THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
72
MAMLAKATIMIZDA ADOLAT VA QONUN USTUVORLIGI
TAMOYILLARINI TARAQQIYOTNING ENG ASOSIY VA ZARUR
SHARTIGA AYLANTIRISH
Karimov Avaz Shuhrat o’g’li
Termiz davlat pedagogika instituti Musiqa ta’lim yo’nalishi 1-bosqich
magistranti avazkariov@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15421866
Annotatsiya
: Ushbu maqola 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug‘lash va faol
mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan
yettita ustuvor yo‘nalishdan biri mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi
tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish masalasini
qisqacha yoritishga bag‘ishlanadi.
Kalit soʻzlar
: Harakatlar strategiyasi, taraqqiyot strategiyasi, ijtimoiy
himoya, adolat, qonun, jamiyat, yuridik xizmat.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Shuningdek,
inson huquqlarini ta'minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini
kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot
vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish
bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. So'nggi besh yillik islohotlarning
natijasida mamlakatimizda Yangi O'zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-
huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslari yaratildi. Keng jamoatchilik
muhokamasi natijasida 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi
O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "Harakatlar strategiyasidan -
Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor
yo'nalishdan biri mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini
taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish hisoblanadi. Unga ko'ra
ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga jinoyat ishlari bilan bir qatorda fuqarolik
va ma'muriy ishlar bo'yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam
ko'rsatish tartibini joriy etish belgilandi.
Adabiyotlar tahlili va metodlar
Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida
qonun, Sh.M.Mirziyoyevning asarlari hamda uning 2022 - 2026-yillarga
mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida Farmoni
va internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-
deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.
Muhokama va natijalar
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
73
Qonun ustuvorligi - barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida
konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega bo'lib, ularning hokimiyat
chiqaradigan boshqa hamma me'yoriy hujjatlar va yo'riqnomalardan ustun
turadi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik ta'minlanishiga
xizmat
qiluvchi
tamoyildir.
Bu
tamoyil
O'zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
15-moddasida
mustahkamlangan:
"O'zbekiston
Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining
ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar".
Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jab-halarida
qonunlarning qat'iy hukmronligini bildirib, yuqorida ta'kidlanganidek, barcha
davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va
qonunlarga so'zsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning
jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib,
mamla-kat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti
o'rnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek,
huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda
belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos
vazifasini bajarishida namoyon bo'ladi. Mamlakatda hokimiyatlar bo'linishi
prinsipining real joriy etilganligi O'zbekistonda konstitutsiya va qonunlar
ustunligini ta'minlashning muhim kafolatidir. Unga ko'ra, qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyati bo'g'inlari o'zlarining konsti-tutsiyada, qonunda
belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar. Ular o'rtasidagi
munosabatlarni uyg'unlashtirishda eng oliy hakam qonundir.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat
prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va
qonunlarga rioya etilishining kafilidir (93-modda). Prezidentning bu boradagi
faoliyati muhim siyosiy-yuridik ahamiyatga ega. U o'z farmonlari, qarorlari bilan
konstitutsiyaviy tamoyillarning, qonunlarda mustahkamlangan qoidalarning
hayotga to'la joriy etilishi uchun yo'l ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni
yaratadi.
Qonunlar ijrosi, huquqni qo'llash amaliyotining samaradorligi davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tayyorlanadigan normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati bilan bevosita bog'liq. Bunda har bir
tashkilotning yuridik xizmati zimmasiga katta mas'uliyat yuklanadi.
Shu bois ham yurtimizda yuridik xizmat sifatini oshirishga alohida e'tibor
qaratilmoqda. Shu yo'nalishdagi normativ-huquqiy baza to'liq yangilanib,
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
74
yuridik xizmat maqomini belgilashga qaratilgan hukumat qarorlari qabul
qilingan. Adliya organlari tomonidan mazkur sohaga uslubiy yordam ko'rsatish,
uni rivojlantirish maqsadida o'nlab idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab
chiqilishi bilan birga, amaliy tadbirlar muntazam tashkil etilmoqda. Bundan
tashqari, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida
yuridik xizmat xodimlari malakasi oshirib borilmoqda.
Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o'rta
va quyi bo'g'inda huquqiy jihatdan ta'minlash hamda ularga sifatli va
professional yuridik xizmat ko'rsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-
bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, Namangan shahri, Qarshi va Marhamat
tumanlarida sinov tariqasida jami 23 ta davlat organi va tashkilotlarining
hududiy bo'linmalariga yuridik xizmatlar ko'rsatuvchi markazlar faoliyati Adliya
vazirligi tizimida yo'lga qo'yilib, o'zining ijobiy samarasini ko'rsatdi.
Davlat tashkilotlarida yuridik xizmatlar ko'rsatish markazlarini tashkil
etishning bir qator afzalliklari:
-Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tashkil qilish orqali respublikada
qariyb 40 mlrd. so'mdan ortiq byudjet mablag'lari iqtisod qilinadi;
-Yuridik xizmatlar ko'rsatish markazlari davlat organlari va tashkilotlari
rahbarlariga bo'ysunmaydi, ular to'la mustaqil faoliyat olib boradi;
- Natijada davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylik va qonun
ustuvorligini ta'minlash sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tariladi;
-Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tashkil etish orqali ular faoliyatiga
taalluqli bo'lmagan funksiya va vazifalar olib tashlanadi va markaz xodimlariga
yuklangan vazifalar samarali bajarishi ta'minlanadi;
-Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari adliya bo'limlari huzurida tashkil
qilinayotganligi sababli, tuman darajasidagi yuridik xizmatlar faoliyatini
o'rganish, tekshirish zarurati qolmaydi. Bevosita nazorat vujudga keladi.
Xulosa va takliflar
Yuridik markazlar faoliyati zamonaviy IT texnologiyalari bilan to'liq
ta'minlanashi hamda davlat organlari va tashkilotlari bilan o'zaro hujjat
almashinuvi yagona elektron tizim orqali amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan.
Yuridik xizmatlar ko'rsatish markazlar keyinchalik eksperiment natijalarini
umumlashtirib, muammolar bartaraf etilganidan so'ng butun respublikadagi
tuman (shaharlar)da joriy qilinadi. Bu esa tizimda ham aholini ijtimoiy muhtoj
qatlamiga samarali yuridik xizmatlar ko'rsatishda ham bir muncha qulayliklar
va yengilliklar olib keladi.
THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF
PEDAGOGICAL SCIENCES
International scientific-online conference
75
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Adolat va qonun ustuvorligi - xalqchil
davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta'minlashning eng asosiy va zarur
shartidir". Zero, adolat davlatchilikning mustahkam poydevoridir. Jamiyatda
adolat va qonun ustuvorligini ta'minlashda esa sud hokimiyati hal qiluvchi
o'rinni egallaydi
Foydananilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2020.
2. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O'zbekiston Respublikasining Qonuni.- T.:
O'zbekiston, 1997.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. - T.: Sharq, 1997.
4. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston,
5. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. - T.: O'zbekiston, 2016.
6. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.-T.:O'zbekiston, 2017.
7. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.
8. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasi// https://www.lex. Uz
9. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot
strategiyasi // https://www.lex.Uz
