THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
62
MINTAQADA TRANSPORT-LOGISTIKA TIZIMINI MUAMMOLARNI
HAL QILISH YO’LLARI
Nargiza Eshqobilova
Denov tadbirkorlik pedogogika instituti tadqiqotchisi
https://orcid.org/0009-0009-9788-4853
https://doi.org/10.5281/zenodo.13989779
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mintaqada transport-logistika tizimi
samaradorligini oshirishdagi muammolar va ularni hal qilish yo’llari hamda
istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlari hamda yuklarni tashishda yuzaga keladigan, ortib-tushurish,
hujjatlarni rasmiylashtirish, eng qulay va mos harakatlanish yo’nalishini tanlash,
yuk turiga asosan mos transport turini aniqlab olish zarurati ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
transport-logistika, yuklar, samaradorlik, ortib-tushurish,
samaradorlik, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, mintaqa.
O‘zbekiston dunyodagi rivojlanaytogan davlatlar kabi yer yuzida sodir
bo’layotgan turli ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarda sezilarli darajada ishtirok
etayotganligi transport-logistika xizmatlarida ham qator o‘zgarishlarga sabab
bo‘ldi. Aynan tashqi savdo munosabatlari, chegaradosh davlatlar bilan
aloqalarning mustahkamlanishi, tranzit yo’llardagi yangi yo‘nalishlarning
ochilishi, bojxona tizimidagi yengilliklar, dunyo okeaniga chiqish yo‘lidagi sa’y-
harakatlari sohaga oid ma’muriy va iqtisodiy bazaning yanada
mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi. Jumladan, 765 kilometr
uzunlikdagi “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li va 2023- yil
14-sentyabrda imzolangan 454 kilometrlik “O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy”
temir yo‘li qurilish loyihalari xalqaro yuk tashish sohasida istiqbolli rejalar
qilayotganligining ko‘rsatadi.
Mahalliy, mintaqaviy hamda xalqaro yuk tashuvlar uchun kerakli
infratuzilma yaratish, imtiyozlarning berilishi va boshqa davlatlar bilan
shartnoma va bitimlar tuzib transport-logistikaning rivojlanishiga e’tibor
qaratib bormoqda. Endi asosiy e’tibor mazkur sohaning samardorligi, unga ta’sir
etuvchi omillar va soha samaradorligini oshirishdagi muammolarni hal qilishga
qaratish lozim.
Mintaqada transport-logistika tizimi samaradorligini oshirishdagi
muammolar va ularni hal qilish yo’llari qiyosiy fikrlash, induksiya va deduksiya
hamda abstraksiya usullaridan keng foydalanilgan
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
63
Mavjud imkoniyatlarga qaramay sohada qator kamchiliklar mavjud. Bu
kamchiliklarni aniqlash maqsadida transport logistika xizmatini ko‘rsatuvchi
sub’ektlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda 97 ta respondent qatnashib,
ulardan 22 tasi logistik markazlar qolganlari turli mulkchilik shaklidagi
korxonalar. So‘rovnomada qatnashgan logistik markaz va yuk tashuvchilarning
43,8% davlat mulki, 37,5 % xususiy va 18,8% aralash mulkchilik shakliga ega.
Asosan 5 yildan ko‘p vaqt faoliyat yuritayotgan korxonalar qatnashgan.
Ishlaydigan xodimlar soni 1-15 tani tashkil qiladiganlari 81,3% ni tashkil qiladi.
Ko‘p sonli ishchi kuchi talab etmaydigan xizmat turi. Korxonaar asosan 3 PL
provayderlari hisoblanadi. 5PLning ulushi juda kam. 19,9 % respondent qaysi
prvayderga mansubligini , bu haqida ma’lumotga ega emasligi tufayli
belgilamagan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinin 12.04.2019 dagi 305 sonli
qaroriga asosan tashkil etilgan Transport va logistikani rivojlantirish markazi
faoliyatini transport va logistik xizmatlari subyektlari orasida qoniqarli deb
bo‘lmaydi. So‘rovnoma natijasiga ko‘ra 37,5 markaz mavjudligidan bexabar,
atiga 6,3% respondentlar muammolar bilan murojaat qilgan. Bundan tashqari
markaz tomonidan o‘kazilgan milliy samaradorlikni aniqlash reytingida 81,3 %i
ishtirok etmagan. Bunga sabab ular bilan markazni aloqa o‘rnatish tashkiliy
mexanizmi yo‘q. Tuzilgan so‘rovnoma ham aynan Jahon bankinikidek tuzilgan.
Qatnashganlarning asosiy qismi tashish faoliyati bilan shug‘illanadi. Aynan
logistik yoki ekspeditorlik bilan alohida shug’illanuvchi firmalar juda kam.
Asosan xorijliklarga tegishli. So’rovnomada ishtirok etganlarning asosiy qismi
davlat mulki asosida faoliyat yuritishiga qaramay soliq va investitsiyalarin jalb
etish kabi imtiyozlarni berilishini ma’qullagan. Ishtirokchilar faoliyati davomida
eng ko‘p muammolar jarayonlar avtomatlashmaganligi tufayli yuzaga kelishini
aytgan. Shu sababli ishchi xodimlar sonini yanada kamaytirib bo‘lmaydi. Bu esa
o‘z navbatida ish haqi xarajatlari ulushining oshishini ifodalaydi.
Ishtirokchilarning 81 % mamlakatda korxonalar va hududlarni transport
logistik samaradorligini aniqlovchi ko‘rsatkich zarur deb javob bergan. Bu
bizning yondashuvimizning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Milliy katalog tuzilishini
ham 62,5 % qo‘llab quvvatlagan. Sohadagi kadrlar talabga qisman javob berishi,
ta’limda bu sohaga yanada e’tibor qaratish zarurligini bildiradi. Yashil
iqtisodiyotga o‘tishda asosan davlat ko‘magini ma’qullagan. Soliqlar borasida
imtiyozlar berilishini xohlovchilarning ko‘pligiga sabab, ularning 46,7 %
faoliyatidagi asosiy xarajatlar soliqlar ekanini aytgan.
So‘rovnoma natijasiga ko‘ra aniqlangan muammolar quyidagilar.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
64
1.
Samaradorlikni aniqlashda xususiy ko‘rsatkichlar tizimi shakllanmagan.
2.
Raqamlashtirish va avtomatizatsiya darajasi past
3.
Investitsiyani jalb qilish darajasi past
4.
Yo‘l infratuzilmasining to‘liq mamlakat bo‘ylab talab darjasida emasligi.
5.
Rasmiylashtirish jarayonlari uzoq vaqt oladi. Masalan, DOZVOL
ruxsatnomasini olish aynan Vazirlik tomonidan inson ishtirokida beriladi,
raqamlashtirilmagan.
6.
Bojxonadan o‘tish vaqti uzoq.
7.
Raqobat darajasi past
8.
Transport vositalari harakatlanish muddati va hududi bilan bog‘liq
cheklovlar.
9.
Subyektlarni qo‘llab-quvvatlovchi markaz faoligining pastligi.
Bu muammolarning qay darajada asosli ekanligini bilish uchun ularga
to‘xtalib o‘tamiz. Jumladan bojxonadan o‘tish vaqti 2022-yilda 2021-yilga
nisbatan o‘zgarmagan. Xalqaro indeksda ham aynan shu ko‘rsatkich eng past.
Biz yuqorida birinchi bobning 2-paragrafida transport-logistika
xizmatlarining samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni ifodalovchi
sxemalarni ko’rdik. Bu sxema barcha omillarning ta’sirlarni e’tiborga oluvchi
mukammal sxema bo‘lmaganligi sababli, biz tadqiqotimizda qo‘shimcha
ravishda mamlakatda transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlarga
makro muhitda ta’sir qiluvchi omillar tahlilini o‘tkazish kerak. Buning uchun biz
PESTEL tahlilini tanlab oldik.
PESTEL tahlili bu 1967-yilda Garvard universiteti professori Frensis Agilar
tomonidan taklif etilagan PEST metodikasining kengaytirilgan shakli bo‘lib
hisoblanadi . Bu analiz ta’sir etuvchi omillarning ingliz tilidagi bosh harflaridan
olingan bo‘lib, dastlab boshqacha ketma-ketlikda bo‘lgan. Keyinchalik o‘qish
uchun qulay bo‘lishi uchun shunday nomlangan. Qisqartmadagi bu harflar P –
ciyosiy omillar, E – iqtisodiy, S – ijtmioiy va T – texnologik omillarni anglatadi.
Vaqt o‘tishi bilan tashqi muhit ta’sirini baholashda bu 4 omil yetarli emas deb
hisoblanib, unga E- atrof- muhit omili va L- -huquqiy omil qo‘shiladi .
Bu metodning zarurligi bu kompaniya, biznes, tarmoq faoliyatini kelajakda
qanday to‘siqlar va imkoniyalar kutayotganligini ko‘rsatib beradi. Yangi ochilgan
korxona yoki raqobat kuchli bo‘lgan tarmoq uchun bu zarur. Bu metodning
SWOT tahlilidan farqi u asosan tashqi muhit ta’sirini baholash imkonini bersa,
SWOT tahlilida ham ichki ham tashqi xatarlar inobatga olinadi. Transport-
logistika xizmatlari bozorini hududlar bilan cheklab bo‘lmaydi va faqat bir
mamlakat doirasida ko‘rsatilishi ham ancha kamyob hodisa hisoblanadi. Shuning
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
65
uchun xam bu turdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchilar faoliyatiga tashqi olam
ta’sirini oldindan aytib bo‘lmaydi. Bu ta’sirlarni kuzatib, tahlil qilish kutilmagan
zararlar, chegaralarda yuklarning turib qolishi kabi muammolarni
kamaytirishga hizmat qiladi.
Yuqoridagilarni nobatga olib, biz respublikada ishlab turgan logistika
markazlari, transport-ekspeditorlik firmalari, yuk tashuvchi yakka tadbirkorlar
faolyatida biznes yuritishning istiqbolini aniqlash maqsadida PESTEL tahlilidan
foydalandik. Bu tahlilni o‘tkazishda kompaniyalar mustaqil yoki guruh bo‘lib
holatni
baholaydigan
ekspertlar
fikrlaridan
foydalanadi.
Biz
esa
savolnomamizga tahlilda omillarni baholash imkonini beruvchi savollarni
kiritdik. Savolnomada ishtirok etganlar ularning anonomligi saqlanib qolganligi
uchun holat bo‘yicha holis baho bergan deb hisoblash mumkin. Bundan tashqari
siyosiy, iqtisodiy, ijtiomiy holatlar bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarning
dinamikasi ham asosiy manba bo‘lib xizmat qildi.
Tahlil 6 bosqichda amalga oshiriladi .
1-bosqichda bu turdagi korxonalarga ta’sir qiluvchi asosiy omillar jadval
tuzilib uning omillar ustuniga kiritiladi. Ta’sir ko’rsatuvchi omillarning jami soni
kata miqdorda bo’lishi talab etilmaydi. Bizga kerakli omillarni aniqlab olish
uchun respublikadagikorxonalarning ahvoli, mavjud muammolari va asosiy
ustunliklarini o‘rganib chiqish, Transport va logistikani rivojlantirish
muammolarini o‘rganish markazi direktori va mutaxassislari bilan o‘tkazilgan
suhbat va so‘rovnoma natijalariga asoslandik.
2-bosqichda omillarning holati haqida ma’lumot yig‘iladi. Bu omillarning
o‘zgarishi, prognozi kuzatiladi. Ularga tegishli hisobotlar, nashr etilgan rasmiy
manbalar va so‘rovnomalar natijalaridan foydalaniladi.
3-bosqichda bu omillarning har birini korxana yoki markaz faoliyatiga
ta’siri 1dan 3 gacha baholanadi. 1 sezilarsiz, 2 sezilarli, 3 hal qiluvchi darajada.
4-bosqichda bu omillarning kelajada o‘zgarish ehtimoli 1dan 5 gacha
baholanadi. % ga yaqin bo‘lgani sari o‘zgarish ehtimoli yuqoriligini bildiradi.
Ekspertlar bahosining o‘rtachasi hisoblab olinadi.
5-bosqichda omillarning ta’siri bilan ularning o‘zgarishi solishtiriladi. Endi
aynan qaysi omil ko‘p ta’sir qilishini aniqlash uchun ekspertlarning o‘rtacha
bahosiga omillarning ta’siri qo‘shiladi. Natija qanchalik yuqori bo‘lsa, omil
shunchalik ahamiyatli bo‘ladi.
6-bosqichda omillarning muhimlik darajasiga asosan matritsa tuziladi. Bu
matritsa ixtiyoriy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Bu matritsada ta’sir etayotgan
omilning darajasi ball ko’rinishida, bu omilning korxonaga hamda ishbu
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
66
tarmoqqa ta’sir ko’rsatishi, yuzaga kelgan o‘zgarishlarni bartaraf etish uchun
zaruriy choralar va har bir jarayon mas’ullar ko’rsatilgan bo‘lishi lozim.
Raqamli texnologiyalardan foydalanish va qonunlarning ijrosi va uning
natijalari to‘g‘risidagi teskari aloqa mexanizmining holati muammolari teng
darajada muhim deb topilgan. Bunga sabab bir tomonlama joriy etish yaxshi
ishlamoqda. Ammo natijasi, yuzaga kelgan kamchiliklar, shikoyatlar va takliflar
yo‘llash, ularni ko‘rib chiqilishi, konsultatsiya va doimiy qo‘llab-quvvatlash
tizimi juda oqsaydi. Hujjatlarda bor ammo amalda samarali faoliyat yuritmaydi.
Jumladan Logistik markazlardan “yagona oyna” tamoyili asosida bank, sug‘urta,
aloqa, texnik, kuzatib borish xizmatlardan foydalanish nazarda tutilganigiga
qarama hamma markazda ham mavjud emas. Jumladan Ulug‘bek logistika
markazida endi yuklarni doimiy kuzatish imkoniyati joriy etilishi nazarda
tutilgan. Ammo bank va sug‘urta tashkiloti vakillari belgilangan joylarida faoliyat
olib bormaydi. Birinchidan bu ular uchun samarasiz, kuniga ko‘pi bilan 10 ta
mijoz uchun markazda ish o‘rinini yaratish va haq to‘lash ortiqcha
xarajat.Texnik ta’mir faqat markaz uchun va mijozlar blan aloqa o‘rnatish,
bojxona va soliq bilan bog‘liq hujjatlar, transport vositalarini topish masalalarini
markazda o‘tirib hal qilish imkoniyati mavjud emas. Yuk egalari bu sertashvish
va ko‘p bosqichli muammolardan deklorantlarni yordamidan foydalanish bilan
qutulishadi.
Soliqlarga keladigan bo‘lsak 2022-yilda mamlakatimizda yuridik shaxslar
foyda (15%), QQS, aksiz, yer resusrlaridan foydalanganlik uchun, suv
resusrlaridan foydalanganlik uchun, mol-mulk, yer va ijtimoiy soliqlarni to‘laydi.
Tashish va saqlash va ularga xizmat qiluvchilar uchun bu soliqlarga qator
imtiyozlar belgilangan.
Ombor terminallari va Logistik markazlar bo‘limida esa MDH davlatlaridagi
terminal va markazlarni ham topish mumkin. Ammo mamlakatimizdagi birorta
Logistik markaz haqida ma’lumot yo‘q. Faqat logistik markaz hududida faoliyat
yuritayotgan 2 ta xususiy terminal bor. Logistik markazlar ma’lumotlarini
kiritish ularni kelgusidagi salohiyatini oshirish mumkin.
Har bir kataloglar bo‘limiga kirib kerakli korxonani topgach u korxonaning
qaysi davlatdaligi, telefon va elektron pochtasi, manzili, mavjud bo‘lsa rasmiy
sayti, faoliyati haqida qisqacha ma’lumot mavjud. Saytda ro‘yxatdan o‘tish orqali
bu ma’lumotlarni olish, korxonalar bilan bog‘lanish osonlashadi.
Mazkur portalning afzalliklari sifatida unda ma’lumot olish uchun normativ-
huquqiy aktlar bazasida Respublikamizning chet davlatlar bilan avtotransport
sohasida ikki tomonlama kelishuvi, O‘zbekiston qonunchiligi, xalqaro
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
67
konvensiyalar, transport sohasidagi huquqiy aktlar ro‘yxati, yuklar tranziti
haqida barcha ma’lumotlar rus tilida keltirilgan . Informatsion markazda esa
seminar, konferensiya va ko‘rgazmalar haqida doimiy yangi ma’lumotlar
keltriladi. Oldingilarining natijalari haqida qisqacha hisobotlarni o‘qish mumkin.
Atamalar lug‘ati, foydalnuvchilarning har bir turi bo‘yicha saytdan
foydalanishda yordam olish, tajriba almashish maslahat olish uchun forum,
reklama berish bo‘limi ham mavjud.
Umuman olganda sayt ko‘proq MDH davlatlari bo‘ylab yuk tashuvchilar
foydalanishiga qulay. Mahalliy tashuvchilar uchun ma’lumotlar kamroq. O‘zbek
tilida ham ma’lumotlarni maqsadga muvofiq. Eng katta kamchiligi reklama
beruvchi va ma’lumot joylovchilarning ma’lumotlari to‘g‘riligi uchun sayt
ma’muriyati javobgarlikni olmaydi. Xuddi shu joyda davlat ro‘yxatidan o‘tganligi,
taklif etayotgan xizmatlari faoliyat turiga mosligi va ma’lumotlar aniqligi,
javobgarlik va huquqlar qismiga davlat nazorati kerak. Bu ishga Transport va
logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazini mas’ul qilish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son
farmoni bilan tasdiqlangan
2. D.Topolšek, k. Čižiūnienė, T. Cvahte Ojsteršek. Defining transport logistics: a
literature review and practitioner opinion based approach, Dantzig, G. B.;
3. Ramser, J. H. 1959. The truck dispatching problem, Management Science 6(1):
80–91. Lai, K.-H.; Ngai, E. W. T.; 4.Cheng, T. C. E. 2004. An empirical study of
supply chain performance in transport logistics, International Journal of
Production Economics 87(3): 321–331. Lun, Y. H. V.; Lu, C.-S.;
5. Lai, K.-H. 2009. Introduction to the special issue on transport logistics and
physical distribution, International Journal of Production Economics 122(1): 1–
3. Wong, C. W. Y.; Lai, K.-H.; Ngai, E. W. T. 2009b. The role of supplier operational
adaptation on the performance of ITenabled transport logistics under
environmental uncertainty, International Journal of Production Economics
122(1): 47–55.
6.Kovalev. M.M, Koroleva A.A., Dutina A.A. Transportnaya logistika v Belorusi:
sostoyaniye, perspektivы. Monografiya. Minsk, BGU- 2017, 328 str.
