OILADA PSIXOLOGIK MUHITNING YOMONLIGI: NIZOLAR VA KONFLIKTLAR

Abstract

Ushbu maqolada konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning roli, konfliktlarni hal etishda ota-onalarning pedagogik-psixologik  to’g’risida ma’lumot keltirilgan.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
24-27
74

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Rahmonova , M. ., & Abduraxmonova , S. . (2025). OILADA PSIXOLOGIK MUHITNING YOMONLIGI: NIZOLAR VA KONFLIKTLAR. Теоретические аспекты становления педагогических наук, 4(6), 24–27. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/tafps/article/view/76471
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning roli, konfliktlarni hal etishda ota-onalarning pedagogik-psixologik  to’g’risida ma’lumot keltirilgan.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

24

OILADA PSIXOLOGIK MUHITNING YOMONLIGI: NIZOLAR VA

KONFLIKTLAR

Rahmonova Mahliyo Boymurodovna

Xalqaro innovatsion universitet o’qituvchisi

Abduraxmonova Sabrina O’ktam qizi

Talaba:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15117405

Annotatsiya:

Ushbu maqolada konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning

roli, konfliktlarni hal etishda ota-onalarning pedagogik-psixologik to’g’risida
ma’lumot keltirilgan.

Kalit so’zlar:

ma’naviy-qadriyatli, sub’ektiv, ijtimoiy, yoshlar, mustahkam,

pedagogik-psixologik, jamiyat, hissiy-emotsional, oila, ta’sir tarbiya.

Oilalarda psixologik muhitning yomonlashishi va doimiy nizolar bir-birini

kuchaytiruvchi omillar bo’lib, oila a’zolarining ruhiy salomatligi va farovonligiga
salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday holatlar shaxs kamoloti shaxslararo
munosabatlar ijtimoiy va siyosiy hayotda bo’ladigan voqealarni osonlashtiriladi.
Oila ichidagi psixologik muhitning yaxshi emasligi ya’ni nizo va konfliktlar
ko’pincha bir nechta omillar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bunday holatlar oila
a’zolari o’rtasidagi muloqotning yomonlashishi his-tuyg’ularni ifoda etishning
qiyinlashishi yoki o’zaro ishonchning pasayishi tufayli yuzaga keladi. Buning
natijasida turli xil xulq-atvor muommolari, tushunmovchiliklar yoki hatto
zo’ravonliklar paydo bo’lishi mumkin.

Psixologik konfliktlar oila a’zolarining o’zaro aloqalariga o’z-o’zini qabul

qilishlariga va bolalarning o’sishi va ta’limiga zarar yetkazishi mumkin.
Shuningdek doimiy nizo oilaning ruhiy va jismoniy farovonligini kamaytiradi.
Bunday muhitda oila a’zolariga maslahatlar, terapevtik yondashuvlar yoki
oilaviy maslahatxizmatlari yordamida bu muammoni hal qilish muhimdir.

Psixologik qo’llab-quvvatlash oila ichidagi ahvolni yaxshilashga va

konfliktlarni hal qilishga yordam berishi mumkin. Bunday vaziyatlarda
muommo hal qilinmasa oilada doimiy stress, nizo konflikt o’zaro ishonchliksiz
va emotsional izolyatsiya paydo bo’lishi mumkin.

Oila a’zolari o’rtasida muloqot etishning past darajasi his tuyg’ularni

ifodalashdagi cheklovlar yoki ko’proq zararli va tajovuzkor xatti- harakatlar bu
muhitni yanada yomonlashtiradi. Psixologik muhitniyaxshilash uchun oilada
ochiq muloqat va bir-birini tushunishga intilishga zarur. Bunday yondashuvlar
konfliktlarni hal qilishga o’zaro hurmat va ishonchni rivojlantirishga yordam
beradi. Agar zarur bo’lsa oilaviy terapiya yoki psixolog yordamiga murojat qilish
ham samarali bo’lishi mumkin.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

25

Oilalarda psixologik muhitning yaxshi emasligi ko’pincha nizo yoki

konfliklarga olib keladi. Psixologik muhit ya’ni oila a’zolari o’rtasidagi hissiy
aloqalar hurmat ishonch va muloqot darajasi oila ichidagi tinchlik va
barqarorlikni belgilaydi. Agar muhit yomon bo’lsa o’zaro tushunmovchiliklar,
to’qnashuvlar va nizolar paydo bo’lishiga mumkin. Oila ichidagi konfiktlar
quydagi sabablarga ko’ra yuzaga kelishi mumkin.

Komunikatsiyaning yetishmasligi: oila a’zolari o’rtasidagi ochiq va samimiy

muloqotning yo’qligi o’zaro tushunmovchilikga olib kelishi mumkin.

Qat’iy qarorlar va murosasizlik: har bir a’zoning fikri va his-tuyg’ularga

hurmat qilmaslik o’zaro murosasizlikni kuchaytiradi.

Tashqi stress: moliyaviy yoki ish bilan bo’liq bo’lgan tashqi muommolar

oiladagi ruhiy muhitga ta’sir qilishi mumkin.

O’zaro ishonchning yo’qligi: oila a’zolari o’rtasida ishonchning pastligi

xiyonat yoki sirlarni yashirish konfliktlarni kuchaytiradi.

O’zgarishlarga moslashmaslik: oila a’zolarining o’zgaruvchan ehtiyojlar va

sharoitlarini moslashmasligi qattiq qarashlar yoki qo’llanmalarga yopishish
nizolarga sabab bo’lishi mumkin.

Bunday vaziyatlarda oilaning yaxshi psixolog muhitni tiklash uchun ochiq

va samimiy muloqot, o’zaro hurmat va murosa qilishga tayyorlik zarur.
Shuningdek, psixologik yordam olishi kerak oilaviy maslahatlashuvlar ham
muammoni hal qilishda foydali bo’lishi mumkin.

Oilalarda psixologik muhitning yaxshi emasligi ko’pincha nizolar va

konfliktlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bunday xolatlarda oilaviy a’zolar
o’rtasida hissiy aloqalar zaiflashadi, o’zaro tushunmovchiliklar, ishonchsizliklar
va qo’pollik yuzaga kelishi mumkin. Nizo va konfliktlar turli omillar jumladan
turmush o’rtog’ining o’zaro muammolari farzandlar bilan bog’liq muommolar
moliyaviy qiyinchiliklar yoki oiladagi yuksak stress tufayli paydo bo’lishi
mumkin. Bunday holatlarni hal qilish uchun oila a’zolarning o’zaro muloqot
qilishga intilishi muommo va ziddiyatlarni ochiq va mehrli tarzda muhokama
qilishlari zarur. Shuningdek psixologik yordam maslahatlar va terapiya ham
oilaning yaxshilanishiga yordam berishi mumkin. Konflikni hal qilish va o’zaro
hurmatni tiklash uchun sabr toqat, tushunish va qo’llab quvatlash juda
muhimdir.

1)

Oiladagi psoxologik muhitning yomonlashish: oila a’zolari o’rtasidagi

tushunmovchiliklar yoki jismoniy emotsional masalalar oilada yomon psixologik
muhitni yaratadi.


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

26

2)

Nizo –kofliktlar: bu turdagi muhitda oiladagi a’zolar o’rtasida turli xil

nizolar janjallar va muommolar yuzaga keladi. Bu ehtimol xotin va er o’rtasidagi
yok iota-ona bolalar o’rtasidagi munosabatlarga ta’sir qiladi.

3)

Emotsional zaiflik: oila a’zolarining bir-bilariga bo’lgan munosabati

ularning psixologik holatni va oilaning umumiy ahvolini yomonlashtirishi
mumkin.

Oila ichidagi psixologik muhitning yomonlashuvi va nizo-konfliktlar ko’plab

oilalarda uchraydigan masalalardir. Bu holat oilaning umumiy faravonligiga
jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bir-birini tinglamaslik yoki his-tuyg’ularni ochiq
aytmaslik muommo yaratadi. O’zaro hissiy qo’llab quvatlashning yo’qligi oila
a’zolarining emotsional holatiga salbiy ta’sir qiladi.

Stress noqulaylik va qiyinchiliklar oilada tartibsizlik va nizo keltirib

chiqaradi. Ba’zi oilalarda ruhiy va jismoniy zo’ravonlik mavjud bo’lib bu
psixologik muhitni yanada yomonlashtiradi va oilaning farovonligiga zarar
yetkazadi. Oila ichidagi psixologik muhitni yaxshilash uchun ochiq muloqat, bir-
birini tushunishva hissiy qo’llab quvatlash muhimdir. Konfliktlarni hal qilishda
hamkorlik va murosa muhim rol o’ynaydi.

Konflikt

(lot. contlictue — ixtilof, toʻqnashish) — 1) qarshi tomonlar,

fikrlar, kuchlar toʻqnashuvi; 2) adabiyot va sanʼatda — badiiy asar mohiyatida
yotgan ziddiyat, personajlarning oʻzaro toʻqnashishi, ixtilofi. Konflikt epik
asarlarga nisbatan qoʻllanadi, dedektiv romanlarda esa u kolliziya, kechinma,
fikr oqimi tarzida namoyon boʻladi. Konfliktning 3 xil koʻrinishi mavjud: asar
qahramonlarining bir-birlari bilan toʻqnashuvi, kurashi; shartsharoit, muhit
bilan toʻqnashuv; oʻz-oʻzi bilan ichki kurash. Drama konfliktni harakatni
rivojlantiruvchi, keskinlashtiruvchi xususiyatga ega. Konfliktda yozuvchining
dunyoqarashi, voqelikni, hayotni, dunyoni va insonni qanday idrok etishi va
tushunishi namoyon boʻladi. Dramaturgiyada "tashqi" konfliktga keng oʻrin
beriladi, bunda qahramonlar oʻzaro bir-biri bilan ixtilofda, kurashda boʻladi,
"ichki" konfliktda esa qahramonning oʻz burchini his etishi bilan ojiz ruhiy
tomoni, hissiy iztiroblari, holati oʻrtasidagi ziddiyat tarzida koʻrinadi. Mazmuni,
yoʻnalishi nuqtai nazaridan konfliktning maishiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy,
falsafiy va boshqa turlari mavjud. Voqealar rivoji davomida ijtimoiy Konflikt
siyosiy konfliktga, siyosiy konflikt falsafiy konfliktga aylanishi mumkin. Katta,
oʻtkir gʻoyalar uchun keskin kurashga asoslangan toʻqnashuvda fojiaviy ruh
ustun boʻlib, fojiaviy konfliktni tugʻdiradi yoki kulgili, oʻtkir hajviy yoʻnalishdagi
vaziyat, holat, voqealar kulgili ruhni hosil qiladi. Konfliktning mohiyati zamon,
makon bilan jips bogʻliq. Shunday konfliktlarlar boʻladiki, davr oʻtishi bilan ular


background image

THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF

PEDAGOGICAL SCIENCES

International scientific-online conference

27

barham topadi. Dunyoda yaratilgan asarlar konflikti zaminida taqdir taqozosi
turgan boʻlsa, oʻrta asrlardagi asarlarda ilohiy kuch bilan insondagi shaytoniy
xirs konfliktning asosini tashkil etadi. Romantizm davrida voqelik, muhit, shart-
sharoit bilan ideal oʻrtasida, yaxshilik bilan yomonlik, ruhiy erkinlik bilan
turmush tashvishlari oʻrtasidagi ziddiyat hukmronlik qilgan, realizm tantana
qilgan davrda inson mohiyati, uning istagi, imkoniyati bilan ijtimoiy-tarixiy
shart-sharoit zaminida konflikt yuzaga kelgan. Shunday boqiy mavzular borki
(masalan, saxiylik va xasislik, vafodorlik va bevafolik, tiriklik va oʻlim), bularda
konflikt har bir davrning maʼnaviy, ruhiy talab va ehtiyojlaridan kelib talqin
qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Karimova. Ijtimoiy psixologiya va amaliyot. — Т.: 2009. 13 2. Karimova, О.

Xayitov. Shaxsning ijtimoiylashuv masalasi. - Т.: 2000
2.

I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Т.: 4. «Ma’naviyat»,

2008. 2 Гидденс Э. Социология. — 2002. 5. Маерс Д. Социальная
психология. — М.: Аллель, 2000

References

Karimova. Ijtimoiy psixologiya va amaliyot. — Т.: 2009. 13 2. Karimova, О. Xayitov. Shaxsning ijtimoiylashuv masalasi. - Т.: 2000

I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Т.: 4. «Ma’naviyat», 2008. 2 Гидденс Э. Социология. — 2002. 5. Маерс Д. Социальная психология. — М.: Аллель, 2000