Авторы

  • Axmedova Barno Abdiyevna

Биография автора

  • Axmedova Barno Abdiyevna

    Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Axborot texnologiyalari”

    kafedrasi katta oqtuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99671

Аннотация

Jahon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tendensiyalari ko‘pincha oliy ta’lim tizimining taraqqiyot darajasiga mos ravishda shakllanadi. Bugungi kunda global raqobatning kuchayishi va texnologik innovatsiyalar davrida ta’lim tizimining samaradorligi mamlakatlarning strategik rivojlanishi uchun asosiy omillardan biriga aylandi. Ta’lim tizimi endi nafaqat bilim berish, balki zamonaviy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish orqali inson kapitalining sifatini oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

170

TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI

OSHIRISH MODELLARI

Axmedova Barno Abdiyevna

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Axborot texnologiyalari”

kafedrasi katta o‘qtuvchisi

МОДЕЛИ ПОВЫШЕНИЯ СИНЕРГЕТИЧЕСКОЙ

ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УСЛУГ

Ахмедова Барно Абдиевна

Старший преподаватель кафедры «Информационные технологии»

Каршинского инженерно-экономического института

MODELS FOR INCREASING THE SYNERGISTIC EFFICIENCY

OF EDUCATIONAL SERVICES

Akhmedova Barno Abdievna

Senior Lecturer, Department of “Information Technologies”,

Karshi Institute of Engineering and Economics

Jahon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tendensiyalari

ko‘pincha oliy ta’lim tizimining taraqqiyot darajasiga mos ravishda shakllanadi.

Bugungi kunda global raqobatning kuchayishi va texnologik innovatsiyalar davrida

ta’lim tizimining samaradorligi mamlakatlarning strategik rivojlanishi uchun

asosiy omillardan biriga aylandi. Ta’lim tizimi endi nafaqat bilim berish, balki

zamonaviy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish orqali inson kapitalining sifatini

oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

171

XX asrning oxiriga qadar oliy ta’lim tizimida kechikish, ya’ni

mutaxassislarning oliy ta’limni tamomlashigacha bo‘lgan davr, taraqqiyot

jarayonini sustlashtirgan. Bugungi kunda esa innovatsion rivojlanish sharoitida

ushbu kechikish minimal darajaga qisqarib, tezkor va moslashuvchan o‘quv

dasturlari yaratilyapti. Shuningdek, ilmiy asoslangan tahlillar, resurslarni samarali

taqsimlash va ta’lim jarayonini optimallashtirish ta’lim xizmatlari sifatini

oshirishning asosiy mezonlari sifatida qaralmoqda.

Zamonaviy tadqiqotlar ta’lim tizimidagi sinergiya jarayonlarini o‘rganishga

qaratilgan. Sinergiya deganda ichki va gorizontal integratsiya orqali tizimning

umumiy samaradorligini oshirish tushuniladi. Ta’lim xizmatlarida sinergiyaning

samaradorligini baholashda ilmiy asoslangan metodologiyalarning yetishmasligi

bu boradagi muhim muammolardan biri hisoblanadi.

A.A. Garmiderning sinergetik ta’sirni baholash metodologiyasi ta’lim

xizmatlarini sifat jihatidan yaxshilash uchun universal yondashuv sifatida xizmat

qiladi. Ushbu metodologiya asosida ta’lim jarayonining umumiy samaradorligini

baholash uchun sinergetik ta’sirning integral koeffitsenti hisoblanadi:

𝑰

𝒔𝒕

= √𝑰

𝒃𝒊𝒍𝒊𝒎

∗ 𝑰

𝒌𝒐′𝒏𝒊𝒌𝒎𝒂

∗ 𝑰

𝒎𝒂𝒍𝒂𝒌𝒂

𝟑

Bu yerda:

I

st

– sinergetik ta’sirning umumlashtiruvchi integral koeffitsenti.

I

bilim

– talabalar bilimi darajasidagi sinergetik ta’sirni tavsiflovchi integral

koeffitsent.

I

ko‘nikma

– talabalar ko‘nikmalaridagi sinergetik ta’sirni tavsiflovchi integral

koeffitsent.

I

malaka

– talabalar malakalaridagi sinergetik ta’sirni tavsiflovchi integral

koeffitsent.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

172

Ta’lim tizimining samaradorligini oshirishda sinergiya jarayonini tahlil qilish

uchun quyidagi zamonaviy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:

1. Resurslar taqsimoti samaradorligi (Resource Allocation Efficiency):

𝑹𝑨𝑬 =

𝑺𝒂𝒎𝒂𝒓𝒂𝒍𝒊 𝒊𝒔𝒉𝒍𝒂𝒕𝒊𝒍𝒂𝒅𝒊𝒈𝒂𝒏 𝒓𝒆𝒔𝒖𝒓𝒔𝒍𝒂𝒓

𝑱𝒂𝒎𝒊 𝒎𝒂𝒗𝒋𝒖𝒅 𝒓𝒆𝒔𝒖𝒓𝒍𝒂𝒓

2. Ta’lim natijalari sinergetik ko‘rsatkichi (Synergistic Learning Outcomes):

𝑺𝑳𝑶 =

𝑻𝒊𝒛𝒊𝒎𝒍𝒊 𝒚𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊𝒍𝒂𝒏𝒈𝒂𝒏 𝒏𝒂𝒕𝒊𝒋𝒂𝒍𝒂𝒓

𝑨𝒗𝒗𝒂𝒍𝒈𝒊 𝒏𝒂𝒕𝒊𝒋𝒂𝒍𝒂𝒓

3. Tizimning umumiy samaradorligi (Overall System Efficiency):

𝑶𝑺𝑬 =

𝑵𝒂𝒕𝒊𝒋𝒂𝒍𝒂𝒓 𝒔𝒊𝒇𝒂𝒕𝒊

𝑲𝒊𝒓𝒊𝒕𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒓𝒆𝒔𝒖𝒓𝒍𝒂𝒓 𝒉𝒂𝒋𝒎𝒊

Ta’lim xizmatlarini takomillashtirish jarayonida sinergiya jarayonlarini

baholash va ularni optimallashtirishga qaratilgan yondashuvlar innovatsion

rivojlanish davrida katta ahamiyatga ega. Yuqorida keltirilgan formulalar va

texnologik yondashuvlar yordamida ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish,

talabalar malaka va ko‘nikmalarini oshirish mumkin. Sinergiyaning

samaradorligini baholashga doir tadqiqotlarni kengaytirish hamda zamonaviy

texnologiyalarni tizimga integratsiya qilish ta’lim sifati va samaradorligini

oshirishga xizmat qiladi.

Ta’lim xizmatlarining sifatini baholash jarayonida sinergiya iqtisodiy

samaradorligini hisoblash alohida ahamiyat kasb etadi. Bu samaradorlikni

o‘lchashda ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning moliyaviy

natijalari va ular bilan bog‘liq xarajatlarning dinamikasi muhim omil hisoblanadi.

Zamonaviy ta’lim muassasalari faoliyati nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshirish,

balki ijtimoiy ta’sirni kuchaytirish orqali bilimlar iqtisodiyotini rivojlantirishga

qaratilgan.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

173

Sinergiyaning iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan

formulalardan biri quyidagicha ifodalanadi:

S=(I

birlashgandan keyin

−I

birlashishdan oldin

)−C

birlashish

Bu yerda:

-

S

- Sinergiyaning sof iqtisodiy samaradorligi.

-

I

birlashgandan keyin

- Birlashgandan yoki qo‘shilgandan keyin erishilgan

umumiy daromad yoki foyda.

-

I

birlashishdan oldin

- Birlashishdan oldingi umumiy daromad yoki foyda (ikki

tashkilot uchun alohida-alohida).

C

birlashish

- Birlashish jarayonidagi xarajatlar (masalan, moliyaviy,

tashkilotlash va integratsiya xarajatlari).

Sinergiya jarayoni tashkilotlar yoki tizimlar birlashgandan keyin kutilgan

natijani oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Agar sinergiyaning sof qiymati

S>0S bo‘lsa, bu birlashish iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lganini bildiradi.

Agar S<0, bu birlashishdan kelgan zarar yoki qo‘shimcha xarajatlar

sinergiyani to‘liq o‘zlashtira olmaganidan dalolat beradi.

Misol uchun:

Birlashishdan oldingi foyda:

I

birlashishdan oldin

=100 mlrd so‘m.

Birlashgandan keyingi foyda:

I

birlashgandan keyin

=130 mlrd so‘m.

Birlashish xarajatlari:

C

birlashish

=20 mlrd so‘m.

S=(130−100)−20=10 mlrd so‘m.

Natija shuni ko‘rsatadiki, Sinergiya tufayli iqtisodiy samaradorlik 10 mlrd

so‘mni tashkil etdi.


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

174

Bu yerda daromad va xarajatlarning aniqligi ta’lim muassasasi moliyaviy

hisobotlarining zamonaviy xalqaro standartlariga mos ravishda olib borilishiga

bog‘liq. Ayniqsa, mahalliy va global raqamli ta’lim platformalari, xususiy sektor

va davlat-hususiy sheriklik (PPP) orqali ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish

kengaytirilayotgani bois, moliyaviy ko‘rsatkichlarni chuqur tahlil qilish dolzarb

bo‘lib bormoqda.

Ta’lim xizmatlaridan tushadigan umumiy daromadlar ta’lim muassasalarining

moliyaviy hisobotining 2-shakli (ta’lim xizmatlari bo‘yicha tushumlar) asosida

aniqlanadi. Bu tushumlar odatda, o‘qish uchun to‘lovlar, stipendiyalar, grantlar va

subsidiya mablag‘larini o‘z ichiga oladi, masofaviy ta’lim va onlayn kurslar orqali

olinadigan daromadlarni qamrab oladi, raqamli platformalardan foydalanish

xizmatlari va xususiy sektor bilan hamkorlikdan tushgan tushumlarni o‘z ichiga

oladi.

Faydalanilgan adabiyot va manbalar:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi «Oilaviy

tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga

doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-55-son //

https://lex.uz

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2021 yil 30 dekabrdagi PQ-77-son

Hunarmandchilik

faoliyatini

qoʻllab-quvvatlash

tizimini

yanada

takomillashtirish

chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”

gi

Qarori.

//

https://lex.uz/docs/5807559

3.

Basco, R. Family business and regional development - A theoretical model of

regional familiness. Journal of Family Business Strategy (2015),

http://dx.doi.org./10.1016/j.jfbs.2015.04

4.

Banalieva E.R., Eddleston K.A., Zellweger T.M. When do family firms have

an advantage in transitioning economies? Toward a dynamic institution-based


background image

0

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-38_ Том-3_ Февраль-2025

175

view // Strategic Management Journal. – 2015. –T. 36. -№ 9.

5.

OʻlmasovA. Oila iqtisodiyoti. Toshkent – “Mexnat”- 1998.;

6.

PardaevM.Q. Oila xoʻjaligi iqtisodiyoti va tadbirkorligi. Samarqand 2001 y.;

7.

Norqobilova. F. A.

International scientific and practical conference // Iqtisodiy

erkinlik indekisi hunarmandchilik sohasini rivojlantirishdagi roli (zenodo.org),

2023. – p 255-25