Авторы

  • Otabayeva Dilnoza Davronbek qizi
  • Qodirova Sevinchoy Azim qizi

Биографии авторов

  • Otabayeva Dilnoza Davronbek qizi

    Urganch Ranch texnologiya universiteti o‘qituvchisi

  • Qodirova Sevinchoy Azim qizi

    Urganch Ranch texnologiya universiteti 2- kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99854

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: doston hikoya timsol ramz sujet tasvir uslubi asar tuzilishi Ключевые слова: эпос сюжет символ стиль изображения структура произведения. Key words: epic story symbol subject image style structure of the work

Аннотация

Annotatsiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonidagi “Suvda suv izlagan baliqlar” hikoyasining o‘ziga xos sujeti tahlil qilindi. Shuningdek, hikoyadagi ramzlar va ularning xususiyatlari ochib berildi. Bu hikoya  qisqa bo‘lishiga qaramay o‘zida juda katta ma’no ifodalaydi. Hikoyada o‘zlari suvda yashasalarda lekin suvda yashab yurganini bilmagan, bilganida esa suvdan ayrilib qolgan baliqlar haqida hikoya qilinadi.

Абстрактный. В данной статье проанализирован уникальный сюжет рассказа Алишера Навои «Садди Искандарий» «Рыба ищет в воде воду». Также были раскрыты символы в рассказе и их характеристики. Хоть эта история и коротка, она имеет огромный смысл. История рассказывает о рыбах, которые живут в воде, но не знают, что живут в воде, а когда узнают, то теряются в воде.

Abstract. This article analyzed the unique plot of Alisher Navoi's "Saddi Iskandariy" story "Fish looking for water in the water". Also, the symbols in the story and their characteristics were revealed. Although this story is short, it has a great meaning. The story tells about fishes who live in water but do not know that they are living in water, and when they know they are lost in water.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

20

“SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAGI “SUVDA SUV IZLAGAN

BALIQLAR” HIKOYASINING O‘ZIGA XOS SUJETI

Otabayeva Dilnoza Davronbek qizi

Urganch Ranch texnologiya universiteti o‘qituvchisi

Qodirova Sevinchoy Azim qizi

Urganch Ranch texnologiya universiteti 2- kurs talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy”

dostonidagi “Suvda suv izlagan baliqlar” hikoyasining o‘ziga xos sujeti tahlil

qilindi. Shuningdek, hikoyadagi ramzlar va ularning xususiyatlari ochib berildi.

Bu hikoya qisqa bo‘lishiga qaramay o‘zida juda katta ma’no ifodalaydi. Hikoyada

o‘zlari suvda yashasalarda lekin suvda yashab yurganini bilmagan, bilganida esa

suvdan ayrilib qolgan baliqlar haqida hikoya qilinadi.

Kalit so‘zlar: doston, hikoya, timsol, ramz, sujet, tasvir uslubi, asar tuzilishi

Абстрактный. В данной статье проанализирован уникальный сюжет

рассказа Алишера Навои «Садди Искандарий» «Рыба ищет в воде воду».

Также были раскрыты символы в рассказе и их характеристики. Хоть эта

история и коротка, она имеет огромный смысл. История рассказывает о

рыбах, которые живут в воде, но не знают, что живут в воде, а когда

узнают, то теряются в воде.

Ключевые слова: эпос, сюжет, символ, символ, сюжет, стиль

изображения, структура произведения.

Abstract. This article analyzed the unique plot of Alisher Navoi's "Saddi

Iskandariy" story "Fish looking for water in the water". Also, the symbols in the

story and their characteristics were revealed. Although this story is short, it has a


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

21

great meaning. The story tells about fishes who live in water but do not know that

they are living in water, and when they know they are lost in water.

Key words: epic, story, symbol, symbol, subject, image style, structure of the

work

Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlari ichida yakunlovchi dostoni “Saddi

Iskandariy” dostoni hisoblanadi. Asar 1485- yilda yaratilgan bo‘lib, 89 bob, 7215

baytdan iborat. Bu doston Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asar hisoblanadi.

Doston aruzning mutaqorib bahrida, turkiy tilda yozilgan. Dostonda Iskandarning

yurishlari, sayohat va sarguzashtlari, Arastu va boshqalar bilan suhbati va hikoyalar

tasvirlangan. Asarda “Suvda suv izlagan baliqlar” hikoyasi keltiriladi. Hikoyada

o‘zi suvda, daryoda bo‘la turib, yanada ulkanroq suvni orzu qilgan baliqlar to‘dasi

haqida gap boradi. Baliqlar bir baliqning gapiga kirib, nahang kezib yuradigan

girdobga suzib borishadi. Ularning qismati fojiaga aylanadi.

Bolig‘larga tushganda dardu firoq,

Ki, bir-birdin o‘lmish edilar yiroq,

Borin yutti bir-bir nahangi fano,

Ichi javfida jam' qildi yano. [3.738]

Nahang ularni yutib yuboradi. Girdobda turli tomonga ketib, bir-biridan

yiroqlashgan baliqlar nahang qornida yana jam bo‘ladilar. Baliqlar - qanoatsizlik,

noshukurlik timsoli. O‘zi suvda bo‘la turib, yana boshqa suvni orzu qilish

kaltabinlikdir. Ularni girdob sari boshlagan baliq esa, aqlsizlik, aldov ramzi

hisoblanadi.

“Suvda suv izlagan baliqlar” hikoyasi “Saddi Iskandariy” dostonidagi

kichkina bir hikoya hisoblanadi. Lekin shu kichkina hikoyaning ma’nosi bir butun

doston bilan bog‘liq desak ham bo‘ladi. Bu hikoyada, suvda yashab turib, o‘zlari

suvda ekanligini bilmagan bilganida esa kech bo‘lgan baliqlar to‘dasi haqida


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

22

bo‘ladi. Degizda G‘ovvoslik qiladigan odam bu hikoyani aytib beradi. Dengizdagi

baliqlar to‘dasi suvda bo‘lsalarda doyimiy holda suv izlashadi, qachon suvni

ko‘ramiz deb orzu qilishadi, ya’ni ular suvni nima ekanini bilmas edilar, suvni

rangi qanaqa tami qanaqa ularning fikri hayoli shunda edi. Bir kuni ularning ichida

bir baliq shunday deydi.

“Eshitishimcha falon joyda qari -qartang bir naxang bo‘lib, u dengizning

ostida va ustida sayr qilib yurar emish. Ehtimol, o‘sha nahang suvdan darak

topgandir ko‘p sirlarni bilar!” deydi.[3.738]

Baliqlar uni fikriga qo‘shilib nahangni izlashadi va nahang ularni yutib

yuboradi. Ular shundan keyingina, o‘zlari suvda yashashganini suvni suvda payti

qadrlashmaganini bilishadi.

Bu hikoyada baliqlar timsolida, insonlardagi illatlar tasvirlangan. Hikoyada

“Ey odam senda ham ko‘pgina maxfiy hazina bor-u ammo uni bilishga tabing

nodonlim qiladi. U xazina senda bekinib yotibdi, yo‘q, sen unga ko‘milib yotibsan

ammo bilmasliking senga zarar bermoqda. Bordi-yu, sen, ham dengizning halokatli

girdobiga tushub qolsang, sen ham o‘lim nahanga yem bo‘lsang, maqsading yo‘lida

g‘arq bo‘lgach, u sirdan vaqf bo‘lasan”, - deyiladi. [3.738]

Shu bilan birga, hikoyadagi baliklar suvdan ayrilganlarini, avval suvda

yashaganlarini, ammo endi qurtoqlikka chiqib qolganlarini his qilishadi. Bular

o‘zlarini bebaho, sabrsiz holda o‘z maqsadlariga yetishish uchun sog‘lom aniqlik

va muddatli ogohlilikka ehtiyoj sezishadi. Hikoyaning ma’nosi shundaki, har bir

insonning hayotida yoki uning ichida yashirin xazinalar bor, lekin bu xazinalarni

topish uchun katta sabr va doimiy intilish zarur. Hayotda ko‘p hollarda odamlar o‘z

orzulariga erishishni xohlaydilar, ammo ba’zan ular bu yo‘lda o‘zlarini yo‘qotib

qo‘yishadi. “Suvda suv izlagan baliqlar” hikoyasi aynan shu tushunchani

mukammal ravishda aks ettiradi. Ularni suvdan ayrilgan baliqlar desak ham

bo‘ladi. Bu hikoya dengizdagi baliklarning bir guruhi haqida, ular doimiy ravishda

suvni qidirishadi, ammo hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmaydilar. Suv haqida


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025

23

tasavvurga ega bo‘lmasalar ham, uni topishga intilishadi. Bu hikoya odamlarning

orzu va istaklari orqali sabr va aniq maqsadga erishish zarurligini ko‘rsatadi.

Hikoyada baliklarga o‘xshagan odamlar ham ko‘pincha o‘z orzulariga intilishadi,

ammo maqsadlarini aniq bilmasdan, faqatgina xayol bilan harakat qilishadi.

Baliklarning suvni izlashlari, o‘z hayotlarining muhim qismini – o‘z maqsadlarini

topish uchun sarflashlari – aynan shu jarayonni aks ettiradi. Ular bir kunga kelib,

bir katta girdobga kirib, maqsadga yetishishga harakat qilishadi, lekin bu jarayon

ularni o‘zlaridan ajratadi, hatto hayotlarini yo‘qotishlariga olib keladi. Hikoyaning

asosiy g‘oyalaridan biri – maqsadga erishish uchun aniq yo‘lni belgilash

zarurligidir. Baliklar suvni doim qidirsalar ham, ular hech qanday tasavvurga ega

emaslar, natijada ular faqatgina orzularining orqasidan ketadilar. Hayotda ham

odamlar ko‘pincha aniq maqsadlar belgilash o‘rniga, faqat orzu qilishadi va bu

ularni noto‘g‘ri yo‘lga solishi mumkin. Ushbu hikoya, agar biror narsa haqida aniq

tasavvurga ega bo‘lmasak, harakat qilishning faqat vaqtni sarflash ekanligini

ko‘rsatadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,

hikoyadagi baliklar, o‘zining

orzulariga erishish uchun noaniqlik va tashvishlarni boshdan kechirishadi.

Sabrsizlik, beqarorlik va xayol bilan yashash halokatga sabab bo‘ladi. Haqiqatni

tan olish va aniq maqsadlar yo‘lida harakat qilish har doim samarali natijalar

beradi. To‘g‘ri baliqlar boshida bu suv ekanini bilmagan edilar lekin o‘ylamasdan

qilgan qarorlari o‘zlarini nobud qildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro

yxati:

1. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. Yigirma jildlik. 11-jild.

Toshkent, 1993.

2. Otanazarova. SH. A. “Saddi Iskandariy” dagi ramzlarning ma’no qirralari.

3. Alisher Navoiy. Xamsa. Saddi Iskandariy (nasriy ) bayoni.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)