THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
60
G‘AFUR G‘ULOM SHE`RLARINING IJODIY-HUQUQIY TAHLILI
Yuldasheva Munisa Raxmanovna
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi
muhlisayevamuhlisa@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16686860
Ushbu she`r 1945-yil 19-sentabrda yozilgan. Bu she`rdagi har bir misrada
insonlar uchun tinchlik deb atalmish ne`mat qanchalar aziz ekanligini
ko‘rishimiz mumkin. Shunday onlar va hodisalar borki juda qisqa vaqtda sodir
bo‘ladi, biroq o‘zidan keyin inson umriga yetgulik xotiralarni o‘zida jo qiladi.
Shunday hodisalar borki, go‘yo juda uzoq muddatni o‘zida mujassam qiladi.
Urush ham insonlar uchun mana shu ikki vaqtni o‘zida mujassamlashtirdi. Urush
boshlangan hamono o‘z farzandidan ayrilib yashagan umri qisqa bo‘lishiga
qaramay ming yulduz so‘nishiga yetgulik bo‘lgan dard, alamni his qilgan onaning
hayoti-yu, urushning yakunlanishiga oid hujjatga qisqa vaqtda qo‘yilgan
imzoning insonlar taqdirida bir nafas olgulik muddat bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz.
Yarim soat ichida tug‘ilib, o‘sib,
Yashab, umr ko‘rib o‘tguvchilar bor;
Ko‘z ochib yumguncha o‘tgan dam — qimmat,
Bir lahza mazmuni bir butun bahor.
Ushbu satrlarni o‘qir ekanmiz har lahza inson uchun aziz ekanligini, mana
shu lahza insonlar hayotini hal eta olishi mumkin ekanligini anglaymiz. Shunday
insonlar borki, qisqa umr ko‘rsalarda, lekin hayotlari davomida qilgan ezgu
ishlari, jamiyat va xalq manfaatlari yo‘lida ko‘rsatgan jonbozliklari ularning
nomlarini barhayot, umrboqiy qildi. Usmon Nosir, Hamid Olimjon kabi
shoirlarning umri qisqa bo‘lgani bilan nomlarini abadiy qoldirgulik bebaho
asarlarni yaratdilar. Har bir lahzaning qiymatini yuqori baholadilar. “Bir lahza
mazmuni bir butun bahor” satri orqali Yulian Semyonovning “Bahorning o‘n
yetti lahzasi” asari yodimga tushdi. Ushbu asarda ham bosh qahramon uchun
o‘tgan o‘n yetti soniya uning butun boshli taqdirini hal etgulik hodisalar bilan
kechadi. Lahzaning qiymatini taqdirini har lahza hal qilgan insondan so‘ramoq
lozim deb bejizga aytishmaydi.
Reyxstag ustiga g‘alaba tug‘in
Qadashda otilgan adolat o‘qi —
Yalt etgan umri-la barqaror qildi
Basharning muqaddas, oliy huquqin.
Ushbu she`r 1945-yilda chop etilgan. Ya`ni ushbu she`r birinchi va ikkinchi
jahon urushining kechinmalari asosida vujudga kelgan. 1945-yilda Reyxstag
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
61
binosiga Sovet qo‘shinlari tomonidan qizil bayroq o‘rnatilishi ikkinchi jahon
urushining yakunlanganini va g‘alabaga erishilganining ramzi hisoblanadi.
Ushbu g‘alaba orqali insoniyatning oliy huquqi yana tiklandi. Insoniyatning
muqaddas, oliy huquqi nima? Albatta bu yashash huquqi. Ushbu jahon urushi
sabab 70-80 million inson vafot etdi. Urushdan so‘ng, 1948-yilda Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu deklaratsiyaning 3-
moddasida yashash huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 25-moddasida yashash huquqi har bir insonning ajralmas
huquqi ekanligi belgilangan.
G‘alaba amri-la, mag‘lub nemisning
Generali qo‘l qo‘ydi. Uch sekund faqat…
Shu mal’un imzoda odamlar o‘qir
Million yil fashistning umriga lan’at.
1945-yil 2-mayda Berlin ishg‘ol qilingach, Adolf Gitler o‘z joniga qasd qiladi.
8-mayda Germaniya oliy qo‘mondonligining vakillari ikkinchi jahon urushida
fashistlar Germaniyasining so‘zsiz taslim bo‘lganligi haqidagi hujjatga imzo
chekdi. Uzoq kutilgan dushmanning mag‘lubiyati shu birgina imzoda o‘z aksini
topdi. Ushbu birgina imzoda vatan uchun jonini fido qilgan jangchilarning
hayoti, ayollar va bolalarning ko‘z yoshlari, xalqning og‘ir mehnati umumiy qilib
aytganda qonli tarix mujassam edi. Shu birgina imzo shularning barchasiga chek
qo‘ydi. Bugungi kunda ushbu she`rga boshqacha nigoh bilan boqsak. Ushbu
urushni boshlaganlar sifatida nemis xalqi ko‘riladi, biroq xalqning butun qismi
urushni qo‘llab quvvatlamagan. Har qanday xalq, millat, elat tinchlikni istaydi.
Bu urushda har kim jabrlandi, aziyat chekdi. Bu she`r orqali umumbashar ushbu
urushning oqibatlariga, bu oqibat sababchilariga la`natlar o‘qishi keltirilgan.
Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek
Diana ma’badin yoqmoq shart emas.
Ko‘plarning baxtiga o‘zlikni jamlab,
Shu ulug‘ binoga bir g‘isht qo‘ysak bas.
Miloddan avvalgi 356-yilda Gerostrat dunyoning yetti mo‘jizasidan biri
bo‘lgan Artemida ibodatxonasiga o‘t qo‘ygan. Uning asosiy maqsadi o‘z nomini
qanday qilib bo‘lsa ham abadiylashtirishdan iborat edi. Ushbu nom chindan ham
bugungi kunga qadar insoniyat yaratgan bunyodkorlikni vayron qiluvchilarga
nisbatan qo‘llab kelinadi. Boshqacha qilib aytganda chindan ham Gerostrat o‘z
maqsadiga „erishgan“ deyish mumkin. She`rda biz umrni bir binoga
qiyoslanganini, ushbu binoni bunyod etmoq uchun har bir shaxs yaxshiliklari
bilan o‘zidan iz qoldirgan holda g‘isht qo‘yishi lozimligi majoziy ma`noda
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
62
ta`riflanadi. Shu o‘rinda sevimli adibimiz O‘tkir Hoshimovning „Ikki eshik orasi“
asarida ham yuqoridagi misralarga monand fikrlar jamlangan edi:
-Bir xil odamlar bor: u eshikdan kirib, bu eshikdan chiqib ketayotganda
qo‘lidan kelgancha savobli ish qiladi. Hayot degan imoratga aqalli bitta g‘isht
qo‘yib ketadi. Yana bir xillari bor: o‘sha imoratdan aqalli bitta g‘ishtni o‘g‘irlab
ketgisi keladi. O‘g‘irlab-ku, hech qayoqqa borolmaydi, narigi eshik oldiga
borganda baribir tashlab ketadi. Ikki orada imoratni buzgani qoladi…
Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g‘animatdir, umrzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.
Yakuniy qism sifatida shoir yuqoridagilarga umumiy xulosa beradi.
Basharning umri boqiy bo‘lishi uning qilgan ezgu ishlariga bog‘liqdir. Shu o‘rinda
qadimgi Zardushtiylik dining tamoyili bo‘lmish “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal”
iborasi yodimizga tushadi. Chindan ham, har bir lahza aslida inson uchun
bebaho. Har bir lahzaning qadriga yetishimiz esa bizning burchimiz. Ushbu
burchni ezgulik bilan bezashimiz esa kelajak avlod uchun o‘rnak hamda har bir
lahzaning qadriga yetganimiz va undan to‘g‘ri foydalanganimiz isboti bo‘lsa ne
ajab.
G‘AFUR G‘ULOMNING “BILIB QO‘YKI SENI VATAN KUTADI” SHE`RI
IJODIY-HUQUQIY TAHLILI
Sen bu kun sinfda shod yurak bilan
Sinov navbatini kutib turasan.
A’lo mamlakatning a’lo farzandi,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
Ushbu she`r G‘afur G‘ulom tomonidan yozilgan she`rlardan biri bo‘lib, u
aynan urush vaqtida o‘smirlar uchun 1941-yilda yozilgan. Ushbu she`rni yozish
orqali shoir yosh avlodda Vatanga sadoqatlilik, ilmga intiluvchanlik va kelajakda
o‘z xalqiga foydali inson bo‘lishiga undashni maqsad qilib qo‘yadi. Har bir
to‘rtlikda “Bilib qo‘yki seni Vatan kutadi” degan satr orqali esa shoir takror va
takror yosh avlodga kelajak ularning qo‘lida ekanligini ta`kidlaydi.
Globusda bo‘lgan har kichik nuqta
Millionlab qondoshga vatan albatta.
Baxtiyor xalqimiz yashar abadiy,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
Ushbu misralarni tahlil qilsak: har bir inson bir-biriga dunyoning qaysi
yerida bo‘lishidan qat`i nazar qondosh sifatida ko‘riladi. „Millionlab qondosh“
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
63
iborasi orqali esa tarixiy ildizimizning birligiga ishorani ko‘rishimiz mumkin.
Xalqning baxtiyor bo‘lishi esa shubhasiz, tinchlikka va bu ne`mat asosida bilimli
bo‘lishga borib taqaladi. Qadim zamonlardan insoniyatni bir-biriga qarama-
qarshi qilib kelayotgan yagonalik bu – urushdir. Millionlab insonlar urush tufayli
kezi kelganda o‘z qardoshlarining ham joniga qasd qilganlar. Shoir
yuqoridagilarga yechim sifatida bilim olishni asosiy maqsad qilib qo‘yadi.
Jabrda masala qo‘sh muammodir,
Xuddi shunda bir ulug‘ qurilish jodir.
Sen katta injener ertami, indin,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
Jabr deya bu yerda al-jabr ya`ni algebra fani haqida gap ketadi. Algebra fani
oson emasligi, biroq uni o‘rganish orqali inson ko‘p bilimlarga ega bo‘lishi va
yuqori marralarni qo‘lga kiritishi mumkin ekanligi she`rda o‘z aksini topadi.
Ushbu ilm yordamida buyuk inshootlar yaratilganligiga bo‘lgan ishorani esa
keyingi satrlarda ko‘rishimiz mumkin.
She’rdir, lirika, balki oddiy til –
Xalqlarning tillari bir xil emas, bil!
Diplomat bo‘larsan, shu bukun, endi,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
Bu to‘rtlikda shoir har bir xalqning o‘z tili bor ekanligi va ularga hurmat
bilan boqish barobarida, ularni o‘rganish orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni
mustahkamlash lozim ekanligini ta`kidlaydi. Bunday mustahkamlanish
shubhasizki, bilim olish orqali amalga oshiriladi. Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi 26-moddasida ham aynan ta`lim barcha xalqlar, irqiy va diniy
guruhlar o‘rtasida bir-birini tushunish, xayrixohlik va do‘stlikka xizmat qilishi
kerak ekanligi belgilab qo‘yilgan. Shubhasizki, ta`lim olish orqali, nafaqat
mamlakatni yuksaltirishda ishtirok etish, balki xalqaro miqyosda ham do‘stlik va
sherikchilik kabi aloqalarni mustahkamlash mumkin bo‘ladi.
Fanlar ko‘p, fanlar bor, o‘rganishga – kuch
Yerda yur, suvda suz, osmon uzra uch.
Hammasida a’lo barchadan oldin,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
So‘nggi to‘rtlik o‘zida o‘quvchini bilim olishga undaydi. „Yerda yur, suvda
suz, osmon uzra uch“ satrlari orqali yosh avlodga bilim olishda imkoniyatlar
keng ekanligi bayon etiladi. Shoir bu so‘zlari bilan har bir fan insonni ilm
egallash orqali Vatan ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shishi lozim ekanligini
ta`kidlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasiga ko‘ra,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
64
Har kim ta’lim olish huquqiga egaligi mustahkamlab qo‘yilgan. Asosiy qomus
darajasida mustahkamlab qo‘yilgan ta`lim olish huquqi bu mamlakat uchun
ushbu huquqning muhim va ajralmas ekanligini bildiradi. Asrlar davomida
insonlar o‘z huquqlari uchun tinimsiz kurashib kelganlar. Shulardan biri – ta`lim
olish huquqi hisoblanadi. Uning qadriga yetish esa, har birimizning asosiy
burchimizdir.
References
1.
Inson
huquqlari
umumjahon
deklaratsiyasi
https://constitution.uz/oz/pages/humanrights
2.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi https://lex.uz/docs/-6445145
3.
Hoshimov, O`tkir. Ikki eshik orasi: Roman. – T.: „Sharq”, 2012. – 624 b.1
