Mualliflar

  • Ro‘zmuhammedov Sardor Arslon o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97427

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: talimot saxovat islom din jahon taraqqiyot ma’naviyat madaniyat iymon ma’rifat tizim Qur’oni Karim ilm e’tiqod.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu    maqolamizda  biz  islom  ta’limotida    ilm  olish 
masalalarining ifodalanishi, tasavvufiy olimlar fikri,va hozirgi zamon uchun ham din 
qanchalik o‘ringa egaligi hamda  ta’lim-tarbiyada diniy masalalar mavzusi yoritilgan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

245

ISSN:3030-3613

ISLOM DINIDA PEDAGOGIKANI O‘QITISH VA TA’LIM VA TARBIYA

OLISHDA DINNING O‘RNI.

Ro‘zmuhammedov Sardor Arslon o‘g‘li

Osiyo Xalqaro Universiteti magistri

abdullohxorazmiy@gmail.com

+998995715553


Annotatsiya:

Ushbu maqolamizda biz islom ta’limotida ilm olish

masalalarining ifodalanishi, tasavvufiy olimlar fikri,va hozirgi zamon uchun ham din
qanchalik o‘ringa egaligi hamda ta’lim-tarbiyada diniy masalalar mavzusi yoritilgan.

Kalit so’zlar:

talimot, saxovat, islom, din, jahon, taraqqiyot, ma’naviyat, din,

madaniyat, iymon, ma’rifat, tizim, Qur’oni Karim, ilm, e’tiqod.


Ta'lim — bilim berish, malaka va ko'nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini

hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi.

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni

shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi
uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora
tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va
abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la
olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar
Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi.

«Qur’on» - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarning

muqaddas kitobi bo'lib, arab tilida «qiroat» ma'nosini anglatadi. Qur’on 114 suradan
iborat. Qur’on kishilarni birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi.
Shuning uchun ham u katta axloqiy ahamiyatga ega. «Qur’on»ning axloqiy qimmati
haqida fikr yuritilar ekan, uning insonnmg ma’naviy kamolga etishida qay darajada
muhim o’ringa ega ekanligiga amin bo’lamiz.

Markaziy Osiyo xalqlari pedagogik fikrlari tarixiy taraqqiyotida VII asrda

Arabiston yarim orolida paydo bo’lgan va VIII asrda mintaqamizga ham yoyilgan
islom dini muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Chunki islom dini, uning asosiy kitobi
«Qur’oni Karim» va undan keyingi asosiy manba hisoblangan hadislar Allohga, uning
payg’ambari Muhammad alayhissalomga e’tiqod qilish bilan birga ota-onaga hurmat,
mehnatsevarlik, ilmga intilish, o’zaro ahil bo’lish, mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat,
kamtarlik, vafo-sadoqatlilik, poklik, adolat, diyonat kabi insoniy sifatlar haqidagi
jihatlari va yaxshi fazilatli hamda odob-axloqli bo’lishlik yo’llari bayon etilgan. Xuddi
shuningdek, islom dinida millatidan, elatidan, tanasining rangidan qat’iy nazar, inson


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

246

ISSN:3030-3613

insonligi uchun ulug’lanadi. Millatchilik, bir-birini kamsitish, talon-tarojlik, irqchilik
islomda yo’q va bo’lmagan.

Jahon dinlaridan, umumbashariy taiimotlardan boiib hisoblangan Islom dini

insonga mohiyat, faoliyatiga maqsad va yo‘nalish bemvchi, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi
munosabatlarnii muvofiqlashtirib, birlashtirib, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotni
tezlashtirish uchun xizmat qiladigan ma’naviyat, ma’rifat odob-axloq tarbiyasining
barcha muammolarini o‘z ichiga qamrab oladi. Umuman olganda, islom dini yosh
avlodning ma’naviy-ma’rifiy kamolotiga oid boigan fikrlar, qarashlar, ta’limotlarning
mukammal manbai, yaxlit ilmiy-dunyoviy, diniy tizimidir. Islom dini necha-necha
asrlar mobaynida odamlarni, bani bashariyatini ulug’ maqsadlar yo‘lida birlashtirishga,
hamjihat bo‘lishga, tinchlik-totuvlikni mustahkamlashga, axloqiy va ma’rifiy
kamolotga, halollik va poklikka, iymon va e’tiqodga mehnatsevarlik va
vatanparvarlikka, ezgulik va saxovatga, bag’rikenglik va mehroqibatlilik, ezgulik
maqsadlari yo‘lida qonun- qoidaga berishga, o‘zaro nizolar, qonli to‘qnashuvlarga,
milliy, irqiy, diniy kamsitilishlarga yo‘l qo‘ymaslikka, umumiy uyimiz-kurrayi
zaminda do‘st-birodarlar, ahil hamkor yashashga, umuminsoniy madaniyat,
ma’naviyat va ma’rifat boyliklaridan, jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan o‘zaro
bahramand bo‘lishga da’vat etib kelmoqda. Islom dinining umumbashariy qadriyat,
ilohiy, ilmiy-dunyoviy ta’limot sifatida barhayotligini ta’minlab kelayotgan asosiy
manbalari Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardir. Qur’oni Karim bilan tanishar
ekanmiz, «Ilm» so’zi asosidagi «alima» (bilmoq) fe’li negiziga tayangan kalimalar turli
hollarda 750 marta takrorlanganligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan boyib, bu o‘zak
faqat «Alloh», «Rabb» (Parvardigor ma’nosida), «bo‘lmoq» va «gapirmoq» kabi eng
ko’p ishlatilgan o‘zak-so‘zlardan keyin beshinchi o‘rinda turar ekan

.

Islom – ilmu ma’rifatga yetaklovchi muqaddas din. Alloh taolo Payg‘ambarimiz

Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil qilgan ilk oyatlarida bunday amr qiladi:
“O‘qing

( ey Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot bo‘lmish Rabbingiz ismi

bilan! (U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa karamli zotdir. U
insonga qalam bilan (yozishni ham) o‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi”
(Alaq surasi 1-5 oyatlar).

Ushbu oyat mazmunidan bildikki, islomning ilk boshlanishi ilm olishga targ‘ib

qilish bilan yuzaga kelgan. Shunday ekan, islom – ilm manbai deb aytishga xaqlimiz.
Zumar surasining 9-oyatida “...Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘lurmi?!...”
deb marhamat qilingan. Albatta, ularning teng bo‘lmasligi hammaga ayon. Chunki ilm
insonni ma’naviyatga, ma’rifatga yetaklab darajasini yuksaklarga ko‘taradigan yagona
manbadir. Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Olimlar payg‘ambarlarning
merosxo‘rlaridir. Payg‘ambarlar dinor yoki dirham meros qoldirmaganlar, balki ilmni
meros qilib qoldirganlar”, deb marhamat qilganlar.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

247

ISSN:3030-3613

Islom ta’limoti insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan dinlardan biri bo‘lib,

ta’lim-tarbiya sohasiga katta e’tibor qaratgan. Qur’oni Karim va hadislarda ilm olish
va o‘qitishning ahamiyati, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro munosabatlari haqida
ko‘plab fikrlar keltirilgan. Islom olamida yetishib chiqqan allomalarning asarlarida
ham pedagogikaga oid qimmatli g‘oyalar o‘z aksini topgan.

Tahlillarga ko‘ra, islom ta’limotidagi pedagogik tamoyillar va g‘oyalar ta’lim

sohasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Ularning aksariyati bugungi kunda ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotmagan va zamonaviy ta’limda qo‘llanilishi mumkin. Shu bilan
birga, islom pedagogikasi va zamonaviy pedagogika o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni
yanada mustahkamlash, islom ta’limotidagi qimmatli g‘oyalarni ta’lim tizimida
qo‘llash mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Islom dinida yoshlarning ilm olishiga juda katta eʼtibor berilgan. Yoshlarni

ilmga yoʻnaltirish islom dinining talabi, desak toʻgʻri boʻladi. Hatto ilm olish islomda
ibodat darajasiga koʻtarilgan. Bu Qurʼoni karim oyatlari va Nabiy sollallohu alayhi
vasallam hadislarida ham oʻz ifodasini topgan.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu haqda:

Ilm talabida boʻlish har bir erkagu

ayol musulmonga farzdir”

Agar murabbiy yoki ota-ona farzandiga bir lahza e'tiborsiz bo'lsa, farzandlar

tarbiyasi buzilib ketadi. Rasuli akram sollalohu alayhi vasallam marhamat qilganlarki,
har bir tug'iladigan bola fitratda tug'iladi, ya'ni har bir chaqaloq pokiza bo'ladi, u oq
qog'oz kabidir.Bu hadisni muhaddislarimiz ota-ona bobida keltirmasdan taqdir bobida
keltirganlari tarbiyaning taqdirga bog'liqligini bildiradi. Tarbiyaga kech qolinmasa
bo'ldi.

Qur'oni Karimdagi oyatlardan biri madinalik sahobalar Payg‘ambar sollallohu

alayhi vasallamga kelib, uylari uzoqlik qilayotgani bois, uylarini sotib, yaqinroq joyga
ko‘chib kelishlari haqida shikoyat qilganlarida nozil bo‘lgan. Ya’ni uylarni sotishga
hojat yo‘q, uzoqdan kelayotgan bo‘lsalar, har bir bosilgan qadamlariga savob beriladi,
mazmunida.«Biz ular keltirgan qadamlarni, bosgan qadamlarni ham yozamiz va
ularning asarini ham yozamiz», – deya marhamat qilingan. Tafsirlarning birida bu
oyatdagi «ularning izi» degani – bu asarimiz, avlodlarimizdir, degan fikr
bildirilgan.Allohning bu oyatidan tushunamizki, Alloh nafaqat amalimizni, balki
avlodlarimiz amalini ham o‘zimizga yozadi. Shuning uchun tarbiya vojib
bo‘ladi.Orqamizdan yaxshi tarbiyali farzand qoldiraylikki, ortimizdan faqat savob
borsin, yomonlik bormasin.Islomda tarbiya vojibdirTarbiya dinimizda vojib amal, deb
e’lon qilingan. Biz eng ko‘p ishlatadigan tarbiya, murabbiy so‘zlari Allohning «Rob»
ismi bilan bitta o‘zakdan olingani tarbiyachilar mas’uliyatini oshirsa kerak, deb
o‘ylayman.Demak, bu yengil ish emas. Tarbiya – faqat ta’sir, tartib yoki nazorat, taftish
emas, u ilohiy narsa. Tarbiya farzandni doim nazoratga olish, kuzatib borish degani,
chunki Alloh taolo surai Fotihaning birinchi oyatida olamlarning robbisi Allohga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_1-to’plam_Iyun-2025

248

ISSN:3030-3613

maqtovlar bo‘lsin, degan.Bu oyatda Alloh Rob ismini keltirgan. «Robbil a’lamiyn» –
butun olamlarning murabbiysi degani. Agar Alloh murabbiyligi, ya’ni nazorati,
kuzatuvini lahza to‘xtatsa, olamlar izdan chiqib ketadi.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, Agar murabbiy yoki ota-ona farzandiga bir

lahza e’tiborsiz bo‘lsa, farzandlar tarbiyasi buzilib ketadi. Rasuli akram sollalohu
alayhi vasallam marhamat qilganlarki, har bir tug‘iladigan bola fitratda tug‘iladi, ya’ni
har bir chaqaloq pokiza bo‘ladi, u oq qog‘oz kabidir.Bu hadisni muhaddislarimiz ota-
ona bobida keltirmasdan taqdir bobida keltirganlari tarbiyaning taqdirga bog‘liqligini
bildiradi. Tarbiyaga kech qolinmasa bo‘ldi. Shunday ekan diniy tomondan pedagogik
yondoshgan holatda kelajak avlodlarga, farzandlarimizga ta’lim-tarbiya bersak chin
ma’noda barkamol avlodni yetishtirgan bo‘lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Asqar Zunnunov. Xalq pedagogikasida akliy tarbiya. // Xalq ta’limi, 1994-yil 3-4-
sonlari.

2.

Amir Temur. Zafar yo‘li — T.: «Hyp», 1992. 4. «Avesto», Tarixiy — adabiy
yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. - T.: «Sharq», 2001.

3.

Ziyo,A.(2008) Islom va ma’rifat.

4.

Buxoriy, M.(2020). Al-Jom’e as-sahih.Toshkent islom universiteti.

5.

Sulaymanov, U. (2022). Islomda ta’lim-tarbiya masalalari. Toshkent.

6.

Qur’oni Karim (2019). Alouddin Mansur tarjimasi. Toshkent:Sharq.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Asqar Zunnunov. Xalq pedagogikasida akliy tarbiya. // Xalq ta’limi, 1994-yil 3-4-

sonlari.

Amir Temur. Zafar yo‘li — T.: «Hyp», 1992. 4. «Avesto», Tarixiy — adabiy

yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. - T.: «Sharq», 2001.

Ziyo,A.(2008) Islom va ma’rifat.

Buxoriy, M.(2020). Al-Jom’e as-sahih.Toshkent islom universiteti.

Sulaymanov, U. (2022). Islomda ta’lim-tarbiya masalalari. Toshkent.

Qur’oni Karim (2019). Alouddin Mansur tarjimasi. Toshkent:Sharq.