Авторы

  • Feruza Ibratova
    Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori
  • Аbror Ismailov
    Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tafps.73293

Ключевые слова:

iqtisodiy ish soddalashtirilgan tartib sud ishlari protsess bosqich optimallashtirish.

Аннотация

Maqolada soddalashtirilgan tartibda ish yuritish tushunchasi, uning ahamiyati, mohiyati va afzalliklari baen etilgan. Maqolada Oʼzboshimchalik bilan egallangan qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini qaytarish va bunday yer uchastkalarida qurilgan uy-joy, bino, inshoot yoki boshqa koʼchmas mulk obʼektlarini buzish bilan bogʼliq ishlarni soddalashtirilgan tartibda yuritish bilan bogʼliq normalarni Iqtisodiy protsessual kodeksiga ham kiritish lozimligi keltirilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

128

SODDАLАSHTIRILGАN TАRTIBDА ISH YURITISHNING АHАMIYATI

VА АFZАLLIKLАRI

Ibratova Feruza

Toshkent davlat yuridik universiteti professori,

yuridik fanlar doktori

Ismailov Аbror

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15067037

Аnnotаtsiya

Maqolada soddalashtirilgan tartibda ish yuritish tushunchasi, uning

ahamiyati, mohiyati va afzalliklari baen etilgan. Maqolada Oʼzboshimchalik bilan
egallangan qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini qaytarish va
bunday yer uchastkalarida qurilgan uy-joy, bino, inshoot yoki boshqa koʼchmas
mulk obʼektlarini buzish bilan bogʼliq ishlarni soddalashtirilgan tartibda yuritish
bilan bogʼliq normalarni Iqtisodiy protsessual kodeksiga ham kiritish lozimligi
keltirilgan.

Kalit soʼzlar:

iqtisodiy ish, soddalashtirilgan tartib, sud ishlari, protsess,

bosqich, optimallashtirish.

Yurtimizdagi bozor iqtisodiyoti davrida tadbirkorlarga berilayotgan

imtiyozlar, qonunlarga kiritilayotgan oʼzgartirishlar sababli iqtisodiyot sohasida
koʼplab yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda YaTT maqomini
olgan fuqarolar davlat roʼyhatidan oʼtib, foaliyat koʼrsatmoqda.

Nazariyotchi olimlarning bir guruhi sud protsessini soddalashtirish, yaʼni

ish koʼrishning muqobil usullarni tatbiq etishni taklif etsalar, ikkinchi guruh
olimlar esa sud ishlarini yuritishni yanada optimallashtirish, yaʼni sud orqali
himoyaning eng qulay shart-sharoitlarini yaratishni taklif etadilar. Bu oʼrinda
alohida toʼxtalib oʼtmoqchimizki, bizningcha, soddalashtirish tushunchasiga
optimallashtirish nisbatan kengroq tushunchadir, chunki soddalashtirilgan
tartibda ish yuritish, ayrim turdagigina sud ishlariga nisbatan qoʼllanilsa, sud
protsessida optimallashtirish barcha turdagi sud ishlari yuzasidan protsessning
barcha bosqichlarini takomillashtirishni qamrab oladi .

Maʼlumki, bozor iqtisodiyoti usib borish bilan bilan birga, iqtisodiy sudlarda

ish koʼrish hajmi ham yildan-yilga ortib bormoqda.

Bu borada, sud-huquq tizimida ham amalga oshirilayotgan islohatlar

natijasida nizolarni soddalashtirilgan tartibda koʼrib chiqish belgilandi.

Sud ishlarini yuritishni soddalashtirish yoki optimallashtirish masalasi har

doim nazariyotchi olimlar tomonidan tortishuvlarga sabab boʼlib keladi.
Masalan, M.M.Mamasiddiqov tomonidan sudьyalarning ish yuklamalarini


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

129

kamaytirish maqsadida sud tartib-taomillarining soddalashtirilgan protsessual
shakllarini

ishlab

chiqish

fuqarolik

protsessual

qonunchilikni

takomillashtirishning muhim yoʼnalishlaridan biri sifatida baholansa ,
M.А.Cheremin esa fuqarolik ishlarini ularning oʼziga xos maxsus xususiyatlarini
eʼtiborga olmay, barcha ishlar uchun bir xil boʼlgan tartib-taomilning qoʼllanilishi
maqsadga muvofiq emasligi haqidagi fikrlarni ilgari suradi .

Xususan, Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 20 martdagi qonuniga

muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiy protsessual kodeksiga qoʼshimcha,
231-bob soddalashtirilgan tartibda ish yuritish boʼyicha toʼldirildi. Mazkur bob,
IPKning 2031-moddadan 2035-moddalarini oʼz ichiga qamrab oladi.

Soddalashtirilgan ish yuritish daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalariga

koʼra, oʼziga xos xususiyatlarni hisobga olingan holda sud tomonidan koʼrib
chiqiladi.

Xoʼsh, aynan qanday ishlar soddalashtirilgan tartibda koʼrib chiqiladi.
Аgar daʼvoning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash

miqdorining yigirma baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan besh
baravaridan oshmasa, daʼvo arizalari boʼyicha ishlar soddalashtirilgan ish
yuritish tartibida koʼrib chiqilishi lozim.

Аyrim olimlar tomonidan oʼzboshimchalik bilan egallangan qishloq

xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini qaytarish va bunday yer
uchastkalarida qurilgan uy-joy, bino, inshoot yoki boshqa koʼchmas mulk
obʼektlarini buzish bilan bogʼliq ishlarni soddalashtirilgan tartibda yuritish bilan
bogʼliq normalarni FPKda kiritish taklifini ilgari suradi . Biz ham aynan shu
taklifni qoʼllab-quvvatlagan holda Iqtisodiy protsessual kodeksiga ham kiritish
lozim deb hisoblaymiz.

Taʼkidlash lozimki, korporativ nizolar boʼyicha ishlar, huquqiy taʼsir

choralarini qoʼllash toʼgʼrisidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda koʼrib
chiqilmaydi.

Shuningdek soddalashtirilgan ish yuritishga uchinchi shaxs kirishsa yoki

soddalashtirilgan tartibda koʼrib chiqilishi mumkin boʼlmagan qarshi daʼvo kelib
tushsa, sud ishni daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʼyicha koʼrish
haqida ajrim chiqaradi.

Quyidagi hollarda ham xuddi shunday yoʼl tutiladi:
Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʼrib chiqish davlat sirining,

tijorat sirining yoki qonun bilan qoʼriqlanadigan boshqa sirning oshkor
qilinishiga olib kelishi mumkin boʼlsa;


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

130

Qoʼshimcha holatlarni aniqlash yoki qoʼshimcha dalillarni tekshirish,

shuningdek dalillarni ular turgan joyda koʼzdan kechirish va tekshirish,
ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning koʼrsatuvlarini eshitish zarur boʼlsa;

Bildirilgan talab boshqa talablar bilan bogʼliq boʼlsa, shu jumladan uchinchi

shaxslarga taalluqli boʼlsa yoki mazkur ish boʼyicha qabul qilingan sud hujjati
bilan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʼriqlanadigan
manfaatlari buzilishi mumkin boʼlsa.

Oʼzaro bogʼliq boʼlgan bir nechta talab bildirilgan boʼlib, ulardan biri

soddalashtirilgan tartibda koʼrilishi mumkin, boshqalari esa bunday tartibda
koʼrilishi mumkin boʼlmasa, barcha talablar umumiy tartibda koʼriladi.

Bu holatda esa, sudning ish yuritishning umumiy qoidalar boʼyicha

chiqarilgan ajrimiga asosan ishni koʼrish boshidan boshlanadi.

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʼrib chiqilgan ish boʼyicha hal

qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʼlsa, qabul
qilinganidan keyin oʼn kun oʼtgach qonuniy kuchga kiradi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PQ-300-

son qaroriga 4-ilova sifatida qabul qilingan Oʼzbekiston — 2030»
strategiyasining qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat
boshqaruvini tashkil etish yoʼnalishi boʼyicha 2023 yilga moʼljallangan amaliy
tadbirlar rejasining “Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati
ustidan samarali sud nazoratini oʼrnatish hamda maʼmuriy adliya tizimini
yanada rivojlantirish” deb nomlangan 85-maqsadining 21-bandida nizolarni
muqobil hal etishda mediatsiya institutini rivojlantirish orqali fuqarolarning
buzilgan huquqlarini soddalashtirilgan tartibda himoya qilishga oid vazifani
amalga oshirish uchun mediatsiya qoʼllaniladigan sohalar doirasini kengaytirish,
mediatorga doir talablarni qayta koʼrib chiqish, Hakamlik sudlari faoliyati
hamda hakamlik muhokamasini xalqaro standartlarga moslashtirish kabi amaliy
chora-tadbirlarning belgilanganligi kelgusida nizolarni hal qilishning muqobil
usullarini yanada rivojlantirish maqsadida qoʼyilgan navbatdagi muhim qadam
sanaladi .

Nizolapni hal qilishning muqobil usullapidan foydalanish tapaflap uchun

salbiy oqibatlapni keltipib chiqapmaydi, balki aksincha, ulapga ishonchli
aloqalapning saqlanib qolishi va epishilgan kelishuv natijasida ishbilapmonlik
aloqalapini davom ettipishga imkon bepadi. Jamiyat pivojlangan sapi
fuqapolapning oʼzapo huquqiy munosabatlapi bilan bip qatopda mulkchilik
shaklidan qatʼi nazap, xoʼjalik yupituvchi subʼektlap oʼptasidagi huquqiy
munosabatlapni taptibga solish, shuningdek, nizolapni hal qilish usullapi ham


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

131

takomillashib bopavepadi . Shu sababli soddalashtirilgan tartibda ish yuritishda
ham, agar taraflar tomonidan kelishuv bitimi yoki medatsiya kelishuvi taqdim
etilsa, koʼrib chiqish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Taʼkidlash lozimki, soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʼrib chiqilgan

ish boʼyicha hal qiluv qarori sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida
majburiy ijro etiladi.

Аpellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u

bekor qilinmagan boʼlsa, apellyatsiya instantsiyasi sudining qarori qabul
qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.

Ushbu institutning daʼvo, alohida tartibdagi ish yuritishdan farqi sud

muhokamasi oʼtkazilmaydi, sud buyrugʼidan farqi ish boʼyicha hal qiluv qarori
qabul qilinib, qaror nizoli ishlar boʼyicha qabul qilinadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi takliflar kiritilmoqda:
1.

Oʼzboshimchalik bilan egallangan qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan

yer uchastkalarini qaytarish va bunday yer uchastkalarida qurilgan uy-joy, bino,
inshoot yoki boshqa koʼchmas mulk obʼektlarini buzish bilan bogʼliq ishlarni
soddalashtirilgan tartibda yuritish bilan bogʼliq normalarni Iqtisodiy protsessual
kodeksiga ham kiritish.

2.

Soddalashtirilgan tartibda ish yuritishda jaraenida ham kelishuv

bitimini tuzish va mediatsiya kelishuvini joriy qilish.

Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:

1.

Қучқаров

Х.

А.

ФУҚАРОЛИК

ПРОЦЕССИ

БОСҚИЧЛАРИНИ

ОПТИМАЛЛАШТИРИШ МАСАЛАСИ //Государство и право. – 1980. – №. 1. –
С. 208.
2.

Мамасиддиқов М.М. Суд-ҳуқуқ ислоҳотлари шароитида фуқаролик

процессуал қонунчилигини такомиллаштиришнинг муҳим йўналишлари
// “Судҳуқуқ ислоҳотларининг истиқболлари: кеча ва бугун” мавзусидаги
республика илмий–амалий конференция материаллари. –Тошкент: ТДЮИ.
2010. –Б. 11–12.
3.

Черемин М.А. Приказное производство в российском гражданском

процессе. – М: Городец, 2001. – С. 55.
4.

Абдухакимов М. Т. Фалсафа доктори (PhD) диссертацияси

автореферати мундарижаси Оглавление автореферата диссертации
доктора философии (PhD).
5.

Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.09.2023 й.,

07/23/300/0693-сон. https://lex.uz/uz/docs/6600390


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

132

6.

Марипова С. А. ЎЗБЕКИСТОН PЕСПУБЛИКAСИДA НИЗОЛAPНИ

МУҚОБИЛ ҲAЛ ЭТИШГA ОИД ИСЛОҲОТЛAP //Miasto Przyszłości. – 2023. – Т.
39. – С. 207-210.

Библиографические ссылки

Қучқаров Х. А. ФУҚАРОЛИК ПРОЦЕССИ БОСҚИЧЛАРИНИ ОПТИМАЛЛАШТИРИШ МАСАЛАСИ //Государство и право. – 1980. – №. 1. – С. 208.

Мамасиддиқов М.М. Суд-ҳуқуқ ислоҳотлари шароитида фуқаролик процессуал қонунчилигини такомиллаштиришнинг муҳим йўналишлари // “Судҳуқуқ ислоҳотларининг истиқболлари: кеча ва бугун” мавзусидаги республика илмий–амалий конференция материаллари. –Тошкент: ТДЮИ. 2010. –Б. 11–12.

Черемин М.А. Приказное производство в российском гражданском процессе. – М: Городец, 2001. – С. 55.

Абдухакимов М. Т. Фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати мундарижаси Оглавление автореферата диссертации доктора философии (PhD).

Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.09.2023 й., 07/23/300/0693-сон. https://lex.uz/uz/docs/6600390

Марипова С. А. ЎЗБЕКИСТОН PЕСПУБЛИКAСИДA НИЗОЛAPНИ МУҚОБИЛ ҲAЛ ЭТИШГA ОИД ИСЛОҲОТЛAP //Miasto Przyszłości. – 2023. – Т. 39. – С. 207-210.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)