Mualliflar

  • Ro'zimboyeva Shahlo Komil qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97387

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: ta`lim-tarbiya muammo yechim rivojlanish psixologiya masala shakllanish jarayon maktab faoliyat koʻnikma

Annotasiya

Annotatsiya:  Pedagogik  psixologiya -  taʼlimva tarbiya muammolarini  tadqiq 
qiladigan psixologiya sohasi.  U  shaxsning  maqsadga  muvofiq  rivojlanishini,  bilish 
faoliyatining  va  insonda  ijtimoiy  ijobiy  sifatlarni  tarbiyalashning  psixologik 
muammolarini oʻrganadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

65

ISSN:3030-3613

PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING SHAXS SHAKLLANISHIDAGI OʻRNI

VA AHAMIYATI

Ro'zimboyeva Shahlo Komil qizi

Xorazm viloyati Shovot tumani Komiljon Otaniyozov

nomidagi 39-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi

Annotatsiya:

Pedagogik psixologiya - taʼlimva tarbiya muammolarini tadqiq

qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish
faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik
muammolarini oʻrganadi

.

Kalit so`zlar

:

ta`lim-tarbiya, muammo, yechim, rivojlanish, psixologiya,

masala, shakllanish, jarayon, maktab,faoliyat,koʻnikma

KIRISH

Pedagogik psixologiyaning maqsadi, sharoit va boshqa psixologik omillardan

kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirishdir.
Pedagogik psixologiya XIX-asrning 2-yarmida vujudga kelgan.

Eksperimental

psixologiya

tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta hissa qoʻshganlar.

Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida oʻsha davrda yuzaga kelgan
psixologik yoʻnalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang

Bixeviorizm

)

psixologiya yoʻnalishi tarbiyachi va oʻquvchiga tashqi muhitning taʼsirini Pedagogik
psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar
psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uzviy bogʻliq.

Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psixologiyasi va tarbiya psixologiyasiga

boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasi oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol,
irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti,
harakte-ri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos tomonlari, taʼlim jarayonini
boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi. Hozirgi zamon taʼlim
psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil
oʻzlashtirish imkoniyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni
taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir. Tarbiya
psixologiyasining asosiy vazifasi - maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning
shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining
shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv
materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil
bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.

Ta‘lim xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri har tomonlama yetuk,

barkamol shaxsini tarbiyalash va ularga bilim berish asosida kasb-hunarga yo‘naltirish


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

66

ISSN:3030-3613

hamda mustaqil hayotga tayyorlashdir. Bunday mas‘uliyatli vazifalarni bajarish uchun
o‘quvchi shaxsini har tomonlama chuqur o‘rganish zarur. Buning uchun o‘qituvchi
o‘quvchilarning qiziqishi, qobiliyati, layoqati va boshqa individual sifatlari
shakllanishining psixologik qonuniyatlarini bilishi hamda ulardan ta‘lim jarayonini
tashkil etishda to‘g‘ri foydalana olishi lozim. Bunda psixologik – pedagogik tashxis
daftari yordam beradi, chunki mazkur daftar o‘qituvchiga har bir o‘quvchining
individual psixologik xususiyatlarini, ko‘nikma va malakalarini, qobiliyat va
layoqatlarini aniqlash, uning rivojlanish dinamikasini kuzatish hamda zarur hollarda
oquvchiga korrektsion yordam ko‘rsatish imkonini beradi.

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma‘lumki, har bir fan

oʼzining

tayanch tushunchalari,

qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega.

Aynan mana shu holat uning fan sifatida e‘tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning
mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta‘minlash, ta‘lim va
tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini
yoritadi. Hozirgi davrdagi zamonaviy pedagogik psixologiyaga toʻxtalib oʻtadigan
boʻlsak, uning zamirida shaxsni rivojlantiruvchi taʼlim yordamida shaxsga taʼlim
berish va uni tarbiyalash yotadi, shu bois pedagogik psixologiya bir necha turlarga
ajratiladi.

1.

Ta‘lim psixologiyasi

2.

Tarbiya psixologiya

3.

Oʻqituvchi psixologiya

Ta‘lim psixologiyasi – ta‘lim jarayonida tafakkur, xayol, nutq, xotira va

irodaning ahamiyati shu bilan bir qatorda oʻquvchining individual sifatlari ya‘ni
temperamenti, qiziqishlari va xarakteri, shuningdek ta‘lim jarayonini boshqarishning
psixologik tamoyillarini oʻrganuvchi pedagogik psixologiyaning bir turi hisoblanadi.
Tarbiya psixologiyasi – maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida oʻquvchini
rivojlantirish metodlarini yaratish, oʻquvchining axloqiy jihatlarini shakllanishiga katta
eʼtibor qaratish pedagogik psixologiyaning ushbu turining asosiy funksiyasidir.
Oʻqituvchi psixologiyasi bu – pedagogik psixologiyaning oʻquvchilarning oʻrganish
jarayonida vujudga keladigan turli xil muammo va masalalarini aniqlash, ularni tahlil
qilish va yechim topish bilan shugʻullanuvchi boʻlimi boʻlib, bu boʻlimning
muhimliligi shundaki, bunda oʻqituvchi oʻquvchilarni taʼlim jarayonida yuzaga
keladigan muammolarni oʻquvchining oʻzi oʻz ustida ishlashi, xatolarini analiz qilishi
orqali bartaraf etishiga yordam beradi.

O’qitish o’quvchining bilim faoliyatini o’stirish bo’lib, ikki tomonlama

jarayondir. Bu jarayon o’qituvchi va o’quvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bu
jarayonda o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga ularning yoshi va individual
hususiyatlari hisobga olingan holda fanlar asoslari singdiriladi. O’qituvchining faol


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

67

ISSN:3030-3613

faoliyati tufayli o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish maqsadi amalga oshiriladi.
Bilimlarni o’zlashtirish o’quvchining bilish faoliyatidir. Bu faoliyat tufayli
o’quvchilarga bilim, iqtidor, malakalar singdiriladi, ular shaxsi shakllantiriladi. O’qish
faoliyati tufayli o’quvchilar tabiat va jamiyatga doir bilim asoslari bilan qurollanadilar.

Hozirga vaqtda ta’limning bir qancha shakllari bor. Bular o’quvchining

obyektiv olamga faol munosabatida nomoyon bo’ladi va uning o’yin, mehnat va o’qish
faoliyatida aks etadi.Shuni ta’kidlash lozimki, o’quvchining faoliyati davomida bilim
o’zgarib. Aniqlashib boradi. O’quvchining bilim zonasi uning og’zaki va yozma nutqi
orqali yuzaga chiqadi.

XULOSA

Pedagogikaning

psixologiya bilan uzviy bogʻliqligi. Oʻquvchi va

tarbiyalanuvchilarni komil shaxs qilib yetishtirish, ularni bilimli kadr qilib
tayyorlashda pedagogik bilim va mahoratning oʻzi kamlik qiladi, bunga asos qilib rus
pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiyning pedagogika uchun oʻz ahamiyatiga koʻra
barcha fanlardan koʻra psixologiya barcha fanlar orasida eng birinchi oʻrinda turadi,
insonni har jihatdan tarbiyalash uchun uni har jihatdan oʻrganish darkor deb aytgan
soʻzlarini olsak boʻladi. Pedagogika bilan psixologiya oʻzaro hamkorligi va aloqasini
an‘anaviy va azaliy boʻlib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida
amalga oshirishdagi roli va nufuzi oʻziga xosdir. Pedagog oʻquvchiga taʼlim va tarbiya
berish uchun nafaqat oʻz mutaxassisligi boʻyicha chuqur bilimga ega boʻlishi, balki
psixologiya sohasidan ham boxabar boʻlishi talab etiladi. Chunki, tarbiyalanuvchiga
uchta yoʻnalish boʻyicha taʼsir oʻtkaziladi – ongiga, sezgisiga va xulqiga.
Oʻquvchining ongiga taʼsir oʻtkazish orqali uning dunyoqarashini, istaklarini va xatti-
harakatlarini oʻzgartirish, shakllantirish va rivojlantirish mumkin. Psixologik bilim
oʻqituvchiga tarbiyalanuvchilarning xarakterini, qiziqish va istaklarini shu bilan bir
qatorda bilim qabul qilish darajasi va uslublarini tushunish, va soʻngra ushbu uslublarni
optimallashtirish, shularga muvofiq tarzda oʻrganuvchini taʼlim va tarbiya jarayoniga
yoʻnaltirishiga hissa qoʻshadi. Aynan mana shu sabablarga koʻra, pedagog kadrlar
tayyorlaydigan Oliy oʻquv yurtlarida psixologiya fani albatta oʻqitiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:

1.

Ibragimov

X.I.,

Yoldoshev

U.A.,

Bobomirzayev

X.

Pedagogik

psixologiya.0‗zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2009. 400 b. 2.
Goziyev E. Umumiy psixologiya. Toshkent, ―Universitet‖ nashriyoti, 2002. 167
b.

2.

Fazliyev, J. (2017). Drip irrigation technology in gardens. Интернаука. Science

Journal, 7(11).

3.

Sadirovich, S. N. (2022). The Significance of Problem Situation Assignments in

Teaching the Science of Machine Details.

Central Asian Journal of Theoretical

and Applied Science

,

3

(8), 30-32.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_7-to’plam_May-2025

68

ISSN:3030-3613

4.

Худайев, И., & Фазлиев, Ж. ТЕХНОЛОГИЯ КАПЕЛЬНОГО ОРОШЕНИЯ

САДОВ И ВИНОГРАДНИКОВ. JURNALI, 176.

5.

E.G‘oziyev-Umumiy psixologiya,2002.

6.

Internet materiallari




Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:

Ibragimov X.I., Yoldoshev U.A., Bobomirzayev X. Pedagogik

psixologiya.0‗zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2009. 400 b. 2.

Goziyev E. Umumiy psixologiya. Toshkent, ―Universitet‖ nashriyoti, 2002. 167

b.

Fazliyev, J. (2017). Drip irrigation technology in gardens. Интернаука. Science

Journal, 7(11).

Sadirovich, S. N. (2022). The Significance of Problem Situation Assignments in

Teaching the Science of Machine Details. Central Asian Journal of Theoretical

and Applied Science, 3(8), 30-32.

Худайев, И., & Фазлиев, Ж. ТЕХНОЛОГИЯ КАПЕЛЬНОГО ОРОШЕНИЯ

САДОВ И ВИНОГРАДНИКОВ. JURNALI, 176.

E.G‘oziyev-Umumiy psixologiya,2002.

Internet materiallari