THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
72
XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA GENDER TENGLIKNI
TA’MINLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI
Nazarova Madina Burxonovna
Bank-moliya akademiyasi magistranti
Abdiyev Nosir Raximovich
Mustaqil izlanuvchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15601851
Annotatsiya
Gender tenglik – bu ayollar va erkaklarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy
imkoniyatlar tengligini anglatadi. Xizmat koʻrsatish sohasi turizm, moliya,
sogʻliqni saqlash, taʼlim, IT va boshqalar iqtisodiyotning dinamik tarmogʻi boʻlib,
unda gender tengligini taʼminlash ishlab chiqarish samaradorligi, innovatsiyalar
va barqaror iqtisodiy oʻsishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Xizmatlar sohasida gender
tenglikni ta’minlash inson resurslaridan to‘laqonli foydalanish ya’ni korxonalar
faoliyatida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan bir qatorda korxona faoliyatini
kengayishiga, ushbu sohaning yanada rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
Abstract
Gender equality refers to the equality of economic, political and social
opportunities for women and men. The service sector is a dynamic sector of the
economy of tourism, finance, health, education, it, etc., in which ensuring gender
equality has a positive impact on productivity, innovation and sustainable
economic growth. Ensuring gender equality in the field of services full-fledged
use of human resources, that is, in addition to ensuring economic growth in the
activities of enterprises, contributes to the expansion of the activities of the
enterprise, the further development of this industry.
Kalit so‘zlar:
gender tenglik, xizmat ko‘rsatish sohasi, gender muvozanat,
gender tenglikning huquqiy asoslari, rag‘batlantirish.
Keywords:
gender equality, service sector, gender balance, legal
foundations of gender equality, promotion.
Rivojlangan mamlakatlarda, shuningdek zamonaviy kompaniyalar
faoliyatida, biznes dunyosida hamda boshqa turdagi jamoaviy faoliyatda
loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshishida inson resurslarining sifat jihatdan
xilma-xilligi, xususan gender muvozanati muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Dunyo rivojining hozirgi davrida inson taraqqiyoti, uning huquq va
erkinliklari, ijtimoiy adolat va inson xavfsizligini taʼminlash borasidagi olib
borilayotgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ayollar va
erkaklarning jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi tengligini amalda
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
73
taʼminlash masalalari ustuvor vazifalarning biriga aylanmoqda. Mamlakatimizda
ushbu sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi. O‘zbekiston
Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik
masalalari qo‘mitalari tashkil etilganligi buning yaqqol isboti hisoblanadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga
qilgan Murojaatnomasida 6 milliondan ortiq xotin-qizlarning muammolari puxta
o‘rganilganligi hamda xotin-qizlarni qiynayotgan ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarga amaliy yechim topish maqsadida “Аyollar daftari” va “Temir
daftar” shakllantirilganligi ushbu muammolarni hal etishda mahallalarda yangi
tashkil etilgan “Аyollar maslahat kengashlari” ham yaqindan ko‘mak berib
kelayotganligi taʼkidlab o‘tildi. Bu borada xotin-qizlarning jamiyatdagi va davlat
boshqaruvidagi mavqeini yanada oshirishga qaratilgan yaxlit tizim yaratish
bo‘yicha taklif ishlab chiqish vazifasi belgilab berildi. Fikrimizcha, jamiyatda
ayollar va erkaklar tengligi tamoyilini ilgari surish demokratik boshqaruvning
asosiy va ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror
rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida Oʻzbekiston Barqaror rivojlanishning Beshinchi
maqsadi gender tenglikni taʼminlash, barcha xotin-qizlarning huquq va
imkoniyatlarini kengaytirish belgilangan. Unga koʻra, 2030-yilga borib barcha
xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish,
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha
darajalarida ayollarning toʻliq va samarali ishtirokini, yetakchilik qilish uchun
teng imkoniyatlarni taʼminlash zarur.
Xizmat ko‘rsatish sohasi zamonaviy iqtisodiyotda yuqori bandlik darajasi va
YIMdagi ulushi bilan ajralib turadi. Biroq ushbu sohada gender tenglik hali ham
dolzarb masala bo‘lib, ayollar ko‘pincha past maoshli lavozimlarda yoki
norasmiy bandlik shakllarida ishlaydi. Gender tenglikni ta’minlash xizmat
sifatini oshirish, innovatsiyalarni jadallashtirish va korxonalar samaradorligini
kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Gender tenglik – bu ayollar va erkaklarning
iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy imkoniyatlar tengligini anglatadi. Shuningdek, bu
tushunchani inson kapitalini to‘liq safarbar etish vositasi sifatida ham ta’riflash
mumkin.
Ayollar va erkaklar teng huquqli bo‘lishi xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida
mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Xizmat koʻrsatish sohalari
turizm, moliya, sogʻliqni saqlash, taʼlim, IT va boshqalarda iqtisodiyotning
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
74
dinamik tarmogʻi boʻlib, unda gender tengligini taʼminlash ishlab chiqarish
samaradorligi, innovatsiyalar va barqaror iqtisodiy oʻsishga ijobiy taʼsir
koʻrsatadi. Shuningdek, teng imkoniyatlar – bandlik darajasining oshishi, soliqlar
tushumi ko‘payishi va iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida masalan, mehmonxona, restoran, chakana savdo
sohalarida ko‘pincha ayollar tomonidan dominantlik qiladi, ammo rahbarlik
lavozimlarida erkaklar ustunlik qiladi. Gender tenglik barcha xodimlarga teng
imkoniyatlar taqdim etadi, bu esa ish samaradorligini va mijozlar ehtiyojlariga
moslashuvchanlikni oshiradi.
Gender tenglikka sarmoya kiritish ya’ni teng maosh, ayollarning rahbarlik
lavozimlariga ko‘tarilishi faoliyat olib borayotgan xodimlarning motivatsiyasini
oshiradi, kadrlar qo‘nimsizligini kamaytiradi va kompaniya imidjini yaxshilaydi,
bu esa mijozlar sadoqatini mustahkamlaydi.
McKinsey Global Institute (2020) hisoboti natijasiga ko‘ra, Gender teng
boʻlgan kompaniyalar oʻrtacha 15-20% koʻproq foyda koʻrishi, Ish joyida tenglik
xodimlarning ishqibozligini oshirib, kadrlar almashinuvini kamaytirishi
keltirilgan. Shuningdek, o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Gender tenglikni
ta’minlagan xizmat ko‘rsatish kompaniyalari daromad va
mijozlar sodiqligi
bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan, Ayollar rahbarligidagi jamoalarda
innovatsiya darajasi yuqori, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati esa yaxshiroq
bo‘lgan.
UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 19-24 yoshdagi yosh
ayollarning 56% o‘qish, ish yoki kasbiy tayyorgarlik bilan shug‘ullanmaydi
(NEET). Ayollar uchun NEET darajasi 25-30 yoshda 74% ga yetadi, erkaklar
uchun esa bu ko‘rsatkich maksimal 33.5% ni tashkil qiladi. 2022 yil holatiga
ko‘ra, ayollar sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar va ta’lim sohalarida umumiy
bandlikning 75% ni tashkil qiladi, bu yerda ish haqi boshqa kasblarga nisbatan
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
75
pastroq. Erkaklar esa qurilish (94.1%), logistika (92.9%) va AKT (66.6%) kabi
yuqori maoshli sohalarda ustunlik qiladi.
Xulosa
Xizmat koʻrsatish sohasida gender tenglikni ragʻbatlantirish nafaqat adolatli
jamiyat qurish, balki tarmoqning iqtisodiy samaradorligini oshirish,
innovatsiyalarni jadalashtirish va barqaror rivojlanishga erishish uchun muhim
omildir. Gender tenglikka erishish nafaqat axloqiy, balki iqtisodiy va ijtimoiy
jihatdan foydali bo‘lib, soha rivojlanishi va jamiyat farovonligiga xizmat qiladi.
Davlatlar va korxonalar gender tenglik siyosatini amalga oshirish orqali yuqori
daromadli va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirishi mumkin. Ushbu
sohada gender tenglikka erishish uchun berilgan imkoniyatlardan kengroq
foydalanish, xotin-qizlar orasida ushbu sohada yutuqqa erishgan ayollar bilan
davra suhbatlari tashkil etish, IT sohasiga yanada keng jalb qilish, xizmat
ko’rsatish sohasida mavjud bo‘lgan kasb-hunarlar o‘rgatuvchi o‘quv kurslarini
xotin-qizlar uchun bepul holda tashkil etish zarur deb hisoblaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq
hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni. 2019-yil, 2-sentabr.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligi qo‘mitasi hisobotlari (2022).
3.
McKinsey & Company. (2020). "Delivering through Diversity".
4.
Project Management Institute. (2020). "Gender Balance in Project
Management".
5.
Harvard Business Review. (2019). "Why Diverse Teams Are Smarter".
6.
Woolley, A.W. (2010). "Evidence for a Collective Intelligence Factor in the
Performance of Human Groups".
7.
N.Abdiyev “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish
istiqbollari”, Soliq va hayot electron ilmiy ommabop jurnal, 3-son, 34-42 bet.
