https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
285
FERMENTLARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI VA ULARNING
QO’LLANILISHI
Ziyodullayeva Sevinch Qodir qizi
Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi
Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich
Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Samarqand, O‘zbekiston
Annotatsiya: Ushbu maqolada fermentlarning tibbiyotdagi ahamiyati va ularning
qo'llanishi haqida so'z yuritiladi. Fermentlarning tibbiyotdagi ahamiyati juda katta
bo'lib, juda ko'plab fermentlardan foydalaniladi, misol uchun: alkogoldegidrogenaza,
aldolaza,
a-amilaza,
aminotransferaza,
gamma-glutamiltransferaza,
glutamatdegidrogenaza,
glutationreduktaza,
glutationperoksidaza,
glukoza-6-
fosfatdegidrogenaza,
izositratdegidrogenaza,
katalaza
sorbitoldegidrogenaza,
superoksiddismutaza, fosfataza, ishqoriy va nordonfosfatazalar,xolinesteraza,elastaza
kabi bir qancha fermentlardir,shu va boshqalardan kelib chiqib ularning qanchalik
muhim ekanligini maqolada yoritildi.
Kalit
so’zlar:
Enzimologiya,
katalaza
fermenti,
Enzimopatologiya,
enzimodiagnostika, enzimoterapiya.
Kirish:
Hozirgi kunga kelib zamonaviy biologiya va tibbiyot yutuqlari ishonchli
dalillar asosida shuni ko'rsatdiki, enzimologiya tili bilan aytganda fermentlarning
tibbiyotda qo'llanilish imkoniyatlari cheksiz ko'p bo'lib qoldi. Yangi fan sohalari –
tibbiyot biokimyosi va uning yo'nalishi sifatida esa tibbiyot enzimologiyasi paydo bo'ldi.
Tibbiyot biokimyosi patogenetik mexanizmlarni bilishda muhim rol o'ynaydi. Tibbiyot
biokimyosining asosiy vazifasi –hujayradagi metabolik jarayonlardagi o'zgarishlarga
sabab bo'luvchi va ularni to'g'irlovchi mexanizmlarni aniqlashdan iborat.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
286
Uning muhim sohalaridan biri hisoblangan –tibbiyot enzimologiyasi o'zining
maqsad va vazifalariga, maxsus metodologik yo'llar va tadqiqot usullariga ko'ra
quyidagi 3 yo'nalishga bo'linadi:
Birinchisi –enzimopatologiya bir qator kasalliklar, ayrim fermentlarning nasliy
yetishmasligidan kelib chiqishi ma'lum bo'lgan. Masalan, qonda sut shakari laktozadan
hosil bo`lgan galaktoza miqdorining ortiqcha bo'lishi bilan xarakterlanadigan
galaktozemiya bu monosaxaridning o'zlashtirilishini katalizlaydigan b-galaktozidaza
fermentining yetishmasligidan kelib chiqadi. Ruhiy faoliyatning buzilishi bilan
kuzatiladigan fenilketonuriya esa fenilalanin aminokislotasini oksidlab tirozinga
o'tkazuvchi ferment tirozinaza faolligining kamligiga bog'liq. Bu yo'nalish
enzimopatalogiya deb ataladi. U patologiyaning fundamental nazariy asosi hisoblanadi.
enzimopatologiya ayrim yoki bir guruh oqsillar funksiyasining yoki sintezining buzilishi
bilan bog’liq patologik jarayonlar rivojlanishining molekular asoslarini o'rganadi.
Chunki istalgan bir oqsilning organizmda yetishmasligi yoki funksiyasining buzilishi
patologiyaga sabab bo'ladi.
Enzimopatologiya somatik kasalliklarning sabablarini muvaffaqiyatli hal qiladi.
Buning uchun juda ko'p yirik ilmiy markazlar, ilmiy –tadqiqot institutlari yaratildi,
ularda turli xil kasalliklar(ateroskleroz, xavfli o'sma, revmatroid artrit)ning molekular
asoslari kiritildi.
Ikkinchisi enzimodiagnostika qonda, siydikda, to'qima preparatlarida fermentlar
miqdorini aniqlash orqali kasallik tashxisini qo'yish va uni kuzatib borish. Masalan:
LDG va aminotransferazalar izofermentlarining qondagi miqdorini belgilash orqali
yurak va jigar kasalliklarini bir-biridan ajratish va kasallikning kechishini kuzatish –
enzimodiagnostikadir. U 2 ta yo'l bilan rivojlanadi.
Birinchi yo'li: fermentlar qon zardobi, siydik, oshqozon shirasi va boshqalardagi
normal va anormal kimyoviy moddalarni miqdorini aniqlash uchun tanlab oluvchi
sifatida qo'llaniladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
287
Ikkinchi yo'li: kasallik vaqtidagi biologik suyuqliklardagi fermentlar miqdorining
o'zgarishini tahlil qiladi. Bundan shu narsa ma'lum bo'ldiki, hujayra parchalanganda qon
zardobidagi fermentlar guruhi miqdori oshadi. Shu kungacha kashf etilgan 3500 dan
ortiq fermentlardan ko'pchiligi odam organizmida uchraydigan va enzimodiagnostikada
ko'p qo'llaniladigan fermentlar hisoblanadi. xususan shulardan lipazalar, amilazalar,
tripsin, va ximotripsinlar qandli diabetda, xavfli o'smalarda, buyrak kasalliklarida
organizmdagi miqdori ortadi. Miokard infarktida ayniqsa 2 xil aminotransferazalar,
kreatinkinazalar va ularning izofermentlari, laktatdegidrogenaza va uning izofermentlari
miqdori qon zardobi tarkibida ayniqsa tezda oshib ketadi.
Uchinchisi yo’li: enzimoterapiya -fermentlar bilan davolash masalan, chandiqlarni
proteolitik fermentlarni kiritish bilan so'rilishini tezlatish, fermentlarning yetishmasligi
bilan bog'liq nasliy kasalliklarni tashqaridan ferment preparatlari kiritib davolash va
boshqalar. U fermentlar va ularning aktivator va ingibitorlarining dori-darmon sifatida
qo'llanilishini o'rganadi.
Klinik-diagnostik maqsadlarda juda ko'plab fermentlardan foydalaniladi. Masalan:
alkogoldegidrogenaza,
aldolaza,
a-amilaza,
aminotransferaza,
gamma-
glutamiltransferaza, glutamatdegidrogenaza, glutationreduktaza, glutationperoksidaza,
glukoza-fosfatdegidrogenaza,
izositratdegidrogenaza,
katalaza,
kreatinkinaza,
laktatdegidrogenaza,
leysinaminopeptidaza,
lipaza,
5-nukleotidaza,
sorbitoldegidrogenaza, superoksiddismutaza, fosfataza, ishqoriy va nordon
fosfatazalar, xolinesteraza, elastaza kabi bir qancha fermentlar. Shulardan biri bo'lgan
katalaza fermenti bilan to'liqroq tanishib chiqamiz.
Organ kasalligi hujayralardagi fermentlar sintezining pasayishiga olib keladi. Agar
ba'zi fermentlar hujayralar tomonidan tashqariga chiqarilsa, unda ularning biologik
suyuqlikdagi faolligi pasayadi .
Jigar kasalliklarida qonda gemostatik oqsillar , seruloplazmin va
psevdoxolinesteraza faolligining pasayishi bunga misoldir .To'qimada yallig'lanish
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
288
yoki nekroz bilan hujayralar yo'q bo'lib ketadi, natijada hujayra ichidagi fermentlar
(organga xos) qon plazmasida yoki siydikda bo'ladi, ularning qon zardobidagi faolligi
oshadi.Katalaza tarkibida gemoprotein,uch valentli Fe tutuvchi gemprostetik gruppasini
saqlaydi. Molekulasi tarkibida o'xshash, identik , molekular massasi 60 kDa dan iborat
4 ta subbirliklar va shunga mos 4ta prostetik guruh iborat.
Gemning ferriprotoporfirin guruhi fermentning oqsil qismi –apoferment bilan
mustahkam bog'langan bo'lib, u bilan hatto dializ paytida ham ajralib ketmaydi. Katalaza
fermenti hayvon to'qimalarida juda keng tarqalgan, shu jumladan odam, o'simliklar va
aerob mikroorganizmlarda uchraydi, lekin anaerob mikroorganizmlarda umuman
uchramaydi.
Hujayrada maxsus organellalar –peroksisomalarda ishlab chiqariladi. Hujayradagi
asosiy
biologik
roli
–flavaprotein
oksidaza
guruhi
(ksantinoksidazalar,
glukozaoksidazalar,monoaminooksidazalar va b.q) fermentlarining ta'siri natijasida
hosil bo'lgan hujayrada hosil bo'lgan vodorod peroksidini parchalash hisoblanadi.
Bu vazifasi orqali katalaza fermenti hujayra strukturasining vodorod peroksidi
ta'sirida parchalanishidan saqlab qoladi.
H
2
O
2
+ H
2
O
2
= О
2
+ 2H
2
O
Katalaza uchun optimal pH ko'rsatkichi 6,0-8,0 oralig'ida bo'ladi. Katalazaning
normadagi aktivlik darajasi 22,6± 0,52 мкат/л(Мамонтова Н.С.; Патент РФ
RU2050005). Katalaza fermentining genetik shartlangan yetishmasligi natijasida
“akatalaziya ” deb nomlanuvchi irsiy kasallik paydo bo'ladi. Bu kasallik natijasida og'iz
va burun bo'shlig'i shilliq pardalarida yiringli yaralar paydo bo'ladi, ba'zan esa alveolalar
devorining tezda atrofik o'zgarishlarga uchrashlari, va tishlarning to'kilish holatlari ham
kuzatiladi. Buning uchun istalgan hayvon yoki o'simlik to'qimasining o'zi kifoya.
Bunda asosan ot, cho'chqa, mol jigaridan foydalaniladi.Ferment preparatini olish usuli
juda oddiy bo'lib bu usul Batelli va Shtern metodiga asoslangan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
289
Maydalangan jigar ustiga 2-3 marta ko'p suv quyiladi, va ekstraksiyalanadi,
olingan ekstrakt ustiga 2 marta ko’p etil spirt solinadi. Va suv bilan ekstraksiya qilinadi,
filtrlanadi, olingan preparat xona haroratida quritiladi. Bu preparat uzoq yillar (20yil)
o'z aktivligini saqlaydi. Bunday preparatdan tayyorlangan 1l 0,2% li eritma 3 kg H2O2
ni 5 daqiqada parchalay oladi.
Preparatni boshqa yot СаС12 aralashmasidan foydalaniladi. Yot moddalar shu
aralashmaga yutiladi. Inaktivatsiyalovchi moddalar qatorida antikatalaza alohida o'rin
egallaydi, bu moddaning qon va turli hayvon to'qimalarida mavjudligi Batelli va Shtern
tomonidan aniqlangan . Kislorod yoki vodorod akseptorlari paydo bo'lishi boshlanishi
bilan katalaza antikatalaza ta'sirida tezda o'z aktivligini yo'qota boradi.
Antikatalaza yordamida inaktivatsiyaga uchragan katalaza filokatalaza yordamida
tezda qayta tiklanishi ham mumkin. Funksional jihatdan filokatalaza qisman metil va
etil spirtlariga, aldegid va boshqalarga ta'sir qiladi. Shu bilan bir qatorda bu moddalar
katalazaning antikatalaza ta'siridagi inaktivatsiyasidan himoya qiladi. va qayta tiklaydi.
Katalaza uchun optimal temperatura bu 10-50° orasida bo'lib, bu oraliqda reaksiya
tezligi o'zgarmaydi. To'qimalar yoki suyuqliklarda bu ferment mavjudligini aniqlash
uchun quyidagi metoddan foydalaniladi.
O'rganilayotgan to'qima yaxshilab maydalanadi va past temperaturada 30 min
tarkibida 0,02% etil spirit mavjud bo’lgan suv bilan ekstraksiya qilinadi.Buning sababi
katalazani antikatalazadan himoya qilishdir. Olingan ekstrakt suv (0,02% li etil sp.)
bilan suyultiriladi, va 1%li H
2
O
2
dan 1:1 nisbatda solinadi. 5 min ichida xona
temperaturasida tahminan 50% H
2
O
2
parchalanadi.
Xulosa:
Inson organizmida boradigan barcha jarayonlar fermentlar ishtirokida
boradi. Fermentlar inson organizmi uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Fermentlar amilaza, lipaza, ureaza, saxaraza va h.k. Fermentlar kosmetologiyada oziq-
ovqat sanoatida tibbiyotda va h.k. qo'llaniladi. Hozirgi kunda enzimodiagnostika va
enzimoterapiyalar ilg'or rivojlanmoqda. Enzimoterapiyada misol uchun oshqozon ichak
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
290
kasalligiga chalingan bemorlarga ma'lum bir fermentlar tavsiya qilinadi. Fermentlarni
modifikatsiyalashning eng mashhur turi kimyoviy modifikatsiyadir.Ferment preparatlari
fermentlardan farq qiladi, chunki faol proteinga qo'shimcha ravishda balastik moddalar
mavjud. Dori-darmonlarning katta qismi murakkab bo'lib, asosiy fermentlarga
qo'shimcha ravishda, har qanday fermentni o'z ichiga olgan ferment preparatlari mavjud
bo'lsa-da, ular bilan bog'liq bo'lgan fermentlarning katta miqdori mavjud.
ADABIYOTLAR
:
1. D.K. Kholmurodova, Zh. I. Khudoykulov . Use of Waste in the National
Economy//Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 2023. № 25. С 160-162.
2. ДК Холмуродова, ЛБ Исломов, ЖИ Худойкулов. ЭФФЕКТИВНОЕ
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СЫРЬЯ // IJODKOR O'QITUVCHI, 2023. № 33. С 277-281.
3. Shekhruz Mamatkulov, Nasiba Jamolova, Jamoliddin Khudoykulov. THE USE
OF ACTIVATED MERCURY IN MEDICINE // ЕВРАЗИЙСКИЙ ЖУРНАЛ
МЕДИЦИНСКИХ И ЕСТЕСТВЕННЫХ НАУК, 2024. . № 2. С 108-111.
4. Жамолиддин Иномович Худойкулов, Мохинура Зафарджоновна Зиёева,
Хилола Ильхомовна Мавлонова. INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY
SCIENTIFIC RESEARCHER'S THEORY // ИСПОЛЬЗОВАНИЕ И ЗНАЧЕНИЕ
ЛЕКАРСТВЕННЫХ ПРЕПАРАТОВ В ОРГАНИЗАЦИИ, 2024. № 3. С 154-159
5. Davlatov Isomiddin Kamol o’g’li, Xudoyqulov Jamoliddin Inom o’g’li. Zaytun
moyi guruh tarkibini yupqa qavat xromatografiyasi usulida o’rganish. // Modern
education and development, 2024. № 2. B 76-79.
6.
Ташанов
O.
С.
СТОМАТОЛОГИЧЕСКИЕ
ГЕЛИ
//Лучшие
интеллектуальные исследования. – 2024. – Т. 31. – №. 1. – С. 67-70.
7. Zarxol, B., Mamirzayev, M. A., & Tashanov, O. S. (2024). VITAMINLAR
ISHLAB
CHIQARISH
VITAMINLARNING
BIOLOGIK
AHAMIYATI
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-38_ Том-1_ Февраль-2025
291
MODDALAR ALMASHINUVI. Лучшие интеллектуальные исследования, 21(5),
154-159.
8. Nematov, SH SH, and O. S. Tashanov. "ZAHARLI MЕTALL KATIONLARINI
MINЕRALIZATDAN ANIQLASH. BARIY BIRIKMALARINI CHO’KMADAN
ANIQLASH." ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
55.4 (2024): 14-16
9. SHomurodov S. H. S. H., Tashanov O. S. ZAHARLI MЕTALL
KATIONLARINI MINЕRALIZATDAN ANIQLASH. QO’RG’OSHIN KATIONINI
TAHLILI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. –
2024. – Т. 55. – №. 4. – С. 17-20.
10. Anvarovich, C. A., Razhabboevnason, A. R., & Safarovich, T. O. (2024).
Medicinal Plants used as Remedies for the Treatment of the Oral Mucosa.
American
Journal of Pediatric Medicine and Health Sciences (2993-2149)
,
2
(2), 491-494.
11. Хамдамкулов, Д. Х., Ибрагимов, А. А., Гиясов, Б. Б., & Ташанов, О. С.
(2024, April). ПОЛУЧЕНИЕ ВЫТЯЖКИ ИЗ АИРА ОБЫКНОВЕННОГО (Acorus
calamus, Linnaeus, 1753). In
Proceedings of International Conference on Educational
Discoveries and Humanities
(Vol. 3, No. 5, pp. 21-24).
12. Shekhruz Mamatkulov, Nasiba Jamolova, Jamoliddin Khudoykulov. THE USE
OF ACTIVATED MERCURY IN MEDICINE // ЕВРАЗИЙСКИЙ ЖУРНАЛ
МЕДИЦИНСКИХ И ЕСТЕСТВЕННЫХ НАУК, 2024. . № 2. С 108-111.
a