THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
121
O‘SMIRLIK DAVRIDA SALOMATLIKNI SAQLASH MUAMMOSI
Rahimova Sabohat Bahodir qizi
O‘zbekiston Milliy Universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14665743
Annotatsiya:
Mazkur maqolada dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan
o‘smirlarda salomatlik saqlash muammosi, kelib chiqish sabablari va oqibatlari,
o‘smirlik davrida sodir bo‘ladigan fiziologik va psixologik o‘zgarishlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
O‘smirli davri, psixik inqiroz, biogenetik nazariya, Z.Freyd,
alkogolizm, tamaki, surunkali kasalliklar, yuqumli kasalliklar.
Аннотация:
В данной статье освещается актуальная проблема
здоровья
подростков,
причины
и
последствия возникновения,
физиологические и психологические изменения, происходящие в
подростковом возрасте.
Ключевые слова:
подростковый возраст, психический кризис,
биогенетическая теория, З.Фрейда, алкоголизм, табак, хронические
заболевания, инфекционные заболевания.
Annotation:
This article covers the problem of maintaining health in
adolescents of urgent importance, the causes and consequences of origin,
physiological and psychological changes that occur during adolescence.
Keywords:
Adolescent period, psychic crisis, biogenetic theory, Z.Freud,
alcoholism, tobacco, chronic diseases, infectious diseases.
O‘smirlik davri boshqa rivojlanish davrlarining ichida o‘zining fiziologik,
psixologik, ijtimoiy jihatdan o‘ta “nozikligi” bilan ajralib turadi. O‘smirlik davri
qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarga boy davr hisoblanadi. Bunga asosiy sabab,
o‘smir ruhiyatida shunday holatlar yuz beradiki, u bu inqirozni bir tomondan
yakka o‘zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomondan bunga o‘zining real imkoniyatlari
yo‘l bermaydi. Yetuk psixolog olimlardan biri L.S. Vigotskiyning o‘smir yoshini
“psixik rivojlanishdagi inqiroz” deb nomlashi bejiz emas. Boshqa adabiyotlarda
o‘smirlik davri “o‘tish davri”, “krizis davri”, “qiyin davr” kabi nomlarni olgan
ko‘rinishlar bilan xarakterlanadi. Buyuk ingliz yozuvchisi, dramaturg, shoir
Uilyam Shekspir o‘smirlik davrining nozikliklari haqida so‘z yurita turib,
“Qaniydi yigitlar 13-yoshda uxlab 20-yoshda uyqudan uyg‘onsalar” deb ta’kidlab
o‘tadi.
O‘smirlik davri borasida bir qancha nazariyalar bor. Jumladan, Venalik
psixolog Zigmund Freyd va uning shogirdlari o‘smirlik davrini baholashda
insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida vujudga
keladigan o‘z mavqeyini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
122
hisoblaydilar. Bu intilish go‘yoki xudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik
paydo bo‘lishiga, atrofdagilar bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar,
ongsizlik ehtiyojlari va mayllari shaxsning faolligini belgilaydi deb ta’kidlaydilar.
E.G‘oziyev talqini bo‘yicha Sobiq sovet psixologlari Z.Freyd nazariyasining
mutlaqo asossizligini ta’kidlaydilar hamda o‘smirda moyillik va o‘z chki
dunyosiga qiziqishning namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanishini asoslab berganlar.
Biogenetik nazariya namoyondalarining fikricha, o‘smirni psixik jihatdan
inqirozga yetaklovchi, hayajonga soluvchi, sub’ektiv ichki kechinmalari yigit va
qizlarni tanholik psixologiyasiga tortadi. O‘smir uchun xarakterli norozilik,
qo‘pollik, qaysarlik, tajanglik, arazchilik, tajovuzkorlik kabi illatlar jinsiy
yetilishning mahsuli bo‘lmish yangi tuyg‘ular, mayllar, kechinmalar o‘smir xatti-
harakatida hukmron bo‘lib, uning xulq-atvorini boshqaradi deb tushuntirishga
harakat qiladi.
O‘smirlik davri 10-11 yoshlardan 14-15 yoshgacha bo‘lgan davrni qamrab
oladi. Hozirgi davrdagi o‘smirlar ajdodlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy
jihatdan birmuncha ustundirlar. Hozirgi davr o‘smirlarida jinsiy yetilish, psixik
o‘sish hamda ijtimoiylashuv jarayoni birmuncha ertaroq sodir bo‘lmoqda. Bu
davr mobaynida o‘smirda fiziologik va psixologik jihatdan muhim o‘zgarishlar
sodir bo‘ladi. Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan
bog‘liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal o‘sishi va rivojlanishi
hujayra va organizm tuzilmalarining sifat va miqdor jihatdan o‘zgarishidir.
Organizmdagi barcha o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasidagi
o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. O‘smirda fiziologik jarayonlardagi o‘zgarishlar bilan
bir paytda o‘smir psixikasida ham sifat jihatdan muhim yangiliklar sodir bo‘ladi.
Balog‘at davriga 11(12)-15 yoshli qizlar va o‘g‘il bolalar kiradi. Kamolotning
mazkur pallasida jismoniy o‘sish va jinsiy yetilish amalga oshadi. Bolaning bo‘yi
11-12 yoshda 6-7sm, hatto 10smgacha o‘sishi mumkin. Ammo, bu bosqichda
qizlar yigitlarga nisbatan tezroq o‘sadilar. O‘smir 13-14 yoshga yetganda har
ikkala jins vakillarining bo‘yi deyarli birdek o‘sadi. 15 yoshga to‘lganda yigitlar
bu “musobaqa” da ilgarilab ketishadi va to umrilarining oxirlarigacha ayollardan
bu borada ustunlikni saqlab qoladilar. Mazkur rivojlanish davrida ayniqsa jinsiy
bezlar faoliyati kuchaydi. Kamolotga yetishning birlamchi va ikkilamchi
alomatlari bo‘y ko‘rsata boshlaydi. Yigitlarda ovoz yo‘g‘onlashadi, asta-sekinlik
bilan soqol-mo‘ylovlar sabza ura boshlaydi. Qizlarda ko‘krak bezlari rivojlana
boshlaydi. Ularda boshqa jins vakiliga “qiziqish” ortadi, shirin orzular, nozik his-
tuyg‘ular, sog‘inch, iztirob kabi kechinmalar paydo bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar
jarayonida qiyinchiliklar paydo bo‘la boshlaydi. Bu qiyinchiliklar avvalo ta’lim
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
123
jarayonida ro‘y beradi: ma’lumotlarni bayon qilish va qabul qilish shakli, usullari
o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik, holati
kuzatiladi. Shuningdek, shu vaqtgacha o‘zi haqidagi mavjud fikrlar, bugungi
kundagi “meni” ga mos kelmayotganligi o‘smirni stressga soladi. Bu kabi o‘y-
hayollar o‘smirda o‘ziga nisbatan salbiy mushohada va qo‘rquv hissini yuzaga
keltirishi mumkin.
Nosog‘lom xatti-harakatlarga berilish asosan hayotning ushbu davridan
boshlanadi. O‘smir o‘zini yetuk insondek ko‘radi, kattalarga imitatsiya qiladi.
Buning natijasida o‘smir o‘ziga tamaki, spirtli ba’zi hollarda giyohvand
moddalarning mazasini tatib ko‘rishga ruxsat beradi. Bu orqali o‘smir rad etilgan
muhabbati, iztiroblari, atrofdagilar, oila a’zolari, tengdoshlari bilan bo‘layotgan
nizolarni shu zararli odatlari orqali unutishga harakat qiladi. Aynan mana shu
davrda inson irodasizaiflik qilgani tufayli, keyinchalik shakllanadigan surunkali
va yuqumsiz kasalliklar o‘zagi paydo bo‘ladi. Chekish, ichkilik oqibatida yuzaga
keladigan surunkali va yuqumsiz kasalliklar global miqyosda barcha yoshdagi
o‘limning asosiy sababchisiga aylangan. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti
ma’lumotlariga ko‘ra, alkagol va tamaki mahsulotlari har yili butun dunyo
miqyosda 38million insonning o‘limiga sababchi bo‘lar ekan. Surunkali va
yuqumsiz kasalliklarning biologik xafv omillari aynan o‘smirlik davrida paydo
bo‘ladi va inson o‘z irodasini qo‘lga olib zararli odatlarni tark etmasa, bu
biologik xafv omillari inson hayotiga yakun yasashi mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
G’oziyev. E “Ontogenez psixologiyasi” – T; NIF MSH-2020.
2.
G’oziyev. E “Umumiy psixologiya” – T; O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati-2011.
3.
Davletshin. M.G “Yosh va pedagogik psixologiya” T; 2004.
4.
Nishanova Z.T “Rivojlanish psixologiyasi”, “Pedagogik psixologiya”-T;
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2018
5.
Qodirova M. (2020). Voyaga yetmagan o‘smirlar xulq-atvorini
shakllantirishda olib boriladigan ishlar mazmuni. JSPI.Arxiv
