T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_7-to’plam_May-2025
48
ISSN:3030-3613
FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALIK MAS’ULIYATINI
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Maxmudova Zulayxo Shavkatovna
Quva tumani MMTB 16- maktab psixologi
ANNOTATSİYA
Oila – muqaddas. Ammo, bu muqaddas oilani barpo etish,mustahkamligini
taminlash va ko’p yillar davomida oilani saqlab qolish oson ish emas. O’zimizning
o’zbek oilalari urf- odatlariga nazar soladigan bo’lsak, sovchilik, kattalar roziligi,
kattalar kelishuvi va oxiri yoshlar tanishuvi bilan to’y o’tkazib yuborishadi. Undan
keyingi hayot kelinlik uyidagi muhit, urf – odatlar bilan davom etadi. Yosh oila, yoki
ota-ona bilan, yoki alohida yashashni boshlaydi. Aksariyat hollarda, ota-ona va shu
oila a’zolari bilan birgalikda murosa qilib yashashga to’g’ri keladi. Yoshlar hayotida
yangi bosqich – bir biriga o’rganish, ko’nikish boshlanadi. Kattalar gapi bilan, ya’ni
oilani mustahkamlash bahonasida tezroq farzand ko’rish mavzusi muhokamada
bo’ladi. Eng katta ma’suliyat mana shu davrdan boshlanadi.
Kalit so’zlar:
Oila, farzand, tarbiya, oilaviy muhit, psixologiya, oila
psixologiyasi.
KIRISH
Biz farzand degan tushunchani yaxshi tushunib olishimiz shart. Chunki bu –
alohida katta bir tubi cheksiz bo’lgan mavzu. Farzand bu – o’yinchoq emaski, xohish
istaklarni qondirish uchun xoxlagan paytda dunyoga keltirsa. U bir individ, shaxs.
Farzandni dunyoga keltirish va uni shaxs sifatida har tomonlama yetuk inson qilib
tarbiyalash, imkoniyatlar yaratib berish biz ota onalarning eng katta masuliyatimiz
ekanligini tushinib olishimiz lozim. Eng avvalo, oiladagi muhit va urf – odatlarimizni
to’g’ri yo’lga qo’yib olishimiz zarur. Ota – ona birinchi o’rinda, farzand tarbiyasini
nazorat qilishi uchun, o’zidagi nuqsonlarini tarbiyalashi, kamchiliklarini bartaraf
qilishi va ular ustida ishlashi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bolalarning rivojlanishiga oila hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. Xo’sh, farzand
tarbiyasi qaysi paytdan boshlanadi? Farzand tarbiyasi ona qornidan, embrionlik
davridan boshlanadi. Ona farzand kutayotganini bilgandan so’ng, onalik instinkti
uyg’onib, o’zi va bolasini ehtiyot qila boshlaydi. Bolaning yaxshi rivojlanishi uchun
toza havoda sayr, o’z vaqtida to’g’ri ovqatlanishga e’tibor qaratadi. Bu jarayon farzand
tug’ilganidan keyin ikki hissaga oshadi. Bola ona qornida rivojlanib borar ekan,
o’zining xarakterini ko’rsatib, ona bilan muloqotga kirishadi. Farzandning mehr
muhabbatga hissi uyg’onadi. Oiladagi bo’lib o’tadigan har bir muhit o’z ta’sirini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_7-to’plam_May-2025
49
ISSN:3030-3613
ko’rsatadi. Farzand dunyoga kelgach, biz uning sog'lom bo'lishini va aqliy jihatdan
yaxshi rivojlanishini xoxlaymiz, uning qanday inson bo'lishini oxirgi o’ringa qo’yamiz.
Ingliz faylasufi DJ.Lokkning fikriga ko'ra bolaning qalbi, nimani xoxlasa shuni
yozish mumkin bo'lgan oq qog'ozga o'xshaydi". Bu oppoq qog'ozni yaxshi narsalar
bilan ham, yomon narsalar bilan ham, to'ldirish ota-onaga bog’liq. Bola tarbiyasida
otaona birdek masulyatga ega bo'lishi lozim. Faqatgina ona yoki ota tarbiyasi bola
tarbiyasining shakillanishida salbiy ta’sir ko'rsatishi ham mumkin. Avvalambor, bola
tarbiyasida oila mustaxkamligi birinchi o'rinda turadi. Har bir inson o'z ishi bilan band
bo'lgan bugungi kunda ota-onalar ko'pincha farzandlari bilan vaqt o'tkazish
kerakligini unutishadi. E’tibor va muloqot yetishmasligi bolaning hissiy rivojlanishiga
salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligi haqida o’ylab ko’rish, oilaviy rishtalarni
mustahkamlash uchun bolalar bilan muloqot qilish, o'ynash va yetarlicha vaqt ajratish
haqida o’ylab ko’rish kerakligi oilaning eng birinchi vazifalaridan ekanligini yoddan
chiqarmasliklari lozim. Bugungi kunda bu eng dolzarb masala hisoblanadi.
Ko'pgina ota – onalar farzandlarini hamma narsada eng zo'r bo'lishiga intiladi va
ba'zida, bu haddan tashqari mukammallikka olib keladi. Bu, bolaga haddan tashqari
bosim o'tkazishi va uning normal rivojlanishiga to'sqinlik qilib, ota – ona va farzand
o’rtasidagi manipulyatsiyaga sabab bo’lishi mumkin. Ota – onalar esda tutishlari
kerakki, eng muhimi mukammallikka intilish emas, balki mehrlarini ayamasdan,
bolani qo'llab – quvvatlashga va tushunishga harakat qilishlari lozim.
Zamonaviy dunyoda ota – onalik haqiqiy san'atga aylandi. Bu – muvozanat,
sabrtoqat va bilimni talab qiladi. Biroq, hatto eng g'amxo'r ota – onalar ham o'zaro
munosabatlarining sog’lom emasligi sababli, farzandlarining rivojlanishi va ularning
tarbiyasiga salbiy ta'sir qilishi mumkin bo'lgan xatolarga ota yoki ona hukumdor
manipulyatsiyasiga yo'l qo'yishlari mumkin. Bunada, ota farzandiga tanbex
berayotganida onaning yon bosishi, yoki aksincha, ona tanbex berayotganida otaning
yon bosishi, ota–ona o’zaro kelishmovchiliklarini farzandi oldida muhokama qilishi va
hokazolar shular jumlasidandir.
Giper-gʻamxoʻrlik (―giper‖ lotincha soʻzdan — me’yordan yoki oʻlchovdan
oshib ketish) bola uchun nafaqat haddan tashqari tashvish, balki haddan tashqari
nazorat ham hisoblanadi. Ota-ona bola uchun nimani va qachon bajarishni, qanday
ovqatlanishni, nima deyishni hal qilishi aslida bolaga zarar keltiradi. Haddan tashqari
himoyalash gʻamxoʻrlikdek tuyulsa-da, aslida unday emas. Haddan tashqari
himoyalovchi ota-onalar odatda manipulyatsiya qiladilar, talab qiladilar, buyruq
beradilar yoki shantaj qiladilar, bolaning istaklari va ehtiyojlarini e’tiborsiz
qoldiradilar, yoki ikkinchi darajali deb bilishadi, bola uchun mutlaqo barcha qarorlarni
qabul qiladilar. Shunday qilib, haddan tashqari himoyalanish zoʻravonlik shakllaridan
biri hisoblanadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_7-to’plam_May-2025
50
ISSN:3030-3613
Ota – ona bola tarbiyasiga juda yumshoq yoki juda qattiq yondashishi bolada
xulq-atvor va intizom muammolariga olib kelishi mumkin. Ota – onalar oilada aniq
chegaralar va qoidalarni belgilaganlarida, farzandlarida mas'uliyat hissi uyg’onishini
va o'zini o'zi boshqara olishni rivojlantirishga yordam berish uchun, ularni birgalikda
doimiy ravishda bajarishlari lozim. Albatta, muvozanatni topish juda qiyin, ammo har
bir ota-ona bu masalaga jiddiy yondashishi zarur. Ko’p oilalarda farzandlar soni
uchtani tashkil etadi. Katta farzand yoki kichkina farzandga e’tibor kuchayib ketishi,
yokida kamayib ketishi haqida gapiramiz. Lekin statistika ma’lumotlariga nazar
soladigan bo’lsak, uchinchi farzand dunyoga kelganidan keyin, birinchi farzandga
ma’suliyat kuchayib, o’rtancha farzand e’tibordan chetlab qolish extimollari yuqori
bo’lar ekan.
Ota – onalar qiladigan xatolardan yana biri – farzand tarbiyasida ular xaqoratli
so’zlar va kaltak qo’llashlari.. Bolasini kaltak vositasida tarbiya qilishni oʼylaganlar
qattiq adashadi. Chunki farzand yaxshi soʼzning gadosi, yomon gapirish, kaltaklash
bolani oiladan, ota-onadan bezdiradi. Siz yaxshisi farzandingizni qargʼamang, yomon
soʼzlar bilan soʼkmang. Chunki bu narsalar farzandingizga, oilangizga g’am –tashvish
keltiradi. Аksincha, yaxshi duolar qiling, yaxshiliklar tilang.. Baʼzan shoʼxlik qilib,
gapingizga quloq solishmasa yoki biror ishda xato qilishsa, ularni urmay-soʼkmay,
tushuntirishga xarakat qiling.
XULOSA
Farzand tarbiyasida har bir narsaga mas’uliyatli yondashib, ularning komil inson
bo’lib yetishishida nafaqat ota – onalar, balki, bola atrofidagi jamiyat ham sog’lom
fikr egalari bo’lishi muhim rol o’ynaydi. Farzandlaringizning kimlar bilan doʼst va
hamsuhbat boʼlishlariga eʼtiborli boʼling, boshqalar oldida iloji boricha
sharmandalarcha koyimang. Uyda qanday yaxshi muolila qilsangiz, ko’chada ham
yaxshi muolilada bo’ling. Shuning uchun farzand tarbiyasida har bir narsaga
mas’uliyatli yondashib, ularning komil inson bo’lib yetishishida nafaqat ota – onalar,
balki, bola atrofidagi jamiyat ham sog’lom fikr egalari bo’lishi muhim rol o’ynaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:
1.
Yudina, N. V. oilaviy munosabatlarning bolalarning aqliy rivojlanishiga ta'siri
2.
Кристин Аудмайер - Все на одного как защитить ребенка от травли в школе
2016
3.
Haydarova, H. (2020). Development of virtual pedagogical culture of parents as an
urgent problem. InterConf.
4.
Hamrokulova, S. (2022). Pedagogical-programm implementation of the
development of environmental education in higher class pupils of secondary schools.
Central Asian Journal of Education and Computer Sciences (CAJECS), 1(4), 52-56.
5.
INTERNET MATERIALLARI