Mualliflar

  • Allanazarova Shoira Kuzibayevna
  • Jumaniyazova Muhayyo Maksudovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97417

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Boshlang’ich ta’lim mehnat tarbiya texnologiya islohot pedagogik texnologiya ilgʻor-effektiv yoʻllar pedagogik tahlil va tajriba.

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Ushbu  maqolada  maktablarda  boshlang‘ich  ta’limning  samaradorligini 
oshirishda  innovatsion  yondashuv,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan 
samarali foydalanish usullari haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, maqola koʻp yillik 
tajriba natijasida ustozlar tomonidan orttirilgan amaliyot orqali taʼlimni eng ilgʻor-
effektiv yoʻllarini koʻrsatib oʻtadi va tahlill qiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

347

ISSN:3030-3613

BOSHLANG‘ICH TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILG‘OR

TAJRIBALARDAN FOYDALANISH

Allanazarova Shoira Kuzibayevna

Xorazm viloyati Urganch tumani 35-umumta’lim

maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Jumaniyazova Muhayyo Maksudovna

Xorazm viloyati Urganch tumani 35-umumta’lim

maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktablarda boshlang‘ich ta’limning samaradorligini

oshirishda innovatsion yondashuv, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
samarali foydalanish usullari haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, maqola koʻp yillik
tajriba natijasida ustozlar tomonidan orttirilgan amaliyot orqali taʼlimni eng ilgʻor-
effektiv yoʻllarini koʻrsatib oʻtadi va tahlill qiladi.

Kalit so’zlar

: Boshlang’ich ta’lim, mehnat, tarbiya, texnologiya, islohot,

pedagogik texnologiya, ilgʻor-effektiv yoʻllar, pedagogik tahlil va tajriba.

KIRISH

Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan

mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi.
Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik
texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi. Ta’lim-
tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa
ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya sharoitida muvaffaqiyatli
faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb –
hunarga yo‘naltirishda davlat xizmatini hamda o‘rta ta’limning ko‘p variantli
uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni
qo‘llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim
tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir.

O‘quvchilarga bilim berishda samarali qo‘llansa bo‘ladigan interfaol uslublar,

didaktik o‘yinlar, o‘quvchilarga mos metodlar, ta’limiy mashqlardan kiritilgan. Bu
o‘yin mashqlaridan darslarda ta’limiy musobaqa tarzida ham foydalansa bo‘ladi va
ular 25-35 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Bevosita, o‘zim ish faoliyatimda yaratgan
innovatsion g‘oyalarimdan ham namunalar keltirganman. Oʻquvchilarga darslarda
singdirilgan kompetensiyaviy yondashuvlar, ular hayotida, albatta, asqotadi degan
umiddaman. Xullas, o‘quvchialarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, bilim sifatini
oshirishda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim sifat samaradorligini oshishida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

348

ISSN:3030-3613

bu maqola yaxshi xizmat qila oladi, deb o‘ylayman. Zero, bugungi kunda
o‘qituvchining qilayotgan mehnati, albatta, ertaga o‘z samarasini beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli

islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-
tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson
huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini
ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi,
fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratdi. Aynan shu vazifa va topshiriqlarni amalga oshirish uchun “2017
— 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” tashkil etildi va uning taʼlimga
bagʻishlangan ustuvor yoʻnalishlari sifatida ijtimoiy sohani rivojlantirishga
yo‘naltirilgan gʻoyalarni oʻz tarkibiga oladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va “Kadrlar

tayyorlash milliy dasturi” yosh

avlodni

tarbiyalashning

asosiy

istiqbol

va

yo‘nalishlarini belgilab berdi. “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ta’limni tubdan
isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi. Unda “Uzluksiz ta’lim ijodkor,
ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh
kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart – sharoitlar yaratadi”, deb ko‘rsatilgan.

Shuningdek,

dasturda:

“Ta’lim

berishning

ilg‘or

pedagogik

texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv – uslubiy majmualarini yaratish va o‘quv –
tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” umumiy o‘rta ta’limning asosiy
vazifalaridan biri sifatida belgilangan

edi.

Darhaqiqat,

innovatsion

yondashuvlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining
unumdorligini oshiradi. Oʻquvchilarga kompetensiyalarni har bir dars ko‘lamida
puxta singdirib borishimiz kerak. Bunda biz o‘qitishda yangi ped texnologiyalardan,
innovatsion g‘oyalardan, interfaol uslublar va kreativ yondashuvlardan o‘rinli
ravishda o‘z vaqtida foydalana bilishimiz lozim. O‘quvchilar biz yaratgan
innovatsiyalar orqali yetarli bilim egallaydi, deb o‘ylayman. Men o‘z ish faoliyatim
davomida ko‘pgina innovatsion g‘oyalardan,turli xil didaktik o‘yin mashqlardan
keng ko‘lamda foydalanaman.Oddiygina yaratgan o‘yin mashqimiz ham o‘quvchi
uchun juda qiziqarli va esda qolarli bo‘ladi. Men o‘qish darslarida ayniqsa,

“Yosh aktyorlar”, “Quvnoq quyonchalar”, “Bu meniki”, “Charxpalak”,

“Zanjir”, “Davom ettir”, “Maqollar zanjiri”,“Yosh suxandon”, “Sinkveyn” metodi,
“Venn diagrammasi”, “Zig-zag” texnologiyasi, “Topib o‘qi” kabi usul va ta’limiy
mashqlardan ko‘p foydalanaman. Bu o‘yinlar o‘quvchilarga juda yoqadi. Hattoki
o‘quvchilar o‘zlari ham yangi o‘yin mashqlari yaratib, kartochkalar yozib
kelishadi.Bundan juda quvonaman. Bu albatta, ko‘pincha kreativ fikrlashdan kelib


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

349

ISSN:3030-3613

chiqadi. Matematika darslarini o‘quvchilar juda yaxshi ko‘radilar.Bu darsga men
juda puxta tayyorgarlik ko‘raman. Chunki o‘quvchilar bilimi juda yaxshi,
shuning uchun ular mendan yangi narsalar so‘raydilar, mantiqiy mashqlar berishni
iltimos qiladilar. Bunda men ko‘pincha “Kim birinchi”, “Mohir hisobchi”, “Atamani
top”, “Uchqur kema”, “Ziyrak quyonlar”, “Orzular kemasi”, “Tez javob”,
“Mo‘jizalar maydoni”, “Baliqchalar tutish”, “O‘zim tekshiraman”, “BBB”,
“Ortiqchasini top” kabi metod va o‘yin usullaridan juda ko‘p foydalanaman. Bularni
davom ettirsak juda ko‘p, bu o‘qituvchining dars o‘tish mahoratiga bog‘liq.

Ona tili darslarida esa “Qoidani top”, “Karvon”, “Quruvchilar”, “Kim zukko,

kim tezkor”, “Noto‘g‘ri jumla”, “Qarsak chaldi”, “Hikoya”, “Boshqotirma”,
“Tushunchalar tahlili”, “So‘z ichida so‘z”, “Quvnoq alifbo”, “Rasmli diktant”,
“Boshqotirma”, “Ha yoki yo‘q”, “So‘z yozish”, “Baliq skleti” kabi didaktik o‘yin va
ta’limiy mashqlarlardan keng foydalanaman. “Quruvchilar” o‘yiniga to‘xtalib
o‘taman. Bunda o‘quvchilar guruhlarga ajratiladi va har bir guruhga “Zamonaviy
uylar” qurish uchun “g‘ishtchalar” taqdim etiladi. “Tom” chalarga so‘z turkumlari
nomlari yoziladi.O‘quvchilar so‘z turkumlariga doir so‘zlarni aralash tartibda
berilgan g‘ishtchalardan topib,tegishli uychalarni qurishi kerak bo‘ladi.Albatta,bu
o‘yinda bilim,tezkorlik va hamkorlik juda muhimdir.Muhimi o‘quvchilarning o‘sha
fanga,maktabga va o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi yanada oshadi.

“Innovatsiya” – bu yangilik demakdir. Biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga,

albatta, biror yangiliklar yaratib bilim berib borsak, natijasi yaxshi bo‘ladi. Pedagogik
texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati doirasida
aniq belgilanadi. Bu ta’limni tashkil etishning aniq texnologiyasini ko‘rsatadi.
Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy
etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning
vazifasiga aylandi. Men ko‘pincha darslarimda “Blits-o‘yin” texnologiyasidan keng
foydalanaman. Ushbu texnologiya o‘quvchilarni harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri
tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan narsanng ko‘p xilma-xil
ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya
davomida o‘quvchilar o‘zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o‘tkaza oladilar,
chunki bu texnologiya shunga to‘liq sharoit yaratib beradi. Bu texnologiya yettita
bosqichda amalga oshiriladi. O‘quvchilar buni juda qiziqib bajaradilar va ularning
yodida mavzu uzoq saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Darslarda axborot
texnologiyalarining ishlatilishi, innovatsion g‘oyalardan va yangi pedagogik
texnologiyalardan o‘z o‘rnida foydalanish o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan
motivatsiyasini, ularning qiziquvchanligini, mustaqil ishlarning samaradorligini
oshiradi. Bulardan samarali foydalanish o‘qituvchidan juda yuksak pedagogik
mahorat talab qiladi. Biz o‘qituvchilar har doim jajji o‘quvchilarimz uchun izlanishda,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

350

ISSN:3030-3613

yangiliklar yaratishda bo‘lishimiz lozim va bizning eng dolzarb vazifalarimizdan
biridir.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, didaktik o‘yinlar, interfaol uslublar, ta’limiy mashqlar,

yangi-yangi metodlar barchasi o‘quvchini yangi mavzuni puxta o‘zlashtirishga va
ta’lim sifatini oshishiga xizmat qiladi. Biz pedagog muallimlarning ham maqsadimiz
shudir. O‘quvchilar qanchalik kreativ fikrlab, mustaqil bajara olsalar biz maqsadga
erishgan bo‘lamiz. O‘quv jarayonida motivatsiyadan foydalanish va rag‘batlar berish
ham, albatta, innovatsion yondashuvda juda qo‘l keladi. Har bir o‘qituvchi darslarga
innovatsion yondashib, yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib
darslar o‘tsa bu o‘z natijasini beradi. Mustaqil O‘zbekistonimiz kelajagi bilimli,
mustaqil fikrlaydigan tadbirkor va tashabbuskor kadrlarga bog‘liq. Ular esa
maktablarda tarbiyalanadi.

REFERENCES

1.

“Boshlang‘ich ta’lim” jurnali, 2018-yil, 9-son, 8-bet.

2.

“Boshlang‘ich

ta’limda

zamonaviy

pedagogik

texnologiyalar”, T.G‘afforova,Toshkent-2016.
3.

“Boshlang‘ich ta’lim” jurnali, 2017-yil, 7-soni, 20-bet.

4.

“Mahoratli pedagog” jurnali, 2019-yil, 5-son, 26-bet.

5.

Journal of Primary Education, 2018, No. 9, page 8.

6.

“Modern pedagogical technologies in primary education”, T. Gafforova

Tashkent- 2016.
7.

Journal of Primary Education, 2017, issue 7, page 20.

8.

“Skilled pedagogue” magazine, 2019, issue 5, page 26.




Bibliografik manbalar

REFERENCES

“Boshlang‘ich ta’lim” jurnali, 2018-yil, 9-son, 8-bet.

“Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik

texnologiyalar”, T.G‘afforova,Toshkent-2016.

“Boshlang‘ich ta’lim” jurnali, 2017-yil, 7-soni, 20-bet.

“Mahoratli pedagog” jurnali, 2019-yil, 5-son, 26-bet.

Journal of Primary Education, 2018, No. 9, page 8.

“Modern pedagogical technologies in primary education”, T. Gafforova

Tashkent- 2016.

Journal of Primary Education, 2017, issue 7, page 20.

“Skilled pedagogue” magazine, 2019, issue 5, page 26.