T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_7-to’plam_May-2025
19
ISSN:3030-3613
FARZAND TARBIYASIDA OILANING MUHIM OʻRNI,VAZIFALARI VA
MASʼULIYATI
Tajimuratova Ziyuar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy
tumani 13-maktab psixologi
Primbetоva Periyzat
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy
tumani 2-maktab psixologi
Turimbetova Sveta
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy
tumani 45-maktab psixologi
ANNOTATSIYA
Bolalarga ta’lim-tarbiya berish psixologiya, yosh va pedagogik psixologiya,
bolalar psixologiyasi sohalarining dolzarb muammolaridan biriga aylanib
borayotganligi shubhasizdir.
Kalit so‘zlar:
Oila muloqot, ilk bolalik va maktabgacha yosh, shakllantirish,
shaxsiy muvaffaqiyat, tarkib toptirish, ichki va tashqi ta’sirlar, omillar, ota-onalik.
KIRISH
Farzandga yaxshi tarbiya berish ota-onaning asosiy mas’uliyatli vazifalaridan
biridir. Bu borada ular har qadamda mas’uliyat bilan yondashmog‘i lozim.
Kelajakdagi yo‘li ravon bo‘lishini istagan har bir ota-onalar sarflaydigan vaqtini va
harakatini ertaning buyuk insonlari bo‘lgan farzandlarini ulg‘aytirish uchun
sarflashlari lozim. Farzand kamoloti uchun sarflangan har bir daqiqa ertangi farovon
hayot uchun tamal toshi bo‘ladi desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Agar ota-ona
vaqtida farzandiga e’tibor qaratmasa, uning kelajagi uchun qayg‘urmasa, keyinchalik
afsus – nadomat bilan yashashi muqarrar. Bu kelajakda muammolarni yuzaga
chiqarishi mumkin. O‘sha vaqtda esa muammolarni hal qilishga kech bo‘lishi mumkin.
Shunday ekan, farzandining taqdiri uchun e’tiborli bo‘lib, uning xulqi, tarbiyasiga va
ilm olishiga befarq bo‘lmaslik lozim.
Xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan naql bejizga aytilmagan.
Har bir ota-ona o‘z farzandi uchun ko‘zgudir. Ularning muomala va munosabati, o‘zini
tutishi farzandiga bo‘lgan e’tibori alohida ahamiyatga ega. Buyuk mutafakkir
shoirimiz Alisher Navoiy farzand tarbiyasi xususida shunday deydi: “Yosh bolaga
nisbatan eng zarur ish bilki, uni kichkinaligidan parvarish qilishdir. Qatrani sadaf
tarbiya qilgani uchun odamlarning boshiga chiqib sharaf topdi. Tarbiyaning yana biri
bo’laga ilm-u adab o‘rgatish uchun muallim chaqirishdir. O‘g‘ling bilimsizligicha
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_7-to’plam_May-2025
20
ISSN:3030-3613
qolib ketsa, ajab kamchilik bo‘ladi. Unga sening shafqat qilishing foydalidir, lekin
buning ortiqchasi zarardir”. Bu fikrlar orqali qattiqqo‘llik va shafqatning me’yorda
bo‘lishini bilish mumkin.
Mirzo Ulug‘bekning oila muhitini yaxshilash, sog‘lom tarbiya berish
haqida quyidagi qarashlari mavjud. Bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqish, havasini
oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit, ya’ni oila muhim o‘rin egallaydi. Oilada ota-
onalar bilimli bo‘lishini, tarbiya berishda ota-onaning o‘zi o‘rnak va hayotiy misol
bo‘lishiga farzandi guvoh bo‘lishi eng ko‘p samara berishi ta’kidlangan.
Jadid adabiyotining namoyandasi Abdurauf Fitrat jamiyat rivoji va yurt
ravnaqi farovonligida oilaning o‘rni xususida fikr yuritib, “Oila” asarida shunday
mulohazalar bildiradi: “Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki
intizomi va totuvligiga bog‘liq.Tinchlik va totuvlik ana shu millat oilalarining
intizomiga tayanadi.Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va
millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi”.
Hozirgi kunda oila davrasida bilim olish va kitob o‘qish borasida suhbat
qilish, farzandining ilm olishi xususida suhbatlar kamayib bormoqda. Farzandlarning
ham o‘z vaqtini telefon bilan o‘tkazishi keng tus olyapti. Bunda me’yordan oshib ketish
holatlari ko‘p uchramoqda. Farzandni kitob o‘qishga bo‘lgan muhabbatini oshirish
uchun astoydil harakat qilinsa, bolada kitob o‘qishga ko‘nikma hosil bo‘ladi. Bilim
olishga bo‘lgan intilish yanada kuchayadi.
Oilada bolaning muntazam kitob o‘qishini rivojlantirish uchun ota-ona
astoydil harakat qilmog‘i lozim.
Sharq mutafakkirlari yetuk insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar
zarurligi haqida so‘z yuritganlar. Jumladan, Imom Buxoriyning “Al-Adab al-Mufrad”,
Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Guliston”, Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg‘u bilig” asarlarini misol qilib keltirish mumkin.
Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga munosabati muhim sanaladi.
Farzandning tarbiyasini faqat onaga tashlab qo‘yish to‘g‘ri emas. Bu borada otaning
ham o‘rni beqiyosdir. Hayotda og‘il ko‘proq otaga qarab ergashadi. Otaning
samimiyligi, hurmati va yaxshiligi farzandga kuch-quvvat bo‘ladi. Oilaning asosiy
tirgagi bo‘lgan ota hayotning mashaqqatlarini kechib, o‘zining bukulmas irodasi,
adolatparvarligi, hayot sinovlariga bardoshliligi bilan ajralib turuvchi buyuk shaxs
sifatida gavdalanadi. Ota oilada o‘z farzandlariga yurish-turishda, nutq odobida, o‘zaro
muomala madaniyatida to‘g‘rilik, halollik, samimiylik yuzasidan namuna bo‘la oladi.
Oilada samimiylik, bir-biriga bo‘lgan mehr va hurmat yuqori bo‘lsa, farzandning o‘sib
ulg‘ayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Alisher Navoiy tarbiyaning yana bir ko‘rinishi ota-
onani hurmat qilish ekanligini farzandlarga uqtiradi: ”Otang oldida boshingni fido
qilib, onang boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi. Ikki dunyong obod
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_7-to’plam_May-2025
21
ISSN:3030-3613
bo‘lishini istasang, shu ikki odam roziligini ol. Tun-u kuningga nur berib turganning
birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh”.
Oilada ma’naviy-ruhiy muhit, bola tarbiyasida g‘oyat muhim ahamiyatga ega
bo‘ladi. Oila sog‘lom, yetuk farzandni ulg‘aytirib kamol toptirishda mas’uldir.
Farzandni sog‘lom, yetuk, bilimli, shijoatli qilib voyaga yetkazish oilaga, ota-onaga
bog‘liqdir.
Kelajagi buyuk davlatimizning poydevori mustahkamligini ta’minlash
maqsadida hukumatimiz tomonidan sog‘lom avlodni tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy
ishlarni yuksak darajaga ko‘tarish orqali barkamol insonlarni voyaga etkazishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida ham ota-onalarning pedagogik
madaniyatini, farzand tarbiyasi borasidagi burch va mas’uliyatini oshirish ustuvor
vazifalar sifatida belgilab berilga. Bola shaxsini shakllantirish, oilaviy munosabatlar,
ota-onalar bilan farzandlarning o‘zaro munosabatlari muammolarini o‘rganish doimo
insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida keng ilmiy jamoatchilik diqqat e’tiborida
bo‘lgan.
Bolalarga ta’lim-tarbiya berishda pedagogika va psixologiya, psixologiya, yosh
va pedagogik psixologiya, bolalar psixologiyasi fanlarining dolzarb muammolaridan
biriga aylanib borayotganligi shubhasizdir. Zotan, kelajagi buyuk davlatni bunyodga
keltirish uchun har qanday davlatning fuqarosi dastlab oilada va so‘ngra maktabgacha
ta’lim muassasida mukammal tarbiyalanishi, shaxs sifatida to‘laqonli shakllanish
imkoniyatlariga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi. Shu jihatdan qaraganda insonning shaxs
sifatida shakllanishida uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘inlaridan biri hisoblangan
ta’lim muassasasi muhim o‘rin tutadi.Ilk bolalik va maktabgacha yoshdagi bolalarning
psixologik xususiyatlarini ilmiy, nazariy jihatlarini o’rganish oily pedagogik ta’limda
muhim amliy ahamiyat kasb etadi. Jamiyat – bu insonlar, shu jumladan bolalar
muammosi majmuidir.
Demokratik jamiyatning rivojlanishi va ma’naviy salohiyati ko’p jixatdan ana
shu bolalarga beriladigan psixologik, tarbiyaviy ta’lim mazmuniga bog’liq. Har bir
bola jamiyatda yashar ekan, u unda o’ziga xos o’rin va mustaqil mavqe egallashga
intiladi, shuning uchun u o’ziga xos intilish, layoqat va faollik, intelektual mehnat
namunalarini namoyish etadi. Bolalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar hamda har bir
shaxsning jamiyatdagi o’rni va uning turlicha ijtimoiy munosabatlari tabiatini
o’rganuvchi qator pedagogic fanlar mavjud bo’lib, ularning orasida psixologiya
alohida o’rin egallaydi. Oila – bu jamiyatning bir b o‘g`inidir. Shunday ekan bola
tarbiyasida oilaning tutgan o‘rni katta ahamiyatga ega. Agar farzand yoshligidan to‘g`ri
tarbiyalansa, kelajakda jamiyat uchun munosib shaxs bo‘lib yetishadi. Albatta bunga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_7-to’plam_May-2025
22
ISSN:3030-3613
ota-onaning o‘rni katta, o‘z farzandiga bo‘lgan munosabati, kattalarga bo‘lgan hurmati,
ota-onaning bir biriga bo‘lgan hurmati alohida ahamiyatga ega.
Agar yosh bolaning oldida yolg`on gapirsa, bilamizki, bolalar kichkinaligida
juda ham qiziquvchan va ko‘p savol beradigan bo‘lishadi agarda ular so‘ragan
narsalarda yolg`on ishlatsak ularda shu narsaga nisbatta boshqacha fikir paydo bo‘lib
qoladi. Bola shu narsaga asta sekinlik bilan ko‘nikib boradi va unga siz o‘rgatmasangiz
ham ba`zida yolg`on gapiradi, aldaydi. Lekin bu narsaga hech qachon ota-ona o‘zini
ayblamaydi aksincha farzandini koyiydi.
Ingliz filasofi DJ.Lokkning fikriga ko‘ra “bolaning qalbi nimani xohlasa yozish
mumkin bo‘lgan oq qog`ozga o‘xshaydi” bu oppoq qog`ozni yaxshi narsalar bilan ham
yomon narsalar bilan ham to‘ldirish ota-onaga bog`liq. Bola tarbiyasida ota-ona birdek
masulyatga ega bo‘lishi lozim. Faqatgina ona yoki ota tarbiyasi bola tarbiyasining
shakillanishida noto‘g`ri tasir ko‘rsatishi ham mumkin.
Hozirgi kunda ajralishlar soni keskin ko‘payib ketigan bu hol bola tarbiyasiga
ham tasir ko‘rsatmay qolmaydi. Oilada yolg`iz ona farzandini tarbiyalasa yoki ota
yolg`iz tarbiyalasa, atrofdagi munosabatlar bolada ota-onaga nisbattan ishonchsizlik,
nafrat tuyg`ularini shakillantiradi. Natijada bolaning ko‘ziga go‘yoki uni hech kim
tushunmaydigandek o‘zini yolg`iz his etadi. Barcha odamlarga nisbattan nafrat
tuyg`ulari shakllanib boradi. Kattalar bilan bo’ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot
haqida ko‘proq ma’lumot oladi.
Kanadalik psixolog A.Banduraning fikricha, bola ilk davrlaridagi shaxsiy
muvaffaqiyatlari o‘zining boshqalar kutayotgandek tutishiga tayyorligiga bog‘liq. U
ota-onasi kutayotgandek va unga qoniqish keltiradigan harakatlarni amalga oshirib
boshlaydi va boshqalarnikidek harakatlanishni boshlaydi. Bola o'zi uchun ideal inson
qilib o'zgalarni emas ota-onasini ideal inson sifatida ko'rishi kerak.
XULOSA
Avvalambor bola tarbiyasida oila mustaxkamligi birinchi o‘rinda turadi. Onamiz
bizni odobli, tartib-intizomli, mehribon, ozodalikka rioya qiladigan, kattalar va
kichiklarga hurmatda bo‘ladigan qilib tarbiyalasa, otamiz esa bizni masuliyatli,
qatiyatli, kuchli, o‘ziga ishonadigan, sabr-bardoshli qilib tarbiyalaydi. Bola boshqa
muhitga tushib qolganida kattalarga hurmati, dunyoqarashi, har qanday vaziyatda
o‘zini tuta ola bilishi oilada ko‘rgan tarbiyasini yuzaga keltirib chiqaradi. Albatta bola
tarbiyasining shakillanishida ota – ona asosiy rolda bo‘lishi lozim. Bolaning hayotdagi
eng birinchi ustozi bu uning ota-onasi, oilasi bo'ladi. Oiladagi muhit qanchalik yaxshi
bo'lsa bolaning xulq-atvori, boshqalar oldida o‘zini tutishi, odobi yaxshi shakllanib
boradi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, haddan tashqari qattiq qo‘llik qilmasdan
yaxshi yo‘l bilan tushuntirsa va bu ish noto‘g‘ri ekanligini ta`kidlasa bola boshqa bu
ishni takrorlamaydi. O‘zbek xalqi juda ham bolajon xalq bo‘lib, bolaning tarbiyasiga
alohida e`tabor qaratadi, o‘qib bilim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratilganiga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
62-son_7-to’plam_May-2025
23
ISSN:3030-3613
guvoh bo‘lishimiz mumkin. Kelajak avlodni barkamol ablid bo‘lib ulg‘ayishida oila
muhiti, ota-onalarning pedagogikpsixologik bilimlarini yetarli bo‘lishi muhim
ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:
1.
Бекова.Ш.Ж Мактабгача ёшдаги болаларда шахслараро муносабатга
киришишнинг
психологик
жиҳатлари.
//Аҳолининг
психологик
саломатлигижамият фаровонлигини таъминлашнинг муҳим омили сифатида
Халкаро имий– амалий анжуман// Фарғона, 2020 . Б.201 – 203.
2.
Muhammedova D.G`, Mullaboyeva.N.M, Rasulov.A.I. "Umumiy psixalogiya"
Toshkent-2017.
3.
4.Zakirovich, Djumanov Sherali.
"TALABALARDA
KOMMUNIKATIV
QOBILIYATLARNI
SHAKLLANTIRISH
TEXNOLOGIYALARI."
International Journal of Contemporary Scientific and
Technical Research
(2022): 543-545.
4.
Djumanov Sh.Z.
Talabalarni kommunikativ qobiliyatlarini shakllantirish va kasbiy
muomala jarayoniga tayyorlash.
Ўзбекистонда психологияни ривожлантириш
муаммолари: назария ва амалиёт уйғунлиги
, 112-115.
5.
Internet materiallari