T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
139
ISSN:3030-3613
YOSHLAR OʻRTASIDA DELIKVENT (HUQUQBUZARLIK)XULQ-
ATVORNI OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Kasimova Dilfuza Bag'bekovna
Xorazm viloyati Xazorasp tumani
34-son maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
Maqolada voyaga yetmaganlar delikventlik profilaktikasi borasida umumta‘lim
maktablarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan.
Kalit so’zlar
: huquqbuzarlik, g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlar, deviant xulq-
atvor, yakka tartibdagi profilaktika, maxsus profilaktika, nazoratsiz bola, korreksiya,
profilaktika
KIRISH
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va erkinliklarini
ta‘minlash, yoshlarga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish kabi vazifalar bilan bir
qatorda voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olish masalasi ham dolzarb
vazifalar qatoridan joy oldi. Huquqbuzarliklarning oqibati bilan emas, balki uning
kelib chiqishi sabablarini aniqlash profilaktika ishlarini olib borishning
samaradorligini oshirishga asos bo‘ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasi masalasi faqatgina bir
tashkilot zimmasidagi vazifa bo‘lib qolmasdan, bu yo‘nalishda tizimli faoliyatni olib
borish maqsadga muvofiq bo‘lishi haqida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ―Davlat
idoralari aksariyat hollarda huquqbuzarliklar profilaktikasini faqatgina huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholab, oqibatda ushbu faoliyatga
lozim darajada e‘tibor qaratmayapti‖, deb ta‘kidlagan.
Umumta‘lim maktablarida huquqbuzarlik profilaktikasi tadbirlari ikki shaklda
amalga oshiriladi: umumiy (jamoaviy) profilaktika, yakka tartibdagi profilaktika.
Umumiy (jamoaviy) profilaktika – bu o‘quvchilarning umumiy jamoasiga
qaratilgan, huquqbuzarliklarning sabab va sharoitlarini bartaraf etish, o‘quvchilarning
huquqiy ongini o‘stirib, qonunlarga rioya etish ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora
tadbirlar majmuidir. Umumiy profilaktika tadbirlari doirasida har payshanba
umumta‘lim maktablarida profilaktika kuni o‘tkazilishi va bu kunda maktab
miqiyosida ommaviy tarbiyaviy profilaktik ishlarga o‘quvchilarning katta qismi jalb
qilinishi belgilangan.
Jumladan, O‘quvchilar davomati va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish
davra suhbati, Internetning salbiy ko‘rinishlari-yoshlar tarbiyasiga ta‘siri tadbirlari,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
140
ISSN:3030-3613
kelajakka sog‘lom fikr bilan so‘rovnomasi,jinoyatchilikning ildizlari‖ suhbati, Yoshlar
va qonun‖ mavzusida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish borasidagi tadbirlar,
Jaholatga qarshi kurash mavzusida debat,bola tarbiyasiz tug‘iladimi? mavzusida
suhbat,”Ta‘tilni jinoyatlarsiz o‘tkazamiz” shiori ostida tadbirlar majmui va boshqa
ko‘plab tadbirlar shular qatoridandir. Ushbu tadbirlar mahalla faollari, profilaktika
inspektorlari, diniy tashkilot vakillari, yoshlar yetakchisi va boshqalar ishtirokida
tashkil etiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Huquqbuzarlik sodir etgan yoki xulqiy og‘ishlari ijtimoiy havf ehtimolini
yuzaga keltiradigan voyaga yetmaganlar umumta‘lim maktablarining ichki nazoratiga
olinishi belgilangan. Bunday o‘quvchilar qatoriga ta‘lim muassasalaridagi
mashg‘ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan va muntazam ravishda
qatnashmayotgan o‘quvchilar, ma‘muriy huquqbuzarlik sodir etganlar, notinch oila
farzandlari, tarbiyasi og‘ir bolalar, ta‘lim muassasalariga o‘tkir tig‘li ta‘qiqlangan
buyumlarni olib kelgan yoki olib kirishga uringan o‘quvchilar va ijtimoiy havfli
hattiharakatlarni sodir etgan voyaga yetmaganlar kiradi. Umumta‘lim maktablarida
yakka tartibda ishlashda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli bo‘lgan yoki qayta sodir
etish ehtimoli bo‘lgan bola barcha profilaktik tadbirlarning markazida bo‘ladi.
O‘quvchilar bilan yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib boruvchi mas‘ul
xodim sifatida sinf rahbari, yoshlar yetakchisi, maktab psixologi, tajribali
o‘qituvchilardan bir nafari (zarur hollarda bir necha nafar) bo‘lishi mumkin.
O‘quvchilar maktab ichki nazoratiga uch, olti, to‘qqiz oy va bir yil muddatga olinadi,
ushbu muddat o‘quvchining xulqida ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgunga qadar
uzaytirilishi mumkin. Mas‘ul xodimlar bolaning davomati, o‘zlashtirish
ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, u bilan suhbatlar o‘tkazish, bolaga turli sohada
maslaxat va yordam berish, bolaning oilasi bilan muntazam aloqa qilish, bolani o‘zi
qiziqqan to‘garakka biriktirish va boshqalarni amalga oshiradilar.
Huquqbuzarlik profilaktikasi sohasida shaxslarning huquqiy madaniyatini
yuksaltirish, huquqiy savodxonlikni oshirish, qonunlarga roiya qiladigan fuqarolarni
tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda
umumta‘lim maktablarida fan sifatida o‘tiladigan ―Huquqshunoslik‖ darslari o‘z
o‘rniga ega. O‘quvchilarga huquqbuzarlik, huquqiy javobgarlik, jazo, jinoyat,
huquqbuzarlikning oldini olish, huquq va axloq normalari kabi tushunchalar aynan
ushbu darslarda yoritilib, mavzuga oid muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bilan
mustahkamlanadi.
Ijtimoiylashuv va shaxsni shakllantirishda ta'lim tizimidagi ijtimoiy ish tobora muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatning barcha bolalarga to'laqonli ta'lim bera olish
qobiliyati - bu jamiyatning ijtimoiy sog'lomligining ko'rsatkichi va uning barqaror
rivojlanishining zaruriy shartidir. Zamonaviy jamiyatining o'zgaruvchan sharoitida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
141
ISSN:3030-3613
faqat mustahkam ta'lim insonga o'z mavjudligini ta'minlashga va ijtimoiy, kundalik,
kasbiy, mehnat va ijtimoiy funktsiyalarni bajarishga imkon beradi. Bugun to'laqonli
(boshlang'ich, o'rta, kasb-hunar) ta'lim olish imkoniyatidan mahrum bo'lgan kishi
ertaga o'zini o'zi ta'minlay olmaydiganlar qatoriga qo'shilib, jamiyatning
boqimandasiga aylanishi mumkin.
Pedagogika, shu jumladan ijtimoiy pedagogika, umumta‘lim maktablarida
voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarlik sabablari va manbalarini o'rganish hamda
jinoyatchilikning kamayishini ta'minlaydigan bunday profilaktika dasturini yaratish
uchun zarurdir. Deviant xatti-harakatlarning oldini olishni tashkil qilish jarayonida
ijtimoiy pedagogning vazifasi voyaga yetmaganlar bilan munosabatlarda haqiqiy
hamkorlik va sheriklik muhitini yaratishdir. Ularning ixtiyoriy ravishda yordam
so'rash prinsipi va yordam taklif qilish prinsipi bir xil darajada amal qiladi. Bolada
deviant xatti-harakatlarning oldini olish jarayonida ijtimoiy pedagog quyidagi
vazifalarni amalga oshiradi: diagnostika; ma‘lumot to‘plash va tahlil qilish; o‘qitish;
ma‘lumot berish; ijtimoiy va psixologik muammolarni hal qilishda yordam berish;
boshqarish. Ijtimoiy pedagoglar o‘quvchilarning ijtimoiylashuv jarayonlaridagi o‘ziga
xoslikni, individual xususiyatlarni o‘rganib, xulqiy og‘ishni boshidan o‘tkazayotgan
bolalarga amaliy yordam ko‘rsatadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi
profilaktikasi bo‘yicha umumta‘lim maktablarida quyidagi ishlarni amalga oshirish
maqsadga muvofiq bo‘lardi:
•
Umumta‘lim maktablarida psixologlarning malakasini muntazam oshirib
borish va ular uchun ta‘lim muassasasi hududida alohida xona ajratish.
•
Maktab yoshlar yetakchilari shtatiga qo‘shimcha ish o‘rnini ajratish.
•
Maktablardagi profilaktik ishlarga ijtimoiy ishchilarni jalb qilish. Bunda
huquqbuzarlik sodir etish havfi ostidagi o‘quvchi bilan birgalikda ularning oilasi bilan
ishlash imkoniyati kengayadi.
•
Umumta‘lim maktablarida o‘tiladigan huquq darslarida muammoli
vaziyatlar-kazuslar ishlash amaliyotini kengaytirish. Bunda o‘quvchilar nazariy
bilimlar bilan birga amaliy tajribani uyg‘unlashtirish imkoniga ega bo‘lishadi.
•
MMIBDOʻ bilan birgalikda maktab ichki nazoratiga olingan
o‘quvchilarning qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash hamda ularni to‘garaklarga,
seminarlarga jalb qilish amaliyotini takomillashtirish.O‘quvchilarning genogramma
va ekoxaritasini tuzishni yo‘lga qo‘yish. Bunda o‘quvchilarning oila a‘zolari va oila
bilan aloqada bo‘lgan tashkilotlar haqida yetarlicha ma‘lumot olish imkoni yaratiladi.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI :
1.
Sh.M. Mirziyoyev. 2017-yil 4-mart kuni qabul qilingan ―Huquqbuzarliklar
profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
142
ISSN:3030-3613
chora-tadbirlari
to‘g‘risida‖gi
2833-
sonli
Prezident
qarori.
https://lex.uz/docs/3141186
2.
O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi ―Voyaga yetmaganlar
o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida‖gi
qonunning 8-moddasi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami.-
T.,2010.,-
3.
№39.
4.
Костекова К.А.
«
Роль социального педагога в профилактике правонарушений
в подростковой с реде». https://infourok.ru/rol-socialnogo-pedagoga-v-
profilaktike-pravonarusheniy-vpodrostkovoy-srede-3776595.html
5.
Internet materiallari