https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
15
MODERN USLUBIDAGI HIKOYALARDA MILLIYLIK
Qodirova Sevinchoy Azim qizi
Urganch Ranch texnologiya universiteti 2-kurs talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada modernizmning adabiyotdagi o‘rni va o‘ziga
xos xususiyatlari tahlil qilindi. Modern hikoyalardagi milliy tilning ahamiyati,
milliy urf-odatlar, tarixiy hodisalar va madaniy elementlarning qanday shakllarda
aks etishi tahlil qilindi. Adiblar o‘z yurtining tilini va madaniyatini qanday
ifodalashi, shaxsiylik va individualizmning o‘zaro munosabatlari haqida fikr
yuritildi.
Kalit so‘zlar: Modern uslubi, modernizm, milliylik, hikoya, urf-odat, qadriyat,
tarix, qahramon, davr, xarakter, tasvir.
Абстрактный. В данной статье проанализированы роль и
характеристики модернизма в литературе. Проанализировано значение
национального языка в современной истории, национальных традициях,
исторических событиях и культурных элементах. Обсуждалось, как
писатели выражают язык и культуру своей страны, а также взаимосвязь
личности и индивидуализма.
Ключевые слова: Стиль модерн, модернизм, национальность, сюжет,
традиция, ценность, история, герой, период, персонаж, образ.
Abstract. This article analyzed the role and characteristics of modernism in
literature. The importance of the national language in modern stories, national
traditions, historical events and cultural elements were analyzed. How writers
express the language and culture of their country, and the relationship between
personality and individualism were discussed.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
16
Key words: Modern style, modernism, nationality, story, tradition, value,
history, hero, period, character, image.
Modernizm G‘arbiy Yevropa adabiyotida XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
sahnaga chiqdi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, modernizm – bu zamonaviy san’at
va adabiyotdagi yangi uslubiy ta’limot hisoblanadi. Uning adabiyot va san’atda
namoyon bo‘lishi aslo tasodifiy emas. Tez orada adabiyotda modernistik asarlar
yuzaga kela boshladi. Modernizm adabiyotida yaratilgan hikoyalarni o‘rganar
ekanmiz, ijodkorlar har bir insonni alohida bir olam sifatida tasvirlashga uringaniga
amin bo‘lamiz. Hayot haqiqatini anglab, o‘z ruhiyatini taftish qiladigan
qahramonlar yaratish orqali badiiy olamni haqiqatga aylantirmoqdalar. Bunday
g‘oyalarni Nazar Eshonqul, Xurshid Do‘stmuhammad, Salomat Vafo, Zulfiya
Qurolboy qizi, Ulug‘bek Hamdam yaratgan hikoyalar orqali kuzatish mumkin.
Modern hikoya yoki qissaga yana bir misol qilib Nazar Eshonqulning “Qora
kitob” qissasini olsak bo‘ladi. “Qora kitob” shayton kutkusini o'z hayotiga
dasturulamal etib olgan va uni o‘z farzandlari tarbiyasiga ham singdirgan va
alaloqibat o'z xatosini ilg‘ab etgan kishining boshidan kechirganlari haqidagi
asardir. Qissa mohiyat yetmish yoshga chiqib o‘zligini o‘z qilmishi va hayotidagi
mavqeni anglab olgan kishilarni eslatadi. Qahramon turmushning past-balandini,
achchiq-chuchugini, yaxshi-yomon ko‘rgan inson sifatida kelgan xulosalari o‘ta
tushkun ruhda tasvirlanadi. Uningcha "odamzoddan umid qiladigan narsaning
hammasi o‘lgan. Hammasi halok bo'lgan". Hamma narsa boy berilgan barbod
bo'lgan. "Endi buni hech narsa qutqara olmaydi. Na go‘zallik na ishonch, na
ezgulik".
Belinskiyning fikriga ko‘ra, “Milliylik yozuvchining xizmati emas, balki
ijodning shoir tomonidan uncha zo‘r berishni talab qilmaydigan zaruriy shartdir....
Milliylik shoirni ulug‘ qilmaydi, balki buyuk talant shoirni milliy qiladi... agarda
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
17
asar badiiy bo‘lsa, u o‘z-o‘zidan milliy bo‘ladi”. N.V.Gogol ham milliylik
tog‘risida gapirib: "Milliylik sarafani (ayollar kiyimi) – portret tasvirlashda emas",
deydi. Binobarin, milliylik badiiy asarga, undagi voqealar, obrazlar tizimi, ularning
xarakteri hamda portretiga kiygizilgan libosdir. Qardosh xalqlar adabiyotida
milliylik turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Xususan, “Muxtor Avezov
asarlaridagi ijobiy qahramonlar siymosida qozoq xalqining milliy belgilarini
ko‘rsak, Berdi Kerboboyev asarlaridagi qahramonlar orqali turkman milliy
xarakterini, Chingiz Aytmatov qissalarida qirg‘izlarga xos xislatlarni va Oybek
romanlarida o‘zbek milliy xarakterini ko‘ramiz. Amnmo M.Avezov ham,
B.Kerboboyev ham, Ch.Aytmatov ham, Oybek ham o‘zlari mansub bo‘lgan
xalqning milliy xarakterini mahorat bilan badiiy ifodalash orqali umuminsoniy
g‘oyalarni ko‘tarib chiqqanlar. Milliy xususiyat xalqning urf-odatlari, tarixiy
an’analari, o‘ziga xos tafakkur tarzlari, til xususiyatlari, ayni xalq yashayotgan
joyning relyef-toponimik belgilari kabilarda ham yaqqol ko‘rinadi” [2.88].
Badiiy adabiyotda obrazlarning tashqi ko‘rinishi, xatti-harakatlari, nigohlari
orqali o‘zbekona urf-odat hamda an’analarni, faqat o‘zbeklargagina xos bo‘lgan
mentalitet, yurish-turish, xatti-harakat, kiyim-kechak, yuz, qo‘l, oyoq va butun tana
harakatlarida milliylikni o‘zida mujassam etadi. Masalan Normurod
Norqobilovning “Kurash” hikoyasi o‘z qadriyatlari va zamonaviy hayotning
murakkabliklarida harakat qilishda o‘z merosini hurmat qilish muhimligi haqida
fikr yuritishga chaqiradi. Bunda “Kurash” anʼana va oʻzgarish, kuch va zaiflik
oʻrtasidagi abadiy kurash, shaxsiy va oilaviy shaʼni uchun tinimsiz izlanishning
dalilidir. Hamida momoning ichki qarama-qarshiligi va uning oila merosidan
og‘ish deb bilgan narsani tuzatishga bo‘lgan qat’iyati ko‘rsatilgan. U Shomurodga
jarohati uchun emas, balki o‘zi uchun qadrli bo‘lgan or-nomus va halol o‘yin
tamoyillarini singdirish istagida qarshi turadi. Bu oʻzaro taʼsir “Kurash”ning
mazmun-mohiyatini oʻzida mujassam etgan — bu nafaqat jismoniy kuch, balki
maʼnaviy butunlik va oilaviy burch kurashidir. Uning xarakteri o‘tmish va bugun
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
18
o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib, otasi To‘rapolvondan qolgan boy merosni o‘zida
mujassam etgan. Yozuvchi undan zamonaviy chaqiriq va o‘zgarishlar sharoitida
muqaddas qadriyatlarni saqlab qolish muhimligini ta’kidlash uchun foydalanadi.
Momoning o‘g‘li Shomurodning kurashdagi shafqatsiz usulini ma’qullamagani,
uning kurashning haqiqiy ruhiga sodiqligini, u shunchaki g‘alabadan ko‘ra adolat
va sharafni qadrlashini ko‘rsatadi. Uning ichki mojarosi yaqqol sezilib turadi,
chunki u o‘zining jismoniy qobiliyatlaridan g‘ururlanishi bilan bir qatorda
o‘g‘lining usullaridan ko‘ngli qoladi. Bu keskinlik uning Shomurod bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnash kelishi bilan yakunlanadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,
modernizmda inson ruhiyatini,
hayotning murakkab haqiqatlarini anglash va tasvirlashga urg‘u berildi. Nazar
Eshonqul, Ulug‘bek Hamdam kabi adiblar o‘z asarlarida individualni alohida olam
sifatida tasvirlab, real hayotdan o'zgarishlarni yoritishga harakat qilishdi.
Modernizmda milliylik ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, xalqning urf-odatlari,
tarixiy an'analari, til va madaniyati asarlarning tarkibiy qismi sifatida namoyon
bo‘ladi. Badiiy asarlarda milliy xarakterni ifodalash, shuningdek, umumiy insoniy
qadriyatlar bilan bog'liqdir. "Kurash" hikoyasida o‘z milliy qadriyatlarini hurmat
qilish va zamonaviy o‘zgarishlar sharoitida bu qadriyatlarni saqlab qolish masalasi
ko‘tariladi. Modernizm nafaqat tashqi voqealarni, balki ichki kurashlarni ham
yoritishga qaratilgan bo‘lib, adiblar insonning ruhiy dunyosini chuqur tahlil
qilishga intilishgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: “O`zbekiston”, 2001. – 560 b.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-39_ Том-3_ Февраль-2025
19
2. Muhammadjon X. “XX asr modern adabiyoti manzaralari”. Xurshid Davron
kutubxonasi
3. Hoshimov O‘. O‘zbeklar. Hikoyalar, o‘ylar, hajviyalar. – T.: G‘afur
G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018. – 218 b.
4. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. “Ma’naviyat”. T-2000.
5. Do‘stmuhammedov X. Hozirgi o‘zbek hikoyachiligida badiiy tafakkurning
yangilanishi. –Toshkent, 1995.