T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
62
ISSN:3030-3613
GIPERTONIYA KASALLIGINING PAYDO BO`LISH SABABLARI
Tursunkulova Durdona Shuxrat qizi
SAMDTU Pediatriya fakulteti 4-kurs
Ilmiy rahbar:
Umarova S.S
Annotatsiya:
Gipertoniya – bu qon bosimining doimiy ravishda yuqori bo`lishi
bilan xarakterlanuvchi surunkali kasallikdir. Kasallikning rivojlanishiga turli omillar
sabab bo`ladi, jumladan, irsiy moyillik, noto`g`ri ovqatlanish, ortiqcha tuz iste`moli,
jismoniy harakatsizlik, semizlik, stress va zararli odatlar (chekish, spirtli ichimliklar).
Bundan tashqari, gipertoniya buyrak, yurak yoki endokrin tizim kasalliklari natijasida
ham yuzaga kelishi mumkin. Gipertoniyani erta aniqlash va doimiy nazorat qilish
yurak va miya insultini oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Kalit so`zlar:
gipertoniya, qon bosimi, irsiy omillar, tuz iste`moli, jismoniy
harakatsizlik, semizlik, stress, chekish, yurak xuruji, insult.
Аннотация:
Гипертония
—
это
хроническое
заболевание,
характеризующееся стойким повышением артериального давления. Причинами
её развития могут быть наследственная предрасположенность, неправильное
питание, избыточное потребление соли, недостаток физической активности,
ожирение, стресс и вредные привычки (курение, употребление алкоголя). Кроме
того, гипертония может быть следствием заболеваний почек, сердца или
эндокринной системы. Раннее выявление и контроль гипертонии играют важную
роль в профилактике инфарктов и инсультов.
Ключевые слова:
гипертония, артериальное давление, наследственные
факторы, потребление соли, гиподинамия, ожирение, стресс, курение, сердечный
приступ, инсульт
Annotation:
Hypertension is a chronic condition characterized by persistently
elevated blood pressure. Its development is influenced by various factors such as
genetic predisposition, unhealthy diet (especially excessive salt intake), physical
inactivity, obesity, stress and harmful habits like smoking and alcohol consumption.
Additionally, hypertension may result from underlying conditions such as kidney
disease, heart disorders, or endocrine system imbalances. Early detection and regular
monitoring of hypertension are essential in preventing heart attacks and strokes.
Keywords:
hypertension, blood pressure, genetic factors, salt intake, physical
inactivity, obesity, stress, smoking, heart attack, stroke.
Zamonaviy jamiyatda sog`liqni saqlash muammolari orasida yurak-qon tomir
kasalliklari yetakchi o`rinni egallamoqda. Ayniqsa, gipertoniya kasalligi- ya`ni arterial
qon bosimining doimiy ravishda yuqori bo`lishi-jahon bo`ylab millionlab insonlarning
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
63
ISSN:3030-3613
salomatligiga tahdid solmoqda. Bu kasallik asta-sekin rivojlanib, yurak, miya, buyrak
kabi muhim a`zolarga zarar yetkazishi mumkin. Maqolada gipertoniyaning paydo
bo`lishiga olib keluvchi asosiy omillar, ularning organizmga ta`siri va bu kasalliklarni
oldini olish choralariga e`tibor qaratiladi. Gipertoniya chuqurroq anglash va uning
sabablari bilan tanishish kasallikni erta aniqlash hamda sog`lom turmush tarzini
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Gipertoniya- qon tomirlarning nerv-funksional faoliyati buzilishi natijasida kelib
chiqadigan kasallikdir. Kasallik asosan 40 yoshdan kattalarda uchraydi, lekin so`nggi
yillarda yoshlarda ham tez-tez kuzatilmoqda. Bu darddan ayollar ham, erkaklar ham
bir xil aziyat chekishadi. Gipertoniya yurak-qon tomir tizimini kasalliklari bilan
xastalangan kishilarning o`limiga sabab bo`luvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi.
1733-yilda S.Xels otlarda arterial bosimni qonli usulini aniqladi. K.Lyudvig bu
usulni takomillashtirib, yozib oluvchi moslamalarga ulab o`ziga xos egri chiziqni yozib
oldi. Birinchi tartib to`lqinlar eng ko`p bo`lib, yurak qisqarishlariga bog`liq, sistolaga
to`g`ri keladi, diastolada ko`p tushadi. Yozib olingan tishchalar soni yurak urushlar
soniga tog`ri kelib puls to`lqinlari deb ham ataladi. Birinchi tartib to`lqinlarini yozib
olishni davom ettirilsa, u o`zgartirilganligini kuzatish mumkin. Bu ko`rsatkich nafas
olganda pasayib, nafas chiqarganda ko`tariladi, ya`ni nafas olish va chiqarish bilan
bog`liq. Shuning uchun ham bu to`lqinlarni nafas to`lqinlari yoki tartibdagi to`lqinlar
deb ataladi.
Gipertoniya kasalligining paydo bo`lish sabablari hozirgi kungacha muammo
bo`lib qolmoqda.
Kasallikning kelib chiqishida semizlik va kamharakat hayot tarzining o`rni katta.
Semizlik-sog`liq uchun zararli bo`lishi mumkin bo`lgan ortiqcha yog` birikmalarining
shakllanishi natijasidir. Kattalarda semizlik 30ga teng bo`lganda tana vazni indeksiga
mos keladi. Semizlikni oldini olish gipertoniya kasalligiga odamlarning chalinish
ehtimolini kamaytiradi.
Kasallik rivojlanishiga ta`sir o`tkazuvchi omillardan asosiysi kamharakat
turmush tarzi. Yosh o`tib brogan sari insonlarda ateroskleroz rivojlanishi mumkin, bu
o`zgarish fonida qon bosimining oshishi esa vaziyatni yanada jiddiylashtirib yuboradi.
Bu hayot uchun o`ta xavfli hisoblanadi, chunki toraygan qon tomirlar orqali miya,
yurak, buyraklarning bir qismiga qonning bormay qolishi yoki yetarli bormasligi
kuzatiladi. Agar qon tomir devorlarida tromb yoki xolesterin to`planmalari bo`lsa, ular
kuchli bosim vaqtida ajralib, kapillyar qon tomirlarida tiqilib, qon o`tishiga to`sqinlik
qilishi mumkin. Bu holda miokard infarkti yoki insult yuzaga keladi.
10ta har xil turmush tarziga ega bo``lgan insonlarning hayoti kuzatuv metodi
yordamida tekshiriladi. Ularning 5tasi faol turmush tarzida hayot kechiradi, ortiqcha
vaznga ega emas. Qolgan 5tasi esa bir necha yildan beri semizlikdan aziyat chekib
kelmoqsa, kamharakat turmush tarzida hayot kechiradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_5-to’plam_May-2025
64
ISSN:3030-3613
Tadqiqot natijalari shuni ko`rsatdiki, 5ta faol turmush tarzida hayot kechiruvchi
kishilarda gipertoniya kasalligi kuzatilmadi. Qolgan 5 nafar ishtirokchining 4tasida
gipertoniya kasalligi paydo bo`ldi.
Gipertoniya kasalligi asosan erkaklarda ayollarga nisbatan ko`proq uchraydi. Bu
kasallikning paydo bo`lishi to`g`risida Xels va Lyudvidlar tajribalar o`tkazishgan. Bu
tajribalar natijasida Lyudvig apparat ixtiro qilgan. Kasallikning paydo bo`lishida
semizlik va kamharakat hayot tarzining o`rni katta. Faol hayot tarzida yashovchi
kishilar kamharakat insonlarga nisbatan gipertoniya kasalligiga kamroq chalinadilar.
O`tkazgan tadqiqotimizda ham faol turmush tarziga amal qiluvchi kishilarda
gipertoniya kasalligi kuzatilmadi, aksincha semizlikdan aziyat chekuvchilarning
80%da gipertoniua kasalligi paydo bo`ldi. Tuz yoki aniqrog`i, unda mavjud natriy,
shuningdek, chekish, alkogolli ichimliklarni iste`mol qilish, semizlik ham yurak-qon
tomir tizimiga bosim o`tkazadi. Sog`lom hayot tarziga rioya qilish gipertoniya
kasalligining paydo bo`lishini oldini oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Gadaev.A.G Ichki kasalliklar. Toshkent ’’ Turon zamin ziyo” 2016-yil 192-bet.
2.
Obloqulova.I.A Gipertoniya kasalligini sabablari va davolash usullari.
Proceedings of International Educators Conference, 3(9), 174-179
3.
Yakubov S.X., Toirov A.T. Klinik farmakologiya asoslari. – Toshkent: «Fan va
texnologiya», 2021. – 320 b.
4.
World Health Organization (WHO). Hypertension guidelines 2021. – Geneva:
WHO Press, 2021.
5.
Kaplan N.M., Victor R.G. Kaplan's Clinical Hypertension, 11th Edition. –
Philadelphia: Lippincott Williams & Wilkins, 2015.
6.
Messerli F.H., Williams B., Ritz E. Essential hypertension. – The Lancet, 2007;
370(9587): 591–603