Mualliflar

  • Valiyeva Gulchehra
  • Parpiyeva Komila

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97262

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: tarix tarixshunoslik tarix o'qitish metodikasi tarixiy tafakkur.

Annotasiya

 
Annotatsiya: O'tmish va tarixiy xotira insoniyat tarixining barcha davrlarida 
e'tibor  markazida  bo'lib  kelgan.  Mazkur  maqolada  tarix  o'qitish  metodikasining 
insoniyat taraqqiyoti bilan mos ravishda rivojlanish xususiyatlari mahalliy va xorijiy 
manba'lar asosida tahlil qilinadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

86

ISSN:3030-3613

TARIX O'QITISH METODIKASINING INSONIYAT TARAQQIYOTI

BILAN MOS RAVISHDA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Valiyeva Gulchehra

Namangan tuman 2-son politexnikumi

tarix fani o'qituvchisi.

Parpiyeva Komila

Namangan tuman 2-son politexnikumi

kimyo fani o'qituvchisi.


Annotatsiya:

O'tmish va tarixiy xotira insoniyat tarixining barcha davrlarida

e'tibor markazida bo'lib kelgan. Mazkur maqolada tarix o'qitish metodikasining
insoniyat taraqqiyoti bilan mos ravishda rivojlanish xususiyatlari mahalliy va xorijiy
manba'lar asosida tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar:

tarix, tarixshunoslik, tarix o'qitish metodikasi, tarixiy tafakkur.


O'tmish va tarixiy xotira insoniyat tarixining barcha davrlarida e'tibor markazida

bo'lib kelgan. Bu e'tibor natijasida ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar orqali tarixiy
hodisalar, shaxslar va jarayonlar bilan bog'liq ko'plab savollarga javob izlangan. Ushbu
jarayon inson o'tmishda nima sodir bo'lganligini yozishni boshlashi bilan va
tarixshunoslikni paydo bo'lishiga asos bo'lgan. Tarix o'qitish deganda, tarixiy material
vositasida o'quvchilarga bilim berish, ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash va kamol
toptirish vazifalarini amalga oshirish zarur bo'lgan jarayon, o'qituvchi va
o'quvchilarning aqliy (ichki) hamda o'quv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi.
Tarix kursining mazmuni deganda, birinchi galda tarix dasturida belgilab berilgan
tarixiy bilimlar ko'lami, o'quv materiali: uning asl mazmuni, o'quvchilarning tarixiy
materiallarni o'zlashtirish olgan bilimlaridan foydalana bilish sohasidagi o'quv usullari,
ko'nikma va malakalari sistemasi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining
eng oddiy shakllarini egallashlari ko'zda tutiladi. Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-
tarixiy vaziyat ularning ro'y berishidagi asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan
tadqiq etishda har tomonlama tahlil qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta
omil sanaladi. Ayniqsa, turli davrlarda yaratilgan tarixiy ilmiy asarlarda mualliflarning
tadqiqot masalalariga turlicha yondashuvlari va fikrlari, xulosalarning turlichaligi,
ularni ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish va tarixiylik, ilmiylik hamda xolislikka
asoslanilgan eng to'g'ri xulosalarni chiqarish bugungi kun tarixchi mutaxassislari
oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi. Bugungi kunda tarix fani sohasida ta'lim
olayotgan talabalar tarixga oid asarlardan foydalanish, ularni tahlil etish kabi
о'zlashtirish uslublari, ulardan foydalanish samaradorligini bilish haqidagi tarixiy
tadqiqot uslublari va ilmiy-tarixiy haqiqatga erishish yo'llarini anglashi lozim.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

87

ISSN:3030-3613

Majburiy ta'limning vujudga kelish sabablari o'rganilganda, tarix darsi o'sha

davrda ta'limga yuklangan vazifalarni bajarishda muhim rol o'ynaganini ko'rish
mumkin. Armiya, davlat va sanoat institutlariga kerak bo'ladigan itoatkor va uyg'un
fikrlaydigan shaxslarni tarbiyalashda tarix saboqlari muhim rol o'ynagan. Shu nuqtai
nazardan, tarixni o'qitishning boshlanishini tizimli dars sifatida XIX asr boshlarida
zamonaviy o'quv muassasalarida keng jamoatchilikka ta'lim berishni maqsadini
amalga oshirish uchun o'qitilgan. Bu davrda tarix fanidan juda uzoq vaqt davomida
asosan milliy o'ziga xoslikni rivojlantirish va itoatkor inson tarbiyalash maqsadda
o'qitilgan. Ikkinchi jahon urushigacha tarix saboqlari madaniyatni singdirish asosida,
itoatkor va yaxshi fuqarolarni tarbiyalash maqsadida olib borilgan. Biroq, ushbu
davrda ta'lim demokratlashtirish, inson huquqlari ahamiyatiga ega bo'lish va
urushlarning oldini olishda rol o'ynashi mumkinligi haqidagi fikr tarixni o'qitish
tushunchasini o'zgartirdi. Bundan tashqari, texnologik va iqtisodiy o'zgarishlar hayotni
murakkablashtirdi va odamlar ega bo'lishi kerak bo'lgan ko'nikma va malakalar
diversifikatsiya qilindi. Ushbu hodisalar an'anaviy tarix darsini qaytadan ko'rib
chiqishni talab etdi. 1960 yillarning oxirida Angliyada tarix darsi nomlar, son va
raqamlar, hamda elementlar asosida o'qitilishi tanqid qilindi. Debatlar shu qadar avj
olib ketdiki, ba'zi odamlar tarix kursini o'quv dasturidan olib tashlash kerak, chunki u
talabalarni o'sha kun sharoitida hayotga tayyorlay olmaydi degan mulohazalarni o'rtaga
qo'ydi. 60-yillarning oxirida ayniqsa Angliyada tanqid natijasida tarixni o'qitishda
ta'lim oluvchini tarixiy bilim va munosabatdan tashqari kundalik hayotga qanday
tayyorlashi mumkinligi keng ko'lamda tadqiq qilindi. Ijtimoiy so'rovnomalar o'tkazildi.
Ushbu tadqiqotlar natijasida ta'lim oluvchilar tarix darslari orqali qanday ko'nikmalarni
egallashlari mumkinligini aniqlandi. Boshqacha qilib aytganda, tadqiqot tarix darsini
zamonaviy hayot bilan qanday bog'lash mumkinligini ko'rsatishda muhim rol o'ynadi.
Angliyada tarix o'qitish sohasida olib borilgan tadqiqotlar 70-yillarda ham davom etdi.
Angliyada "Maktablar assambleyasi tarixi" loyihasi amalga oshirildi va mazkur loyiha
o'quvchilar orasida tarix darsida amaliy ko'nikma va malakalarni berish uchun ayniqsa
muhim rol o'ynadi. Ushbu loyiha orqali tarixni o'qitish tadqiqotga, so'roqqa, dalillarni
baholashga va baholangan dalillar orqali xulosa chiqarishga asoslangan bo'lishi
kerakligi isbotlandi. Maktablarda o'quvchilar so'ronomalar asosida tadqiqot olib borish
va detektiv kabi dalillarni baholash orqali o'tmishni o'rganish samarali ekani ma'lum
bo'ldi. Shunday qilib, talabalar ilmiy fikrlash va ularga berilgan ma'lumotlarning ilmiy
asoslanganligini aniqlash, shuningdek o'tmishni o'rganish kabi asosiy ko'nikmalar ega
bo'lishlariga erishildi. Angliyada "Yangi tarixni o'qitish" deb nomlangan bu jarayon
1980 va 1990 yillarda tez sur'atlar bilan davom etdi. Tarix kursi talabalarni kundalik
hayotga tayyorlashi kerakligini tushungan holda olib borilgan tadqiqotlar, ayniqsa
so'nggi yillarda Kanada va AQShda davom etmoqda. Tarixiy hodisalarni his etgan
holda birinchi manbalarga asoslangan holda o'rganishga bo'lgan harakatlar, "tarixiy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

88

ISSN:3030-3613

fikrlash ko'nikmalari" ni kun tartibiga olib keldi. 2000 yillarga kelib tobora muhim
ahamiyat kasb etadigan tarixiy fikrlash qobiliyatlari tarixni ta'sirchan, samarali va
ijodiy o'rganish usullaridan biri sifatida qo'llanildi. Tarixiy tafakkur ko'nikmalari
tarixiy bilimlarni tadqiq qilish va uning mohiyatin tushunish asosida beshta
kategoriyada jamlanadi.

Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, XIX asrdan boshlab rasmiy ta'lim

muassasalariga kirishni boshlagan tarix darslarining mazmuni va maqsadlarida jiddiy
o'zgarishlar yuz berdi. Taniqli metodist A.I.Strajev aytganidek: «Tarix o'qitish metodi
tarixiy material bo'yicha qilinadigan ana shu mantiqiy amaliyotlardan tashkil topadi».
O'qitish metodlarini ba'zan o'quvchilarning bilish faoliyati, faollik darajasiga qarab
klassifikatsiyalash tavsiya qilinadi. Bu tarzda ajratish o'qitish metodlaridan ko'ra,
ko'proq o'qitishning umumiy xarakteriga taalluqlidir. 60- yillarda tarix o'qitish
metodlari va ularni klassifikatsiyalash turlicha hal qilindi. Metodist A.I.Strajev «Tarix
o'qitishning tashkil etilishi, metodlari va vositalari tarix fanining ma'lum ta'lim-tarbiya
vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi»— deydi. Biroq, u ham o'qitishning asosiy
metodlarini tarixiy jarayonning o'zini o'rganish metodidan iborat qilib qo'yib, masalada
noaniqlikka yo'l qo'yadi. A.I.Strajev quyidagi o'qitish metodlarini tavsiya qiladi:

• tarixiy faktlarni o'rganish metodlari;
• xronologiyani o'rganish metodlari;
• mahalliy tarixiy voqealarni o'rganish metodlari;
• asosiy tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari;
• sabab-natija aloqalarni o'rganish metodlari;
• tarixiy jarayonning qonuniyatlarini ochib berish metodlari.
Ma'lumki, tarix o'qitish - o'qitish va o'rganishni tashkil etish jarayonidan iborat.

Metodist A.Strajevning klassifikatsiyasidan ham ko'rinib turibdiki, u faqat
o'qituvchining o'quvchilarni o'qitishini ko'zda tutadi, o'quvchilarning o'rganishini
tashkil etish va ularning o'rganishiga o'qituvchining rahbarlik qilishini e'tiborga
olmaydi. Ko'zga ko'ringan metodist V.G.Kartsev bu masalada boshqacha yo'l tutadi. U
metodlar sistemasiga o'quv harakteriga ega bo'lgan belgilar («Bayon qilish metodi»,
«so'rash metodi») va umumiy didaktiv vazifalar («materialni o'rganish metodi»,
«mustahkamlash metodi», «bilimni tekshirish metodi» va boshqalar) ni emas, balki
o'quvchilarning tarixiy voqealarni bilish qonuniyatlarini asos qilib oladi. Metodlar
haqidagi nazariyaning metodologii asosini, ya'ni jonli mushohadadan abstrakt
tafakkurga va undan amaliyotga o'tish tashkil etadi. Tarix mavzusiga kelsak, u ilgari
sodir bo'lgan voqealar bilan shug'ullanadi. Tarix dasturidagi mavzular odatda
o'quvchilarning kundalik hayoti va tajribalaridan uzoqda. Atrofimizdagi o'tmishdan
hozirgi kungacha ko'plab tarixiy qoldiqlar va materiallar mavjud bo'lsa-da, tarix o'z
mazmuni bo'yicha mavhum mavzu sifatida topilishi mumkin. Tarix darsining ushbu
xususiyati tufayli, ayniqsa yosh o'quvchilar o'z vaqtlaridan ancha oldin sodir bo'lgan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

89

ISSN:3030-3613

voqealarni tushunishda muammolarga duch keladi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak,
tarixni bugungi kun bilan bog'lamasdan o'qitishga harakat qilinganligi sababli, ba'zi
o'quvchilar nazarida tarix darsi zerikarli, tushunarsiz qator sonlar, raqamlar va
buyumlardan iboratdir. O'tmishimizni hozirgi kunga etkazishda foydalanadigan eng
muhim elementlardan biri bu tarixiy muhit. Tarixiy muhitda binolar, yo'llar, qasrlar,
tarixiy voqealar va tarixiy ob'yektlar bo'lgan ochiq joylar kabi ko'plab elementlar
mavjud. Bundan tashqari, xotiralar, xatlar, xaritalar, gazetalar, rejalar, otkritkalar,
shtamplar, tangalar, rasmlar, kitoblar va tarixiy narsalar tarixni o'qitishga hissa
qo'shadigan elementlardir. Tarix darslarida tarixiy muhit va narsalardan unumli
foydalanish orqali tarix darslarini yanada aniqroq va samaraliroq qilish mumkin.Tarix
darslarida tarixni hozirgi kunga yetkazish va bu darslarni yanada tushunarli va qiziqarli
qilishning usullaridan biri bu dars mazmuniga materiallar tayyorlash va tegishli o'quv
texnologiyalaridan foydalanishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

F.Sh.Aqchayev. Tarix fanini oqitishda innovatsion texnologiyalar. Oquv- uslubiy
qo`llanma.Jizzax-2014.8-b.

2.

A.Harris, Teaching and Learning in the Effective School. Aldershot: Ashgate,
1999. –P.401.

3.

I.S.Joldasov. Tarixni o'qitish metodikasi rivojlanishi tarixidan. "Science and
Education" Scientific Journal. August 2020 / Volume 1 Issue 5.196-b.

4.

Jalolov Jamol. Chet til o‘qitish metodikasi. “O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy
uyi, Toshkent – 2012.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

F.Sh.Aqchayev. Tarix fanini oqitishda innovatsion texnologiyalar. Oquv- uslubiy

qo`llanma.Jizzax-2014.8-b.

A.Harris, Teaching and Learning in the Effective School. Aldershot: Ashgate,

–P.401.

I.S.Joldasov. Tarixni o'qitish metodikasi rivojlanishi tarixidan. "Science and

Education" Scientific Journal. August 2020 / Volume 1 Issue 5.196-b.

Jalolov Jamol. Chet til o‘qitish metodikasi. “O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy

uyi, Toshkent – 2012.