaboplikka intilishi orqali axloqiy qarashlar o‘zgarishi
ta’kidlangan.

1

Masheroni va Olafsson (Mascheroni & Ólafsson, 2018) esa raqamli axborot

muhitida yoshlar axloqiy xatarlarga qanday munosabatda bo‘lishlarini empirik tahlil
qilgan. Ular o‘z ishlarida yoshlarning onlayn platformalarda axloqiy qarorlar qabul
qilish qobiliyatini, ulardagi etik ong va mediasavodxonlik darajasini o‘rganishga
e’tibor qaratgan.

2

Tashtemirova (2022) tomonidan O‘zbekiston yoshlari orasida ijtimoiy tarmoqlar

ta’sirida axloqiy qarashlar qanday transformatsiyaga uchrayotgani tahlil qilingan.
Muallif axloqiy qadriyatlar va milliy an’analarning raqamli muhitda qanday
o‘zgarishga uchrayotganini mahalliy ijtimoiy madaniyat nuqtai nazaridan o‘rgangan.

3

Bu sohadagi tadqiqotlardan yana biri — Livingstone va Sefton-Green (2016)

tomonidan olib borilgan “The Class” loyihasi bo‘lib, unda maktab yoshidagi
bolalarning raqamli texnologiyalar orqali qanday axloqiy va ijtimoiy qadriyatlar bilan
tanishishi ochib berilgan. Bu tadqiqotda raqamli savodxonlik va ommaviy platformalar
orqali o‘rganilayotgan axloqiy ongning shakllanishiga alohida e’tibor qaratilgan.

4

Yuqorida keltirilgan tadqiqotlar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, ijtimoiy

tarmoqlar va blogerlik faoliyati yoshlar axloqiy mezonlariga ta’sir etuvchi muhim
omilga aylangan. Ammo, mazkur jarayonni mahalliy madaniy, milliy va diniy
qadriyatlar bilan bog‘liq holda yanada chuqurroq o‘rganish zarur. Shu boisdan, ushbu
maqola aynan mana shu ilmiy bo‘shliqni to‘ldirishga qaratilgan bo‘lib, kontent tahlili
va so‘rovnoma usullari orqali ta’sir omillarini aniqlashga harakat qiladi.

Mavzunung dolzarbligi

"Ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik faoliyati: yoshlar axloqining yangi mezonlarini

shakllantirayotgan omil sifatida" mavzusi bugungi kunda juda ham dolzarb
hisoblanadi. Buning asosiy sababi — raqamli texnologiyalar va ommaviy
kommunikatsiya vositalari hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bir paytda,
ijtimoiy tarmoqlar yoshlar tarbiyasi va axloqiy qadriyatlariga jiddiy ta’sir
ko‘rsatayotganidir.

Hozirgi kunda yoshlar vaqtining katta qismini Instagram, TikTok, YouTube,

Telegram va shu kabi platformalarda o‘tkazmoqda. Ushbu maydonlarda faoliyat
yuritayotgan blogerlar va inflyuenserlar ko‘pincha yoshlar uchun namuna sifatida
xizmat qilmoqda. Afsuski, ular tarqatayotgan ma’lumotlar doim ham axloqiy,
ma’naviy va ijtimoiy talablarga mos kelavermaydi. Shu bois, yoshlarning axloqiy

1

Boyd, D. (2014).

It’s Complicated: The Social Lives of Networked Teens

. Yale University Press.

2

Mascheroni, G., & Ólafsson, K. (2018).

The ethics of online risk, harm and vulnerability: Understanding the moral

agency of children

.

New Media & Society

, 20(11), 3879–3896.

https://doi.org/10.1177/1461444818762395

3

Tashtemirova, N. (2022). Ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida yoshlar axloqiy qarashlarining transformatsiyasi.

O‘zbekistonda

zamonaviy ijtimoiy jarayonlar tahlili

, 4(1), 112–118.

4

Livingstone, S., & Sefton-Green, J. (2016).

The Class: Living and Learning in the Digital Age

. NYU Press.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

267

ISSN:3030-3613

qarashlarida jiddiy o‘zgarishlar yuz beryapti — bu esa jamiyat kelajagi uchun xavfli
hisoblanadi.

Mazkur mavzuning yana bir dolzarb tomoni — bu masalani to‘g‘ri tushunish va

ilmiy yondashuv orqali tahlil qilish zaruratidir. Chunki yoshlar nafaqat ijtimoiy
tarmoqlarning iste’molchisi, balki u orqali axloqiy, madaniy va ruhiy jihatdan
shakllanayotgan toifadir. Shu bois, ushbu tadqiqot nafaqat yoshlar bilan ishlovchi
mutaxassislar, balki ota-onalar, ta’lim muassasalari va davlat organlari uchun ham
katta ahamiyatga ega. Mavzu bugungi axborot jamiyatida yoshlar bilan bog‘liq eng
dolzarb, zamonaviy va hayotiy muammolardan birini qamrab olgani uchun juda muhim
va o‘z vaqtida tanlangan ilmiy yo‘nalishdir.

Mavzunung ilmiy yangiligi

"Ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik faoliyati: yoshlar axloqining yangi mezonlarini

shakllantirayotgan omil sifatida" mavzusining

ilmiy yangiligi

shundaki, u an’anaviy

axloqiy tarbiya tizimidan farqli ravishda, raqamli muhitdagi axloqiy o‘zgarishlarni
tadqiqot ob’ekti sifatida olib chiqadi. Bu mavzu yoshlar axloqiga ta’sir etuvchi yangi
— virtual va media maydonlardagi omillarni, ya’ni blogerlik faoliyati, inflyuenserlar
ta’siri, tarmoqdagi trendlar va kontent orqali ta’sir etish kabi mexanizmlarni ilmiy
jihatdan tahlil qiladi.

Ushbu tadqiqot:

Yoshlar axloqining shakllanishida ijtimoiy tarmoqlar orqali paydo

bo‘layotgan yangi tendensiyalar va qiymatlarni aniqlashga urinadi;

Blogerlar faoliyatining yoshlar ongiga va xulq-atvoriga ta’sirini

ilmiy metodlar orqali baholaydi;

Axloqiy

qadriyatlar

transformatsiyasi

jarayonida

raqamli

inflyuensiya qanday rol o‘ynayotganini yoritadi;

Ijtimoiy tarmoqlar va real hayotdagi axloqiy mezonlar o‘rtasidagi

ziddiyatlarni va integratsiyani tahlil etadi.
Bu jihatlar, o‘z navbatida, mavzuni faqat axloqshunoslik yoki sotsiologiya emas,

balki media psixologiya, kommunikatsiya va raqamli madaniyat sohalari bilan
bog‘laydi. Demak, mazkur tadqiqot o‘zining

interdissiplinar

yondashuvi orqali yangi

ilmiy nuqtai nazarni shakllantiradi va amaldagi muammolarga yechim topish imkonini
yaratadi.

Shuningdek, mavzuda olib borilgan sohaga xos empirik so‘rovlar, statistik

tahlillar va real foydalanuvchi fikrlariga tayanilgan natijalar orqali

internet

muhitidagi axloqiy o‘zgarishlar

ilk bor bunday tarzda chuqur va tahliliy ko‘rinishda

o‘rganilgani bilan ham ilmiy yangilikka ega.

Tadqiqot metodologiyasi

Yoshlar axloqi bugungi kunda jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadigan

omillardan biridir. Xususan, axloqiy mezonlarning shakllanish jarayonida internet va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

268

ISSN:3030-3613

ijtimoiy tarmoqlarning roli tobora ortmoqda. Shu bois, ushbu tadqiqotda aynan ijtimoiy
tarmoqlar va blogerlik faoliyatining yoshlar axloqiga ko‘rsatayotgan ta’siri qanday
ko‘rinishda namoyon bo‘layotganini o‘rganish maqsad qilib olindi. Tadqiqot
jarayonida nafaqat ommaviy tendensiyalar, balki shaxsiy fikrlar, shaxsiy qabul va
axloqiy qarashlardagi o‘zgarishlar ham o‘rganildi.

Tadqiqotda ham miqdoriy, ham sifatiy metodlardan foydalanildi. Miqdoriy

yondashuv orqali umumiy tendensiyalarni aniqlashga harakat qilingan bo‘lsa, sifatiy
tahlil vositasida esa ishtirokchilarning fikrlari, munosabatlari va xulosalari chuqurroq
o‘rganildi. Bunda asosiy diqqat yoshlar — ya’ni 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan
foydalanuvchilarga qaratildi, chunki aynan shu toifa ijtimoiy tarmoqlardan faol
foydalanadi va ularning axloqiy qarashlari internet orqali shakllanishi ehtimoli yuqori.
Ma’lumot to‘plash uchun Google Forms orqali so‘rovnoma tuzildi va tarqatildi.
So‘rovnomada qatnashgan 150 nafar yoshlar orasida talabalar, akademik litsey
o‘quvchilari va turli kasb egalari bo‘lgan foydalanuvchilar bor edi. Savollar iloji
boricha xolis va tushunarli tarzda tuzildi: ijtimoiy tarmoqda o‘tkazadigan vaqt,
blogerlarga bo‘lgan munosabat, axloqiy mavzulardagi kontentga munosabat kabi
masalalar qamrab olindi.

Qo‘shimcha ravishda, blogerlar chiqishlari va keng tarqalgan videokontentlar

tahlil qilinib, ularda qanday axloqiy mezonlar targ‘ib etilayotgani o‘rganildi. Shu bilan
birga, bir nechta ishtirokchi bilan yarim tuzilmalashtirilgan intervyular o‘tkazilib,
fikrlar kengroq va mazmunliroq shaklda yig‘ildi.

Tadqiqot jarayonida ayrim to‘siqlar ham uchradi. Jumladan, barcha yoshlarning

fikrini qamrab olishda vaqt va imkoniyat cheklangan bo‘ldi, shuningdek, ba’zi
blogerlar kontentiga to‘liq kirish imkoniyati mavjud emas edi. Shu sababli, tadqiqotda
berilgan xulosalar umumiy tendensiyalarga asoslanadi, ammo ular shaxsiy va xususiy
holatlarga ham tayanadi.

Ushbu metodologik yondashuv ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik faoliyatining

yoshlar axloqiy qarashlariga ko‘rsatayotgan ta’sirini xolis va keng qamrovda o‘rganish
imkonini berdi. Bu esa keyingi tadqiqotlar uchun ham muhim ilmiy asos vazifasini
bajara oladi.

Tahlil va natijalar

Zamonaviy yoshlar hayotida ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik faoliyatining ta’siri

tobora ortib bormoqda. O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra, 8,7
million foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan bo‘lib, bu aholining 24,6%
ni tashkil etgan. Shuningdek, 18 yoshdan katta bo‘lgan foydalanuvchilar soni 7,5
millionga yetgan, bu esa kattalar aholisining 32,6% ni tashkil etadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

269

ISSN:3030-3613

Tadqiqotimizda 150 nafar 18-30 yosh oralig‘idagi yoshlar ishtirok etdi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ularning 68% ijtimoiy tarmoqlarda kunlik 3 soatdan

ortiq vaqt sarflaydi. Ishtirokchilarning 72% blogerlar tomonidan taqdim etiladigan
axloqiy mavzulardagi kontentni kuzatishini bildirishdi. Bu ko‘rsatkichlar ijtimoiy
tarmoqlar va blogerlik faoliyatining yoshlar axloqiy qarashlariga ta’sirini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, tadqiqot davomida yoshlar orasidagi ijtimoiy tarmoqlardan

foydalanishning ayrim salbiy oqibatlari ham aniqlandi. Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘smirlarning 11% ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanishda muammolarga duch keladi, bu esa ularning ruhiy salomatligiga salbiy
ta’sir ko‘rsatishi mumkin .

Ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik faoliyati yoshlar axloqiy qarashlarining

shakllanishida muhim omillardan biriga aylanmoqda. Bu jarayonda ijobiy va salbiy
ta’sirlarni hisobga olib, yoshlarning axloqiy tarbiyasida ijtimoiy tarmoqlardan samarali
foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Xulosa va takliflar

Bugungi raqamli dunyoda yoshlar hayotidagi eng ta’sirli omillardan biri –

ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik faoliyatidir. Ular nafaqat axborot tarqatish vositasi,
balki axloqiy, madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni shakllantiradigan kuchli platforma
sifatida faoliyat yuritmoqda. Ushbu tadqiqot orqali shu ayon bo‘ldiki, yoshlar ijtimoiy
tarmoqlar orqali nafaqat bilim va ma’lumot oladilar, balki shaxsiy dunyoqarashi,
axloqiy qarashlari va xatti-harakatlarini ham qayta shakllantiradilar. Blogerlar esa bu
jarayonda katta rol o‘ynamoqda – ularning chiqishlari, fikrlari va turmush tarzi
yoshlarga ta’sir etmay qolmaydi.

Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat yoshlar blogerlar tomonidan taqdim

etilayotgan kontentga ishonch bilan yondashadilar va ularni hayot uchun namuna
sifatida qabul qiladilar. Bu esa jamiyat uchun muhim xulosalar chiqarishni talab etadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

270

ISSN:3030-3613

Agar blogerlik faoliyati mazmunan boy, axloqiy tarbiyani qo‘llab-quvvatlovchi
yo‘nalishda bo‘lsa, u holda bu faoliyat ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin. Biroq,
aksincha holatda – ya’ni axloqsizlik, shafqatsizlik yoki shaxsni manfurlashtiruvchi
kontentlar ortishi – yoshlar dunyoqarashida salbiy o‘zgarishlar yuzaga kelishi
ehtimoldan holi emas.

Shu sababli quyidagi takliflarni ilgari surish maqsadga muvofiq:

1.

Ijtimoiy tarmoqlarda axloqiy monitoringni kuchaytirish

yoshlarga ta’sir ko‘rsatayotgan blogerlik kontenti muayyan axloqiy me’yorlarga
muvofiq kelishi lozim. Buning uchun maxsus axloqiy ekspertiza va targ‘ibot
guruhlari tashkil etilishi mumkin.

2.

Blogerlar uchun ma’naviy-ma’rifiy kurslarni joriy etish

kontent yaratuvchilarga jamoatchilik oldidagi mas’uliyatini his etishga yordam
beradigan maxsus o‘quv dasturlari tashkil etilishi kerak.

3.

Yoshlar uchun axloqiy immunitetni kuchaytirish

– ta’lim

muassasalarida raqamli madaniyat, axloqiy tarbiya va mediasavodxonlik
darslarini joriy etish orqali yoshlarning tanqidiy fikrlash qobiliyati
rivojlantirilishi kerak.

4.

Ijobiy namuna yaratish

– davlat va jamiyat tomonidan ijobiy,

ma’naviy boy kontent yaratuvchi blogerlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni
rag‘batlantirish muhim.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ijtimoiy tarmoqlar va blogerlik

faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish orqali yoshlar axloqini shakllantirishda juda katta
yutuqlarga erishish mumkin. Bu faqatgina blogerlar va yoshlar mas’uliyati emas, balki
butun jamiyat zimmasidagi vazifadir. Chunki axloqli yoshlar — barqaror kelajak
kafolatidir.

Qo‘llanilgan manbalar:

1.

Boyd, D. (2014).

It’s Complicated: The Social Lives of Networked Teens

. Yale

University Press.

2.

Mascheroni, G., & Ólafsson, K. (2018).

The ethics of online risk, harm and

vulnerability: Understanding the moral agency of children

.

New Media & Society

,

20(11), 3879–3896. https://doi.org/10.1177/1461444818762395

3.

Tashtemirova, N. (2022). Ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida yoshlar axloqiy
qarashlarining transformatsiyasi.

O‘zbekistonda zamonaviy ijtimoiy jarayonlar

tahlili

, 4(1), 112–118.

4.

Livingstone, S., & Sefton-Green, J. (2016).

The Class: Living and Learning in the

Digital Age

. NYU Press.

References

Qo‘llanilgan manbalar:

Boyd, D. (2014). It’s Complicated: The Social Lives of Networked Teens. Yale

University Press.

Mascheroni, G., & Ólafsson, K. (2018). The ethics of online risk, harm and

vulnerability: Understanding the moral agency of children. New Media & Society,

Tashtemirova, N. (2022). Ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida yoshlar axloqiy

qarashlarining transformatsiyasi. O‘zbekistonda zamonaviy ijtimoiy jarayonlar

tahlili, 4(1), 112–118.

Livingstone, S., & Sefton-Green, J. (2016). The Class: Living and Learning in the

Digital Age. NYU Press.