Mualliflar

  • Sattorova Zulfiya Norqulovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97244

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: xotira tafakkur psixologiya diqqat eksperiment.

Annotasiya

Annotatsiya:  Esda  qoldiriladigan  materialga  qiziqish,  diqqatimizni  shu 
materialga  qaratadi,  his-tuyg‘umizga  ta’sir  qiladi,  zavqlantiradi  va  beixtiyor  esda 
qoldirish  jarayonlarini  kuchaytiradi.  Qiziqish  esda  qoldiriladigan  materialni, 
shaxsning  o‘zi  va  jamiyatuchun  ahamiyatini  tushunish  bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  esda 
qoldirish  samaraliroq  bo‘ladi.  Diqqat  esda  mustahkam  saqlab  qolishning  zaruriy 
shartidir. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

179

ISSN:3030-3613

BOLALARDA XOTIRANI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM

MASALALARI

Sattorova Zulfiya Norqulovna

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani

3-umumtalim maktabi psixologi

Annotatsiya

: Esda qoldiriladigan materialga qiziqish, diqqatimizni shu

materialga qaratadi, his-tuyg‘umizga ta’sir qiladi, zavqlantiradi va beixtiyor esda
qoldirish jarayonlarini kuchaytiradi. Qiziqish esda qoldiriladigan materialni,
shaxsning o‘zi va jamiyatuchun ahamiyatini tushunish bilan bog‘liq bo‘lsa, esda
qoldirish samaraliroq bo‘ladi. Diqqat esda mustahkam saqlab qolishning zaruriy
shartidir.

Kalit so’zlar:

xotira, tafakkur, psixologiya, diqqat, eksperiment.

KIRISH

Xotira kabi bilish jarayoni eslab qolish, saqlash, keyinchalik tanib olish va ilgari

o'rganilgan narsani qayta ishlab chiqarishdan iborat. Shuni ta'kidlash kerakki, xotira
ta'lim va tarbiya, bilim olish, shaxsiy tajriba va ko‘nikmalarni shakllantirishning
asosida yotadi. Har bir bola materialni turlicha eslaydi va qayta ishlab chiqaradi, chunki
xotirada individual farqlar mavjud. U ba'zi narsalarga, hodisalarga nisbatan yaxshi,
boshqalarga esa yomon bo‘lishi mumkin. Ba'zi bolalar she'rlarni juda yaxshi eslab
qolishadi, lekin matematik formulalar, qoidalar, ko'paytirish jadvalini juda yomon
eslab qolishadi, boshqalari esa aksincha. Ko‘pincha yomon eslab qolish natijalari xotira
darajasining pastligidan emas, balki “yomon” e’tibordan, jarayonga to‘liq e’tibor
qaratmaslikdan kelib chiqadi.

Esda olib qolishning muvaffaqiyati ko‘p darajada esda

olib qolinayotgan materialga yoki shu material bilan aloqasi bo‘lgan faoliyatga
shaxsning ijobiy munosabati bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu munosabat qiziqish, diqqat-
e’tibor tarzida namoyon bo‘ladi. Qiziqish muvaffaqiyatli esda qoldirishning eng
birinchi shartlaridandir. Bizda qiziqish tug‘dirgan narsa tezroq va mustahkamroq esda
qoladi.

Biz, odatda, bizni qiziqtirmaydigan narsalarga e’tibor bermaymiz va ularni hatto

payqamaymiz. O‘quvchilar qiziqqan, o‘zlari «sevgan» fanlarining mazmunini puxta
o‘qib olishlarini har bir pedagog yaxshi biladi. Bu aytilganlardan ta’lim-tarbiya ishida
mana bunday xulosa chiqadi: o‘quv materialini o‘quvchilarning xotirasida mahkam
o‘rnatish uchun maktabda ta’lim ishini shunday olib boorish kerakki, har bir fan
o‘quvchilarda qiziqish, havas tug‘diradigan bo‘lsin.

Diqqat esga olish lozim bo‘lgan materialga nechog‘li kuchli sur’atda qaratilgan

bo‘lsa, u shunchalik tez va puxta esda qoladi, chunki diqqatning nerv-fiziologik asosi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

180

ISSN:3030-3613

miya po‘stining bir qismida kuchli qo‘zg‘alish (optimal qo‘zg‘alish) o‘chog‘ining
paydo bo‘lishidir. Ana shunday qo‘zg‘alish paydo bo‘lishi bilan yangi nerv
bog‘lanishlar tezroq hosil bo‘lib, mahkam saqlanib qoladi. Ko‘pincha, ayrim
kishilarning o‘z xotirasining zaifligi, tez va puxta esda saqlab qololmasligi to‘g‘risidagi
shikoyatlari analiz qilib ko‘rilganda, esda yaxshi saqlab qololmasliklarining sababi ular
diqqatining bo‘shligida, tarqoqligida, miya po‘stidagi tegishli qo‘zg‘alish
o‘choqlarining zaifligida ekanligi ma’lum bo‘ladi. Bunday kishilar diqqatlarini bir
nuqtaga jamlab qunt bilan ishlashga harakat qilishlari bilan ulardagi xotira ham
kuchaya boradi. Esda qoldirish usuli hayot va faoliyatning turli hollarida biror
muddatgacha nimanidir qisqa yoki uzoq vaqtgacha esda qoldirishga to‘g‘ri keladi. Biz
shunga asoslanib esda olib qolish qisqa, uzoq muddatli va operativ xotira deb ajratamiz.
Shunday qilib, esda qoldirish usuliga yoki maqsadiga ko‘ra xotira qisqa muddatli va
uzoq muddatliga bo‘linadi.

Xotira turi nimani eslab qolishimiz, tiplari esa qanday eslab qolishimiz bilan

belgilanadi. Xotiraning birlamchi ifodalari sifatida go’dak hayotining birinchi oylarida
onasini ko’rganida yig’idan to’xtashida kuzatiladigan shartli refleksni keltirish
mumkin. Xotiraning yanada aniqroq ifodalanishini bola jismlami taniy boshlaganida
kuzatiladi, bu ilk marotaba bola hayotining birinchi yarim yili oxirida sodir bo’ladi.
Avval tanish ob’ektning tor doirasi bilan chegaralangan bo’ladi: bola onasini,
atrofidagi boshqa odamlami, ko’proq foydalanadigan jismlami taniydi. Bu jismni idrok
qilishda uzoq davomli tanaffus sodir bo’lmaganida amalga oshiriladi. Asta-sekin bola
taniy oladigan jismlar doirasi kengaya boshlaydi. Yashirin davri ham uzayadi. Ikkinchi
yilning oxirida bola bir necha hafta oldin 235 ko’rganlarini taniy oladi, usinchi yilning
oxirida - bir necha oy avval idrok qilinganlami, to’rtinchi yilning oxirida esa - bir yil
awalgilami taniy oladi. Awalambor, bolad taniy olish namoyon bo’ladi, eslash ancha
kechroq kuzatiladi. Eslashning birinchi belgilari ikkinchi yilga kelib namoyon bo’ladi.
Dastlab xotira ixtiyorsizlik xususiyatiga ega bo’ladi. Erta go’daklik va maktabgacha
yoshda bolalar odatda o’z oldilariga biror narsani esda olib qolish vazifasini
qo’ymaydilar. Ixtiyoriy xotiraning rivojlanishi maktabgacha yoshidagi bolalarda
o’yinlarda va tarbiya jarayonida sodir bo’ladi. Xotiraning jadal rivojlanishi maktab
yillarida kuzatiladi. Bu o’qitish jarayoni bilan bog’liq. Yangi bilimlarni
o’zlashtirish

jarayoni

, awalambor, ixtiyoriy xotiraning rivojlanishini oldindan belgilab

beradi. Xotiraning rivojlanish jarayoni o’z-o’zidan sodir bo’lmaydi. Buning uchun
xotirani tarbiyalashning yaxlit tizimi mavjudligi zarurdir. Xotira ijobiy xossalarining
tarbiyalanishiga inson aqliy va amaliy faoliyatining mosligi: ish o’midagi tartib,
rejalashtirish, o’zini nazorat qilish, esda olib qolishning usullarini qo’llash, aqliy
faoliyatni amaliy faoliyat bilan birlashtirish, o’z faoliyatiga tanqidiy nazar solishi,
ishning samarasiz usullaridan voz kechish va boshqalardan samarali usullami o’rganish
malakasi yordam beradi.Odatda har qanday o‘quv materiali ana shu usulda o‘zlashtirib


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

181

ISSN:3030-3613

olinadi. Uzoq muddatli xotira maqsad asosida takrorlash orqali esda olib qolishdir.
Material qancha ko‘p, ongli takrorlanilsa u esimizda uzoq saqlanadi va kerak vaqtida
osonlikcha esga tushadi. Operativ xotira esa – odamning shu vaqtdagi ish-harakatlari
uchun xizmat qiluvchi xotira jarayoni. U inson bajarayotgan har bir yaqqol
harakatlardan erishiladigan natijaning shart-sharoitlaridan biri sifatida namoyon
bo‘ladi. O‘quvchi materialni yaxshi esda qoldirish uchun uni qismlarga ajratib mutolaa
qiladi, yoki eng asosiy mazmun tagiga chizib qo‘yadi yoki yon daftarchasiga asosiy
joylarini yozib oladi, materialni bir-biriga bog‘lab esda qoldirish mumkin. Natijada u
qiyin materialni ham osonlikcha o‘zlashtirishi mumkin. Esda qolish usuli qandaydir
biror muddat va sifatga ham ta’sir etib – esda qoldirishni mustahkamlaydi. Maxsus
eksperimentlarda isbot qilinganki, kishining: «esimda uzoq saqlayman» yoki “esimdan
aslo chiqarmayman” deb jazm qilgan narsasi xotirada mahkam o‘rnashib qolar ekan.
Aksincha, qisqa bir muddat uchun (masalan, navbatdagi imtihonni berish uchun) esda
qoldirishga jazm qilingan material tez unutiladi. Bundan shu xulosa kelib chiqadiki,
o‘qituvchi ta’lim jarayonida darsni tushuntirganida, uyga vazifa topshirganida,
o‘quvchi bilimini tekshirganida hamisha ma’lum ta’rif, qoida, parcha, tarix sanalari va
shu kabilarni puxta va doimo esda saqlab qolishning zarurligini uqtirib bormog‘i lozim.

Fanda xotiraning tabiiy imkoniyatlari uch qismga bo‘lib o‘rganiladi. Bular

taassurot, qaytarish va assotsiatsiyalar.

1. Taassurotga ko‘rish va eshitish orqali ega bo‘linadi. Insondagi ko‘rish hissi

boshqa hissiy a’zolarga nisbatan kuchliroq sanaladi. Chunki ko‘zdan miyaga boradigan
nervlar quloq nervlariga nisbatan 20 marta qalinroq. Masalan, Mark Tven sahnada
o‘ynashi kerak bo‘lgan rolni qaydlar yordamida yaxshi eslab qola olmagach, rasmlar
bilan ishlagan va bu qiyinchiliklarni osonlikcha yengib o‘tolgan ekan.

2. Qaytarish. Qadimda ko‘pchilik olimlar kichik yoshligidayoq butun boshli

kitoblarni aynan qaytarish orqali yod olishgan.

3. Assotsiatsiya - o‘xshashlik. Biror faktni boshqa narsa bilan qiyoslash orqali

eslab qolish. Misol uchun tanishingizning telefon raqamini uy nomeringiz, tug‘ilgan
yilingiz yoki kundalik yuradigan avtobusingiz raqami bilan qiyoslab, assotsiatsiya
qilishingiz mumkin.Xotira faoliyatining asosiy xizmati vaqt o‘tkazib esga
tushirishdadir. Xotiraning qiymati ham shundaki, biz xotira tufayli esda qolgan
materialni ma’lum muddatdan keyin ham eslash imkoniyatiga ega bo‘lamiz va
binobarin, tajriba to‘play olamiz hamda hosil bo‘lgan tajribani esimizda uzoq
vaqtgacha saqlab tura va undan foydalana olamiz. Xotiraning shu xususiyati tufayli biz
bilim va malakalar hosil qilamiz va bu bilim hamda malakalardan zarur bo‘lgan holda
bemalol foydalana olamiz.

XULOSA

Bolada xotiraning dastlabki alomatlari yaqin atrofidagi odamlarni va narsalarni

tanishida ko'rina boshlaydi. Buni biz bola o'ziga tanish bo'lgan narsani kurganida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

182

ISSN:3030-3613

qiladigan harakatlaridan ko'rishimiz mumkin. Masalan, bola o'ziga yaqin odamni
kurganida unga talpinadi yoki notanish odamdan yotsiraydi. Kichik yoshli bolalarda
tanib olish qobiliyatining borligi, idrok kilgan narsa va hodisalarini esda olib qolish
imkonini beradi. Yoshiga to'lgach, bolada xotiraning murakkab turlari, yani eslash
vujudga kela boshlaydi. Bolalar bu davrdan boshlab ilgari idrok Qilgan narsa va
hodisalarni eslay oladigan bo'ladilar. Bunda bolalardagi tasavvurlarning roli nihoyatda
kattadir. Tasavvurlari tufayli bolalar o'tgan narsalarni bemolol eslay oladilar, masalan,
bolaga ko'z o'ngida bo'lmagan narsaning nomini aytsangiz, u ko'zlari bilan chor atrofga
qarab shu narsani izlay boshlaydi. Bola xotirasining rivojlanishida nutqning o'sishi juda
katta ahamiyatga ega. Bu davrda bola narsa va hodisalarni faqat bevosita ko'rish orqali
emas, balki shu narsa va hodisalarning nomlari orqali ham idrok qila oladigan bo'ladi.
Bundan tashqari kattalardan so'rab bilib olish, eshitish orqali xam o'z xotiralarini
boyitadilar. Ilk bolalik davridagi bolalarda xotiraning barcha jarayonlari ko'rina
boshlaydi. Masalan, kichik yoshdagi bola dastavval mexanik ravishda, yani manosiga
tushunmasdan esda olib qolaveradilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2010.

2.

Nurbek, A.

(2021).

Management

Psychology Leader

and Its

Characteristics.

Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий журнали, 1

(1),

13-16.

3.

Холикова, Д. М., & Холматова, З. Т. (2019). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИГРОВЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ.

Школа будущего

Kholikova, D. M.

(2021). DEVELOPMENT OF INNOVATIVE THINKING

4.

SKILLS IN HIGHER EDUCATION STUDENTS.

Theoretical & Applied Science

,

(6), 549-552.

5.

Internet materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2010.

Nurbek, A. (2021). Management Psychology Leader and Its

Characteristics. Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий журнали, 1(1),

-16.

Холикова, Д. М., & Холматова, З. Т. (2019). ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИГРОВЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ. Школа будущегоKholikova, D. M.

(2021). DEVELOPMENT OF INNOVATIVE THINKING

SKILLS IN HIGHER EDUCATION STUDENTS. Theoretical & Applied Science,

(6), 549-552.

Internet materiallari