T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
152
ISSN:3030-3613
DARSLARNI KOʻP QOLDIRUVCHI VA OʻZLASHTIRISHI PAST
BOʻLGAN O‘QUVCHILAR BILAN PSIXOKORREKSION ISHLARNI
TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY USULLARI
To'rayeva Feruza Amirqulovna
Surxondaryo viloyati Denov tumani 2-umumiy
o'rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi
Annotasiya:
Hozirgi kunning zamonaviy o‘qituvchisi dars jarayonida «aktyor»
emas, aksincha «rejissyor» bo‘lishi kerakligini anglashi lozim. Buning uchun esa u bir
necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak.
Kalit so‘zlar:
ta’lim, tarbiya, o‘quvchi, bilim, ko‘nikma, malaka, yondashuv,
faollikni oshirish.
KIRISH
Zamonaviy raqamli texnologiyalari davrimizda ta’limning eng muhim sifatlari
uchun sharoyitlar, imkoniyatlar juda xam ko‘pdir. O‘qituvchi dars mashg‘ulotlarida
maqsadga erishishda o‘zining mahorati, qo‘llanilgan dars uslubi, o‘quv xonasining
jihozlanganligi albatta o‘quvchini ko‘nikma olishida muhim ro‘l hisoblanadi. Dars
mashg’uloti maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta’lim jarayonlari
mazmunini tahlil qilish uchun qo‘llaniladigan an'anaviy kategoriyalar bo‘lib
hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma'lum predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik
bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti
sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning
qonuniyat va mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Mustaqil o‘ylay oladigan tafakkur yuritib
to‘g‘ri ma’qqul va maqbul ish tuta oladigan vatanparvar shaxslarni shakillantirish va
tarbiyalash kerak deb ta'kidlaydi hurmatli yurtboshimiz o‘z nutqlarida. Ushbu
yuqoridagi prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi kunning o’qituvchisi xar
tomonlama yetuk, bilim saviyaga ega bo’lgan, dunyo qarashi keng bo’lgan motivator
xam bo’lishi lozim. Hozirda kunda ta’lim tizimida o’quvchilar amaliy ko’nikmalarni
olishlarida muommolar kamroqday, lekin davomati past va bo‘sh o’zlashtiruvchi uy
ta’limida o’qiyotgan o’quvchilar uchun muommolar bor desak adashmaymiz. Bu
muommolarni bartaraf etishda hozirgi kunda qilinayotgan ishlar zamirida maktablarda
inklyuziv ta’lim joriy qilinishi, professor-o’qituvchilarga qo‘ oliy ta’lim tizimlarida
imkoniyati cheklangan o’quvchilar bilan ishlashda ilmiy ishlarni ko’payganini
guvohi bo’lyapmiz.
Tadqiqotlar, kuzatishlar asosida ayta olamizki, boshlang‘ich ta’lim davrida
o‘quvchida o‘yin faoliyatining o‘rnini o‘qish faoliyati egallaydi. O‘qib-o‘rganish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
153
ISSN:3030-3613
bolaning vazifasi, ijtimoiy burchi bo‘lib qoladi. O‘qish jarayonida u darsliklarini va
o‘quv qurollarini saranjom saqlash, o‘z vaqtida o‘rnidan turish, maktabga belgilangan
vaqtda borish, uyga berilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ko‘nikmalarni
o‘zlashtiradi. O‘quvchi tobora mas'uliyatli bo‘lib boradi. Bilimlar bolaning saviyasini
o‘stiradi, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, sezgilari va irodasining o‘sishiga ta'sir
ko‘rsatadi. Biroq, bu davrda ham bolaning diqqati hali beqaror bo‘ladi. O’zlashtirishi
past o‘quvchi xotirasida ham o‘zgarishlar ro‘y beradi. O‘quvchida mustahkamlash
yaxshi bo’lsa, ta’lim jarayonida o‘quv materialining ko‘p qismini ixtiyoriy ravishda
eslab qoladi. Shu bilan birga o‘z-o‘zini doimo nazorat qilib borishi lozim. Buning
natijasida o‘quvchining xotirasi takomillashadi, tafakkuri va fikrlashi o‘sadi. Ular
o‘zlari idrok etgan yoki tasavvur qilgan narsalar haqidagina fikr yuritadilar. Mantiqiy
tafakkurning dastlabki ko‘rinishlari shakllana boshlaydi.
Uy-ta’limidagi o’quvchilarni xar toifalari mavjud. Masalan ko’zi zaif o’quvchi,
tayanch xarakatida nuqsoni bor va boshqa turdagi o’quvchilar mavjud. Ushbu
toifadagi o’quvchilar bilan xam psixologik, motivator, kreyativ yondashib ishlash
albatta maqsadga muofiq bo’ladi. Ularda qiziquvchanlik, intilish kuchli lekin fikrlash
doirasi kamroq bo’ladi. Avvalo fanga qiziqtirishda motivatsion, inovatsion
tushunchalar dars mashg’ulotlari olib borilsa fanga, darsga nisbatan qiziqish yuzaga
keladi. Ular ta’lim olishni burch ekanligini anglab yetadilar.
Dars vaqtida o‘quvchi faoliyatiga qo‘yilgan yuqori baho o‘quvchilarda ruhiy
tetiklik, shodlik, iftixor kabi hissiy kechinmalarni tug‘diradi. Ammo o‘quvchilar
orasida fanlardan orqada qolish, o‘zlashtirishi past baholanadiganlari ham uchrab
turadi. Ushbu o‘quvchilar bilan har bir sinf o‘qituvchisi alohida ishlarni olib borishi va
ulardagi kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, imkon qadar bunga yechim topishi zarur.
Shunday ekan ta’lim o‘qituvchisi har tomonlama yetuk, o‘tkir diplomat, o‘z kasbini
ustasi, intellekutal salohiyatga ega shaxs bo‘lishi shart.
Har bir sinfda dars berish jarayonida fanlarni o‘zlashtirishi past bo‘lgan
o‘quvchilarga duch kelamiz. Bu o‘quvchilar bilan ishlash o‘qituvchidan yuqori malaka
talab qiladi. Bu jarayonda o‘qituvchi yangi metodikalari qo‘llashi ,past o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilarning faolligini oshirishi va bu orqali past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning
boshqa tengdoshlari qatoriga yetib olishini ta’minlash lozim. Shundagina har bir
o‘qituvchisi o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olgan va har bir o‘quvchi bilan
individual ishlash jarayonini amalga oshiradi olgan hisoblanadi.
Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish yaxshi samara
beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik
yoshdagi maktab o‘quvchilarida ta’limga uyg‘un holda rivojlanishi kerak. Buning
uchun, avvalo, o‘quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni
qila olishga va shu ishni sifatli bajarishiga ishonch uyg‘otish lozim.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
154
ISSN:3030-3613
Mustaqil ish turlari, avvalo, o‘qituvchi tomonidan puxta o‘ylangan, ta’lim
maqsadiga yo‘naltirilgan va davomiy bo‘lishi kerak. Bunda har bir o‘quvchining
imkoniyati hisobga olinishi, yosh xususiyati, qiziqishlari ham e'tibordan chetda
qolmasligi kerak. O‘quvchilarni aqliy rivojlantirish shartlaridan biri topshiriqlarni
to‘la "eslab qolib" bajarishdir. Bunda bajariladigan ishning maqsadini
tushungan(tasavvur qilgan) holda uning rejasini belgilash va ish usulini tanlash, yo‘l
qo‘yilgan xatolarni mustaqil topa olish va uni tuzata bilishlariga alohida e'tibor
beriladi. O‘quvchilarning topshiriqlarni tez, to‘g‘ri bajarishi uchun qulay usullarni
tanlash, yo‘naltiruvchi savollar berib, tayanch so‘zlar tavsiya etish foydalidir.
Kichik maktab yoshi davrida faoliyatni va xulq-atvorni motivlashtirish o‘ziga
xos xususiyatlarga ega. “Bolalar nimani yaxshi ko‘rishadi va nimani istashadi?” degan
savolga S.T.Shatskiy shunday javob beradi:
Bolalarda til topishish instinkti kuchli rivojlangan, ular bir-birlari bilan tezda
tanishib oladilar - o‘yinlar, hikoyalar, o‘zaro gap sotish, lofchilik kabilar ana shunday
instinkning belgilaridir.
Bolalar tabiatan mohir tadqiqotchi. Ulardagi tez qo‘zg‘aluvchanlik, oxiri
ko‘rinmaydigan savollar, hamma narsaga tegib ko‘rish, ushlab ko‘rish, tatib ko‘rishga
intilish sababi ana shunda.
Bolalar o‘zini ko‘rsatib turgisi keladi, o‘zi haqida, o‘z taassurotlari haqida
gapirgisi, o‘rtoqlashgisi keladi. O‘z menligini tez-tez namoyish etib turishi ana
shundan. Uning fantaziyalari va tasavvurlari boy bo‘ladi - bu bolalar ijodkorligi
instinktidir.
Bolalar hech narsadan bir narsa yaratishni, qandaydir g‘ayrioddiy narsalarni
to‘qib chiqarishni yaxshi ko‘rishadi.
O‘quvchilarda xarakterning shakllanishida taqlidchanlik instinkti katta rol
o‘ynaydi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida bo‘sh o‘zlashtirishni vujudga keltiruvchi
omillar, o‘zlashtirmovchi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish ta’lim
jarayonida o‘quvchi o‘zlashtirmasligining oldini olishga yo‘naltirilgan chora -tadbirlar
tizimini ishlab chiqish imkonini beradi. bo‘sh o‘zlashtirishning oldini olish bo‘yicha
tadbirlar tizimi har bir o‘quvchi real o‘quv imkoniyatlarining barcha asosiy tarkibiy
qismlarini kompleks rivojlantirishga, ya’ni shaxsning intellektual, irodaviy, hissiy
sohalarini bir vaqtda rivojlantirishga, uning ta’lim va tarbiyasini ta’minlash, o‘qishga
va jamoaga ijobiy munosabatini rivojlantirish, uning ishga qobiliyatini
shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. O‘quvchi real o‘quv imkoniyatlaridan
birining shakllanishi muhimligini yetarlicha baholamaslik, bu tizimning yaxlitligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada bo‘sh o‘zlashtirishning muvafaqqiyatli oldini olishga
olib kelmaydi.
O‘quvchilarni zo‘riqish va turli psixologik ta’sirlardan asrash, qiziqarli o‘yinlar
orqali bilimlarini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
155
ISSN:3030-3613
o‘quvchilarni ziyraklik va chaqqonlikka hamda fikrini to‘g‘ri va aniq ifoda etishga
undovchi o‘yinlardan foydalanishi samarali natija beradi. Masalan, "G‘oyib bo‘lganini
top" o‘yinida turli geometrik shakllar yozuv taxtasi yoki magnitli doskaga tartibsiz
joylashtiriladi.O‘quvchilar shakllarni ko‘rib bo‘lgach, o‘qituvchi "Tun", deydi.
Bolalar ko‘zini yumadi. O‘qituvchi shakllardan bir nechtasini olib, yashiradi va "Kun",
deydi. O‘quvchilar ko‘zini ochib, qaysi shakllar g‘oyib bo‘lganini aytishi kerak.
Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash o‘qituvchidan
alohida sabot va mas'uliyatni talab etadi. Shu bois bu toifa bolalar bilan shug‘ullanish
uchun, avvalo, yakkama-yakka suhbat o‘tkazib, ularning qiziqishlarini aniqlash lozim.
Maxsus jurnal tutilib, bolalarning o‘zlashtirishini muntazam monitoring qilib borilishi,
o‘quvchilarga qiynalayotgan fanidan alohida mashg‘ulotlar daftari tuttirish kabi
usullar ham samarali hisoblanadi.Shuningdek o‘quvchilardagi ijobiy o‘zgarishlar
rag‘batlantirilishi muhim. Bo‘sh o‘zlashtiruvchilarning faolligini oshirish uchun
ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini hamda nutqini rivojlantirish kerak. Bunda turli
ertaklardan foydalanish mumkin. Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar davlat ilg‘or ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi. Chunki o‘sha o‘quvchi
an’anaviy darslarda, yoki har doim jamoa bo‘lib o‘tkaziladigan darslarda ta’limni
o‘ziga qabul qila olmagan. Shunday ekan past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan dastlab
barcha metodikalari individual qo‘llab, keyin ularni jamoaviy metodikalar va
doimgidek ta’lim-tarbiyada jarayoniga jalb qilish kerak.
Dars
samaradorligini
oshirishda
innovatsion
usullardan
foydalanish
o‘qituvchilar mahoratini oshirish avvalo ularning maxsus kasbiy salohiyatiga bogliq.
Innovatsion usullardan foydalanish o‘qitiladigan fanlarning soatini inobatga olgan
holda ular bilimini oshirish muammosini ham har hil yo‘llar bilan hal qilish zarur.
Ammo, klaster metodi mahorati shunday universal komponentlarni o‘z ichiga qamrab
oladiki, ushbu komponentlardan turli o‘quv fanlari pedagoglari foydalana oladilar va
bu yo‘nalishda ular tez vaqtda yaxshi natijaga erishishlari mumkin. Salohiyat aniq fan
yo‘nalishida aniq ishni samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘ziga hos hususiyatni
bildiradi. Salohiyat tushunchasi o‘z ichiga maxsus bilimlar, o‘ziga hos ko‘nikmalar,
fikrlash usullarini va o‘z harakatlariga javobgarlikni tushunishni qamrab oladi. Yana
shu ham ma’lumki, o‘qituvchilar o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlardan, o‘zi qilayotgan
ishidan qoniqish hosil qilishi ham juda katta ahamiyatga egadir.
XULOSA
Xulosa qilib aytsak, past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash jarayonini
tashkil etishda zamonaviy ta’lim-tarbiyada texnologiyalaridan foydalanish muhim
ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, yangi metodikalar fan foydalanish bilan bir
qatorda ta’lim texnologiyalarini ham bu jarayon bilan uzviy ravishda bog‘lab
borishimiz kerak deb o‘ylayman. Biz shu orqali pedagogik faoliyatga va o‘quvchilar
bilan ishlash samaradorligini oshirishga to‘g‘ri yondashgan bo‘lamiz va passiv
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_4-to’plam_May-2025
156
ISSN:3030-3613
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompitensiyalarini o‘z o‘rnida
shakllantirishga erishamiz.
FOYDALANILGAN ADAIYOTLAR ROʻYHATI:
1.
Suvonov O.va boshqalar. «Pedagogik texnologiyalarni qo‘llash davr taqozosi».
«Xalq ta’limi», 2004 yil, № 5.
2.
Musurmonov A. "Ta’lim-tarbiyada xalq og‘zaki ijodidan foydalanish". T.:
O‘qituvchi, 1993.
3.
Mavlonova. A.R."Umumiy pedagogika" .166-bet.
4.
Begimqulоv U.SH. Pedаgоgik tа`limdа zаmоnаviy ахbоrоt teхnоlоgiyаlаrini
5.
jоriyetishning ilmiy-nаzаriy аsоslаri. –T.: “Fаn” 2017
6.
Zokirov, S. I., Sobirov, M. N., Tursunov, H. K., & Sobirov, M. M. (2019).
Development of a hybrid model of a thermophotogenerator and an empirical
analysis of the dependence of the efficiency of a photocell on temperature. Journal
of Tashkent Institute of Railway Engineers, 15(3), 49-57.