Mualliflar

  • V.T.Axmedova
  • M.Jo`raxo`jayev
  • U.mirzayeva
  • S.Mamatisayeva
  • M.Qodirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97220

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Serbral falaj nutq kamchiligi logopediya maxsus pedagogika korrektsion mashg‘ulotlar lug‘at boyligi sensor rivojlanish defektologiya didaktik o‘yinlar.

Annotasiya

 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada tayanch-harakat a’zolari falajlangan (tserbral falaj) bolalarda 
uchraydigan  nutq  kamchiliklarini  bartaraf  etish  yo‘llari  yoritilgan.  Nutqiy 
rivojlanishdagi  muammolarni  bartaraf  etishda  kompleks  yondashuv  –  logopedik, 
defektologik,  psixonevrologik  va  pedagogik  ishlanmalar  birgalikda  olib  borilishi 
ta’kidlangan. Muallif tomonidan nutqni rivojlantirishga qaratilgan bosqichma-bosqich 
mashg‘ulotlar  tizimi,  o‘yin  va  mashqlarning  amaliy  ahamiyati  asoslab  berilgan. 
Shuningdek,  lug‘at  boyligini  kengaytirishga  xizmat  qiladigan  metodik  tavsiyalar 
keltirilib,  bolalarning  faoliyatini  o‘yin  orqali  faollashtirish,  sensor-tasavvur 
ko‘nikmalarini  shakllantirish  muhim  ekani  asoslangan.  Maqola  maxsus  ta’lim 
sohasidagi  mutaxassislar  va  amaliyotchi  logopedlar  uchun  foydali  metodik  manba 
bo‘lib xizmat qiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

240

ISSN:3030-3613

TAYANCH HARAKATI A’ZOLARI FALAJLANGAN BOLALAR TA’LIM-

TARBIYASIDA NUTQ KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH

YO‘LLARI

Andijon davlat pedagogika instituti,

Maxsus pedagogika kafedrasi

assistent-o’qituvchsi

V.T.Axmedova,

(PhD),dotsent

M.Jo`raxo`jayev,

assistent-o’qituvchi

U.mirzayeva,

stajor-o’qituvchi

S.Mamatisayeva,

stajor-o’qituvchi

M.Qodirova.

ORCID ID 009-003-6218-0270

Annotatsiya

Ushbu maqolada tayanch-harakat a’zolari falajlangan (tserbral falaj) bolalarda

uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. Nutqiy
rivojlanishdagi muammolarni bartaraf etishda kompleks yondashuv – logopedik,
defektologik, psixonevrologik va pedagogik ishlanmalar birgalikda olib borilishi
ta’kidlangan. Muallif tomonidan nutqni rivojlantirishga qaratilgan bosqichma-bosqich
mashg‘ulotlar tizimi, o‘yin va mashqlarning amaliy ahamiyati asoslab berilgan.
Shuningdek, lug‘at boyligini kengaytirishga xizmat qiladigan metodik tavsiyalar
keltirilib, bolalarning faoliyatini o‘yin orqali faollashtirish, sensor-tasavvur
ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ekani asoslangan. Maqola maxsus ta’lim
sohasidagi mutaxassislar va amaliyotchi logopedlar uchun foydali metodik manba
bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Serbral falaj, nutq kamchiligi, logopediya, maxsus pedagogika,

korrektsion mashg‘ulotlar, lug‘at boyligi, sensor rivojlanish, defektologiya, didaktik
o‘yinlar.

Аннотация

В данной статье освещены пути устранения речевых нарушений у детей с

нарушением опорно-двигательного аппарата (детский церебральный паралич).
Подчёркивается, что устранение проблем речевого развития требует
комплексного подхода, включающего логопедические, дефектологические,
психоневрологические и педагогические разработки. Автором обоснована
система поэтапных занятий, направленных на развитие речи, а также
практическая значимость игр и упражнений. Приведены методические
рекомендации,

способствующие

расширению

словарного

запаса,

подчёркивается важность активизации деятельности детей через игру и
формирования сенсорных и представлений навыков. Статья служит полезным


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

241

ISSN:3030-3613

методическим ресурсом для специалистов в области специального образования
и практикующих логопедов.

Ключевые слова

:Детский церебральный паралич, речевые нарушения,

логопедия, специальная педагогика, коррекционные занятия, словарный запас,
сенсорное развитие, дефектология, дидактические игры.

Abstract

This article explores methods for addressing speech disorders in children with

motor impairments (cerebral palsy). It emphasizes the importance of a comprehensive
approach to overcoming speech development issues, integrating speech therapy,
defectology, psychoneurology, and pedagogical strategies. The author presents a step-
by-step system of activities aimed at speech development and highlights the practical
value of games and exercises. Methodological recommendations are provided to help
expand children's vocabulary, with a focus on enhancing activity through play and
developing sensory and perceptual skills. The article serves as a valuable
methodological resource for professionals in special education and practicing speech
therapists.

Keywords

: Cerebral palsy, speech disorder, speech therapy, special pedagogy,

corrective exercises, vocabulary, sensory development, defectology, didactic games.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni nuqson turlari va uning darajalariga mos

ravishda belgilangan davlat ta’lim talablari asosida ta’lim berish, nuqsonlarni o‘z
vaqtida korreksiyalash, ikkilamchi nuqsonlarni oldini olish imkonini beradi.
Bolalarning dunyoqarashini kengaytirib, mustaqil fikrlaydigan, o‘z fikrini erkin ifoda
eta oladigan etib tarbiyalashga yordam beradi. Bolalarga ta’lim tarbiya berish orqali
Ona Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini shakllantirib, ma’naviy dunyosi kengayib
boradi. Ammo, shuni unutmaslik kerakki, maqsadga erishish uchun muayyan
tarbiyaviy ma’rifiy ishlarga kompleks yondashib, ya’ni davolash tadbirlarini
pedagogik ish jarayoni bilan chambarchas bog‘lab olib borish kerak.
Miya falaji bilan kasallangan bolalar bilan olib boriladigan korrektsion pedagogik va
davolash ishlari kompleks olib borishni, bunda psixonevrolog, nevropatolog,
defektolog va tarbiyachi hamkorlikda ruhiy, jismoniy – harakat, nutqiy kamchiliklarni
yumshatish yoki bartaraf etishda sistemali ish olib borishni talab etadi. [1]

Serbral falaj bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlarning dastlabki

davrlarida atrofimizdagi narsa va hodisalarni, hamda ular bilan bo‘ladigan harakatlarni
tushunishga, talaffuz qilishga, ularning farqli va o‘xshash xususiyatlarini anglab
olishga, predmetlarda qism va butunlik munosabatlarini (inson yuzi va tanasining
qismlari, boshqa predmetlarning ma’lum qismi kabi) o‘rganishga o‘rgatib boriladi. Bu
mashg‘ulotlarda bolalarning lug‘at boyligi rivojlantirib boriladi. Ularga kundalik
hayotimizda ko‘proq duch keladigan, xususan, idishlar, mebel, kiyim-kechaklar,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

242

ISSN:3030-3613

o‘yinchoqlar kabi predmetlarni tushunishga va yaxshi eslab qolishga o‘rgatiladi. Bir
vaqtning o‘zida bolaning idrok qilish, fahmlash saviyasi va tasavvurlari
konkretlashtiriladi. Bolani lug‘atini rivojlantirish uchun bolaning amaliy va hissiy
tajribasini kengaytirishga qaratilgan dastlabki korrektsion tadbirlar katta ahamiyat kasb
etadi. Bola hayotining dastlabki davrlardanoq faol ravishdagi predmet-amaliyot
harakatlarini shakllantirishga intilish zarur. Logoped bolaning onasini bola bilan
birgalikda bo‘ladigan o‘yinlarga jalb qilish lozim. Bu jarayonda esa uning nutqi bir
muncha rivojlanib boradi.

Lug‘atni shakllantirish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich olib boriladi.

Birinchi bosqichda

bolalar predmetlar bilan ularning tasviri va ular bilan bajariladigan

ishlar bilan birlamchi tanishtiriladi. Bu o‘rinda bolaning e’tiborini jalb qilishga va
uning javob reaktsiyasini qo‘zg‘atishga yordam beradigan bir qator usullar
qo‘llaniladi: ya’ni predmetni kutilmaganda, to‘satdan paydo bo‘lib qolishi, yo‘qolishi,
uning harakati. Eng asosiysi esa bolaning o‘zi predmet bilan amalga oshiradigan
harakatdir.

Ikkinchi bosqichda

bolalar predmetlar bilan, ularning sifati va o‘ziga xos

bo‘lgan jihatlari bilan bir muncha chuqurroq, kengroq tanishtirib boriladi. Bolada
predmet haqidagi, uning qismlari orasidagi munosabat haqidagi, shuningdek, uning
qurilishi va tarkibiy qismlari, nimaga mo‘ljallanganligi haqidagi tushunchalar
shakllanib mustahkamlanib boradi.

Ishning uchinchi bosqichida

predmetlarning belgilar va xususiyatlarining

ko‘paytirilishi munosabati bilan mashg‘ulotlar bir muncha murakkablashadi. Lug‘at
ishning asosiy vazifasi predmetlarning ajratib ko‘rsatadigan belgilari va xususiyatlarini
ifodalovchi aniq so‘zlarni topishga, o‘z o‘rnida qo‘llash qobiliyatlarini mustahkamlash
hisoblanadi.

Ishning to‘rtinchi bosqichida

umumlashtirishlar va tushunchalar shakllanib

boradi. Bolalarda predmetlarning asosiy belgilarini va xususiyatlarini ajratib
ko‘rsatuvchi so‘zlar asosida turdosh va o‘xshash jihatdan umumlashtiruvchi fikrlar
rivojlantiriladi. Bolalar hajm, vaqt, masofa, son ma’nolarini ifodalovchi tushunchalarni
o‘zlashtirishda, ayniqsa qiyinchiliklarga duch kelishadi. Lug‘at boyligini
mustahkamlash uchun va boyitish uchun kundalik muloqotlar, didaktik o‘yinlar va
o‘yin tarzidagi mashqlarni bajarish amalga oshiriladi. [2]

Biz shunday xulosaga keldikki, tserbral falajli bolalar lug‘atini takomillashtirish

va boyitishning spetsifikasi sifatida uni predmet-amaliy va o‘yin faoliyati bilan uzviy
bog‘liq holda olib borish va sensor funksiyalarni rivojlantirish, ularning korreksiyasini
ongli faoliyat bilan chambarchas bog‘liq holda tashkil qilishni ko‘rsatish mumkin. So‘z
ustida uning til birligi sifatida va ayniqsa uning ko‘p ma’noliligini o‘rganish haqidagi
logopedik ishlarning muhim yo‘nalishi katta ahamiyatga egadir. Tserbral falajlangan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_4-to’plam_May-2025

243

ISSN:3030-3613

bolalarda grammatik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli shakllantirish uchun
ularning aqliy va nutqiy rivojlanishlariga kompleks tarzda yondashish kerak. [2]

Nutq rivojlanmasligini korrektsiyalashda logopedik mashg‘ulotlarning

mazmuni va uni o‘z vaqtida olib borishi logoped va tarbiyachidan katta mas’uliyatni
talab etadi. Biz quyida bolalarning lug‘at boyligini, ulardagi faol lug‘atini rivojlantirish
maqsadida quyidagi o‘yin va mashqlarni tavsiya etamiz:

“Qo‘llarning o‘zaro kurashi”

Bolalarga qo‘llarini oldinga cho‘zish va o‘ng

qo‘l barmoqlarini siqib musht qilish taklif qilinadi. Chap qo‘l mushtini o‘ng qo‘l
mushti ustiga qo‘yiladi. Qo‘llar jangi boshlanadi: o‘ng qo‘l tepaga ko‘tarilishni
xohlaydi, lekin chap qo‘l yo‘l bermaydi, o‘ng qo‘l taranglanadi va asta-sekin yuqoriga
ko‘tariladi va bosh ustidagi nuqtaga yetadi, endi chap qo‘l pastga tushishni xohlaydi,
lekin o‘ng qo‘l, pastdagisi qarshilik ko‘rsatadi va qarshi kurash sodir bo‘ladi. So‘ngra
qo‘llar bo‘shashib gavda bo‘ylab tashlanadi.

“Qo‘l panjalari uchun mashqlar”

Qo‘llar oldinga cho‘zilgan, bu holat 3–5

soniya davomida belgilanadi, so‘ngra qo‘l panjalari yuqorida qayiladi, kaftlar oldinga
va yuqoriga qaragan ("Elektr yondi"), qo‘l panjalari pastga tushiriladi ("Elektr
o‘chdi"). So‘ngra qo‘l panjalari tashqariga (ichkariga) aylana harakatlar sodir qiladi
("Rang-barang chiroqlar yoqildi, rang-barang chiroqlar yonib turibdi").

Qo‘l, oyoq, gavdaning umumiy harakatlarini rivojlantirish uchun nutqsiz

didaktik o‘yinlar o‘tkaziladi: oldin asta-sekin musiqa ostida, so‘ngra ancha tezlashgan
tempda uzukning kattaligiga rioya qilib uzuk bo‘yicha piramidachani yig‘ish-yo‘yish;
matryoshka, bochkachalarni yoyish-yig‘ish; qurilish ashyolari bilan o‘yinlar va
boshqalar.

Diqqat-e’tiborli o‘yinlar (2 yoshdan boshlab)

“Xushmuomala so‘zlar”

Bolani tizzalar orasiga qo‘yib unga mehr bilan qarash, boshini silab unga diqqat bilan
eshitishini tayinlab: "Men Kolyajonga qarab, yaxshi narsalarni gapirib beraman.
Qaranglar, Kolyajonning ko‘zlari yonib turadi. Qaranglar, bizning Kolyajon mehrli,
xushmuomala. Bizning Kolyajon qanday kuchli va chaqqon. Mening jonim qanday
yaxshi ashula aytadi: “lya-lya-lya”." Pedagog bolani u bilan “lya-lya-lya” deb ashula
aytishga va qarsak chalishga undaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Nastol'naya kniga pedagoga-defektologa

, T. B. Epifantseva va boshq., Rostov n/D:

Feniks, 2007.

2.

Novotortseva N.V.

Metodika razvitiya rechi u negovoryashchikh detey

. – Yaroslavl: Izd-

vo YaGPU, 1999.

3.

Shomahmudova R.Sh, Tulaganova D.

Korrektsion pedagogicheskaya rabota s detmi

DTsP doshkol'nogo vozrasta

, T., 2009.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Nastol'naya kniga pedagoga-defektologa, T. B. Epifantseva va boshq., Rostov n/D:

Feniks, 2007.

Novotortseva N.V. Metodika razvitiya rechi u negovoryashchikh detey. – Yaroslavl: Izd-

vo YaGPU, 1999.

Shomahmudova R.Sh, Tulaganova D. Korrektsion pedagogicheskaya rabota s detmi

DTsP doshkol'nogo vozrasta, T., 2009.