Authors

  • Kamalova Gulsanam Bahodir qizi
  • Shahnoza Muxtarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97406

Keywords:

Kalit so‘zlar: sirg'aluvchi undoshlar fonema fonologik tizim artikulyatsiya o‘zbek adabiy tili.

Abstract

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  hozirgi  o‘zbek  adabiy  tilidagi  sirg'aluvchi 
undosh  fonemalarning  fonologik  xususiyatlari,  artikulyatsion  va  akustik  belgilar 
asosida  o‘rganilgan.  Ularning  fonemik  tizimdagi  o‘rni,  boshqa  fonemalar  bilan 
qarama-qarshiliklari, pozitsion holatlardagi almashinuvi va morfonologik funksiyalari 
tahlil qilingan. Shuningdek, dialektal tafovutlar va fonostilistik holatlar ham yoritilgan. 
Maqola o‘zbek tilining zamonaviy fonologik tizimini chuqurroq tushunishga xizmat 
qiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

395

ISSN:3030-3613

HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILIDA SIRG‘ALUVCHI UNDOSH

FONEMALANING FONOLOGIK TAVSIFI

Kamalova Gulsanam Bahodir qizi

Chirchiq davlar pedagogika universiteti

Gumanitar fanlar fakulteti

O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi

1 – bosqich 24/1-guruh talabasi

Email:

kamalovagulsanam199@gmail.com

tel: +998 77 184 21 06

Ilmiy rahbar:

Shahnoza Muxtarova


Annotatsiya

: Ushbu maqolada hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi sirg'aluvchi

undosh fonemalarning fonologik xususiyatlari, artikulyatsion va akustik belgilar
asosida o‘rganilgan. Ularning fonemik tizimdagi o‘rni, boshqa fonemalar bilan
qarama-qarshiliklari, pozitsion holatlardagi almashinuvi va morfonologik funksiyalari
tahlil qilingan. Shuningdek, dialektal tafovutlar va fonostilistik holatlar ham yoritilgan.
Maqola o‘zbek tilining zamonaviy fonologik tizimini chuqurroq tushunishga xizmat
qiladi.

Kalit so‘zlar:

sirg'aluvchi undoshlar, fonema, fonologik tizim, artikulyatsiya,

o‘zbek adabiy tili.

Аннотация :

В данной статье исследуются фонологические особенности

шипящих согласных фонем современного узбекского литературного языка на
основе их артикуляционных и акустических характеристик. Анализируются их
роль в фонемной системе, оппозиции с другими фонемами, позиционные
чередования и морфонологические функции. Также освещаются диалектные
различия и фонетико-стилистические аспекты. Статья способствует более
глубокому пониманию современной фонологической системы узбекского языка.

Ключевые слова:

шипящие согласные, фонема, фонологическая система,

артикуляция, узбекский литературный язык.

Abstract:

This article examines the phonological characteristics of sibilant

consonant phonemes in modern Uzbek literary language, based on their articulatory
and acoustic features. Their role in the phonemic system, oppositions with other
phonemes, positional alternations, and morphophonological functions are analyzed.
The article also highlights dialectal differences and phonostylistic aspects. It
contributes to a deeper understanding of the contemporary phonological system of the
Uzbek language.

Keywords:

sibilant consonants, phoneme, phonological system, articulation,

Uzbek literary language.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

396

ISSN:3030-3613


O’zbek tilida sirg’aluvchi undoshlar 12 ta bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

"V" fonemasi

- lab-tish, sirgʻaluvchi, jarangli, shovqinli undosh. Ruscha oʻzlashma

soʻzlarda "v" jarangsiz undosh ta'sirida yoki soʻz oxirida jarangsiz "f" tarzida talaffuz
etiladi: avtomat - afomat, ustav- ustaf kabi.

"F" fonemasi -

lab-tish, sirgʻaluvchi, jarangsiz undosh. Jonli soʻzlashuvda lab-

tish "f"ning lab-lab, portlovchi, jarangsiz "p" tarzida talaffuz qilinish holatlari uchrab
turadi: faqat- paqat, qafas- qapas kabi.

"S" fonemasi-

til oldi, sirgʻaluvchi, jarangsiz shovqinli undosh. Deyarli barcha

pozitsiyalarda oʻzining asosiy ottenkasini saqlaydi: asbob, asta, asos kabi.

"Z" fonemasi-

til oldi, sirgʻaluvchi, jarangli, shovqinli undosh. Jarangsiz

undosh taʼsirida "s"ga oʻtadi: iztirob-istirob, mazkur-maskur kabi. Qadimgi turkiy tilda
soʻz boshida qoʻllanmagan.

"Sh" fonemasi-

til oldi, sirgʻaluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh. "Sh"

fonemasi qadimiy hisoblanadi.

"J" fonemasi -

til oldi, sirgʻaluvchi, jarangli, shovqinli undosh. Soʻz oxirida

qoʻllanish holatlari faqat ruscha - baynalminal oʻzlashma soʻzlarda uchraydi: janr,
jeton, jemper, major, barja ekipaj, massaj, peyzaj, staj kabi.

"Y" fonemasi-

til oʻrta, sirgʻaluvchi, jarangli undosh. "Y" undoshi yumshoq

tovushdir, shuning uchun u bilan yondosh qoʻllangan unlilar akkomodatsiyaga
uchraydi. Yoʻl, yuvmoq kabi.

"L" fonemasi

- til oldi, sirgʻaluvchi, jarangli, sonor tovush. Feʼlning shart

mayli va sifatdosh shakllarida ( -sa, -gan qoʻshimchalaridan oldin qoʻllanganda) jonli
soʻzlashuv nutqida oʻzak oxirida "l" tushib qolishi ham mumkin: kelsa- kesa, kelgan-
kegan kabi.

"R" fonemasi-

til oldi, jarangli, titroq, sonor tovush. Toshkent shevasida otning

koʻplik qoʻchimchasi -lar bilan qoʻllangan shaklida shu qoʻchimcha oxiridagi "r" ning
tushib qolishi keng tarqalgan: kitoblar- kitobla, akamlar- akamla kabi. Ammo bu
adabiy til meʼyori sanalmaydi.

"Gʻ" fonemasi -

chuqur til orqa, sirgʻaluvchi ,jarangli, shovqinli undosh.

Qadimgi turkiy tilda "g"ning variatsiyasi boʻlgan va soʻz boshida qoʻllanmagan.
Shevalarda soʻz oxiridagi "gʻ"ning oʻrnida "v"ning qoʻllanishi ham kuzatiladi: togʻ-
tov, toʻgʻri- tuvri kabi.

"X" fonemasi-

chuqur til orqa, sirgʻaluvchi, jarangsiz, shovqinli undosh. "X"

undoshidan soʻng qoʻllangan unlilar orqa qator ottenka bilan talaffuz etiladi.

"H" fonemasi-

boʻgʻiz undoshi, sirgʻaluvchi, jarangsiz, shovqinli tovush.

Asosan, arab va fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlarda yoki shu soʻzlardan yasalgan
oʻzbekcha yasama soʻzlarda qoʻllanadi: hammol, haqiqat, humo, hunar, huquq,
hurriyat, jumhuriyat kabi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

397

ISSN:3030-3613

Jarangli jarangsizligiga koʻra jufti boʻlgan sirgʻaluvchi undoshlar oʻzaro

oppozitsiya hosil qiladi: z-s, v-f, gʻ-x.

Foydalangan adabiyotlar roʻyxati:

1. Jamolxonov.H. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent - 2013. (110-115 betlar)
2. Qilichev.Q, Madliyev.A. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent - 1992.
3. Abdurahmanov.Gʻ, Rustamov.A. Qadimgi turkiy til. Toshkent - 1982.


References

Foydalangan adabiyotlar roʻyxati:

Jamolxonov.H. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent - 2013. (110-115 betlar)

Qilichev.Q, Madliyev.A. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Toshkent - 1992.

Abdurahmanov.Gʻ, Rustamov.A. Qadimgi turkiy til. Toshkent - 1982.