ZAMONAVIY SHAROITDA LINGVSITIK TA‘LIMNING RIVOJLANISH SHAKLLARI

Annotasiya

Hozirgi kunda ta‘lim muhiti subyektlarining faoliyatini tashkil etishda yangi yondashuvlarni amalga oshirish zaruratini qo’llash talab qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, tilni o‘qitishda leksik birliklarni va ularni muloqot jarayonida qo‘llay bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Til tizmi ongli ravishda o’rganiladi,lingvistik bilimlarni egallash barobarida ta‘lim tarbiya jarayoni birlashadi. Hozirgi kunga qadar noadabiy leksik birliklar borasida o‘zbek tilshunosligida kam sonli ilmiy izlanishlar olib borilgan, ushbu hodisa ingliz va o‘zbek tilida qiyosiy aspektda yetarlicha tadqiq etilmaganligi, bu esa mazkur tadqiqot zaruriyligini ko‘rsatadi. Zero , sleng, jargon, argo, dialektizmlar davr ruhi, mazkur davrda jamiyatning tarkibiy qismi bo‘lgan insonlarning qiziqishlari, ehtiyojlari haqida ma‘lumot bera oladi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
90-92
21

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Kasimova, D. . (2024). ZAMONAVIY SHAROITDA LINGVSITIK TA‘LIMNING RIVOJLANISH SHAKLLARI. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 3(21), 90–92. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/51487
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Hozirgi kunda ta‘lim muhiti subyektlarining faoliyatini tashkil etishda yangi yondashuvlarni amalga oshirish zaruratini qo’llash talab qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, tilni o‘qitishda leksik birliklarni va ularni muloqot jarayonida qo‘llay bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Til tizmi ongli ravishda o’rganiladi,lingvistik bilimlarni egallash barobarida ta‘lim tarbiya jarayoni birlashadi. Hozirgi kunga qadar noadabiy leksik birliklar borasida o‘zbek tilshunosligida kam sonli ilmiy izlanishlar olib borilgan, ushbu hodisa ingliz va o‘zbek tilida qiyosiy aspektda yetarlicha tadqiq etilmaganligi, bu esa mazkur tadqiqot zaruriyligini ko‘rsatadi. Zero , sleng, jargon, argo, dialektizmlar davr ruhi, mazkur davrda jamiyatning tarkibiy qismi bo‘lgan insonlarning qiziqishlari, ehtiyojlari haqida ma‘lumot bera oladi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

90

ZAMONAVIY SHAROITDA LINGVSITIK TA‘LIMNING RIVOJLANISH

SHAKLLARI

Kasimova Dildora Xusanovna

University of Management and Future Technologies - filologiya va tillar

kafedrasi katta o’qituvchisi, O’zbekiston

https://doi.org/10.5281/zenodo.14221700

Annotatsiya:

Hozirgi kunda ta‘lim muhiti subyektlarining faoliyatini

tashkil etishda yangi yondashuvlarni amalga oshirish zaruratini qo’llash talab
qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, tilni o‘qitishda leksik birliklarni va ularni
muloqot jarayonida qo‘llay bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Til tizmi ongli
ravishda o’rganiladi,lingvistik bilimlarni egallash barobarida ta‘lim tarbiya
jarayoni birlashadi. Hozirgi kunga qadar noadabiy leksik birliklar borasida
o‘zbek tilshunosligida kam sonli ilmiy izlanishlar olib borilgan, ushbu hodisa
ingliz va o‘zbek tilida qiyosiy aspektda yetarlicha tadqiq etilmaganligi, bu esa
mazkur tadqiqot zaruriyligini ko‘rsatadi. Zero , sleng, jargon, argo, dialektizmlar
davr ruhi, mazkur davrda jamiyatning tarkibiy qismi bo‘lgan insonlarning
qiziqishlari, ehtiyojlari haqida ma‘lumot bera oladi.

Kalit so’zlar:

sleng, jargon, argo, dialektizmlar, ishlatilish doirasi cheklangan

va ishlatilish doirasi cheklanmagan leksika, sohalar terminologiyasi sohalar
terminologiyasi, fonetik ayirmalar.

Hozirgi o‘zbek tilshunosligida nostandart til birliklarining o‘rganilishi XX

asrda barcha xalqlar qatori o‘zbek xalqi leksikasi ham tezlik bilan o‘sib,taraqqiy
etdi.O‘zbek tili leksikasiga baynalminal so‘zlar keng ko‘lamda kirib keldi. Buning
ustiga fan va turli sohalar terminologiyasi ham to‘xtovsiz o‘sib bormoqda. O‘zbek
tili leksikasida o‘z va o‘zlashgan qatlam, shuningdek,o‘z qatlam tarkibida
umumturkiy so‘zlar va ulardan yasalgan o‘zbekcha so‘zlar mavjud. O‘zlashma
qatlam, arabcha, ruscha-baynalminal so‘zlar bor. Har bir tilning leksik birliklari
ishlatilish doirasiga ko‘ra bir necha hil tavsiflanadi. O‘zbek tilshunosi Sh.
Raxmatullayev (Hozirgi o‘zbek adabiy tili-. darslik), Jamolxonov (―Hozirgi
o‘zbek adabiy tili‖), Sayfullayeva R va boshqalar (―Hozirgi o‘zbek adabiy tili‖)
fikriga ko‘ra Leksemalar ishlatilish doirasi jihatidan avvalo ikkiga guruhlanadi:

1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlam

2. Ishlatilish doirasi chegaralangan qatlam.

Ishlatilish doirasi chegaralanmagan qatlamni barcha o’zbeklar uchun

umumiy bo’lgan leksemalar tashkil qiladi. Bu qatlamdagi leksemalar, yashash
joyi, kasbi, madaniy saviyasi, jinsi, yoshi va boshqa belgilaridan qat'i nazar,
o’zbekcha gapiradigan har bir kishining nutqida ishlatiladi, o’zbek tilida


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

91

gapiruvchilarning barchasi uchun tushunarli bo’ladi. O’z-o’zidan, bunday
leksemalar kundalik turmushda zarur narsa, belgi kabilarning nomi bo’ladi.
Turkum nuqtayi nazaridan yondashilsa, ishlatilish doirasi chegaralanmagan
qatlamga butunicha (ba'zi juz'iy istisnolar bilan, albatta) yordamchilar deb
nomlanadigan grammatik turkumlarga mansub birliklar kiritilishi lozim. Chunki,
birinchidan, bunday birliklar o’zi ko’p emas, har gal shu oz miqdordagi
birliklarga murojaat qilinadi. Ikkinchidan, bular asli grammatik vositalar sirasiga
kiradi: leksik tomondan ko’ra grammatik tomon ustun turadi, bu hol ularning
umumiy va zururiy bo’lishini ta'minlaydi. Undovlar ham ishlatilish doirasi
jihatidan grammatik turkumlar qatori baholanadi. Mustaqil turkumlardan son
leksemalar va olmosh leksemalarning deyarli barchasi ishlatilish doirasiga ko’ra
chegaralanmagan. Qolgan turkumlarda (ot, sifat, fe'l, ravish, shuningdek modal
birliklarda) har bir leksema alohida yondashib baholanishi kerak. Dialektlarga
ko’ra voqe bo’ladigan ba'zi fonetik ayirmalarni hisobga olmaganda (chunki bu
leksemalar adabiy tilda yagona talaffuz me'yoriga bo’ysunadi), ishlatilish doirasi
chegaralanmagan qatlamga ko‘z-, qo‘l-, oyoq-, bilak-, tirsak-, yaxshi-, yomon-,
qora-, sariq-, ko‘k-, kel-, ket-, o‘tir-, tur-, yur-, tez-, sekin-, erta-, kech- kabi juda
ko’p misollar keltirish mumkin. Hozirgi adabiy o’zbek tili leksik boyligining
asosini xuddi shunday leksemalar tashkil qiladi. Ishlatilish doirasi cheklangan
birliklar nofaol so’zlar ham deyiladi. Shevaga xos so’zlar, kasb-hunarga oid
so’zlar, eskirib qolgan so’zlar, neologizmlar, jargon so’zlar, dialektal so’zlar va
shu kabi barcha uchun birdek tushuncha ifodalamaydigan so’zlar nofaol
so’zlardir. Asosan og’zaki nutq jarayonida ijtimoiy guruhlar yoki professional
guruhlar (ko’pincha sun‘iy, yashirin yoki shartli) faqat o’zlari uchun tushunarli
bo’lgan ko’p sonli so’zlar va iboralardan foydalanadi. O’zbek va ingliz tillari
leksikasini Sistema sifatida tadqiq etishda uni mazmuniy maydonlarga bo’lish,
mazmuniy maydonlarning o’zaro va har birining ichki elementlari
munosabatlarini yoritish muhim. Til sistemasida leksikanng tarkibiy qismlarga
ya‘ni uslublarga bo‘lib o‘rganish ham alohida o’rin utadi. Ingliz va o‘zbek tillarida
leksika turli hil tasniflanadi va ma‘lum bir farqlar mavjud. Masalan; o‘zbek tilida
bu soha bo‘yicha izlanishlar XX asrda eng samarali hisoblanadi.
Xulosa sifatida aytganda tadqiqotchilar Sh. Raxmatullayev, Jamolxonov,
Sayfullayeva bu xususda ish olib borib, leksikani 2 guruhga: ishlatilish doirasi
cheklangan va ishlatilish doirasi cheklanmagan leksikaga ajratilgan bo‘lsa, ingliz
tilida ular rasmiy , norasmiy, so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlarga ajratiladi. Lekin
bu turlar zamirida aynan iste‘moli cheklangan leksika tarkibi har ikkala tilda
ham deyarli bir hil. Ya‘ni iste‘moli cheklangan leksika o‘z ichiga slang,


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

92

dialektizmlar, jargon, argo, professionalizmlar, vulgar so‘zlarni oladi. Bu jihatdan
ularda farq sezilmaydi. Ishlatilish doirasi cheklangan leksika muayyan xalqning
milliyligi, urf-odati, madaniyati, turmush-tarzini ifodalovchi til tizimidagi muhim
lug’aviy vositalar bo’lib, tilni til egasi bilan bog’liqlikda tahlil qilish g’oyasiga
asosan ularni o’rganish, shu xalq madaniyati, ma‘naviyati haqida muhim
xulosalarga kelish uchun keng imkoniyat yaratadi. Ular muayyan tilda
so‘zlashuvchi xalq orasidagina, ma‘lum guruh yoki kasb egalari uchungina xos
bo‘lgan va faqat ulargagina tushunarli bo‘lgan so‘zlardir, tilning ifoda
imkoniyatlarini, til egalarining his-tuyg’ularini, ma‘naviy olamini namoyon
etuvchi lug’aviy birlik ramzidir. Ishlatilish doirasi cheklangan leksika va ularning
mohiyati nutq jarayonida so’z ifodasidagi milliy xoslanganlikni vujudga kelishi
bilan belgilanadi. Ularning ba‘zilari vaqt o‘tishi bilan adabiy tilga , ya‘ni
ishlatilish doirasi cheklanmagan leksikaga aylanishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Rajabov.N.N. O’zbek va ingliz tillarida vokalizm sistemasining fonologik

jixatdan chog’ishtirma tadqiqi. – Toshkent: 2018.
2.

Қиличев Э. Узбек тилининт практик стилистикаси. Пед. ин-нинг

фйлол. фак. студ. учун ўқув-қўлл.— Т: Уқитувчи, 1985.— 104 6.
3.

Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin, 2005.- 199 b

4.

Otamirzayeva S, Yusupova M .O’zbek tili. – Toshkent: 2004.

5.

Raxmatullayev. Sh .Hozirgi o’zbek adabiy tili. –Toshkent: 2006. -83-87b.

6.

Sayfullayeva R va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. –Toshkent: 2005. –

143b.
7.

G’ofurov I, Mo’minov O’, Qambarov N. Tarjima nazariyasi: Oliy o’quv

yurtlari uchun o’quv qo’lIanma . –Toshkent : Tafakkur-Bo’stoni, 2012. – 216 b.
8.

Султонов М. Тилшуносликнинг ноадабий қатламларида сленг сўзлар.

– Toshkent : Тил ва адабиёт таълими, 2007. – 18б.

Bibliografik manbalar

Rajabov.N.N. O’zbek va ingliz tillarida vokalizm sistemasining fonologik jixatdan chog’ishtirma tadqiqi. – Toshkent: 2018.

Қиличев Э. Узбек тилининт практик стилистикаси. Пед. ин-нинг фйлол. фак. студ. учун ўқув-қўлл.— Т: Уқитувчи, 1985.— 104 6.

Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin, 2005.- 199 b

Otamirzayeva S, Yusupova M .O’zbek tili. – Toshkent: 2004.

Raxmatullayev. Sh .Hozirgi o’zbek adabiy tili. –Toshkent: 2006. -83-87b.

Sayfullayeva R va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. –Toshkent: 2005. – 143b.

G’ofurov I, Mo’minov O’, Qambarov N. Tarjima nazariyasi: Oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’lIanma . –Toshkent : Tafakkur-Bo’stoni, 2012. – 216 b.

Султонов М. Тилшуносликнинг ноадабий қатламларида сленг сўзлар. – Toshkent : Тил ва адабиёт таълими, 2007. – 18б.