Авторы

  • Axmedova Barno Abdiyevna

Биография автора

  • Axmedova Barno Abdiyevna

    Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Axborot texnologiyalari”

    kafedrasi katta o‘qtuvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99643

Ключевые слова:

Kalit soʻzlar: ta’lim sun’iy intellekt statistik regressiya ekonometrika prognoz integratsiya. Ключевые слова: Ключевые слова: образование искусственный интеллект статистическая регрессия эконометрика прогнозирование интеграция. Keywords: Keywords: education artificial intelligence statistical regression econometrics forecasting integration.

Аннотация

Annotasiya. Ushbu maqolada ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, samaradorlikni ko‘tarish va resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash uchun va ta’lim tizimining turli jihatlarini baholash va rivojlantirishga yordam beradi.

Аннотация. Данная статья поможет оценить и развить различные аспекты системы образования для улучшения качества образовательных услуг, повышения эффективности и обеспечения рационального использования ресурсов.

Abstract. This article aims to improve the quality of educational services, increase efficiency and ensure rational use of resources, and to assess and develop various aspects of the education system.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

363

TA’LIM XIZMATLARINI YANGILASH ZAMONAVIY

TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Axmedova Barno Abdiyevna

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Axborot texnologiyalari”

kafedrasi katta o‘qtuvchisi.

Annotasiya. Ushbu maqolada ta’lim xizmatlari sifatini oshirish,

samaradorlikni ko‘tarish va resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash uchun

va ta’lim tizimining turli jihatlarini baholash va rivojlantirishga yordam beradi.

Kalit soʻzlar: ta’lim, sun’iy intellekt, statistik regressiya, ekonometrika,

prognoz, integratsiya.

Аннотация. Данная статья поможет оценить и развить различные

аспекты системы образования для улучшения качества образовательных

услуг, повышения эффективности и обеспечения рационального

использования ресурсов.

Ключевые слова: Ключевые слова: образование, искусственный

интеллект, статистическая регрессия, эконометрика, прогнозирование,

интеграция.

Abstract. This article aims to improve the quality of educational services,

increase efficiency and ensure rational use of resources, and to assess and develop

various aspects of the education system.

Keywords: Keywords: education, artificial intelligence, statistical regression,

econometrics, forecasting, integration.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

364

Bugungi kunda an’anaviy ta’limdan innovatsion ta’limga o‘tish zaruriyati

keskin ortib bormoqda. Innovatsion ta’lim nafaqat o‘qitishning yangi

texnologiyalarini qo‘llashni, balki o‘quv jarayonini individual yondashuv va

o‘zgaruvchan ehtiyojlar asosida tashkil etishni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu

modelda o‘quv dasturlarining moslashuvchanligi, amaliy ko‘nikmalarni

rivojlantirish va bozor ehtiyojlariga moslashish muhim ahamiyat kasb etadi.

Qaytariluvchan fanlarni integratsiya qilish masalasi ta’lim tizimida ba’zi

fanlarning, masalan, jismoniy tarbiya, matematika, tarix va psixologiya kabi

fanlarning barcha bosqichlarda takroran o‘qitilishi resurslarning noo‘rin

sarflanishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu fanlarni yangi ta’lim modeliga integratsiya

qilish uchun: Modul tizimi asosida bilimlarni bosqichma-bosqich chuqurlashtirish;

Talabaning amaliy va ixtisoslikka oid ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘qitish;

Interaktiv va raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Yangi yondashuvlar va yechimlar: Raqamli platformalarning joriy etilishi -

Ta’lim jarayonida onlayn ta’lim platformalari, blokcheyn texnologiyalari

yordamida baholash tizimlarini avtomatlashtirish va o‘quv natijalarini real vaqtda

kuzatish imkoniyatini berish zarur; Gamifikatsiya va virtual o‘qitish

texnologiyalari - O‘quv jarayonini qiziqarli va samarali qilish uchun gamifikatsiya

elementlari, shuningdek, virtual reallik (VR) va kengaytirilgan reallik (AR)

texnologiyalarini qo‘llash ta’lim samaradorligini oshiradi; Moslashtirilgan o‘quv

dasturlari - Talabalarning tayanch bilim va ko‘nikmalarini tahlil qilish uchun

talabalarni profilizatsiyalash texnologiyalaridan foydalanish orqali o‘quv

dasturlarini moslashtirish va personalizatsiya qilish muhim; Ta’limni moliyaviy

qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari - Ta’lim sifatini oshirish uchun

investitsiyalarni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish va

ta’lim sohasida venture kapitalni rivojlantirish zarur.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

365

Biz olib borilgan tadqiqot natijalaridan kelib chiqib “Bilimlar

iqtisodiyoti”ning kontseptual asoslariga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tishni taklif

qilamiz. (1-rasmga qarang) Bu ta’lim:

1-rasm. Ta’lim xizmatlarini sifatini oshirish orqali bilimlar

iqtisodiyotining kontseptual asoslarini ishlab chiqish

Ta’lim tizimi

Ananaviy talim (amaldagi)

Xalq talimi xizmatlari

O’qitish rejasi, usulllari, shakllari va

tarkibi tabiiy fanlar, aniq fanlar,
ijtimoiy gumanitar fanlar (masalan
jismoniy tarbiya, tarix, matematika va
boshqalar) asoslangan.

Professional talim xizmatlari

О‘qitish rejasi, usulllari, shakllari va

tarkibi tabiiy fanlar, aniq fanlar, ijtimoiy
gumanitar fanlar, maxsus fanlar va
mutaxassislik fanlari dirasida (masalan
jismoniy tarbiya, tarix, matematika va
maxsus va mutaxassislik fanlari va
boshqalar) doirasida olib boriladi. Bazi

Oliy talim xizmatlari

О‘qitish rejasi, usulllari, shakllari va

tarkibi tabiiy fanlar, aniq fanlar,
ijtimoiy gumanitar fanlar, maxsus
fanlar va mutaxassislik fanlari dirasida
(masalan jismoniy tarbiya, tarix,
matematika

va

maxsus

va

mutaxassislik fanlari va boshqalar)

Innovatsion talim (taklif varianti

Xalq talimi xizmatlari

O’qitish rejasi, usulllari, shakllari va

tarkibi tabiiy fanlar, aniq fanlar,
ijtimoiy gumanitar fanlar (masalan
jismoniy tarbiya, tarix, matematika va
boshqalar) asoslangan.

Professional talim xizmatlari

О‘qitish usulllari, shakllari va о‘quv
rejasi “Universite

-

3” (maxsus fanlar va

mutaxassislik fanlari) doirasida tashkil
etilishi kerak

Oliy talim xizmatlari

О‘qitish usulllari, shakllari va о‘quv

rejasi “Universite

-

3” (maxsus fanlar

va mutaxassislik fanlari) doirasida

tashkil etilishi kerak.

Ta’lim xi

zmatlarini zamonaviylashtirish asosida bilimlar iqtisodiyotining kontseptual asoslari

Bilimlar iqtisodiyotining kontseptual asoslari “Yangi texnika vatexnologiya bilan mukammal ishlay oladigan, mahalliy va xalqa

ro

muammolar yechimiga javob beradigan, ertangi kun texnologiyalarini iqtisodiyotga olib kira oladigan, dunyoviy bilimlar bilan
qur

ollangan, dunyoqarashi keng, har qanday sharoitda ham sabr va chidamga ega bo’lgan holda yangi iqtisodiy munosabatlarga tez

kirisha oladigan, qiymat yaratish qobiliyatiga qodir komil insonni qaror toptirishdan iborat” bo’lishi zarur.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

366

Ta’lim tizimi o‘quvchi yoshlarni bilim ko‘nikmalarini, qobiliyatlarini

diagnostika qiladi, natijalarga asoslanib, malum bir yo‘nalishlar kesimida

tayyorlashni taminlaydi.

1.

Professional ta’lim va oliy ta’lim xizmatlarining raqamlashtirish natijasida

yoshlar va ularning ota-onalarining ortiqcha sarf xarajatlari va vaqti tejaladi. Oddiy

til bilan aytganda shaxsning mukammal mutaxassis sifatida mehnat bozoriga kirib

kelishining maqsadli yo‘li ishlab chiqiladi.

2.

Talmida tabiiy fanlar, ijtimoiy gumanitar fanlar va aniq fanlar o‘qitiladi,

professional ta’lim va oliy ta’limda esa “Universitet-3” yani “ishlab chiqarish, fan

va ta’lim” doirasida maxsus va mutaxassislik fanlaridan nazariy, amaliy,

labaratoriya

ko‘rinishida

o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Mehnat bozorida

raqobatbardosh yetuk mutaxassis kadrlarning kirib kelishi taminlanadi.

Ta’lim tizimi xizmatlarini sifatini oshirishda innovatsiyalari va tashkiliy

innovatsiyalarni ta’lim tizimiga kiritish muhim ahamiyatga ega.

2-rasm. Ta’lim xizmatlarini yangilash zamonaviy texnologiyalar va

innovatsion yondashuvlarni joriy etish

Tarmoqlangan o'rganish

Ta'limda katta

ma'lumotlar (Big Data)

tahlili

Ra

q

am

li

ta'li

m platf

o

rma

Sun

'iy i

n

tel

le

kt

(AI

) va

o'

rg

an

ish

Blokcheyn

texnologiyasi

Virtual haqiqat (VR) va

kengaytirilgan haqiqat (AR)


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

367

Bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim sifatini oshirish va uni global

standartlarga moslashtirish innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali amalga

oshirilmoqda. Ushbu jarayon nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki bilim

olishni qulay va keng ommaga ochiq qiladi. Raqamli ta’lim platformalari,

masofaviy ta’lim vositalari, va innovatsion texnologiyalar zamonaviy ta’limning

ajralmas qismiga aylangan.

Ta’lim jarayonlarini globalizatsiya qilishda Coursera, Udemy, edX kabi

raqamli platformalar muhim rol o‘ynaydi. Ushbu platformalar orqali talabalar

dunyoning istalgan nuqtasidan yuqori sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Zoom, Microsoft Teams, va Google Meet kabi vositalar yordamida o‘qitish

jarayonlarini masofadan turib interaktiv tarzda tashkil qilish mumkin. Gibrid ta’lim

modeli esa an’anaviy darslarni raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirib, ta’lim

samaradorligini oshiradi.

Sun’iy intellekt (AI) va o‘rganish algoritmlari ta’lim jarayonini

shaxsiylashtirishga xizmat qiladi. AI yordamida har bir talabaga mos individual

o‘quv rejasi ishlab chiqiladi. Avtomatlashtirilgan baholash tizimlari orqali test va

imtihonlarni avtomatik tarzda baholash o‘qituvchilar yukini sezilarli darajada

kamaytiradi. Shuningdek, AI asosida qurilgan tizimlar talabalarni real vaqt

rejimida kuzatib, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga yordam beradi.

Virtual haqiqat (VR) va kengaytirilgan haqiqat (AR) texnologiyalari

tibbiyot, muhandislik va boshqa texnik sohalarda amaliy o‘qitish imkoniyatlarini

kengaytiradi. Talabalar murakkab operatsiyalarni yoki texnologik jarayonlarni

xavfsiz virtual muhitda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu yondashuv

ta’lim jarayonini xavfsiz va ko‘rgazmali qiladi.

Blokcheyn texnologiyalari ta’lim tizimidagi hujjatlarni boshqarishda

inqilobiy o‘zgarishlar kiritmoqda. Diplomlar va sertifikatlarni autentifikatsiya

qilish orqali ularning soxtalashtirilishini oldini olish mumkin. Bundan tashqari,


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

368

ta’lim oluvchilarning learning pathway (o‘quv yo‘li) va yutuqlarini blokcheyn

yordamida kuzatish va xavfsiz saqlash imkoniyati yaratiladi. Hamkorlik

platformalari esa talabalar va o‘qituvchilarni birlashtiruvchi vosita bo‘lib, loyiha

asosida ishlashni yanada samarali qiladi.

Faydalanilgan adabiyot va manbalar:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi «Oilaviy

tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga

doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-55-son //

https://lex.uz

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2021 yil 30 dekabrdagi PQ-77-son

Hunarmandchilik

faoliyatini

qoʻllab-quvvatlash

tizimini

yanada

takomillashtirish

chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”

gi

Qarori.

//

https://lex.uz/docs/5807559

3.

Basco, R. Family business and regional development - A theoretical model of

regional familiness. Journal of Family Business Strategy (2015),

http://dx.doi.org./10.1016/j.jfbs.2015.04

4.

Banalieva E.R., Eddleston K.A., Zellweger T.M. When do family firms have

an advantage in transitioning economies? Toward a dynamic institution-based

view // Strategic Management Journal. – 2015. –T. 36. -№ 9.

5.

OʻlmasovA. Oila iqtisodiyoti. Toshkent – “Mexnat”- 1998.;

6.

PardaevM.Q. Oila xoʻjaligi iqtisodiyoti va tadbirkorligi. Samarqand 2001 y.;

7.

Norqobilova.F.A.

International scientific and practical conference // Iqtisodiy

erkinlik indekisi hunarmandchilik sohasini rivojlantirishdagi roli (zenodo.org),

2023. – p 255-25