MASHRAB IJODIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR TANQIDI VA TALQINI

Аннотация

Ushbu maqolada Boborahim Mashrab yashagan davr hamda uning shoir ijodiga ko‘rsatgan ta’siri to‘g‘risida, shaxs va jamiyat muammolariga oid shoir asarlari, umuman, Mashrabning o‘sha davr va ijtimoiy holatga munosabati haqida so‘z boradi. Hozirgacha Mashrab shaxsiyati va uning ijodiy faoliyati tadqiqotchilar tomonidan atroflicha o‘rganilgan va qator natijalarga ham erishilgan, biroq shoirning turli sarguzashtlarga boy hayoti va xalqchil, sof, samimiy she’riyati zamiridagi mohiyat, ijtimoiy ohanglar aks etgan asarlari to‘laqonli o‘rganilishi kerak. Mazkur maqola bu xususdagi izlanishlar, tahlillar va metodlar asosida olingan natijalarga asoslangan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
78-82
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Nabijonova , M. . (2025). MASHRAB IJODIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR TANQIDI VA TALQINI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(19), 78–82. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/120789
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Boborahim Mashrab yashagan davr hamda uning shoir ijodiga ko‘rsatgan ta’siri to‘g‘risida, shaxs va jamiyat muammolariga oid shoir asarlari, umuman, Mashrabning o‘sha davr va ijtimoiy holatga munosabati haqida so‘z boradi. Hozirgacha Mashrab shaxsiyati va uning ijodiy faoliyati tadqiqotchilar tomonidan atroflicha o‘rganilgan va qator natijalarga ham erishilgan, biroq shoirning turli sarguzashtlarga boy hayoti va xalqchil, sof, samimiy she’riyati zamiridagi mohiyat, ijtimoiy ohanglar aks etgan asarlari to‘laqonli o‘rganilishi kerak. Mazkur maqola bu xususdagi izlanishlar, tahlillar va metodlar asosida olingan natijalarga asoslangan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

78

MASHRAB IJODIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR TANQIDI VA TALQINI

Nabijonova Madinabonu Ulug‘bek qizi

NamDPI, Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15860365

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Boborahim Mashrab yashagan davr hamda

uning shoir ijodiga ko‘rsatgan ta’siri to‘g‘risida, shaxs va jamiyat muammolariga
oid shoir asarlari, umuman, Mashrabning o‘sha davr va ijtimoiy holatga
munosabati haqida so‘z boradi. Hozirgacha Mashrab shaxsiyati va uning ijodiy
faoliyati tadqiqotchilar tomonidan atroflicha o‘rganilgan va qator natijalarga
ham erishilgan, biroq shoirning turli sarguzashtlarga boy hayoti va xalqchil, sof,
samimiy she’riyati zamiridagi mohiyat, ijtimoiy ohanglar aks etgan asarlari
to‘laqonli o‘rganilishi kerak. Mazkur maqola bu xususdagi izlanishlar, tahlillar va
metodlar asosida olingan natijalarga asoslangan.

Kalit so‘zlar:

Mashrab ijodi, tasavvuf, xalq, ijtimoiy masalalar, xalqchillik,

mumtoz janrlar, badiiy tasvir, ma’naviy kamolot.

Annotation.

This article talks about the period in which Boborahim

Mashrab lived and his influence on the poet's work, works on personal and
social problems, and Mashrab's attitude to that period and social situation in
general. Until now, Mashrab's personality and his creative activity have been
thoroughly studied by researchers and a number of results have been achieved,
but the poet's life full of various adventures and the essence and social tones of
the folk, pure, sincere poetry should be fully studied. This article is based on the
results obtained on the basis of research, analysis and methods.

Key words:

Mashrab’s works, sufism, people, social issues, folkism,

classical genres, artistic image, spiritual maturity.

Namanganlik tasavvuf adabiyotining yetuk namoyandasi Mashrab ijodini

o‘rganish mobaynida nafaqat ilohiy ishq, romantik ko‘tarinkilik ruhi, inson qadri,
sharafi, ma’naviy kamoloti, ezgulik va go‘zallik madh etilgan she’rlarni, balki
chuqur ijtimoiy yo‘nalishga ega, jamiyatdagi voqea-hodisalarning, xalq dardi va
muammolarining talqini o‘laroq yaratilgan yuksak asarlarni ham o‘qish mumkin.
Shoir faqat otashzabon ijodkor bo‘lib tanilibgina qolmay, ayni zamonda
adolatsizlik va zo‘ravonlik, qabohat va razolat bilan aslo kelisha olmaydigan
dovyurak shaxs sifatida ham dong taratgan. Xalq tasavvurida u johil amaldorlar
ustidan kuluvchi, axloqan, tuban kishilarni, munofiq din arboblarini ayovsiz fosh
etuvchi botir so‘z, tadbirkor kurashchi tarzida shakllangan: oddiy xalq Mashrab
timsolida o‘zining yorqin yulduzini, xalq dardini baralla ayta oladigan otashin
siymoni ko‘rgan.[1:7] Boborahim Mashrab ijodini o‘rganish vositasida Mashrab
yashagan XVIII-XIX asr hayoti, xalqning ijtimoiy holatini baholay olish mumkin.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

79

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

Boborahim Mulla Vali o‘g‘li Mashrabning hayoti va ijodiy faoliyati haqida

axborot beruvchi tarixiy manbalar nihoyatda kamligi bois shoirning adabiy
merosi xususida ham aniq ma’lumotlar yo‘q. Uning nomi XVIII-XIX asrlarda
tuzilgan ayrim tazkiralarda (Muhammad Bade’ Malehoning “Muzakkir ul-ashob”,
“Tazkirayi Fahmiy”, “Musavvayi Abdushshukur Ziyo”, “Tazkirayi avliyoyi Majzub
Namangoniy” zikr etiladi.[2:35] U o‘z asarlarini to‘plab, biror majmua tuzganligi
ayon emas. Faqat “Devoni Mashrab”, “Devonayi Mashrab”, “Eshoni Mashrab”,
“Hazrati shoh Mashrab” nomlari ostida xalq orasida qo‘lyozma va toshbosma
shaklida tarqalgan qissalardangina shoirning umri va ijodi haqida o‘rganish
mumkin. Ammo ular ham yillar davomida o‘zgartirish va tuzatishlarga uchragan,
turli to‘qimalar, yangi-yangi rivoyat va latifanamo lavhalar bilan to‘ldirib
borilgan. Shunday bo‘lsa-da, Mashrab haqidagi qissalar shoir hayot yo‘lini
nisbatan to‘la va bosqichma-bosqich o‘zida jamlovchi adabiy-tarixiy manba
sifatida ilmiy ahmiyat kasb etadi.

Biz maqolada tavsifiy, qiyosiy, badiiy-g‘oyaviy tahlil metodlaridan

foydalandik.

Tahlillar

Mashrab qisqa hayoti davomida har xil ko‘rgiliklarni boshidan o‘tkazib,

jiddiy g‘oyaviy ziddiyatlar orasida qoladi, qo‘nimsizlikda kun kechiradi. Piri
dargohidan quvilgach, 40 yillik umrini doimiy safarda, turli o‘lkalarda
darbadarlikda o‘tkazadi. Olomonning soddaligi va qashshoq hayoti,ba’zi
ruhoniylarning kirdikorlari va hiylagarliklari, tekinxo‘r mulkdorlar, johil
amaldorlarning zo‘ravonliklari Mashrabning bir-qancha she’rlari vujudga
kelishiga sabab bo‘ladi:

Dilini tig‘i sitamdin pora bo‘lgan xalqni ko‘rdim,
Tanu dardu alamdin yora bo‘lgan xalqni ko‘rdim,
Ko‘zi vaqti sahar sayyora bo‘lgan xalqni ko‘rdim…
Shoirning bu tur asarlari qo‘ldan qo‘lga, og‘izdan og‘izga o‘tib, tez

tarqalgan. Xuddi shuning uchun ham Mashrabning biror shaharga kelishi izsiz
qolmagan, odil, kambag‘al xalq uni quvonch-xursandchilik bilan kutib olgan.
Mashrab yashagan so‘nggi shahar Balxda ham shunday vaziyat bo‘ladi, biroq
hokim tabaqa va mutaassib shayx-mullalar Mashrabni jisman yo‘qotishga
harakat qiladilar va Mashrab Mahmudbiy Qatag‘onning hukmi bilan dorga
osiladi.[3:10]

Mashrabning hajm va janrlar jihatidan aniqlashtirilmagan badiiy merosi

she’riyatning yana-da kengroq ijtimoiy mazmun va jangovar ruh kasb etishida,


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

80

adabiyotdagi xalqchillik va dunyoviylikning chuqurlashuvida, lirik turlarning
takomillashuvi hamda badiiy san’atning kamolotga erishuvida yangi bir yuqori
bosqichni tashkil etadi. Uning g‘azal, mustazod, murabba, muhammas,
musaddas, musabba, masnaviy, ruboiy, ta’rix kabi turli janrdagi asarlari shoirni
ilohiy ishq kuychisi sifatida xalqqa tanitdi. Ayniqsa, uning g‘azallari,
mustazodlari va muxammaslari xalqning g‘am-u hasratlariga hamdardlik hissi
bilan yo‘g‘rilgan. G‘azallaridan birida:

Azaldin men dili g‘amgin xaloyiq xaylini sevdim! – deb yozgan edi.
Mashrabning juda ko‘p g‘azallari xalq qo‘shiqlaridek jarangdor, jo‘shqin va

ta’sirchan, muxammas va musaddaslarida esa chuqur ijtimoiylik ustunlik qiladi,
taqdirning kemtikligi va hayotning buzuqliklaridan, davr(charx, falak) va
adolatsiz muhitning shaxs boshiga tinimsiz keltirayotgan jabr-u jafosidan
shikoyat, ta’qib va tazyiqdan norozilik dardi miyeralarda, ammo qat’iy va keskin
ifodalanadi. Mashrab qoldirgan ijodiy xazinada diniy va tasavvufiy g‘oyalar ham
sezilarli o‘rin egallaydi. Shoir she’rlarida Allohning mavjudligi, bor-u birligi,
barcha jonli va jonsiz mavjudotlarni yaratganligi uzil-kesil va qat’iy tan olinadi,
Xudoning kuch-qudrati, taqdirning o‘zgarmasligi va Mahshar kuni haqidagi
ta’limot to‘la qabul qilinadi, shu bilan birga, haqiqatgo‘y shoir mutaassiblik, ko‘r-
ko‘rona taqlidni qattiq qoralaydi, jaholat va bid’atga qarshi g‘oyalarni ilgari
suradi.

Ba’zi tadqiqotchilar Mashrabga inqilobchi, isyonkor shoir deya qarab, uni

“isyonkor shoir sifatida zulm va razolat ildizlarini qirqish uchun yovuzlik va
yomonlikka qarshi qalqon bo‘lib, amaldorlarning kirdikorlariga qarshi o‘z
nafratini ochiq bildirgan, shuning uchun qalandarona kun kechirgan,” deb
ta’riflaganlar.[1:5] Aslida, qalandar tasavvuf yo‘liga kirib, faqat xayr-u ehson
bilan kun kechiruvchi kishi bo‘lib, Boborahim Mashrabning po‘stin yopinishida
dunyo hodisotlari-yu foniy azoblarning hech qanday ahamiyati yo‘q. Shoir
shunday deydi:

Murodingga yetay desang, qalandar bo‘l, qalandar bo‘l,
Sitam ahlin yutay desang, qalandar bo‘l, qalandar bo‘l.
Og‘izdan dur sochay desang, qalandar bo‘l, qalandar bo‘l,
Yomonlardan qochay desang, qalandar bo‘l, qalandar bo‘l.
Shoir she’riyatidagi ijtimoiy mazmundorlik va kuchli tanqidiy yo‘nalish

shoirning ilg‘or dunyoqarashi, xalqchil falsafasi, zamonasidagi salbiy voqealarga
aniq, tanqidiy munosabatidan shakllangan. Shuni qat’iy aytish lozimki, chuqur
ijtimoiylik va kuchli tanqidiy munosabat Mashrabning umumijodiy faoliyatida
ustuvorlik qilgan va yaratgan ko‘pdan ko‘p asarlarining asl fazilati darajasiga


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

81

ko‘tarilgan. Demak, Mashrab mavjud ijtimoiy tuzumga qarshi she’rlari bilan
qilich ko‘tarib jangga chiqqan, biroq uning darveshligi, qalandarligi, aniqroq
aytilsa, uning dunyoqarashining aql ishonmas darajada keng bo‘lganligi yana
borib ilohiyotga taqaladi. Yuqoridagi satrlardan nafaqat Mashrabning
qalandarlik yo‘lini tanlagani mohiyatini anglash mumkin, qolaversa, lingvistik
nuqtayi nazardan qaraganda, mazkur misralarda hozirgi adabiy tilimizga
nomuvofiq biror so‘zning mavjud emasligi seziladi. Demak, XVIII-XIX asrdagi
Namangandagi badiiy she’r tili bugungi o‘zbek tili meyorlariga nihoyatda yaqin
bo‘lgan. Mashrabning boshqa she’r-u g‘azallarida ham tilga oid mazkur
xususiyatlar ko‘p kuzatiladi, shoir o‘zbek tilining butun jozibasini xalqona
ohanglarda tarannum qila oldi. Shahar va qishloqlardagi ezilgan omma hayotini
badiiy tasvirlash Mashrab ijodida yetakchi mavzulardan biri bo‘lgan. Doimo xalq
ichida yurib, uning yashash sharoiti va orzu –intilishlaridan yaqindan xabardor
bo‘lgan Mashrab mashaqqatli hayotni haqqoniy badiiy lavhalarda mahorat bilan
tasvirlaydi. Bir o‘rinda:

O‘zimdek xonavayronlarni ko‘rsam, zor yig‘larman! –
deya baxtiqaro xalqiga to‘la xayrixoh ekanligini alohida ta’kidlaydi. U

mahzun va xasta xalqining boshiga sitam toshlari otilsa, aslo bardosh
qilolmasligi haqida so‘zlaydi, ushbu misralardagi g‘oya Alisher Navoiyning:

Menga qilsa yuz jafo, bir qatlar faryod aylamon,
Elga qilsa bir jafo, yuz qatla faryod aylaram, -
baytidagi xalqqa muhabbat va dardkashlik g‘oyalari bilan mazmuniy

bog‘liqlikka ega. Alisher Navoiy ham o‘z boshiga kelgan har qanday kulfatga
chiday olishini, biroq eli, xalqiga qilingan birgina “jafo” uchun yuz barobar
faryod chekishini tasdiqlar ekan, bu ikki misra Mashrab va Navoiy ruhiyatidagi
birlik, yakdillik, ikki shoir she’riyatidagi uyg‘unlikka dalil bo‘la oladi. Mashrab
she’riyatida “ko‘z yoshli”, “baxti qaro”, “dard ahli”ga, “ g‘am xayli”ga hamdardlik,
rahm-shafqat g‘oyalari qayta-qayta takrorlanishi bejiz emas. Mashrabning
“Tanho” radifli muxammasida bevosita xalq va uning turmush sharoitini
haqqoniy ko‘rsatuvchi o‘rinlar ko‘rinadi.

Xulosa
Umuman olganda, Boborahim Mashrab ijodida hali o‘rganilmagan,

o‘rganilishi kerak bo‘lgan xususiyatlar salmoqli, uning she’rlarini o‘sha davr
ijtimoiy hamda ijodiy muhitiga bog‘lab o‘rganish, shoir aytgan so‘zlarning o‘sha
makon va zamondagi ahamiyatini to‘la anglash izlanuvchilar uchun muhimdir.
Shoirning asarlari, avvalo, Yaratganga sof muhabbatni otashin, oshiqona
kuylashi bilan, qolaversa, XVIII-XIX asrdagi o‘zbek millatining fojiali hayoti va


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

82

xalq ruhiyatini haqqoniy tarzda aks ettirishi bilan adabiyotimizda yuksak
martabani egallagan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Rahmatova F. Boborahim Mashrab va tasavvuf-tariqatlari // Academic
research in Educational Sciences. – T.: 2022. - B.5- 7.
2.Boborahim Mashrab, Kimyo, / Nashrga tayyorlovchi Hoji Ismatulloh Abdulloh.
– Namangan: Namangan,1999. – B, 3.
3.Ichoqova Z. Mashrab. – T.: Abu matbuot – konsalt, 2011. – B,11.
4.Boborahim Mashrab. Alifni dilga jo qilmoqni bismillohdan o‘rgandim./
Nashrga tayyorlovchi Hoji Ismatulloh Abdulloh. – Namangan, 1999. – B. 57-58-
59-63.
5.Mashrabning ijtimoiy-falsafiy qarashlari, Toshkent: O‘zFA Falsafa va huquq
instituti, 1995. – B 92-94.
6.Ismoilov S. Komil inson: Tarixiylik va zamonaviylik. –Toshkent, 2007. – B, 21.
7.Mashrab. Bibliografiya. Tuzuvchi U.Qo‘ziyev. – Namangan: “Namangan” nashr.,
2023.
8.Qo‘ziyev U. Rahimbobo Mashrab ijodi tadqiqining bugungi holati borasida //
NamDU Ilmiy axborotnomasi, 2022, №2. – B.412-417.
arboblar.uz

Библиографические ссылки

Rahmatova F. Boborahim Mashrab va tasavvuf-tariqatlari // Academic research in Educational Sciences. – T.: 2022. - B.5- 7.

Boborahim Mashrab, Kimyo, / Nashrga tayyorlovchi Hoji Ismatulloh Abdulloh. – Namangan: Namangan,1999. – B, 3.

Ichoqova Z. Mashrab. – T.: Abu matbuot – konsalt, 2011. – B,11.

Boborahim Mashrab. Alifni dilga jo qilmoqni bismillohdan o‘rgandim./ Nashrga tayyorlovchi Hoji Ismatulloh Abdulloh. – Namangan, 1999. – B. 57-58-59-63.

Mashrabning ijtimoiy-falsafiy qarashlari, Toshkent: O‘zFA Falsafa va huquq instituti, 1995. – B 92-94.

Ismoilov S. Komil inson: Tarixiylik va zamonaviylik. –Toshkent, 2007. – B, 21.

Mashrab. Bibliografiya. Tuzuvchi U.Qo‘ziyev. – Namangan: “Namangan” nashr., 2023.

Qo‘ziyev U. Rahimbobo Mashrab ijodi tadqiqining bugungi holati borasida // NamDU Ilmiy axborotnomasi, 2022, №2. – B.412-417.

arboblar.uz