Mualliflar

  • Hojiakbar Komilov Umidjon o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97299

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar. Sovet davri O’zbekiston mustaqillik tarix taraqqiyot davrlashtirish ta’lim.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqola yurtimiz tarixining bir bo’lagi bo’lgan Sovet 
davrining  bugungi  davrda  o’qitishning  ahamiyati,  ushbu  davrning  yutuq  va 
kamchiliklari  haqida  shuningdek  ushbu  davrni  bugungi  kunda  Sovet  davrining 
o’qitilishi borasida so’z boradi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

247

ISSN:3030-3613

SOVET DAVRINI OʻQITISHNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI.

Hojiakbar Komilov Umidjon o’g’li

(

hkomilov0326@gmail.com

)

FarDU, tarix fakulteti, tarix yo’nalishi 1-kurs talabasi

Annotatsiya.

Ushbu ilmiy maqola yurtimiz tarixining bir bo’lagi bo’lgan Sovet

davrining bugungi davrda o’qitishning ahamiyati, ushbu davrning yutuq va
kamchiliklari haqida shuningdek ushbu davrni bugungi kunda Sovet davrining
o’qitilishi borasida so’z boradi.

Kalit so’zlar.

Sovet davri, O’zbekiston, mustaqillik, tarix, taraqqiyot,

davrlashtirish, ta’lim.

Абстрактный.

В данной научной статье рассматривается значение

преподавания советской эпохи, являющейся частью истории нашей страны, в
настоящее время, достижения и недостатки этого периода, а также преподавание
советской эпохи в этот период сегодня.

Ключевые слова.

Советская эпоха, Узбекистан, независимость, история,

развитие, периодизация, образование.

Abstract.

This scientific article discusses the importance of teaching the Soviet

era, which is a part of the history of our country, in the present day, the achievements
and shortcomings of this period, as well as the teaching of the Soviet era in this period
today.

Keywords.

Soviet era, Uzbekistan, independence, history, development,

periodization, education.


O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan keyingi o‘tgan 34

yil davomida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
sohalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir
qator yangilanishlar amalga oshirilib, barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan
islohotlar rivojlantirilib borilmoqda. Hozirgi globallashuv jarayonida jahonda yuz
berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun-
mohiyatini tahlil etish, turli xil yot g‘oyalardan yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy
tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oliy ta’lim muassasalarida
O‘zbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur o‘rganish yosh mutaxassislarning
bugungi davr siyosatini, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini, davr qahramonlarini, ayniqsa
bugungi yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida o‘zining ham shu jarayondagi faol
ishtirokchi ekanligini to‘g‘ri va to‘liq anglashi jamiyat taraqqiyotida muhim
ahamiyatga ega.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

248

ISSN:3030-3613

Mustaqillik yillari mamlakatimiz ta’lim sohasida yuz bergan o‘zgarishlar tufayli

mamlakatimizda kadrlar tayyorlash sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Ayniqsa
«Yangilanayotgan O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash» g‘oyasi ostida bugungi
kunda kechayotgan o‘zgarishlar ta’lim tizimini ham chetlab o‘tayotgani yo‘q.
O‘zbekistonda

Oliy

ta’limni

rivojlantirishning

2030-yilgacha

bo‘lgan

konsepsiyasining qabul qilinishi, qo‘shma dasturlar orqali nufuzli oliy o‘quv yurtlari
bilan o‘zaro hamkorliklarning yo‘lga qo‘yilishi, O‘zbekistonda dunyoning etakchi oliy
o‘quv yurtlarining filiallarining ochilishi, xalqaro reyting va indekslarda respublika
oliy ta’lim tizimining nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar buning
misolidir.

Malakali kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, bugungi kunda ta’lim

to‘g‘risidagi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Unda mamlakatimizda mustaqillik
yillari ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohatlar va undagi ayrim kamchilik va
nuqsonlarni tanqidiy tahlil etilgan holda bu tizimda o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Oily o‘quv yurtlarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab
chiqildi. Fanlarni optimallashtirish yo‘lidan borilmoqda.

O‘zbekiston tarixi ko‘hna bo‘lib, olamshumul voqeliklarga juda boy.

Mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri hisoblanib, O‘zbekiston
tarixi qadim va yaqin ajdodlarimizning hayotiy kechmishlari qanday bo‘lganligi, jahon
tarixi taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini holisona va haqqoniy o‘rganadi. Umuman,
O‘zbekiston tarixi fani ajdolarimiz hayotida sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni tahlil
qilishni, ularning sabablari va mohiyatini, ichki va tashqi omillarini, umumiy va o‘ziga
xos qonuniyatlarini ochib berishni ko‘zda tutadi. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish
masalasi o‘ta muhim masala bo‘lib, u fanning tub ilmiy-nazariy asoslarini tashkil etadi.
Ma’lumki O‘zbekiston tarixi sovet davrida eng qadimgi davrdan boshlab 5 ta
taraqqiyot bosqichiga: ibtidoiy, quldorlik, feodalizm, kapitalistik, sotsialistik
(kommunistik) jamiyatlarga bo‘lingandi. Mustaqillik yillarida tarixchi olimlar «Yangi
tarix» ta’limoti va tarix fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslariga suyangan holda
shonli boy tariximizni ilmiy asosda davrlashtirish sohasida ma’lum yutuqlarni qo‘lga
kiritdilar va tarixni sinflar kurashidan iborat, deb tushunish, uni 5 ta formatsiyaga
bo‘lishdan batamom voz kechdilar. O‘zbekiston tarixiga oid dastur, darslik, va o‘quv
qo‘llanmalari sovet tuzumi davrining soxta, to‘qima materiallaridan butunlay holi
qilindi.

1917—1990-yillarda ijtimoiy-siyosiy, madaniy sohalarda kommunistik mafkura

taʼlim-tarbiyaning asosi qilib qoʻyilishiga qaramay, xalqimizning tafakkuri, maʼnaviy
darajasi, pedagogik ongi rivojlanib bordi. Shoʻro siyosatida asosiy eʼtibor xalqda oʻz
tarixi, milliy madaniyati, milliy qadriyatlaridan, ayniqsa yoshlar qalbini milliy gʻurur,
milliy iftixor, oʻz ajdodlari bilan faxrlanish tuygʻusidan mahrum qilishga qaratildi;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

249

ISSN:3030-3613

taʼlim-tarbiyada oʻquvchilarda kommunistik axloqni tarkib toptirish asosiy vazifa qilib
qoʻyildi.

Sovet davrida Oʻzbekistonda taʼlim holati boʻyicha yozilgan adabiyotlarda

mahalliy aholi “savodsiz” hisoblanib, kamsitilgan, yurtimizda taʼlimning ming
yillardan ziyod vaqt mobaynida mukammal shakllangani va oʻzining betakror
anʼanalariga ega boʻlgan tizimi eʼtibordan chetda qolgan. Sovet mualliflarining
asarlarida hukumatning salbiy siyosatlarini berkitish maqsadida oʻziga xos boʻlgan
taʼlimdagi voqeliklarni buzib koʻrsatish hollari kuzatiladi. Vatanimiz tarixining barcha
bosqichlarini ilmiy asosda xolisona oʻrganish va unga obyektiv baho berish davlat
siyosati darajasiga koʻtarildi. Bu boradagi ishlarda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni
qudratini, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu- ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir. Ertangi
kunimiz, Vatanimizning yorugʻ istiqboli, birinchi navbatda, taʼlim tizimi va
farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bogʻliq”, degan
koʻrsatmasi asos vazifasini bajarmoqda. O‘tmish tarixiga nazar tashlash shuni
ko‘rsatadiki, O‘zbekiston xalq maorifi tadqiq etilayotgan davrga qadar taraqqiyotning
uzoq yo‘lini bosib o‘tgan. Uning ildizlari qadim o‘tmishga borib taqaladi. Xalqimiz
azaldan yuksak ma’naviyati, ma’rifati va ilmga chanqoqligi bilan ajralib turgan.
To‘plangan ma’lumotlar shundan dalolat berdiki, Turkiston milliy aholisining asosiy
qismisovet hokimiyati boshlagan ishlarni qo ‘llamadi, sababi bu ishlar avval boshidan
milliy o`zlikni bo‘g‘ish, buyruqbozlik hokimiyatini o‘rnatish, ilgarigi chor Rossiyasi
va “milliy o‘lkalar” o‘rtasidagi munosabatlar notengligini davom ettirish, yoppasiga
ruslashtirish kabi harakatlarga yo‘naltirilgan edi.

Sovet sotsiolistik tuzum oʻrnitilishi bilan yosh avlodni fan asoslari politexnika

bilimlari bilan qurollantirish, oʻquvchilarni internatsionalizm ruhida, Sovet davlatiga
va kommunistik gʻoyalarga sadoqat ruhida tarbiyalashni oʻz oldiga asosiy maqsad
qilib, buni maktablar, bogʻchalar ochish orqali amalga oshirish edi. Sovet
mustamlakachilari diniy maktablar va jadid maktablari haqida mahalliy millat bolalari
va yoshlarini haqiqiy madaniyatining keng, yorugʻ yoʻldan chetga tortadigan, ularni
diniy xurofotlar bilan zaharlaydigan va quruq qiroatxonlikka oʻrgatadi degan notoʻgʻri
va yolgʻon vajlarni keltirib oʻzbek xalqining ming yillardan beri shakllanib kelayotgan
milliy madaniyatini yoʻq qilishga urinardi. Maktablarda siyosiy tarbiyani yoʻlga
qoʻyishga va uni takomillashtirib borishga eʼtibor berdi. Buning uchun uzoq tarixga
ega boʻlgan eski milliy taʼlim–tarbiya tizimini tag-tomiri bilan yoʻq qilish talab
qilinardi. Sotsializm davri maktablarda oʻquv-tarbiya ishlari mazmuni tuzumning
maqsadi asosida oʻzgardi. Din taʼqiqlandi, tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi.
Adabiyot darslarida esa koʻproq rus yozuvchilarining asarlari bilan tanishtirishga
ahamiyat berildi. Matematika, fizika, ximiya fanlarini oʻqitiish amaliyot biln


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

250

ISSN:3030-3613

bogʻlashga eʼtibor qaratildi. Siyosiy iqtisod, revolyutsion harakat va sotsializm tarixini
oʻrganishga keng yoʻl ochildi.

Mustaqillikdan keyingi yillarda chop etilgan Oʻzbekiston SSR tarixi haqidagi

koʻpgina mualliflarning monografiyalari, maqolalari va ilmiy izlanishlaridan, jadid
matbuotlarida nashr etilgan sovet maktablari haqdagi maqolalardan shuni anglash
mumkinki, oʻsha davrlarda darsliklar bilan taʼminlanish ishi juda yomon ahvolda
ekanligi, yangi darsliklar shoʻrolar mafkurasiga moslanganligi, yoshlarni sotsiolistik
ruhda tarbiyalash, ularni bilimli emas, balki koʻproq mehnatkash ishchi kuchi qilib
tayyorlash maqsadidaligi yaqqol koʻza tashlangan.

1-bosqich boshlangʻich maktablari uchun yaratilgan darsliklar metodik jihatdan

juda koʻp nuqsonlarga ega edi.

2-bosqich maktablar uchun esa darsliklar umuman yoʻq edi. “Ayrim darsliklarda

ideologik jihatdan zararli materiallar kiritilgan, unda panislomizm hamda panturkizm
gʻoyalari targʻib qilingan, revolyutsiyadan oldingi ijtimoiy munosabatlar buzib
koʻrsatilgan, Oʻrta Osiyoning Rossiyaga qoʻshib olinishini qoralovchi uydirma gaplar
qoʻshilgan deb darsliklarni qayta koʻrib chiqish va yangi darsliklar yaratish va uni
nashr ettirish xalq maorifining eng dolzarb vazifasi qilib qoʻyildi”. Maktab darsliklarini
puxta qarab chiqish va vaqtinchalik bir chora sifatida rus tilida tabiiy fanlar boʻyicha
avval tuzilgan eng yaxshi darsliklarni oʻzbek tiliga tarjima qilish zarurati tugʻildi.
Maktablar uchun darsliklar tayyorlash hamda chop etish ishiga rahbarlik qilish
maqsadida maxsus oʻquv-nashryot komissiyalari tuzildi, ular faoliyati Xalq maorifi
komissarligi tomonidan muvofiqlashtirib turildi. Hukumat maktablar tarmogʻini
tiklash hamda kengaytirish uchun mablagʻlar izlab topar edi. Maktab ahvolini
yaxshilash, oʻquvchilarning ovqatlanishini uyushtirishga qaratilgan tadbirlarda yer
uchastkalarini ajratish, boylarning uy-hovlilarini rekvizitsiya (molmulkning qiymatini
toʻlash sharti bilan, majburiy ravishda davlat ixtiyoriga olish, aslida mol-mulk
qiymatlari toʻlanmagan holatlari koʻp uchragan) qilish, sanoat korxonalarining
maktablarga otaliq yordamini tashkil etish va hokazolar edi. Maorif xalq komissarligi
uchun kadrlar masalasi maktab qurilishidagi bosh muammo edi. Yangi tuzum
pedagoglarini

tayyorlash,

ayniqsa,

birinchi

navbatda

mahalliy

maktablar

oʻqituvchilarini tayyorlash uchun har tomonlama chora-tadbirlar belgilandi. Binobarin,
oʻqituvchilar tayyorlash butunlay yangicha negizda-qisqa muddatli kurslar orqali
yoʻlga qoʻyildi. Qisqa muddatli kurslar tizimi, eng avvalo boʻlajak oʻqituvchilarda
siyosiy ongni shakllantirishga va faqat yangi rejimning mafkuraviy yoʻl-yoʻriqlarini
oʻzlashtirishga qaratilgan edi. Kurslarning dasturlari, xususan, sotsializm va inqilobiy
harakat tarixini, siyosiy iqtisod hamda milliylashtirish va ijtimoiylashtirish gʻoyalarini,
bolshevistik partiyaning dasturlari hamda taktikasini oʻrgatishni oʻz ichiga olgan edi.

Xulosa qilib aytganda, sovet davri O‘zbekiston tarixi iqtisodiy, siyosiy va

madaniy o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi. Paxta sanoati mamlakatning iqtisodiy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_5-to’plam_May-2025

251

ISSN:3030-3613

rivojlanishida muhim rol o‘ynagan bo‘lsa-da, bitta mahsulotga tayanish ekologik
muammolarni keltirib chiqardi. Siyosiy jihatdan, markazlashgan boshqaruv tizimi
mahalliy madaniyatni chekladi, ammo mustaqillikka intilish harakatlari xalqning
milliy identitetini saqlashga yordam berdi. Madaniyat sohasida yangi yo‘nalishlar
paydo bo‘ldi, lekin ijodiy erkinlik cheklangan edi. Sovet davrining o‘zgarishlari
bugungi O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va madaniy muhitini shakllantirishda
muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqot O‘zbekiston tarixini yanada chuqurroq
tushunishga yordam beradi va kelajakdagi rivojlanishga yo‘l ochadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Ўзбекистон мустақиллик йилларида. - Тошкент: Ўзбекистон, 1996.

2.

Rasulov. R. (2019). Sovet Ittifoqi davridagi O‘zbekiston: Iqtisodiy va madaniy
o‘zgarishlar. Toshkent: Fan va texnologiyalar.

3.

Turaev. M. (2020). Sovet davrida O‘zbek adabiyoti va san’ati. O‘zbekiston
adabiyoti va san’ati, 8(3), 33-42.

4.

Ўзбекистон тарихи. Р.Ҳ.Муртазаеванинг умумий таҳрири остида. – Тошкент,
2005.

5.

Тошев, С. (2020). Ўзбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври тарихини
ўрганишда турк тилидаги манбаларни ўрни. InТарихий манбашунослик,
тарихнавислик, тарих тадқиқотлари методлари ва методологиясининг
долзарб масалалари (pp. 121-127).

6.

Ўзбекистон халқининг дини, маданияти ва урф-одатлари: тарих ва ҳозирги
266 ҳолат. - Тошкент: ТИУ, 2011.

7.

N.Rahmonov. A.Umaraliyev Sovet Oʻzbekistoni madaniyati tarixi ocherklari.,
Toshkent., “Oʻqituvchi”.,1984.,-B.204.

8.

Oʻzbekiston tarixi 1917-1991-yillar.1-kitob. 1917-1939-yillar, Oʻzbekiston
nashryoti, T.2019, 341 bet)

9.

E.Q.Qodirov Oʻzbekiston umumtaʼlim maktablarining rivojlanish tarixi (1917-
1975). Oʻqituvchi., Toshkent.,1979.,-B.348

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar.

Ўзбекистон мустақиллик йилларида. - Тошкент: Ўзбекистон, 1996.

Rasulov. R. (2019). Sovet Ittifoqi davridagi O‘zbekiston: Iqtisodiy va madaniy

o‘zgarishlar. Toshkent: Fan va texnologiyalar.

Turaev. M. (2020). Sovet davrida O‘zbek adabiyoti va san’ati. O‘zbekiston

adabiyoti va san’ati, 8(3), 33-42.

Ўзбекистон тарихи. Р.Ҳ.Муртазаеванинг умумий таҳрири остида. – Тошкент,

Тошев, С. (2020). Ўзбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври тарихини

ўрганишда турк тилидаги манбаларни ўрни. InТарихий манбашунослик,

тарихнавислик, тарих тадқиқотлари методлари ва методологиясининг

долзарб масалалари (pp. 121-127).

Ўзбекистон халқининг дини, маданияти ва урф-одатлари: тарих ва ҳозирги

ҳолат. - Тошкент: ТИУ, 2011.

N.Rahmonov. A.Umaraliyev Sovet Oʻzbekistoni madaniyati tarixi ocherklari.,

Toshkent., “Oʻqituvchi”.,1984.,-B.204.

Oʻzbekiston tarixi 1917-1991-yillar.1-kitob. 1917-1939-yillar, Oʻzbekiston

nashryoti, T.2019, 341 bet)

E.Q.Qodirov Oʻzbekiston umumtaʼlim maktablarining rivojlanish tarixi (1917-

. Oʻqituvchi., Toshkent.,1979.,-B.348