THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
17
TEMPERATURANING ELEKTROMOBILLARGA VA ULARNING
QISMLARIGA TA”SIRI
Ashuraliyev Eldorjon Shamsiddin o’g’li
Kadirshayev Turgunbay
Toshkent davlat transport universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13951011
Annotatsiya:
Dunyoda elektromobillarning soni kundan kunga ortib
bormoqda. Elektromobillarni turli xil iqlim sharoitida ekspluatatsiya qilish juda
muhum hisoblanadi, sababi elektromobillar yozning issiq, quruq va chang
sharoitida hamda qishning sovuq haroratida muammolarsiz ishlab berishi lozim.
Ushbu maqolada elektromobillarga issiq va sovuq iqlim sharoiting ta’siri tahlili
qilindi. Haroratning elektromobillarning asosiy qismi bo’lgan batareyaga ta’siri
va elektromobilning yurish masofasiga ta’siri o’rganildi.
Kalit so’zlar:
Elektromobil, batareya, yurish masofasi, sig’im
Issiqxona gazlari butun dunyoda iqlim o’zgarishiga sabab bo’lmoqda.
Adabiyotlarda ma’lum qilinishicha bu atmosferaga chiqarilayotgan zararli va
zaharli gazlarning katta qismi avtomobillardan chiqadi. Hozirgi paytda
insonlarning avtomobilga bo’lgan ehtiyoji kundan kunga ortib bormoqda buning
natijasida avtomobillarning soni ham keskin ortib bormoqda. Avtomobil sanoati
ham kundan kunga rivojlanib bormoqda. Avtomobildan chiqadigan zararli va
zaharli gazlarning asosiy qismi bu azot oksidi va uglevodoroddir. Bu zaharli
gazlarning birini kamaytirish ikkinchisini oshib ketishiga olib keladi. Shu sababli
bu zaharli gazlarni kamaytirishning eng maqul yo’li elektromobillarning
miqdorini oshirish bo’lishi mumkun. Bizga ma’lumki elektromobillardan
foydalanish yaqin yillarda ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida
elektromobillarni to’g’ri ekspluatatsiya qilishni qat’iy talab etadi.
Yuqori issiq haroratning elektromobillarga ta’siri
Elektromobillar ichki yonuv dvigatelli avtomobillarga qaraganda issiq haroratga
sezgir buning ikkita asosiy sababi bor. Birinchi sabab, elektromobillarda
foydalanilayotgan batareyalar issiq havoda kutilganidek ishlab berolmaydi.
Buning sababi batareyadagi elektrronlarning harahati sekinlashadi va batareya
quvvatini kamayishiga olib keladi. Batareyani optimal haroratini ta’minlash
uchun issiqlik boshqaruv tizimi qo’llaniladi. Elektromobillarda bu sistemani
ishlashi chun ham elektr energiya batareyadan olinadi va bu o’z navbatida
batareya zaryadining kamroq masofaga yetishiga olib keladi. Ma’lumki ichki
yonuv dvigatelli avtomobillar uzoq masofaga o’rtacha tezlikda harakatlanganda
eng kam yonilg’i sarf qiladi, ammo elektromobillarda bunday emas. Zamonaviy
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
18
elektromobillar “Regenerative braking sytem” regenerative tormoz tizimi
yordamida tormozlanish vaqtida batareyani zaryadlaydi. Elektromobillar uchun
eng nominal temperature bu 21
℃
hisoblanadi. Lekin bu ko’rsatgich 32
℃
gacha
yetganda ham uning tasiri sezilmay harakatlanishi mumkun.
1.rasm Elektromobil batareyasi
Hororatning ortishi elektromobillarning eng asosiy qismi uning batareyasiga
salbiy tasir ko’rsatadi, undan tashqari yuqori haroratda zaryodlovchi
qurilmalarning haddan tashqari qizib ketishi elektromobilga zaryad berishni
sekinlashtirishi mumkun. Bunga asosiy sabab qizigan elektrda yuqori miqdorda
tok berish xavf tug’diradi. Shu sababli zaryadlovchi qurilmalar kam miqdorda
zaryad beradi. Issiq temperaturaning batareyaga ta’siri juda og’ir oqibatlarga
olib kelishi mumkun. Bu holat batareyaning qattiq elektrolit yuzasining
buzilishi, anod va katod faol moddalari va elektrolitlar o’rtasida reaksiya hosil
bo’lishi, elektrolitlarning parchalanishi, anod faol moddalari va birikturuvchi
o’rtasida reaksiyalarni hosil qilishi mumkun. Litiy ioniviy batareyalarida harorat
60
℃
da batareyaning qattiq elektrolit yuzasi parchalanishni boshlaydi va ochiq
litiylangan anod materiallari elektrolitlar bilan reaksiyaga kirishadi. Yuqori
temperatura o’zgarish-metal ionlarining elektrolitga erishini kuchaytiradi.
Harorat 90
℃
gacha ko’tarilganda esa batareyaning qattiq elektroliq uzasi
butunlay parchalanadi va yon reaksiyalar kuchayib ketadi, ko’plab gazlar va
issiqlik hosil qiladi. Bu holatda batareya sig’imini yoqotishi mumkun. Harorat
batareya poolimerini eritishga yetsa batareya barcha funksiyalarini yo’qotadi.
Yuqori bosim batareya qobiqini yorib yuborishi mumkun, zaharli gaz va
elektrolitlar erituvchilar tashqariga oqib chiqadi. Albatta bu holat
elektromobillarning havsizligini pasaytirishi mumkun.
Sovuq haroratning elektromobillarga ta’siri
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
19
Havo harorati sovushni boshlashi bilan bu elektromobillarga katta muammo
keltirib chiqarushi mumkun. Bunday haroratning eng salbiy ta’siri albatta
batareyaga bo’ladi. Batareyada elektr tokini hosil qiluvchi reaksiya sekinlashishi
natijasida kerakli miqdorda tok chiqarib berish murakkablashadi. Odatda
elektromobilning yurish masofasi harorat 0
℃
da 20 % gacha kamayishi
mumkun. Elektromobilda sovuq havoda harakatlanilayotganda isitish tizimi
ham energiyani batareyadan oladi va bu ham o’z navbatida yurish masofasiga
katta ta’sir o’tkazadi. Batareyaning samaradorligi ham sezilarli darajada
kamayadi. Issiq iqlimdagiga nisbatan batareyaning zaryadlanish vaqti ham
sezilarli darajada oshadi chunki sovuq batareyalar doimgidek elektr tokini o’ziga
qabul qila olmaydi, bu esa batareya hayotining qisqarishiga olib keladi. Sovuq
batareyaning issiq batareyaga nisbatan elektr toki sig’imi kamroq bo’ladi va issiq
havodagidek miqdorda zaryad ushlab tura olmaydi. Hozzirgi kunda juda keng
ko’lamda foydalinaliyotgan litiy-ioniviy batareyalarda sovuq haroratga juda
tasirli.
Xulosa qilinganda elektromobillarga eng maqul harorat bu 21
℃
. Haroratning
juda ko’tarilib ketishi elektromobillarning batareyalarida elektrolitlar harakati
sekinlashib ketadi va bu yurish masofasiga salbiy tasir ko’rsatadi. Harorat past
bo’lganda batareyadagi reaksiya sekinlashadi va avtomobil salonini isitish ham
batareyadan tok oladi. Bu esa elektromobilning yurish masofasiga keskin ta’sir
ko’rsatadi. Batareya haroratini normal temperaturada ishlashi uchun batareyani
issiq haroratda sovutish tizimi orqali sovutish hamda issiqlik boshqaruv tizimi
orqali erishiladi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jian Duan, Xuan Tang, Haifeng Dai, Ying Yang, Wangyan Wu, Xuezhe Wei,
Yunhui Huang.: Building Safe Lithium‑Ion Batteries for Electric Vehicles: A
Review.
Electrochemical
Energy
Reviews
(2020)
3:1–42
https://doi.org/10.1007/s41918-019-00060-4
2.
Zhu, J.G., Sun, Z.C., Wei, X.Z., et al.: Experimental investigations of an AC
pulse heating method for vehicular high power lithium-ion batteries at subzero
temperatures.
J.
Power
Sources
367,
145–157
(2017).
https ://doi.org/10.1016/j.jpows our.2017.09.063
3.
Jiang, J.C., Ruan, H.J., Sun, B.X., et al.: A reduced low-temperature electro-
thermal coupled model for lithium-ion batteries. Appl. Energy 177, 804–816
(2016). https ://doi.org/10.1016/j. apenergy.2016.05.153
4.
Zhang, S.S., Xu, K., Jow, T.R.: Electrochemical impedance study on the low
temperature of Li-ion batteries. Electrochim. Acta 49, 1057–1061 (2004).
https ://doi.org/10.1016/j.electacta.2003.10.016
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
20
5.
Herreyre, S., Huchet, O., Barusseau, S., et al.: New Li-ion electrolytes for low
temperature applications. J. Power Sources 97(98), 576–580 (2001).
https ://doi.org/10.1016/s0378 -7753(01)00670 -x
6.
Zhu, J.G., Sun, Z.C., Wei, X.Z., et al.: An alternating current heating method
for lithium-ion batteries from subzero temperatures. Int. J. Energy Res. 40,
1869–1883 (2016). https ://doi.org/10.1002/er.3576
7.
Smart, M.C., Ratnakumar, B.V., Whitcanack, L.D., et al.: Improved low-
temperature performance of lithium-ion cells with quaternary carbonate-based
electrolytes.
J.
Power
Sources
119(120/121),
349–358
(2003).
https ://doi.org/10.1016/s0378 -7753(03)00154 -x
