T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
183
ISSN:3030-3613
YOSHLARDA SUITSIDAL XULQ-ATVOR SHAKLLANISHI HAMDA
PSIXOLOGIYADA OʻRGANILISHI
Irgasheva Yulduz G'ayrat qizi
Samarqand viloyati Oqdaryo tumani MMTB ga
qarashli 41-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
O’z joniga qasd qilish insoniyat jamiyatining ilk davridan to hozirgacha davom
etib kelayotgan voqelikdir. Bunda faqat shaxsning hayotdan ko’ngilli ravishda ketishi
holatiga nisbatan munosabatlarning o’zgarishini ko’zatish mumkin. O’z joniga qasd
qilish holatlariga nisbatan jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida va turli
madaniyatlarda munosabat o’ziga xos bo’lganligi kuzatiladi.
Kalit soʻzlar:
suitsid,depressiya,oʻz joniga qasd qilish,agressiya, korreksiya,
profilaktika
KIRISH
Oʻz joniga qasd qilish holatlari tarixiy davrlar mobaynida har qanday jamiyat-
ning doimiy yo’ldoshi hisoblangan.
SHunday fikrlar borki, ba’zi odamlar shunchaki o’zini o’zi hayotdan mahrum
qilishlari lozim. Bunda alohida individ ko’zatuv ustivorligini yo’qotib, nazorat
predmetini insonning ijtimoiyligi tashkil etadi. Suitsid fenomenini ko’pincha
psixologik inqiroz haqidagi tasavvurlar bilan bog’laydilar. Ushbu vaziyatda inqiroz,
shaxsning hayotiy o’ta zarur ehtiyojlarni qondirish yo’lidagi to’siqlarga duch kelishi
vaziyatida kelib chiqadigan emotsional holat sifatida tushuniladi ya’ni, ular shunday
to’siqlarki, odam uni o’zining oldingi hayotiy tajribasidagi muammolarni hal qilish
usullari bilan bartaraf eta olmaydi.
Shunday qilib, psixologik inqiroz, tashqi sharoitlar tomonidan kelib chiqadigan
xavf ta’siri (inson psixikasiga) ostida yuzaga keladigan emotsional turg’unlikning ichki
buzilishi sifatida ko’riladi.Adabiyotlarda ko’pincha suitsidal xatti-harakatlar bilan
solishtiriladigan,«autatravmatizm» (o’ziga jarohat yetkazish), «autoagressiv xatti –
harakat» terminlari ham uchraydi. Agar autoagressiv harakatning oxirgi maqsadi o’z
joniga qasd qilish bo’lsa, uni suitsidal xatti – harakatlarga bog’lash mumkin.
Zamonaviy, ayniqsa xorijiy adabiyotlarda «autodestruktiv» (o’ziga zarar yetkazish
bilan bog’liq xulq – atvor) «o’zini – o’zi yo’q qilish» xulq – atvori tushunchasi keng
tarqalgan. Psixologik – ruhiy – og’riq, og’ir inqirozli holatning umumiy belgisi
hisoblanadi. Ko’ngil og’rig’iga chiday olmaslik, uni har qanday yo’l bilan to’xtatishga
olib keladi, inqirozli vaziyatdagi odamga esa suitsidal o’rinish o’z muammolaridan
qutilish va uni hal etish usulidek qabul qilinadi. Suitsidal xulqning kelib chiqishida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
184
ISSN:3030-3613
xavotirlanish va boshqa emotsional kechinmalarning roli haqida gumanistik
psixologiya namoyondalari ham o’ziga xos fikr-mulohazalarni ilgari suradilar
(K.Rodjers va boshqalar).
Karl Rodjersning ta’kidlashicha, hayotning asosiy yo’nalishi (g’oyasi) atrof
muhit va boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatlarda shakllanuvchi, «Men»ning
dolzarblashuvi, saqlanishi va kuchayishi-dan iborat. Agar «Men»ning to’zilishi rigid
bo’lsa (qotib qolgan), shaxs hayotiga xavf sifatida qabul qilinuvchi, unga muvofiq
kelmaydigan real tajriba buziladi yoki rad etiladi. Odam uni tan olmasa, go’yoki o’zini
qamoqqa tashlaydi. Bunda istalmagan tajriba «Men»dan o’zoqlashadi, voqelik bilan
aloqa yo’qotiladi.Shu tariqa «Men» boshida o’zining tajribasiga ishonmay oxir
oqibatda o’ziga ishonch-ni butunlay yo’qotadi. Bu esa butunlay yolg’izlikni anglashga
olib keladi. Bunday holatda shaxsda o’ziga ishonch yo’qoladi, hayotga nisbatan nafrat
va ijirg’anish hissi paydo bo’ladi, o’lim ideallashtiriladi va bunday holat suitsidal
moyilliklarni keltirib chiqaradi.
E.Shneydman birinchilardan bo’lib, suitsidal o’rinishning yaqinlashayotganini
bildiruvchi belgilarni tavsiflashga harakat qiladi va ularni «suitsidga olib boruvchi
kalitlar» deb ataydi. U jamiyatdagi mavjud suitsid haqidagi afsonalarni shuningdek,
shaxsning suitsidal xulq – atvorini asoslovchi o’ziga xoslikni sinchiklab o’rganadi.
Ushbu o’ziga xosliklar o’zi tarafidan yaratilgan, individlarning original
tipologiyasida o’z aksini topadi va ular ko’pincha ongli ravishda o’z o’limlarini
yaqinlash-tiradilar.
Ularga quydagilar taalluqlidir:
1.
o’lim qidiruvchilar - qutqarilish imkoniyatini pasaytirib, ataylab hayot bilan
vidolashuvchilar;
2.
o’lim tashabbuskorlari - uni ataylab yaqinlashtiruvchilar (masalan, og’ir
kasallar, o’zini hayotiy ta’minlovchilaridan ongli ravishda o’zuvchilar);
3.
o’lim bilan o’ynashuvchilar - hayotini garovga qo’yish imkoniyati mavjud
vaziyatlarni qidirishga moyillar, tirik qolish imkoniyati pastligi bilan ajralib turadi;
4.
o’limni ma’qullovchilar - ya’ni, hayot bilan vidolashishga faol intilmaslik
orqali o’zining suitsidal istaklarini yashirmaydilar: bu masalan yolg’iz qariyalarga yoki
Ego – identlik inqirozi vaqtidagi emotsional noturg’un o’smirlar va o’spirinlarga
xosdir.
E.Shneydman, N.Farberou bilan birgalikda amaliyotga o’zini – o’zi
o’ldirishning psixodinamikasini tushunishni chiqurlashtirgan psixologik
autopsik
metodini
(o’z joniga qasd qilganlarning o’lim oldi xatining tahlilini o’z ichiga oluvchi)
kiritadi.
Ushbu metod asosida ular suitsidning uch to’rini ajratadi:
-
egotik - o’zini o’ldirish;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
185
ISSN:3030-3613
-
ularning sababi intra – (ichki) – psixik dialog, «Men»ning qismlari o’rtasidagi
nizo, tashqi sharoitlar esa qo’shimcha rolь o’ynaydi masalan, eshituv
gallyutsinatsiyalaridan qiynaladigan psixik kasallarning o’zini o’ldirishi;
-
diadik o’zini o’ldirish, asosi ahamiyatli bo’lgan yaqin odamga tegishli amalga
oshmagan ehtiyoj va xohishlarda namoyon bo’ladi, shu tariqa, ushbu harakatni
boshqasiga munosabat aktiga aylantiruvchi tashqi omillar ustunlik qiladi;
-
agenerativ o’zini o’ldirish, bunda biror bir avlodga yoki insoniyatga tegishlilik
hissini yo’qotish oqibatida yo’q bo’lish hissi sabab bo’ladi, masalan, qarilik davridagi
suitsid.
N.Farberou suitsidologiyada odamning o’zini – o’zi yo’q qilish xulq – atvori
kontseptsiyasi yaratuvchisi hisoblanadi. Uning yondashuvi muammoga kengroq
qarash imkoniyatini yaratadi va bBunga ko’ra, u nafaqat amalga oshirilgan o’z joniga
suiqasdni, balki autoagressiv xulq – atvorning boshqa shakllarini ham ko’rib o’tishni
ta’kidlaydi: alkogolizm, toksikomaniya, narkotik tobelik, delekvent xatti – harakatlar,
ishga qattiq berilish, oqlanmagan xavf – xatarga moyillik, noadekvat qiziqish va h.k.
Ushbu yondashuv N.Faberouga o’zini o’ldirishning oldini olishning zamonaviy
tamoyillirini ishlab chiqish imkonini berdi.
Bundan tashqari u «tirik qolganlar» – o’zini o’ldirishni eplay olmaganlar va
o’zini o’ldirganlarning qarindoshlari va do’stlarining psixologiyasini tadqiq etish bilan
shug’ullanadi.
XULOSA
Shunday qilib, o’zini o’ldirish - barcha tadqiqotchilar tomonidan shaxsning
nizolarni kechirish yoyosharoitidagi ijtimoiy psixologik dezadaptatsiyasi oqibati
sifatida qaraladi. Bunda suitsident o’zida shaxsning favqulotda vaziyatlardagi xulq –
atvorining variantlaridan birini namoyon etadi, shu bilan birga vaziyatning suiqasdga
mosligi bilan emas, balki subьektning o’ziga xosliklari, uning hayotiy tajribasi,
intellekti, ichki shaxsiy aloqalarning mustahkamligi bilan aniqlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
U.Qodirov. Yoshlarni destruktiv ta’sirlardan himoyalashning psixologik jihatlari.
Toshkent, “Fan va texnologiyalar”, 2013, 246b.
2.
Suitsidologiya: Прошлое и настоящее: Проблема самоубийства в трудах
философов, социологовЮ психологов, психотерапевтов и в художественных
текстах. – М.: «Когито -Центр», 2001. -569b.
3.
Suitsidologiya: Прошлое и настоящее: Проблема самоубийства в трудах
философов, социологовЮ психологов, психотерапевтов и в художественных
текстах. – М.: «Когито -Центр», 2001. -569b.
4.
Sidushin.B.A. Ритуальные самоубийства в различных этносах. –СПб, 2003,
243b.
5.
Internet materiallari