T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_7-to’plam_May-2025
37
ISSN:3030-3613
O'SMIRLARDA OILAVIY MUNOSABATLARNING NAMOYON
BO'LISHIDA PSIXOLOGIK TAHLILLAR
Poʻlatova Mahbuba Rajabboyevna
Xorazm viloyati Xonqa tumani
23-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
O‘smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida
xususiyatlarni jinsiy etilishning boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy etilish
o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko‘rsatib, bu ta’sir bevosita
emas, balki ko‘proq bilvositadir.O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat
qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada
o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li
bilan ham osongina ko‘rish mumkin.
Kalit so’z:
O’smirlik,balog’at,psixologik yosh,sezgi,jismoniy,depressiya,
autodestruktiv, destruktiv.
KIRISH
Shuni alohida ta’kidlash joizki, oilaviy munosabatlar har doim ham bir tekisda
silliq, risoladagidek kechavermaydi. Uy-ro‘zg‘or yumushlarini ado etish, er-xotinlik
burchlari, ota-onaning farzandlar oldidagi majburiyatlari, farzandlarning kattalar
oldidagi huquq va burchlarini ado etish jarayonida murakkab rollararo muomala va
muloqot jarayonlari kechadiki, ularning deyarli barchasida shaxsiy va ijtimoiy
manfaatlar to‘qnashadi, ayrim xolatlarda fikr va qarashlardagi ziddiyatlar, qarama-
qarshiliklar, kelishmovchiliklar, anglashilmovchiliklar shaxslararo nizolar tarzida
namoyon bo‘ladi. Psixologik adabiyotlarda tarbiyaviy funktsiyani amalga oshirishda
turli xil oila a’zolari o’rtasidagi konstruktiv munosabatlarning alohida o’rni qayd
etilgan. Dudina S.Y., Zotova L. E, Kraeva M. yu., Litvinova O. V, Rahmanina I. N va
boshqalarning asarlarida o’smirning shaxsini shakllantirishda oila a’zolarining o’zaro
ta’sirining roli qayd etilgan.
Hozirgacha soha mutaxas-sislaridan ko‘pchiligi oila muammolarining qator
qirralarini o‘z ilmiy izlanishlarida o‘rganganlar. O‘smir yoshli bolalarda oilaviy
nizolarga alo-qador ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishi masalasi xorijlik ayrim
psixologlar, xususan, D.Mayers, V.Kvinn, F.Zimbardo va boshqalarning tadqiqotlarida
qisman yoritib berilgan. Shuningdek, umuman ijtimoiy tasavvurlar muammosi G.M.
Andreyeva, S. Moskovisi, J.Jodyelyet, L.C.Kovar, P.S. Rosendlatt kabi rus hamda
fransuz olimlari tomonidan ham muayyan darajada o‘rganilgan. Shuningdek, oilaviy
munosabatlar va ularning bolalar ruhiya-tiga ta’siri haqida ko‘plab xorijlik olimlar
o‘rganishgan.XX asrda yuz bergan insoniyatning yuksak darajada rivojlanishi, ya’ni
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_7-to’plam_May-2025
38
ISSN:3030-3613
ilmiy texnika taraqqiyoti, odamlardagi ma’lumotlilik darajasining o‘sishi, ayollarning
ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilinishi kabi qator voqeliklar oila-nikoh jarayonlariga
o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Shu sababdan ham respublikamizda boshqa
mamlakatlar qatori oila-nikoh borasida muayyan muammolarining paydo bo‘lishi,
shaharlarda tug‘ilish sur’atlarining kamayishi, nizoli va notinch oilalar toifasining
paydo bo‘lishi va rasmiy nikohlar barbod bo‘lishi xolatlarining ko‘payishi, oilalarning
nuklearlashuvi (nuklear – er-xotin va bolalardan iborat bo‘lgan oilalar), noto‘liq
oilalarning ortishi kabilar kuzatilmoqda.Shu bois ham, hozirgi vaqtda oila
mustahkamligi dolzarb muammo-lardan biri hisoblanib, soha mutaxassislarining
diqqat e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelmoqda.
XX asrning boshida Amerikada o‘tkazilgan qator izlanishlar asosida, bola
ijtimoiylashuvi jarayonida otaning o‘rniga xos bo‘lgan quyidagi umumiy sifatlar qayd
etildi:Otasiz bolalar sonining ortib borayotganligi, oilada otaning kam bo‘lishi;
Ota bilan bola o‘rtasidagi muloqotning onanikiga nisbatan sezilarli darajada kamligi;
Pedagogik nuqtai nazardan otalarning bilimsizligi, malakasizligi; Bolaga, ayniqsa,
kichik yoshlilarga g‘amxo‘rlik qilish malakalasining otalarda kamligi va unga bo‘lgan
sovuqqon munosabat, layoqatsizlik.
Bu fikrga qo‘shiluvchilarning soni sekin-astalik bilan Gʻarbiy Yevropa va yapon
mutaxassislari orasida ham ortib bordi. Ular ham oila va uning tashqarisida ota va ona
bajarayotgan faoliyatning, bolasi tomonidan idrok qilinishini o‘rganishlari asosida,
otaning mavqei tobora pasayib borayotganligini aniqlashga muvaffaq bo‘lganlar. Ona
otadan farqli ravishda, oila yumushlarini ko‘p bajaruvchi, mehnatkash kishi sifatida
idrok qilinadi. Otaning ko‘chada bandligi mazmunidan bexabar bola, uyda uning kam
faoliyat yuritayotganligi bois, oilaviy munosabatlardagi o‘rni va mavqeni pastroq his
qiladi.Albatta, bu o‘zgarishlar hozirgi davrdagi ota-onalar va bolalarning o‘zaro
munosabatlarida ham ma’lum yangilanishlar ro‘y berayotganligini ko‘rsatadi.
Ajralishlar sonining ko‘payishi, xususan, ota yoki ona individualligi ortib borayotgan
hozirgi davr, tabiiyki, bola ongidagi nizolar to‘g‘risidagi tasavvurlarning almashinib
borishini ta’minlaydi.
O‘smirda katta yoshli odam bo‘lishga yoki hech bo‘lmaganda katta Yoshli odam
bo‘lib ko‘rinishga qiziqish, intilish paydo bo‘ladi va bu xohishni amalga oshirish unga
osondek bo‘lib ko‘rinadi.O‘smirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining o‘zaro mos
kelmasligi o‘smirlar bilan ota-onalari, o‘qituvchilari va boshqa murabbiylari o‘rtasida
qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi.O‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari,
«xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta Yoshli odamlar ega bo‘lgan
hamma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lishga intiladi. Tevarak-
atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli,
ko‘rqmas va epchil bo‘lishga intiladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi
shunday bo‘lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat «kerakligi»
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_7-to’plam_May-2025
39
ISSN:3030-3613
uchun shunday bo‘lishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» va «kerak» o‘rtasidagi
qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda, keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga
keltiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» fakat «kerak»ni bajarish orqaligina
amalga oshiriladi.
Agar o‘smir bola tushunishga o‘rgatilmagan bo‘lsa va «kerak» bo‘lgan narsani
bajarishga odatlanmagan bo‘lsa, u o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqali
tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o‘zining shaxsiy asoslanilmagan
xohishlari asosida ish tutadi. O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar
bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smir avval bajonidil
bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini
cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq
solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari
bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi.
Kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi,
ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum teng
huquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.O‘smirlik
davriga kimningdir xattiharakatini imitatsiya - qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga
tanish
va
yoqadigan
kattalarning
xatti-harakatlariga
imitatsiya,
taqlid
qiladilar.O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga
qiziqib
qolishlari ham mumkin.
O‘smir
katta odam, Shuningdek, chekuvchi,
rollarda o‘zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji jihatidan
bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo‘lgan o‘smirda juda ko‘p
noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo‘ladi va ular o‘smirda krizisni yuzaga
keltirib chiqaradi.
XULOSA
O‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik
huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson, deb biladi. Bolalikdagi kattalar
bilan bo‘lgan munosabat haqidagi fikrlari o‘zgaradi va uning o‘z kattaligi darajasi
haqidagi tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi. U kattalar huquqini cheklaydi,
o‘zinikini esa kengaytiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Qodirov B.R. Sinf zukkolarini tanlash metodikasi (Yosh iste’dodlarini izlaymiz):
2.
Metodik qo‘llanma. T., 1998.
3.
G‘oziev E.G‘. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). T., 1994.
4.
G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya: darslik. I, II kitob. T., 2002.
5.
Internet materiallari